Bolalarda hamshiralik parvarishida ularning oila a’zolari bilan muloqotning axamiyati.
Bolalarda hamshiralik parvarishi asosida shunday falsafiy ma’no yotadiki, unda uning oila a’zolari doimiy diqqat markazda turadilar. Bemor bolaning qarindoshlari u yoki bu darajada parvarish qilish jarayonida ishtirok etadilar. Ayniqsa oila a’zolarining mehnat faoliyatlari uzoq vaqt mobaynida buzilsa, hamshira ularga bu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradi va qo‘llab – quvvatlaydi. Bemor bolaning oila a’zolari, tibbiy xodimlar tomonidan yaxshi va qiyin munosabat bo‘luvchilarga bo‘linadilar. Hamshira yaxshi tushungan oilalar bilan munosabatni shakllantiradi. Bolaning oila a’zolari esa, tibbiy xodimlarni xukumatga ega va uni nazorat qiladilar, deb tushunadilar. Murakkab oilalar bilan ishlash esa bolani parvarish qilishda qiyinchilik tug‘diradi. Ota – ona alohida shaxs bo‘lib, bolalar bilan muloqot o‘rnatish, ular orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa kichik yoshidagi bolalar bilan yuzaga kelgan holatlarda yuqoridagi fikrlar yaqqol misol bo‘la oladi. O‘z bolalari bilan doimiy muloqotda bo‘lganlari uchun, ular xaqida ishonchli ma’lumotlar bera oladilar. Bolaning holatiga baxo berish asosan bolaning o‘zidan, ota – onasida va hamshiradan olgan ma’lumotlariga qarab baxolanadi. SHunga qaramay verbal muloqot ota – onalar zimmasiga tushadi. SHu sababli uni muloqotdan chetlatish mumkin emas. YOshidan qat’iy nazar, muloqot qismlari katta ahamiyatga egadir.
Bolani o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar.
Xar bir insonni individual o‘ziga xos o‘sish va rivojlanish tezligi mavjud, o‘sish va rivojlanish patensiali ma’lum darajada genetik omillar bilan chegaralangan. Atrof muxit omillari esa bu potensiallarni amalga oshishiga turtki bo‘ladi. Bolani o‘sishi va rivojlanishi xaqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun genetik va tashqi muxit omillariga diqqat qilinadi.
1) Genetik omillar.
Bola o‘sishiga ta’sir etuvchi genetik omillarga millati, jinsi, kelib chiqishi va boshqalar kiradi. Ko‘pchilikga ma’lumki bolani tana tushilishi ota – onasining tana tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi. O‘smirlik davrdan tashqari, o‘g‘il bolalar tana tuzilishi qizlarnikidan yirikroq bo‘ladi. Bugungi kunda biz o‘tgan davrlarga nsbatan o‘zimizda ekologik oqibatlarni, turli xil zararli omillarni dunyo miqyosida tarqalganini (pitsitsitlar, nitratlar, radiatsiya kundalik va ishlab chiqarish kimyosi va boshqa ifloslantiruvchi moddalar va dorilar) ko‘ramiz. CHernobil AES dagi avariya tufayli keyingi yillarda ionlovchi nurlar ta’sir kuchi ko‘payib ketdi. Ona xomiladorlik davrida nurlar ta’siri (rentgen nurlari, quyoshda ortiqcha yurish) bundan tashqari qarindoshlar o‘rtasidagi nikox xam genlar mutatsiyasiga sabab bo‘ladi.
2) Tashqi muxit omillari.
Qachonki bolani o‘sishi va rivojlanishi xaqida gap ketganda ota – onalarga avvalom bor bola bu teatrdagi katta inson emasligini tushuntirish lozim. U o‘z qonunlari bo‘yicha o‘sadi va rivojlanadi.
Biz bola yoshini uni tug‘ilgan kunidan boshlab Xisoblashga o‘rganib qolganmiz. Bu yoshni pasport yoshi deb qarash kerak. Biologik yoshni esa tug‘ilganidan emas xomila paydo bo‘lgan kundan xisoblash to‘g‘ridir. Axir inson xayoti tug‘ilgan kunidan boshlab emas balki jinsiy xujayralar vaqtidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |