O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji


Uyga vazifa Uqish,yozib kelish,mavzu xaqida yangi ma’lumotlarni yigish



Download 1,06 Mb.
bet45/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Uyga vazifa Uqish,yozib kelish,mavzu xaqida yangi ma’lumotlarni yigish.

1.G.Jalilov.-Bolalar kasalliklari va ularning anatomik-fiziologik xususiyatlari.

2.I.A.Svyatkina.-Bolalar kasalliklari.

Kushimcha adabiyotlar.

1.X.SHodmonov.-Asab va ruxiy kasalliklari.

2.Pediatriya jurnali №1

3.Sixat salomatlik jurnali№4

Elektron saytlar: w w w.ped ru/zdorove



WWW.pedagog.uz

WWW.bilim.uz

WWW.referat.uz

WWW.ziyonet.uz
Mavzu:5.YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarga hamshiralik parvarishi.

Dars rejasi:

oy kuni etib tug‘ilgan chaqaloqning belgilarini;



  • chaqaloqlarning fiziologik moslashishini;

  • chaqaloqlarga hamshiralik parvarishini;

  • tug‘ruqdan oldingi va chaqaloqlarni birinchi patronajini maqsad va mazmunini.

Ma’ruza matni:

      1. CHaqaloqlarni oy kuni etib tug‘ilganlik belgilari va tavsifnomasi.

Kindik kesilish vaktidan boshlab va xomilaning onadan ajralishi bilan CHaqaloqlik davri boshlanadi.Uning davomiyligi 4 xaftani tashkil etadi. Oy kuni etib tug‘ilganlik darajasi teri, ko‘krak, tqpiqlar, quloq, tashqi jinsiy a’zolar va boshqalarni tashqi kuzatuv yo‘llari bilan baxolanadi. SHuningdek yana nevrologik usullardan biri Dubovits baxolash usuli xisoblanadi(tug‘ilgandan keyin 5 minutdan boshlab to tug‘ruqxonadan chikkuncha).

CHaqaloqlarni tashqi muxit sharoitlariga adaptatsiyasi.

1. Nafas.

Birinchi nafas retikulyar formatsiyaning nafas markaziga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tug‘ruqda ortib boruvchi gipoksemiya, giperkapniya, atsidoz va boshka metabolik uzgarishlar retikulyar formatsiyani aktivlashtiradi.

CHaqaloqlarni nafasi kattalarga nisbatan tezrok- 1 minutda 40-50 marta. Moddalar almashinuvi kattalarga nisbatan 3 marta ko‘prokka etadi, shuning uchun kislorodga bulgan talab ko‘prok, lekin xavo almashinuvi kattalarga nisbatan 20 marta kam. CHaqaloqlarda rezerv kuch bulmaydi, shuning uchun bolada kislorodga bulgan talab ortishi paydo bo‘lishi bilan polipnoe(tezlashishi) va nafas etishmovchiligi oson yuzaga keladi. CHunki nafas yullari kichik, shillik kavatning sekretsiyasi tufayli nafas yullari torayadi shu bilan birga xavo almashinuvi buziladi. Nafas diafragma xarakatlari orkali amalga oshadi va asosan korin bilan nafas olish turi kuzatiladi. CHaqaloqlar odatda ogzini ochmasdan burni bilan nafas oladi. Bundan tashkari bolada kiska vaktga nafas tuxtashidan xavo etishmovchiligi kuzatiladi, chunki nafas markazi xali rivojlanmagan bo‘ladi.

2. Qon aylanishi.

Birinchi nafas olish vaktidan boshlab va platsentar qon aylanish tuxtagandan so‘ng qon okimida kurinarli uzgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday uzgarishlarga xomila qon tomirlarining yopilishi kiradi: Batalov yuli, oval teshik, kindik tomirlarining koldiklari(Aransiev yuli) , kichik va katta qon aylanish doirasi ishga tusha boshlaydi.

3. Tana xarorati.

Issiklik balansining buzilishi bolalarda termoregulyasiya protsesslarining etilmaganligi okibatida yuzaga keladi. SHuningdek CHaqaloqlar tashqi muxit xaroratining uzgarishiga oson engiladilar, ya’ni ularga optimal bulmagan tashqi sharoitlarda tana xarorati oson issiklaydi yoki sovib ketadi. Bundan kelib chikib, CHaqaloqning tanasining teri yuzasi katta va teri osti yog katlami ingichkaligi tana xaroratini nurlanish, parlanish, teginish va konveksiya yuli bilan yukotadi.

4. Ovqat xazm kilish a’zolari.

Mekoniy (tug‘ruqdan keyingi birinchi axlat). Xayotning birinchi kunlarida ajraladi va xidsiz, kuyuk, chuziluvchan, tuk yashil massadan iborat. Mekoniy xomila ovqat xazm kilish traktining ajralmalari, epiteliydan va yutilgan kugonok suvlaridan iborat.

2-3 kundan keyin u bo‘tqasimon va sariq bo‘ladi, uning ajralishi sutkada bir necha martani tashkiletadi.

5. Suv balansi.

Bolalarni yangi xayot sharoitlariga moslashish jarayonlarini namoyon kiluvchi turli fiziologik xolatlar CHaqaloqlarga xarakterlidir.

Fiziologik tana vaznining kamayishi xama CHaqaloqlarda xayotining birinchi 3-4 kunlari kuzatiladi va birinchi boshlangich tana vaznidan 10% dan, chala tug‘ilgan bolalarda 12-14% dan oshmaydi. Tana vaznini kayta tiklanishi xayotining 7-10 kunlarida sodir bo‘ladi. Kasal, chala tug‘ilgan, tana vazni ogir tug‘ilgan bolalarda kechrok sodir bo‘ladi. Tana vaznining kamayishi suvningsiydik, axlat, teri iva upkalar orkali yukotilishi bilan boglangan. Tana vaznini ko‘p yukotilishini oldini olish uchun ko‘krakka erta tutish, bolaning talabiga kura emizish kerak. Tana vaznini kamayishini oldini olish uchun optimal xarorat tartibini saklash lozim.

6. Teri.


“ Fiziologik sariklik ”- CHaqaloqlarning tranzitor sarikligi qonda va tukimalarda fetal eritrotsitlarning parchalanishidan xosil buluvchi boglanmagan bilirubinni tuplanishidan kelib chikadi.

Fiziologik sariklik xayotining 2-3 kunlari teri koplamlarining, ogiz va sklera shillik kavatlarining sargayishi kurinishida yuzaga keladi. Axlat va siydik odatdagi rangda koladi, jigar va talok kattalashmaydi, bolaning umumiy axvoli buzilmaydi. Sariklik intensivligi kamayadi va 7-10 kuniga kelib yukoladi. Tug‘ruq shikastlari, jigar kasalliklari bilan tug‘ilgan bolalar va chala tug‘ilgan bolalarda sariklik 2-3 xaftagacha saklanadi. YAkkol rivojlangan sariklikda fototerapiya utkaziladi.

7. Siydik chikarish a’zolari.

Albuminuriya ba’zi CHaqaloqlarda xaetining birinchi kunlarida uchraydi va yuraklarning koptokchalari va siydik yulchalari epitelisining utkazuvchanligini oshishi sabab bo‘ladi.

Buyrakning siydik kislotasi donachalari (kristallari) bilan bog‘liq bo‘lgan infarkti chaqaloqlar xayotining 3-4 kunlari paydo bo‘ladi va siydik yo‘lchalarining bo‘shlig‘iga siydik kislotasining kristallar shaklida to‘planishi yuzaga keladi. Siydik kislotasining ko‘p hosil bo‘lish sababi xujayralarning (asosan leykotsitlarning) ko‘p miqdorda tez parchalanishi xisoblanadi. Infarktli siydik xira, sarik-jigarrang tusda, tana vaznini kamayish kunlarida asosan to‘qroq rangda bo‘ladi.

Bola uralgan choyshabda jigarrang dog‘lar kum kurinishdagi cho‘kmalar bilan koladi. Sekin asta diurezning ko‘payishi bilan tuzlar yuvilib ketadi va 7-10 kun ichida infarkt o‘tib ketadi.

8. Jinsiy organlar.

Jinsiy kriz. Onadan bolaga xomilalik davrida va bola tug‘ilgandan so‘ng ona suti bilan estrogenlarni o‘tishi bilan tushintiriladi. Ko‘pgina chaqaloqlarda, ko‘prok qizlarda kuzatiladi va bir nechta xolatlarni uz ichiga oladi.

Sut bezlarining kattalashishi (fiziologik mastopatiya) jinsiga karamasdan xaetining 3-4 kuni paydo bo‘ladi va 7-10 kunlari maksimal kattalashadi. Sut bezlarining kattalashishi simmetrik, bezlarning ustidagi teri o‘zgarmagan ba’zida biroz qizargan bo‘ladi. Bezlardan kulrang yoki oq-sutli rangdagi suyuqlik ajralishi mumkin. Kuchli shish kuzatilganda terining shikastlanishini oldini olish uchun issiq steril bog‘lam qo‘yish tavsiya etiladi.

Qindan qon ketish xaetining 5-8 kuni paydo bo‘ladi. Uning davom etishi 2-3 kundan oshmaydi, xajmi 0,5-2 ml. bolani parvarish kilganda gigienik tartibga rioya kilish kerak.

Qiz bolalarda xaetining birinchi kunlarida jinsiy a’zolarida kul rang- ok rangda shillikli ajralmalar paydo bo‘lishi mumkin. O‘g‘il bolalarda moyaklarda va sut bezlari atrofidagi terisida giperpegmintatsiya kuzatiladi. Jinsiy kriz tashqi jinsiy a’zolarining shishi bilan kuzatilishi mumkin.

CHaqaloqlarning kundalik parvarishi.

1. Gigiena.

CHaqaloqlik davrida kattalarga nisbatan 2 marta ko‘p ter ajralishi, metobolizm kuchayishi va teri orkali yogning kuchli ajralishi kuzatilishi sababli teri gigienasiga rioya kilish muximdir. Agar sharoit bulsa chumiltirishni xar kuni olib borish mumkin. CHumiltirishni yoz vaktida ertalab yoki kechkurun salkinda, kishda esa tushlikda issik bulganda utkazish mumkin. CHumiltirish ovqatlantirilgandan so‘ng 1 soatdan keyin utkaziladi, chunki ovqatlantirilgandan keyin usha zaxoti ovqat xazm bo‘lishining yomonlashishi va kusish yuzaga kelishi mumkin.

Kindikka ishlov berish bola to‘g‘ilishi bilan kindikni rezina xalka bilan mustaxkamlash yordamida olib boriladi. Tug‘ilgandan so‘ng 3-4 kundan keyin kindik sekin-asta kurib tabiiy tushishi kuzatiladi. Onasiga xar kuni kindik yarasini kuzatish tushuntiriladi, agar qizarish, shish, qizish sezgilari, yiring ajralishi aniklansa omfalitga Karshi choralar kurilishi shart.

CHaqaloqning kiyimlari yumshok paxtadan tayorlangan matodan bo‘lishi kerak. CHoklari tashqi tomonida joylashishi kerak. Kiyimlari bolalar sovunida yuviladi va yaxshilab dazmol kilinadi. Ichki kiyimlari bir kunda bir necha marta almashtiriladi.

2. Bemalol ovqatlantirish.

Bemalol ovqatlantirish – bu bolaning xoxishiga kura ko‘krak bilan oziklantirish. Ona sutida vitamin K yuk, bu vitamin K etishmasligiga olib kelishi mumkin.

3. Fiziologik chikarishlar.

CHaqaloqlarda diurez bir kunda 10-20 marta, axlat 2-4 marta keladi. Ko‘tliklarni alishtirayotganda bolaning to‘piqlaridan ko‘tarilsa tos-son bo‘g‘imidan chiqib ketishi mumkin, shuning uchun qo‘llarni dumba soxasiga qo‘yiladi va butun bel ushlab turiladi. Xar kuni chumiltirish va tozalikni saqlash lozim.

4. Uyqu.

CHaqaloqlarning bir kunlik uyqu davomiyligi 20-22 soatni tashkil etadi. CHuqur uxlayotgan bola bezovta qilinmaydi.

5. Ona va bolaning boglanishini shakllanishi.

Ota-onalarning bolaga bog‘lanishi shakllanishi uchun bola to‘g‘ilishi bilan kenguru usulida parvarish amalga oshiriladi va chaqaloq onaning ko‘kragiga yotqiziladi, hamda chaqaloqni xar kuni parvarish qilish yordamida bu sezgilar mustaxkamlanadi.

CHaqaloqlarni tug‘ruqdan oldingi va birinchi patronajining maqsadi va moxiyati.

1. Tug‘ruqxonadan chikarilish instruktaji.

1) CHaqaloqlar chikarilishidan chumiltiriladi va chikarilish xonasida bolani uyidan olib kelingan kiyimlariga erkin kiyintiriladi.

2) Xamshira onani e’tiborini brasletlardagi va medalonlardagi yozuvlarga karatadi va kabulni belgilab oladi.

3) Xamshira onani e’tiborini shilliq qavatlar, teri qoplamlari va kindik yarasi xolatiga qaratadi.

4) Unga silga, virusli gepatit Vga va sholga qarshi o‘tkazilgan emlanishlarni xabar qiladi va maxalliy emlashdan keyingi reaksiyalarni ma’lum kiladi, kerak bo‘lsa chaqaloqlarni uy sharoitida parvarish xususiyatlarida to‘xtalib o‘tadi.

5) CHaqaloqning rivojlanish tarixida xamshira chikarilish muddatini, teri koplamlari va shillik kavatlar xolatini belgilaydi. YOzuvlar xamshira va ona qo‘llarini kuyish bilan tasdiklanadi.

6) Xamshira onaga tug‘ruq xonaning yoki shifoxona tug‘ruq bo‘limining bola xaqidagi ma’lumot yozilgan almashuv kartasini topshiradi.

7) Bolalar chiqarilgandan so‘ng xona dezinfeksiya kilinadi.

8) CHaqaloqlar bo‘limining bosh xamshirasi telefon orqali uyda birinchi patronajni amalga oshirilishi uchun bolalar poliklinikasiga chiqarilgan bola xakidagi ma’lumotlarni beradi, chaqaloqlar bo‘limii jurnaliga chikarilish muddatini va telefonogramma kabul kilib olgan poliklinika xodimini familiyasini belgilab yozib kuyadi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish