Bolani rivojlanish qonuniyatlari va rivojlanishni o‘ziga xosligi.
1) Bolani rivojlanish qonuniyatlari.
Ko‘krak yoshidagi bolani rivojlanish jarayoni ma’lum tartibda amalga oshadi. YA’ni rivojlanish boshdan oyoq qo‘llar tomon yo‘naladi. Markazdan periferiyaga qarab. Masalan: 1 chi asosiy xarakati boshni ushlaydi, o‘tiradi, qo‘llari bilan tiralib turadi va nixoyat mustaqil yura olishi mumkin. SHuningdek yuqori tomondan avvaliga qo‘l elka va tirsaklar xarakati, qo‘l bilak va kaftlari, oyoqlar xam xuddi shunday periferiyaga qarab rivojlanadi.
Lekin bolalarda genetik omillarga asoslangan o‘sish va rivojlanishni shunday tomoni borki u tashqi muxit omillari va o‘tkazilgan tajribalarga bog‘liq emas. Bu etilish davri xisoblanadi. Bu xolatni davri va tezligi a’zo va sistemalar bo‘yicha turlcha bo‘ladi. Masalan: Ko‘krak davrida o‘sish juda tez rivolanadi. Keyinchalik sekinlashib jinsiy etilish davrida yana tezlashadi. Agar a’zo va sistemalari bo‘yicha aloxida ko‘rib chiqsak, 1 chi bo‘lib nerv sistemasi rivojlanadi va maktabgacha bo‘lgan davrda tugallanadi. Lekin jinsiy a’zolar rivojlanishi xammadan kech boshlanadi va jinsiy etilish davrida tezlashadi.
3) Bolalik davrlari.
(1) Xomila ichi rivojlanish etaplari.
Xomila ichi rivojlanishi tuxum xujayralar urug‘lanish vaqtidan to bola tug‘ilguncha bo‘lgan davrni ya’ni 38-40 xaftani o‘z ichiga oladi. Urug‘lanish davridan to 2 xaftagacha bo‘lgan davr xujayra rivojlanish fazasi deyiladi. 2 – 9 xaftagacha embrional rivojlanish fazasi, bu davrda xomila shakllanadi. 9 xaftadan to tug‘ilguncha bo‘lgan davr yo‘ldosh rivojlanish fazasi deyiladi.
Xomilani fiziologik normal rivojlanishi uchun 1 chi o‘rinda onani salomatlik xolati va yashash sharoiti turadi. 1 chi Xomiladorlikning 12 Xaftasi ichida xomila organ va toqimalari shakllanadi. 1 chi 4 xafta ichida orqa miya asosi, bosh miya va sezgi a’zolari (eshitish va ko‘rish) yurak qon tomir va ovqat xazm qilish a’zolari shakllanadi. 8 xaftadan qo‘l – oyoqlar rivojlanishi boshlanadi. YUrak va boshqa a’zolar to‘liq 15 xaftada rivojlanadi. xomilaga noxush faktorlar natijasida nuqsonlar rivojlanishi mumkin. Bu davrni o‘ziga Xos Xususiyati ona organizmi Xisobiga Xomila oziqlanadi va tez o‘sadi.
(2) Ona qornidan tashqari rivojlanish etaplari.
Bola Xayotining 4 chi xaftasigacha yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri.
4 xaftadan 1 yoshgacha ko‘krak davri
Erta yosh (bog‘cha davri) 1 – 3 yoshgacha
Maktabgacha bo‘lgan davr 3- 6 yoshgacha
Kichik maktab davri 7-11 yoshgacha
Katta maktab davri 12- 18 yoshgacha
I. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlik davri erta va kech neonatal davrlarga bo‘linadi. Erta neonatal davr bola kindigi boylangan vaqtdan boshlanib, bola xayotining ettinchi kunigacha davom etadi. Bu davrda bola ona qonidan tashqi muxit sharoitlariga moslashadi. o‘pkalar, kichik qon aylanish doirasi, termoregulyatsiya, ishlashni boshlaydi. Bolani enteral oziqlanishga o‘tadi. Bola xayotining 1 chi xaftasida chegaradosh xolatlari yuzaga kelishi mumkin. Kech neonatal davr 8 chi kundan 28 kuchgacha davom etadi. Bu davrda tashqi muxitga moslashuv va markaziy nerv sistemasining intensiv rivojlanishi kuzatiladi. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar patologik jarayonning tez ineralizasiya bo‘lishga va septik va toksik septik xolatlari tez rivojlanishga moyil bo‘ladilar.
II. Ko‘krak yoshi itensiv modda almashuvi, jismoniy va ruxiy rivojlanishni tezligi bilan ifodalanadi. Bolada birinchi 3-4 oyda onadan o‘tgan passiv immunitet salanib qoladi. SHuning uchun u qizamiq , skarlatina, qizilcha, suvchechak yuqumli kasalliklariga chiqamli bo‘ladi. shu bilan birga 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar kam qonlik raxit , gipotrofiya, oziqlanishni buzilishiga shuningdek modda almashinuvining engil buzilishiga , oshqozon ichak traktining nisbatan etilmagani va patogen mikroorganizmlarga yuqori sezuvchanligiga moyilligi bilan ajralib turadilar. Bu davrda bolani to‘g‘ri rivojlanishi uchun ratsional ovqatlantirish va kun tartibini aniq rejalashtirish katta axamiyatga ega. III. Bog‘cha davrida bolalarda markaziy nerv sistemasining tez etilishi, xarakat ko‘nikmalari mustaxkamlanadi, nutq rivojlanadi. Tug‘ma immunitetni yoqolishi tufayli bolalar xavo tomchi infeksiyalariga moyil bo‘ladilar.
IV.Maktabgacha bo‘lgan davrda turli a’zo va sistemalar faoliyati yanada etilib nutqning keyingi shakllanishi yuzaga keladi. Tana va qo‘l oyoqlar mushaklar vazni ortadi. Skelet shakllanishi davom etadi, sut tishlarining doimiy tishlarga almashinuvi boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘proq o‘tkir respirator kasalliklar va bolalar infeksiyalari bilan kasallanadilar. Baxtsiz xodisalar xavfi kuyishlar, zaxarlanishlar, ko‘cha va transport jaroxatlari ortib boradi.
V.Kichik maktab davrida mushak sistemasini massasi yanada ortadi. Skelet rivojlanishi yakunlanadi. Sut tishlari doimiy tishlar bilan to‘liq almashinadi. Surunkali kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Maktab va uydagi sistematik o‘qishlar gigienik qonunlarga bo‘ysunmaslik, ularning buzilishi qad-qomatning o‘zgarishiga va ko‘rish faoliyatining buzilishiga olib keladi. Bu davrda o‘limga va kasallikka olib keluvchi sabablarning yuqori foyizi bu sportdan va maktabdagi jismoniy mashqlardan olingan jaroxatlanishlarga to‘g‘ri keladi.
VI. Katta maktab davri ikkilamchi jinsiy belgilarning shakillanishi va jinsiy etuklikni tugallanishi bilan yakulanadi. Bu davrda jinsiy va ruxiy rivojlanish tugallanadi, endokrin tizim faoliyati qayta ko‘riladi. Jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. Jinsiy etilish mudati jinsga va individual xususiyatlarga bog‘liq: qizlarda 12-16 yoshda, og‘il bolalarda kechroq 13-18 yoshda. qizlarda tana tuzilishi o‘zgaradi, ko‘krak bezlarining o‘sishi, xayz paydo bo‘lishi , qo‘ltiq osti soxasida tuklanish, o‘g‘il bolalarda tovushning dag‘alashuvi, qovuq ustida, yuzda va qo‘ltiq ostida tuklar payda bo‘lishi yuzaga keladi. Jinsiy etilish davridan boshlab jinsiy azolar rivojlanish defektlari aniqlanadi, bular dismenorea, amenorea va boshqalar. Gormonalar o‘zgarishlar xisobiga endokrin bezlar dispunksiyasi va modda almashinuvidagi siljishlar (gipertireoz, semirish) paydo bo‘lishi mumkin. Androgenlar ajralishini kuchayishini yog‘ bezlarining faoliyatini kuchayishiga va yuzda tanada ugrilar xosil bo‘lishiga olib keladi. Nerv, endokrin, modda almashinuvining zo‘riqib ishlashi natijasida surunkali kasalliklar zo‘rayishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |