OITS infeksiyalari – ta’rif, etiologiya, simptomlari, tashhisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.
Ta’rif: OITS virusi chaqirgan kasallik bo’lib,qayta transkriptazali, ikki ipli RNK saqlovchi petrovirusdir. Kasallik yuqqandan so’ng o’lgunicha virus ko’payadi va oxir oqibat o’rttirilgan immun tanqislik sindromi rivojlanishiga (SPID) olib keladi.Spontan davolanmaydi
Etiologiyasi Bolalarda infeksiya asosan onadan o’tadi, infeksiya yuqish yo’li homila ichida,tug’ruq yo’llari orqali,ona suti orqali yuqishi mumkin. Virus hujayralarini CD 4+ retseptorlari orqali (bundan tashqari (SSR va SHSR 4 ikkilamchi retseptorlari ham mavjud).T limfositlar va makrofaglarni bir qismi qayta DNK transkriptaza bilan ta’sirlanib retsipient genomi tarkibiga provirus sifatida kirib oladi. Hujayra bo’linish davrida juda ko’p miqdorda OIV hosil qiladi va nobud bo’ladi, natijada CD4+ limfositlar soni pasaya boradi. Infetsirlangan limfatik tugun to’qimalari va boshqa to’qima hujayralari apoptoz holatiga tushadi. OIV organizmga tushgach bir xil tezlikda 10-12 nusxada ko’paya boradi. Hosil bo’lgan viruslar qolgan CD4+ limfositlarni shikastlaydi va ularni bir yarim kun mobaynida nobud qiladi. Limfositlarni nobud bo’lishi ularni hosil bo’lishidan yuqori bo’lib CD4+ limfositlar miqdori kamayib ketadi. CD4+ limfositlar miqdorining kamayishi, limfatik tugunlar strukturasining buzilishi immunitet buzilishiga olib keladi. Immunitet pasayishi va yetishmovchiligi shartli patogen (opportunistic) infeksiyalar opportunistic o’smalar rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Simptomlari1. Otkir infeksiya davri : bemorlarning yarmida infesirlanishdan bir ikki hafta o’tgach isitma paydo bo’ladi Toshmalar, limfa tugunlarning kattalashishi va boshqa simptomlar.
2. Asimptomatik davr : bemor immuniteti virusga qarshi kuchayadi, lekin virus miqdori zardobda aniq bir nuqtaga yetgach, simptomsiz davr o’n yilgacha cho’zilishi mumkin, lekin virus kuchaya boradi va CD4+ limfositlar miqdori asta sekin pasaya boradi.
3. Avj olish davri ( SPIDni paydo bo’lishi) : Agar limfositlar miqdori 200mkl dan pasayib ketsa u holda shartli patagen infeksiya va o’smalar paydo bo’ladi. Agar davo o’tkazilmasa bemor 2 yil mobaynida SPIDdan keyin o’lim yuz beradi. Agar kasallik boladan onaga o’tgan bo’lsa, unda kasalik 2 tip boyicha : 1- erta – og’ir shakli bo’lib (bola toug’ilgandan keyin 12 oylikkacha shartli patogen infeksiya va o’smalar hosil bo’ladi, va bola 18 oylikkacha nobud bo’ladi), 2- sekin progressirlanuvchi ( asimptom yoki kam symptomni) davr 2-10 yil davom etadi, keyin shartli patogen infeksiya rivojlanadi.
Jadval 1
Tashxisoti 1. Infetsirlangandan keyin 2 hafta mobaynida antitelolarni aniqlash iloji yo’q (negativ antielolar davri). Agar shu vaqtda zanjirli polimeraza reaksiyasini o’tkazsa, bu reaksiya 1 hafta mobaynida hech qanday aniq natija bermaydi.
a) Antitelolarga test : skrining uchun immunoferment analizi ( ElSA-inzyme immunoassay) , mikroaglyugunatsiya ( pa – partisli aglyunatination) va tekshirib ko’rish uchun VESTTERN – blot (western blot) o’tkaziladi. Bu yo’l bilan IgG antitelolari aniqlanadi, Lekin bu usul pozitiv OIV infeksiyali onalardan tug’ilgan chaqaloqlarda qondagi miqdori aniqlanadi.
2. Zararlangan onadan tug’ilgan chaqaloqlarda o’tkaziladigan tahlillar.
(1)-si bola to’g’ilgandan keyin minimum 48 soat ichida
(2)-si 1-2 oylikda
(3)-si Tug’ilgandan keyin 3-6 oylikda, albatta DNK PTSR qayta transkriptaza ( RT) ribonuklein kislota (RNK) reaksiyalari va OIV infeksiyasini kultivatsiya usuli bilan aniqlanadi. Agar bola 18 oylik bo’lganda
(1) IgG antitelolari negativ (manfiy) bo’lsa, va gipogammablobulinemiya kuzatilmasa,
(2) OIV infeksiya belgilari bo’lmasa,
(3) Virusologik tahlil negativ bo’lsa unda OIV infeksiyasini inkor qilsa bo’ladi.
3. Bolalarda OIV infeksiyasini monitoringi
Tashxis qo’yilgandan keyin darhol CD4 limfositlar miqdori o’lchanadi va har 3 oyda tekshirib turiladi.CD4 limfositlarning normadagi miqdori bolalik yoshiga bog’liq 2 chi tablitsiyaga qarang
Jadval 2
Shuningdek, OIV infeksiyasini ribonuklien kislotatasini kopiyasi miqdorini ham o’lchasa bo’ladi. Bolalarda kattalarga nisbatan virus miqdori ko’proq bo’ladi. Agar infesirlanish perenatal davrda bo’lsa, bola tug’ilgandan keyin viruslar miqdori past bo’ladi. Bola 2 oylikkacha tezda ko’payadi va 1 yoshga yetganda ko’payish tempi kuchayadi. Shuningdek bola 12 oylik bo’lguncha OIV virusini RNK si 299,000 nusxa mkldan oshib ketsa kasallik tez rivojlanuvchi hisoblanadi.
Davosi Erta pubertat davrida bolalarni davolash umumiy bolalarni davolash jadvali bo’yicha undan keyin kattalarni davolash jadvali bo’yicha o’tkaziladi.
1. OIV ga qarshi davolashni boshlang’ich davri hozirgi davrda davolashni boshlang’ich davri Amerika qo’llanmasida keltirilgan. 3chi jadvalga qarang
Hammaga ma’lumki bola perenatal davrda infetsirlansa viruslar miqdori ko’p bo’ladi, shuning uchun immun tizimini buzilishini oldini olish mqsadida OIV ga qarshi darhol davoni boshlash kerak.
Agar davolash yaxshi natija bersa, virus miqdorini nazorat qilib turish kerak. Bundan tashqari immuniologik funksiyalar va klinik simptomlari kuzatiladi. Agar OIV ni RNK nusxasi 10000/mkl nusxadan oshib ketsa yoshiga qaramasdan davoni boshlasa bo’ladi, 2 yoshga borganda 5 marta 2 yoshdan keyin 3 marta ko’paysa davo boshlanadi. OIV ga qarshi davo o’tazilmaganda dorilarni qabul qilishni nazorat qilish kerak. Davo boshlashdan oldin bemor va uni parvarish qiluvchi odam bo’lishi kerak. Bunda dorilarni qat’iy qabul qilishni va dori qabul qilgandan keyin holatini kuzatish keraklig’i tayinlanadi.
2. Davoni tanlash usuli
Zidovudin organizm chidamliligini oshirgani uchun ko’krak yoshidagi bolalarga infeksiyani oldini olish maqsadida 6 haftalikkacha bo’lgan bolalarga qo’llasa bo’ladi. Infeksiya aniqlangach medikamintoz davoga, dorilar kompleksi qo’llaniladi.
(6) Hamshiralik parvarishi
1. Kuzatish: O’zgarishlarni erta aniqlash
2. Dori moddalarni qabul qilish: bemor o’z holicha dori qabul qilishni to’htatmaslik kerak
3. Ikkilamchi infeksirlanishni oldini olish. Immun faoliyatini pasayib ketishi natijasida – og’iz bo’shlig’i va nafas yo’llarini infetsirlanishini oldini olish kerak.
4. Kontaktda bo’lgan narsalarga ishlov berish va boshqalarga infeksiya yuqishini oldini olish
5. Sharoitni ta’minlash : ifloslangan kiyimlarni tozasiga almashtirish
6. Ovqatlanish
7. Kasallikka talluqli ma’lumotlarni bemor va uning oilasiga xabar berish
8. Bemor va uning qarindoshlarini ruhiyatini ko’tarishga yordam berish
Do'stlaringiz bilan baham: |