4-AMALIY ISH
Mavzu: Bir bosqichli va kup bosqichli yanchish sxemasi parametrlarini hisoblash
Ishdan maqsad:Yanchish sxemalari parametrlarini hisoblashni o`rganish
Yanchish sxemalarini tanlashda stlabki mahsulot va yanchilgan mahsulot yirikligiga, boyitish fabrikasining ish unumdorligiga va rudaning fizikaviy xossalariga bog’liq. Bosqichlarining soniga ko`ra yanchish sxemalari bir, ikki va ko`p bosqichli bo`ladi. Bir bosqichli yanchish sxemalari nisbatan yirikroq yanchilgan (0,2-0,3 mm yoki 50-60% 0,074 mm sinfdagi) mahsulot olishda qo`llaniladi. -0,15 mm yiriklikdagi mahsulot (50-60% 0,074mm sinfdagi) olish uchun esa ikki bosqichli yanchish sxemasi tanlash maqsadga muvofiq. Uch bosqichli yanchish sxemasi esa katta ish unumdorligiga ega bo`lgan boyitish fabrikalarida mayda donador qattiq rudalarni boyitishda 80-90% 0,074mm sinfdagi yanchilgan mahsulot olish uchun qo`llaniladi.
Birinchi bosqich yanchishda nisbatan dag’al sliv (40-60% 0,074 mm sinfdagi) beruvchi MShR turidagi yanchilgan mahsulotni panjara orqali bo`shatuvchi sharli tegirmon yoki sterjenli tegirmonlar qo`llaniladi. Ikkinchi bosqich yanchishga esa o`ta dag’al sliv (70-90% 0,074 mm sinfdagi) beruvchi MShTS turidagi yanchilgan mahsulotni markazdan bo`shatuvchi sharli tegirmonlar qo`llaniladi.
Tegirmonga qaytariladigan qumlar aylanma yuklama deyiladi va absolyut qiymat –qumlarning massasi S bilan, yoki nisbiy qiymat – qumlarning massasini dastlabki mahsulot massasiga nisbati C bilan ifodalanadi:
Bu yerda Qd– dastlabki mahsulot massasi.
Aylanma yuklamaning nisbiy qiymati foizda yoki birlik ulushida ifodalanadi. Aylanma yuklamaning miqdori rudaning xossalariga, yanchish sharoitiga, tasniflash samaradorligiga bog’liq va u odatda, 250-350% ni tashkil qiladi.
Gidrosiklon bilan yopiq siklda ishlovchi bo`tana (qattiq zarrachalari muallaq holatdagi suv va mineral zarrachalarning aralashmasi) bilan doimiy to`ldirilib turiladigan tegirmonning unumdorligi undagi yirik sinfdagi zarrachalarning miqdoriga proportsionaldir. Bundan kelib chiqadiki, aylanma yuklamaning texnologik ma`nosi shundaki, u tegirmondagi yirik sinf miqdorini oshishiga olib keladi, mahsulotni o`ta yanchilib ketishini kamaytiradi va tegirmonni ish unumdorligini oshiradi.
Tegirmon unumdorligining maksimal qiymatiga hajmini 20-25% ga to`ldirilganda erishish mumkin. Shuning uchun uzluksiz jarayonda juda katta aylanma yuklama unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Natijada tegirmon bo`tana bilan to`lib qoladi.
Amaldagi boyitish fabrikalarining amaliyotidan ma`lumki, birinchi bosqich yanchishda optimal aylanma yuklamani S=200%, ikkinchi bosqichda esa S=300-350% qabul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |