Bolaning prixomotor rivojlanishning monitoringi.
Psixomator xulq bola rvojlanishidagi mavjud bo‘lgan asosiy aspektlaridan biri xisoblanadi. Ishonchli va ko‘rgazmali indikatori bo‘lib, bolalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarning amalga oshirilishi axamiyatga ega. (tayanchsiz o‘tirish, qo‘l va tizzada emaklash, biror kimsa yordamida oyoqda turish, yurish mustaqil turish va yurish), nutq va eshitish rivojlanish axamiyatga ega.
Xar xil yoshdagi bolalarni rivojlanish xarakteristikasi:
YAngi tug‘ilgan chaqaloq.
YAngi tug‘ilgan chaqaloqlik davri – bu chaqaloqlarni tashqi muxit sharoitiga intensiv moslashuvi xisoblanadi. CHaqaloq yaxshi eshitadi, mushak tonusi oshishi kuzatiladi. Bolaning oyog‘i bukilgan, qorin soxasida yotganda boshini u yondan bu yonga aylantiradi
Birinchi oy
Bu oyda chaqaloq ko‘p xarakatlarni reflektor bajaradi, ona ko‘kragini emadi. Qitiqlashga javoban qo‘l va oyoqlarni xarakatga keltiradi, qo‘llarini musht qilib og‘iziga olib keladi. Vertikal xolatda boshini bir necha soniya ushlashga xarakat qiladi. Emizish oralig‘ida sog‘lom bola deyarli uxlaydi.
Ikkinchi oy.
Bola boshini ko‘taradi va ushlaydi, qornida yotganda boshini ko‘taradi. Boshini tovush kelgan joyga buradi. Mushtini ochib yopishi mumkin, qo‘liga berilgan o‘yinchoqlarni ushlaydi. Onasini taniydi, kattalarni ko‘rganda kuladi, tashqi muxit bilan tanishishda ko‘p vaqtini uyqusizlikda o‘tkazadi.
Uchinchi oy
Vertikal xolatda boshini mustaxkamroq ushlaydi, o‘rinda yotganda tirsak va elka soxasini ko‘tarishga xarakat qiladi. Orqasidan yon tomonga o‘giriladi. Xarakatlar xajmi oshadi, lekin ularda muvozanatni saqlayolmaslik xolati qoladi. Xarakatlanayotgan predmetni aktiv kuzatadi, o‘yinchoqqa intiladi. Kattalar tomonidan murojaatiga quvonchli kulgu, xoxolashi, guvillashi musbat emotsiyalar orqali nomoyon qiladi.
Oltinchi oy
YOrdamsiz o‘tiradi, xoxlagan tomonga o‘giriladi. Qo‘l yordamida turishga va yurishga, emaklashga xarakat qiladi, o‘yinchoqlar bilan mustaqil o‘ynaydi,bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga tushib ketgan o‘yinchoqlarni ko‘taradi. Bir nima deyishga xarakat qiladi. Buni rivojlantirish uchun kattalar bolalar bilan muloqatda bo‘lishi kerak.
Ettinchi oy
To‘rt oyoqqa turadi va emaklaydi, ishonch bilan o‘tiradi.Tayanch bo‘lganda tizza soxasiga turadi. Ikki qo‘lga yordam berganda esa tik turadi va qadam qo‘yadi, chapak chaladi va o‘yinchoqlarni bir-biriga urishini yaxshi ko‘radi. Oynadagi o‘z aksiga intilishiga xarakat qiladi.
O‘ninchi oy.
Tayanch orqali yoki usiz turadi, qo‘lni yoki kolyaskani ushlagan xolda yurishi mumkin, o‘ziga yoqqan o‘yinchoqni maxkam ushlaydi va xech kimga bermaydi. Murakkab xarakatlarni bajarishi mumkin: qutichaning qopqog‘ini ochadi yoki yopadi. O‘yinchoqlarni, koptokni berkitadi. O‘zini ismi aytilganda javob beradi.
O‘n ikkinchi oy.
Do'stlaringiz bilan baham: |