O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji


CHaqaloqlarni tug‘ruqdan oldingi va birinchi patronajining maqsadi va moxiyati



Download 1,06 Mb.
bet46/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

CHaqaloqlarni tug‘ruqdan oldingi va birinchi patronajining maqsadi va moxiyati.

1. Tug‘ruqxonadan chikarilish instruktaji.

1) CHaqaloqlar chikarilishidan chumiltiriladi va chikarilish xonasida bolani uyidan olib kelingan kiyimlariga erkin kiyintiriladi.

2) Xamshira onani e’tiborini brasletlardagi va medalonlardagi yozuvlarga karatadi va kabulni belgilab oladi.

3) Xamshira onani e’tiborini shilliq qavatlar, teri qoplamlari va kindik yarasi xolatiga qaratadi.

4) Unga silga, virusli gepatit Vga va sholga qarshi o‘tkazilgan emlanishlarni xabar qiladi va maxalliy emlashdan keyingi reaksiyalarni ma’lum kiladi, kerak bo‘lsa chaqaloqlarni uy sharoitida parvarish xususiyatlarida to‘xtalib o‘tadi.

5) CHaqaloqning rivojlanish tarixida xamshira chikarilish muddatini, teri koplamlari va shillik kavatlar xolatini belgilaydi. YOzuvlar xamshira va ona qo‘llarini kuyish bilan tasdiklanadi.

6) Xamshira onaga tug‘ruq xonaning yoki shifoxona tug‘ruq bo‘limining bola xaqidagi ma’lumot yozilgan almashuv kartasini topshiradi.

7) Bolalar chiqarilgandan so‘ng xona dezinfeksiya kilinadi.
8) CHaqaloqlar bo‘limining bosh xamshirasi telefon orqali uyda birinchi patronajni amalga oshirilishi uchun bolalar poliklinikasiga chiqarilgan bola xakidagi ma’lumotlarni beradi, chaqaloqlar bo‘limii jurnaliga chikarilish muddatini va telefonogramma kabul kilib olgan poliklinika xodimini familiyasini belgilab yozib kuyadi.

2. Birinchi tug‘ruq oldi patronaji.

1) Xomiladorlikning 8-10 xaftalarida olib boriladi. Ayollar maslaxatxonasida xomilador ruyxatga olingandan so‘ng ma’lumotlar bolalar poliklinikasiga utkaziladi va maxsus jurnalga kiritiladi.

2) Patronajni bolalar poliklinikasining xamshirasi bajaradi. Patronaj maksadi- anamnez yigish va bulajak onaga instruktaj utkazadi.

3) Anamnez yig‘ishda perenatal xavf xatar sabablariga ko‘proq e’tibor beriladi:

a) sotsial-biologik;

b) akusher-ginekologik;

s) onaning ekstragenital kasalliklari;

4) Xomilador ayollar instruktaji sog‘lom xayot kechirish va xavf soluvchi sabablarni kamaytirish muammolarini uz ichiga oladi.

5) Patronaj xakidagi ma’lumotlar bolaning kasallik tarixiga qo‘shib qo‘yiladi.

3. Ikkinchi tug‘ruq oldi patronaji.

1) Xomiladorlikning 31-38 xaftalarida olib boriladi. Patronaj maqsadi- oldin berilgan maslaxatlarni bajarilishini tekshirish, qayta xavf soluvchi sabablarni baxolash, tug‘ruqdan keyingi davrga tayyorlash.

2) Instruktaj ko‘krak bilan ovqatlantirish, sut bezlarini tayyorlash, gipogalaktiya va mastitni oldini olish, bola burchagini tashkilkilish, bolaga kerakli bo‘ladigan sarpalarni va aptechkani tayyorlash, bola to‘g‘ilishiga tayyorgarlik tugrisida bulajak ona va uning oila a’zolari bilan suxbatlarni uz ichiga oladi.

4. CHaqaloqning birinchi patronaji.

Bolalar poliklinikasining bosh xamshirasi tug‘ruqxonadan chaqaloqning chiqganligi xaqida ma’lumot olgandan so‘ng, o‘sha kuni chaqaloqlarni ruyxatga olish jurnaliga kiritadi, chaqaloqning rivojlanishi tarixini to‘ldiradi va uni ruyxatxonaga topshiradi yoki maxalla xamshirasiga beradi. Oilaviy maxalla pediatri va xamshirasi tug‘ruqxonadan chiqarilgandan so‘ng birinchi 3 kunda, birgalikda chaqaloqni kurishga boradi.Oilada birinchi bola, perinatal va tug‘ma nuqsonli bolalar hamda chala tug‘ilganlar chiqarilgan kuni ko‘rilishi lozim. Agar bu dam olish kuni bo‘lsa-kurikni navbatchi oilaviy shifokor-pediatr amalga oshiradi. CHaqaloq fakat uyda kuzatiladi.

CHaqaloqni birinchi patronaji onaning yangi faoliyatida amaliy yordam ko‘rsatish uchun kerak. Patronaj vaqtida hamshira ko‘krak bilan ovqatlantirishni saqlab qolish choralariga e’tibor karatadi, bolani parvarish qilish yo‘llarini o‘rgatadi, chaqaloqni ortikcha muloqotlardan maksimal ximoya kilishga e’tibor beradi, ota-onalarni poliklinika ish tartibi bilan tanishtiradi, kerak bo‘lsa kindik yarasini zararsizlantiradi, BSJ emlanishidan so‘ng qolgan izni ko‘radi, shifokorning ko‘rsatmalarini bajaradi, bola burchagini tashkil qilish borasida, xonadagi xarorat tartibi, xonani tozalash va sanitar xolati, erkin yurgaklash moxiyati, toza va kir oqliklarni yuvish va saklash koidalari, toza xavoga sayr qildirishni tashkil qilish, bola tarbiyasida va parvarishida otaning roli xaqida maslaxat va suxbatlar o‘tkazadi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish