Mavzu: 3 Difteriya.Ko`kyo`tal.Epidemik parotit bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.
Reja:
1. Difteriya.Ko`kyo`tal.Epidemik parotit kasalliklari haqida tushcha.
2. Difteriya.Ko`kyo`tal.Epidemik parotit bilan kasallangan bolalarga va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.
Ma`ruza matni:
Difteriya: ta’rif. Etiologiyasi, simptomlari, tashxisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.
Tomoq difteriyasi (tarqalgan o’choqli, toksik).
Ta’rif: Difteriya o’tkir infeksion kasallik bo’lib, difteriya akteriyalari chaqiradi, natijada nafas yo’llari, natijada nafas yo’llari shilliq qavatlarida soxta membrana hosil bo’ladi, bakteriyani toksin ishlab chiqarishi hisobiga umumiy simptomlar kuzatiladi.
Etiologiya: Difteriya tayoqchalari bilan infeksiyalanish.
Simptomlari: Tomoqda og’riq, yutunganda qiynalish tovush o’zgarishi va boshog’rig’I kamroq hollarda yuqori harorat bilan kuzatiladi. Halqum qizaradi va 24 soatdan keyin bodom bezlarining birida yoki ikkalasida soxta membrana hosil bo’ladi. Soxta membrana kulrang yoki oqish, sarg’ish rangda bo’ladi. Ko’chirish qiyin, ko’chirganda qon ketishi mumkin. Yumshoq tanglaygacha tarqalib burun – halqumning orqa devoriga halqumning va tovush yorug’ining pastki qismigacha tarqaladi. Agar difteriya pardasi qonasa gangrenoz holatga o’tsa, badbo’y hid taratsa, yomon sifatli gangrenoz difteriyaga aylanadi. Bo’yin limfa tugunlarining shishi va yumshoq to’qimalar shishi “Buqa bo’yni” holatini eslatadi. Simptomlar turli og’irlikda bo’lishi mumkin. Yengil simptomlar 10 kungacha davolanadi. Og’ir holatlarda esa, o’lim bilan yakunlanishi mumkin.
Tashxislash: Burun halqumdan surtma olinganda bakteriologik tekshiruvda difteriya tayoqchalari aniqlanadi. Soxta membranadan olib ekib ko’riladi. Yoki surtma metohramatik bo’yaladi.
Davosi: Antitoksik davo. Bunda antitoksinlar yordamida egzotoksinlar netrolizatsiya qilinadi. Bu davo yordam beradi agar egzotoksin butu organizm to’qimalari tarqalib ketmagan bo’lsa, qonda erkin holatda bo’lganda. Agar egzotoksin to’qimalar bilan birikkan holda bo’lsa, effect sust bo’ladi. Antitelalar paraproteinlar hisoblanib, ularot zardobidan olinadi. Shuning uchun anafilaktik shok va zardob kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatlar esa og’ir holatlar hisoblanib , ogoh bo’lishni talab qiladi. Shuning uchun adrenalin, noradrenalin, antigistamin moddalar, kortikosteroidlar va boshqa preparatlar tayyorlab qo’yiladi. Ular yuqoridagi asoratlarda zarur bo’ladi. Shuningdek nafas yo’llari o’tkazuvchanligini ta’minlashga ham tayyor bo’lishi kerak.
Hamshiralik parvarishi.
Organizm umumiy holatini kuzatgan holda , erta buzilishlarni aniqlash.
Simptomatik davo maqsadida, bemor dardini yengillashtirishga harakat qilish.
2 lamchi infeksiyani oldini olish olish. Infeksiyani profilaktika qilish uchunh, difteriya anatoksini yordamida profilaktik emlash o’tkaziladi, chunki aktiv immunitet katta rol o’ynaydi. Vaksinatsiya difteriya tayoqchalariga qarshi immunitet rivojlanishiga olib kelmaydi va nafas a’zolari, teri to’qimalari bilan berkinib olgan bakteriyalarni yo’q qilmaydi. Faqat toksinlarni va ularni keltirib chiqaradigan asoratlarni oldini olish mumkin. Infeksiyani ko’proq oldini olish uchun niqobdan foydalanish kerak, chunki infeksiya havo tomchi yo’llari orqali yuqadi.
Infeksiyani nazorat qilish uchun, zararlangan sohalar bilan bo’ladigan kontaktni oldini olish kerak (halqum, hiqildoq, burun, teriva x.kz.) bir martalik oqliklar, kiyim kechaklar ishlating.
Bemor bola ota – onasi va oilasi bilan kerakli suxbatlar o’tkazib infeksiya tarqalishini oldini oling.
Hiqildoq difteriyasi (haqiqiy krup)
(1) T’arif: Difteriya tayoqchasi hisobiga yallig’lanish hiqildoqga tarqaladi va o’tkir laringit keltirib chiqaradi, shuningdek laringotraheobranxit va nafas yo’llari abstruksiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
(2) Simptomlari: O’tkir epiglotitda nafas buzilishlari haroratning ko’tarilishi, afoniya, so’lak oqishi, yutishning qiyinlashishi va ekspirator apridor bilan kuzatilishi mumkin bola ta’sirchan bo’lib bezovta bo’ladi, axvoli tezda o’zgarib og’ir holatga o’tish, hirillash paydoi bo’ladi, yengil darajali holat yuqoriroq turadi. O’tkir laringotraxeobronxitda, bir necha kundan keyin nafas buzilishlari ko’payadi va og’ir holatga o’tishi mumkin. Ekzotoksin hisobiga miokardit, periferik nevrit, gastrit asoratlari rivojlanishi mumkin.
Etiologiyasi: Difteriya tayoqchalari.
Tashxisoti: Ko’krak auskultasiyasi, hiqildoqning viziuan ko’rigi, nafas yo’llari va ko‘krak qafasi rentgenografiyasi.
Davosi: Kislorodli palatada oksigenoterapiya va venoz qon aylanishini yaxshilash.
Hamshiralik parvarishi: Tomoq difteriyasi kabi olib boriladi.
Bolalardagi immun tizim va yuqumli kasalliklarning o’ziga hosligi.
Yangi tug;ilgan chaqaloq onasidan immunoglobulinlar qabul qiladi, bu antitela IGJ transplasentar yo’l bilan o’tadi bolaga va IGA og’iz suti tarkibida bo’ladi, ular shilliq qavatlar orqali zararlanishni oldini olishda ishtirok etadi. Ular ma’lum miqdorda yuqumli kasalliklarni oldini olishda ishtirok etsada, lekin baribir go’dak yoshdagi bolalarda immunitet kuchsiz. Onadan ortirilgn IGJ 6 oylikgacha borib umuman yo’qolib ketadi.
Bola 3-4 oylik bo’lganda, bola organizmidagi IGJ 6 minimal miqdorda bo’ladi, lekin shu davrdan boshlab bola organizm faol ravishda immunoglobulin ishlab chiqara boshlaydi, 5-6 yoshga yetganda kattalar bilan bir hil miqdorda ishlab chiqariladi (rasm 1).
2) Bolalarda yuqumli kasalliklarni umumiy harakteristikasi.
Ko’pincha bolalar albulator muassasalarda yuqumli kasalliklar bo’yicha tekshiruvdan o’tadilar. Yuqumli kasalliklarni 3 ta katta guruxga bo’lim mumkin. Yuqumli kasalliklar.
Bacterial yuqumliklarga qaraganda, visrusli kasalliklar bolalarda katta % ni tashkil qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, bolalarda immunitet past bo’lgani tufayli, yuqumli kasalliklar tezda yuqib qoladi. Bolalardagi infeksiya belgilari kasallik chiquvchi mikroorganizmga va infeksiya o’chog’iga bog’liq bo’ladi. Ko’krak yoshidagi bolalarda , ayniqsa yangi tug’ilgan chaqaloqlar va 3 oylikkacha bo’lgan bolalarda klinik belgilar nospesifik ko’rinishda namoyon bo’ladi. Infeksiyani barcha turlariga bakteriologik taxlil o’tkaziladi va natija bo’yicha infeksiya o’chog’I aniqlanadi. Asosiy e’tiborni qaratish lozim. Masalan: bolalardagi bronchial astmada -nafas yo’llari infeksiyasiga , siydik chiqarish yo’llari infeksiyasiga, siydik chiqarish yo’llari a’zolari nomaliyalarida siydik yo’llari infeksiyalariga, jigar va o’t yo’llari kasalliklari operatsiyalarda o’t yo’llari infeksiyalariga asosiy e’tibor qilish lozim.
3) Bolalar infeksiyalari epidemiologiyasi.
Immun tizimi B hujayralardan (antitelala hosil qiladi), T hujayralardan (hujayra immuniteti), NK hujayralardan, fagositlar, neytrofil va makrofarlardan bir – biri bilan hamkorlikda organizmni himoya va immune faoliyatini ushlab turadi.
Kundalik hayotda infeksiyani oldini olishni ta’minlash kerak, chunki bolalarda himoya qarshiligi kuchsiz, ko’krak suti bilan tez – tez emizish va tagliklarni almashtirish lozim. Shifoxona va muassasalarda infeksiyani oldini olish uchun quyidagi choralarni qo’llash lozim.
Agar pediatriya bo’limlarida virusli yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar ko’p bo’lsa, qabul bo’limida ota – onalarni habardor qiluvchi e’lon osib qo’yiladi, ota – onalar bolalarini nazorat qilishlari kerak, bemorlar bilan muloqotni oldini olish uchun, bola izolyatorga joylashtiriladi.
Bemor bolani izolyasiya qilish uchun alohida maxsus hona tayyorlanadi, u yerda har bir shifohonaga qabul bo’limia kelgan bola ishlovdan o’tkaziladi va kiyimlari almashtiriladi. Tekshirish uchun 1 martalik jihozlardan foydalaniladi.
Infeksiya yuqish yo’llarini bloklash uchun, kichik yoshli bolalar sinflari bilan aloqa chegaralanadi.
Gorizontal infeksiya yuqish yo’llarini oldini olish uchun, har bir muolajadan keyin va oldin qo’llarni yuvish lozimligini aytish kerak.
Oila a’zolarini havotirlanishini yumshatish uchun, ularga haqiqiy ma’umot berish kerak, izolyatsiya choralarini tushuntirish va shu bilan ular bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |