O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet20/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Nazorat savollari:

Difteriya Simptomlarini sanang.

Difteriya. Simptomlarini sanang

Ko`kyo`tal Simptomlarini sanang

Kundalik hayotda infeksiyani oldini olishni ta’minlash choralarini ayting.

Tayanch iboralar:

Auskultasiya-eshitib ko`rish

Oksigenoterapiya- kislorod bilan davolash

Laringotraxeobronxit-xiqildoq,traxeya,bronx shilliq qavatining yalliglanishi


Uyga vazifa:o`qish,mavzu haqida yangi ma`lumotlar yigish.
Fan bo’yicha adabiyotlar.

1.G.Jalilov. Bolalar kasalliklari va ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari.

K.A.Svyatkina- Bolalar kasalliklari.

Qo’shimcha adabiyotlar.

1.Bolalarda hamshiralik parvarishi Ziyayeva

2.Pediatriya jurnali №2

3.Sihat salomatlik jurnali№4

Elektron saytlar: w w w.ped ru/ Zdorov’e.

WWW.pedagog.uz

WWW.bilim.uz

WWW.referat.uz

WWW.ziyonet.uz
Mavzu: 4 Qizamiq va qizamiq qizilchasi, Skarlatina va suvchechak bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.

Reja:

  1. Skarlatina va suvchechak kasalliklarini tushunish.

  2. Skarlatina kasalligi bilan kasallangan bolalarda va ularning oilalariga hamshiralik parvarishini tushunish.

  3. Suvchechak kasalligi bilan kasallangan bolalarda va ularning oilalariga hamshiralik parvarishini tushunish.

  4. Qizamiq va qizamiq qizilchasi kasalliklari.

  5. Qizamiq kasalligi bilan kasallangan bolalarda va ularning oilalariga hamshiralik parvarishi.

  6. Qizamiq qizilchasi kasalligi bilan kasallangan bolalarda va ularning oilalariga hamshiralik parvarishi.

Ma`ruza matni:

Qizamiq. Etiologiyasi.

Qizamiqning yuqish yo’li havo-tomchi yo’li orqali amalga oshriladi. Yashirin davri 9-11 kun davom etadi, 1-5 yoshgacha yuqori kasallanish kuzatiladi. Kataral davrda yuqumlilik juda yuqori, toshma davrida tez pasayadi. Yuqumlilik kasallik boshlangandan 4 kunidan toshma toshgandan so’ng 5 kungacha kuzatiladi.

2) Simptomlari:

Qizamiq tipik kechuvchi kasallik. Asosiy simptomlarga qarab 3 davrga ajratiladi: kataral, toshma toshish davri va sog’ayish davri.

1. Kataral davr.

3-4 kun davom etadi. Boshlang’ich belgilari harorat ko’tarilishi, burundan shilliq suyuqlik ajralishi, yo’tal, ko’zdan ajralma ajralishi hisoblanadi. Qizamiqqa tegishli bo’lgan simptom bu Koplik dog’lari atluvchi jag’ tishlarning to’g’risidagi lunj shilliq pardasida mayda oqimtir rangli papulalar paydo bo’ladi. Teriga toshma toshishidan 2 kun oldin yumshoq tanglayning shilliq qavatida joylashuvchi mayda qizil dog’lar ko’rinishida qizamiq enantemasi paydo bo’ladi.

2. Toshma toshish davri.

4-5 kun davom etadi. Kataral davrda harorat ko’tarilishi 3-4 kun davom etadi, vaqtinchalik pasayib, yana ko’tariladi va bu vaqtda terida toshma toshishi kuzatiladi. Ko’zdan aralma va burundan shilliq suyuqlik ajralishi kabi kataral simptomlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Toshma toshishi quloq orqasi, yuz va ensa soxasi terisidan boshlanib, tanaga, qo’l, oyoqlarga tarqaladi.

3. Sog’ayish davri.

3-4 kun davom etadi. Harorat tushishi bilan birgalikda kataral belgilarning so’nishi kuzatiladi, lekin yo’tal bir necha kun davom etadi. Toshmalar pushtidan to’q qizilgacha o’zgarib, pigmentasiyalanadi.

3) Davolash.

Asoratlar bo’lmaganda maxsus davo o’tkazish shart emas. Simptomatik davo o’tkaziladi va tinch yotoq rejimi buyuriladi.


Davr


Kataral davr


Toshma toshish davri

Sog’ayish davri


3-4 kun (kasallikning

1 kunidan 4 kunigacha)



4-5 kun (kasallikning

4 kunidan 7 kunigacha)



3-4 kun (kasallikning

8 kunidan so’ng



Tana harorati ko’tarilishi

Burun bitishi

Yo’tal

Konyuktivit va ko’zdan ajralma



Koplik dog’lari

38-39 C

+

+


+

+


Vaqtinchalik tushib yana ko’tariladi

(fototermik)

+ + - + + +

+ + - + + +


+ + - + + +

-


37C–o’rtacha harorat
+

+
+


-

Toshma

Yo’q

Pushti

(-to’q qizil)



To’q qizil

- Pigmentasiya



4) Hamshiralik parvarishi.

1) Kataral davrda hamshiralik parvarishi.

Harorat ko’tarilgan vaqtda, yengil kiyim kiygiziladi va yotoq rejimi o’tkaziladi. Konyuktivit sababli yorug’likdan qo’rqish kuzatiladi, shuning uchun xona yoritilishiga e’tibor berish kerak. Bu davrda yuqumlilik juda kuchli va qarshilik ko’rsatish pasaygan. Shuning uchun boshqalar bilan kontaktda bo’lishdan asrash kerak. Shifoxonaga yotqizilganda izolyatorga joylash kerak.

2) Toshma toshish davrida hamshiralik parvarishi.

Toshma toshish boshlanganda tana harorati yuqoriga ko’tariladi. Shu bilan birga kataral simptomlar kuchayishi kuzatiladi, bu esa doimiy kuzatuv vatozalik nazoratini talab qiladi. Toshma toshgan soha yumshoq namlangan sochiq bilan artiladi, kerak bo’lganda oraliq yuviladi. Ko’zni parvarish qilish uchun fiziologik eritmada yuviladi va ko’zdagi ajralmalar pahta bilan artiladi. Shuningdek og’iz bo’shlig’ini gigiyenasini ushlab turish uchun chayish va tishlarni tozalash o’tkaziladi.

3) Tiklanish davrida hamshiralik parvarishi.

Tana harorati tushgandan so’ng 3-4 kun yotoq rejimi davom ettiriladi, yana 3-4 kundan so’ng krovatda o’tirish mumkin, so’ng bolaga palatada o’ynashga ruhsat berish mumkin. Bolalar bog’chasiga, maktabgacha bo’lgan kurslarga va odamlarning gavjum bo’lgan joylarga bola to’liq tuzalmaguncha yuborish mumkin emas.

4) Asoratlarni oldini olish.

Boshlang’ich simptomlari yuqori nafas yo’llarining infeksiyasi hisoblanadi, ahvoli og’irlashganda zotiljam bo’lishi mumkin. Zotiljamni oldini olish uchun og’iz bo’shlig’ini chayish va tozaligini saqlash o’tkaziladi, butun organizmga tinchlik ta’minlanadi, simptomlarni og’irlashishi bartaraf qilinadi. Chunki toshma toshgan soha va shilliq qavatlar kuchsizlanadi, bu bakterial infeksiyani chaqirishi mumkin. Ta’sirlanish bartaraf qilinadi va tozalikni saqlashga harakat qilinadi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish