Mavzu :6 OITS va virusli gepatitlarda bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
Reja:
1. OITS va virusli gepatit yuqumli kasaligiga tushuncha berish.
2. Viruslar va gepatitda bolalar va ular oilasida bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
3. OITS kasalliklarida bolalar va ular oilasi bilan bo’ladigan hamshiralik parvarishi.
Ma’ruza matni :
Virusli gepatit ta’rifi, etiologiyasi simptomlari, tashxisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.
Zarar keltiruvchi organizmlar ya’ni viruslar, bakteriyalar, gepatotoksik moddalar, turli xil invaziyalar, gemodinamikasini buzilishi, yog’li infiltratsiyasi, autoimmun reaksiya natijasida jigarda jigar hujayralarini nekrozi va degenerativ o’zgarishlar vujudga keladi. Bu holatlarda organism javob reaksiyasini qaytarsa, mononuklear hujayralarning infiltratsiyasi kuzatiladi – bu holat esa gepatit deyiladi. Virusli gepatit bu – jigar faoliyatini virusli infeksiya ta’sirida buzilishi va yallig’lanishidir. Virusli gepatit 5 turga bo’linadi: A; B; C; D; va E; Yaqinda yangi G tipi aniqlandi va TT tiplari aniqlandi. Bolalar asosan virusli gepatitni A;B;C tiplari bilan kasallanadilar.
1) Virusli gepatit A Ta’rifi. Virusli gepatit A chaqiradigan jigar faolyatini buzilishi va yallig’lanishidir, ko’p bolalarda gepatit A virusiga qarshi antitelolar yo’q, shuning uchun ular osongina kasallanadilar va sanitariya oqartuv ishlarining yetarli emasligi tufayli, kasallik osongina tarqaladi.
Etiologiya Virusning ko’p miqdori bemor bolani axlatida bo’ladi, shuning uchun virus ifloslangan suv va oziq – ovqatlar orqali tarqaladi, oila ichida yengilgina tez tarqaladi. Shuningdek muassasa va umumyashash joylarida ham. Ichimlik suvi yo’q joylarda, suv orqali ikkilamchi infeksiyani ham tarqalishi kuzatiladi.
Simptomlari Inkubatsion davr 15-45 kunni tashkil qiladi. Avvaliga isitma, qorinda og’riq, sarg’ayishi, siydikning qizarishi, bir necha kundan so’ng axlatning oqarishi va axolik steatoriya kuzatiladi. Shuningdek yengil shakllari ham uchraydi, bunda ichaklarda yengil buzilishlar bo’ladi va klinik simptomlar kuzatilmasligi mumkin. Bolalik davrida gepatit “A” yengil kechadi, sarg’ayish kuzatilmasligi mumkin, shuning uchun yuqori nafas yo’llarini yallig’lanishi yoki oshqozon ichak trakti kasalliklari bilan adashtirish mumkin. Asosan ko’krak va maktabgacha bo’gan davrda kasallik simptomsiz kechishi mumkin, bunda bola doimiy immunitetga ega bo’lishi mumkin
( subklinik infeksiya). Jigar faoliyati asosan 2-3 hafta mobaynida normallashadi. Ba’zan pnevmoniya, plevrit, anuriya, kabi simptomlari, mielit gemolitik anemiya, qon ketishlarga moyillik, siydikdagi o’zgarishlar kabi asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Tashxisoti Qon tahlilida alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenaza va bevosita bilurubinni oshishi kuzatiladi. Tashxis virusli gepatitga qarshi antigen va antitelo aniqlanganda qo’yiladi. Qon tahlilida A IgM antitelolari musbat bo’ladi.
Davosi Infusion davo va medikamentoz davo vitaminlar bilan birgalikda olib boriladi. Bemor holati og’irlashsa, yoki fulminant gepatitga aylansa, kasallik kechishni kuzatish kerak shu bilan birga protrombin vaqtiga va gepoplastin testiga e’tibor beriladi. Bemor bilan kontaktda bo’lganlarga va uning oilasiga gamma-globulin yuboriladi.O’tkir gepatit: O’tkir gepatitni fulminant gepatitga o’tib ketishi mumkinligini hisobga olgan holda es-hushning buzilishiga, qon ketishga moyilligi, giperammoniemiya, elektroensefalogrammadagi o’zgarishlarga e’tibor berish kerak. O’tkir davrda 5 %li glyukoza, vitamin kompleksi bilan (200-400ml) tarkibi glisirizin bo’lgan preparat har kuni 2 soatdan (2-2.5ml/kg) yuboriladi. Jigar faoliyati tiklanishi bilan glisirizin (stronger neominofagen S) yuborilishi kamayadi. Qabziyat giperammoniyemiyani kuchaytiradi shuning uchun ich suruvchi preparatlar yuboriladi va so’rilmaydigan antibakterial modda (Kanamycin sulfate) og’iz orqali beriladi.
Fulminant gepatit holatida jigar faoliyatini buzilishi 6 oydan ko’proq davom etadi, bunda aminokislotalar infuziyasi, qon va plazma qo’yish, yaxshi natija berish usuli bu jigarni qayta qo’yish (peresadka) usulidir.
Hamshiralik parvarishi.
1- O’zgarishlarni erta aniqlash va kuzatish: Tahlillar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatsada, kasallik kechishi simptomsiz bo’lishi, ba’zan fulminant shaklga o’tishi mumkin, buning uchun kasallik kechishni diqqat bilan kuzatish lozim.
2- Yotoq rejimi : jigarda qon aylanishi kuchayadi, Glyukoza ishlab chiqarishi oshadi, laktatdegidrogenaza miqdori kamayadi.Shuningdek yotoq rejimida jigar hujayralarining tiklanishi tezlashadi., fulminant gepatit oldi olinadi. Ovqatlangandan keyin 1 soat mobaynida bemor yotoq rejimiga rioya qilishi kerak. Yotoq rejimida bola ovqatlanish va fiziologik ajralmalarni ajratish vaqtidan tashqari doim yotoq rejimida bo’ladi, og’riqdan chalg’itish uchun bolaga yotoqda o’ynashi mumkin bo’lgan o’yinlar tavsiya qilinadi.
3- Ovqatlanish nazorati : jigar hujayralarini tiklanishini ta’minlash maqsadida yuqori kaloriyali oqsilga boy parhez taomlar buyuriladi. Ovqat shaklini bemor yoshi va holatiga qarab tanlanadi. Tana massasini har kuni o’lchab turish ovqatlanish holati va organizmga suyuqlik hajmini ko’rsatkichlarini ko’rsatib turadi.
4- Infeksiya yuqishini oldini olish.
a) Bemorni inkubatsion davr (2-6 hafta) mobaynida va 1-2 hafta kasallik aniqlangandan keyin izolyatsiya qilish. Izolyatsiya vaqtida bemor o’zini bezovta va yolg’iz his qilishi mumkin, shuning uchun bemorni holatini ruhan ko’tarib turish kerak.
b) Qo’lini doimiy yuvishga majburlash
c) Kontaktda bo’lgan narsalarni yoqib tashlash, qon, qusuq moddalari va boshqa ajratmalarni darxol yo’q qilish lozim.
d) Bemor ishlatadigan idishlar bir martali bo’lishi lozim.
e) Ovqatlanishni buzilishi natijasida immunitet tushib ketishni oldini olish, yuqori nafas yo’llari infeksiyasini oldini olish, oshqozon ichak trakti, teri kasalliklarini oldini olish uchun doim teri ozodaligiga e’tibor berish lozim.
f) Ko’krak va maktab yoshidagi bolalar doimo o’yinchoqlarni og’zilariga soladilar, shuning uchun doimo kravat xxxxx artish va boshqa narsalarni doim tozalikda saqlash lozim.
g) Ich surganda doim tagliklarni almashtirish . Dumba va ostini doimo yuvish, toza va quruq saqlash lozim. Agar vanna qabul qilish iloji bo’lmasa, dumba va ostini yuvib turish kerak.
5- Qon ketishini oldini olish : Qon ivish faktorlarini kamayishi ( fibrinogen) qon ketishga moyillik oshadi, shuningdek oshqozon kislotasining ishlab chiqarilishini kamayishi, oshqozonda mikrosirkulyatsiya buzilish hisobiga oshqozon ichak traktida ham qon ketishlar kuzatilishi mumkin. Qon ketishi mumkin bo’lgan sohalarni kuzatish, qon tahlillari natijalarini nazorat qilish shu bilan qon ketishini olidini olish va qon ketganda yordam berishga tayyor turish kerak. Terini jarohatlash va qon ketishini oldini olish uchun tirnoqlarni doim kalta qilib olish kerak.
6- Oilaga yordam : bolani gospitalizatsiya qilayotganda yaqin qarindoshlarini shubha gumonlarini va bezovtalanishini oldini olish kerak, bola holatini kuzatish , qarindoshlari ruhiyatini o’zgarishini kuzatish, ular bilan birgalikda harakat qilish kerak. Turli xil tekshiruvlar va muammolar vaqtida qarindoshlariga tushuntirish kerak bo’ladi. Shifokor tushuntirayotganda hamshira ham ishtirok etadi va oilaga hamma narsa tushunarlimi tekshiradi. Agar ularda bezovtalanish shubha paydo bo’lsa, kerakli qo’shimcha ma’lumotlar beradi. Bemor ahvoli yaxshilangach va stabil holatga kelgach uyiga javob beriladi. Bundan oldin hamshira bemor hayot faoliyatiga tegishli kun tartibini tushuntirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |