Ishlab chiqarish unumdorligini nazariy formulalar orqali aniqlash. Ishlab chiqarish unumdorligi taxminan nazariy formulalar yordamida aniklanishi mumkin bo‘lgan apparatlarga yuzli va konusli maydalagichlar, gidravlik klassifikatorlar, quyultirgichlar va tindirgichlar, gidroseparatorlar, gidrotsiklonlar, cho‘ktiruvchi sentrifugalar, siklonlar kiradi.
YUqoridagi apparatlar 2 turga bo‘linadi. Birinchi guruhga maydalangan mahsulotning xajmi va massasi nazariy aniklanishi mumkin bo‘lgan maydalash mashinalari kiradi; ikkinchi guruhga esa qattiq jismning suvda va havoda og‘irlik yoki inersiya kuchi ta’sirida harakatlanish nazariyasiga asoslangan klassifikatsiyalovchi mashinalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |