O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
«metallurgiya» KAFEDRASI
NOYOB VA RADIOAKTIV METALLARNI QAYTA ISHLASH.
fanidan
6 – SEMESTR UCHUN
USLUBIY KURSATMA
1-Amaliy ish.
Elash dastgohlarini tanlash va parametrlarini hisoblash.
Elaklarni ko‘p sonli konstruksiyalari ichida quyidagilari axamiyatga ega: qo‘zg‘almas panjarali, qutisi vertikal tekislikda aylanma tebranuvchi bir valli ekssentrik (giratsion), qutisi vertikal tekislikda aylanma yoki elliptik tebranuvchi inersion, qutisi panjara tekisligiga burchak ostida o‘rnatilgan gorizontal to‘g‘ri chiziqli tebranuvchi vibratsion, rezonansli mexanik va elektrovibratsion, shuningdek yoysimon elaklar.
Qo‘zg‘almas panjarali elaklar yirik elash uchun qo‘llaniladi.
Panjarali elaklar elash samaradorligining past bo‘lishi (60-70%) mumkin bo‘lganda va mahsulotning uvalanishi muhim ahamiyatga ega bo‘lmaganda o‘rnatiladi. Ularni maydalashning birinchi bosqichidan oldin rudani dastlabki elash uchun ishlatiladi. Panjaralar orasidagi masofani bu holda 60-70 mm dan ortiqroq qabul qilinadi.
Panjarali elaklarda panjaraning yuzasi (m2) quyidagi empirik formuladan aniqlanadi.
bu erda:
Q- elakning ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat; a- panjaralar orasidagi masofa, mm.
Dastlabki ruda tarkibidagi katta bo‘laklar ko‘p bo‘lganda mahsulot turib qolmasligi uchun elakning kengligi V ni eng katta bo‘lakning o‘lchamidan kamida 3 marta ortiq, yirik bo‘laklarning miqdori uncha katta bo‘lmaganda eng katta bo‘lak o‘lchamining 2 baravariga 100 mm qo‘shib qabul qilinadi. Elakning uzunligi odatda kengligidan 2 barobar katta, ya’ni L=2V deb qabul qilinadi va amalda u 3,5 m dan 6 m gachani tashkil etadi.
Panjarali elaklarning o‘lchami uni o‘rnatish sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, chunki elak bir vaqtning o‘zida rudani maydalagichga uzatadi. Elakka mahsulotni to‘nkariluvchi vagonlardan yuklashda uning kengligi vagon kuzovining uzunligiga, plastinkasimon ta’minlagich orqali yuklanganda ta’minlagich kengligiga teng deb qilib qabul qilinadi. Elakning qiyalik burchagi rudani elash uchun 30-350. YOpishib qolishga olib keladigan nam mahsulotni elashda elakning qiyalik burchagini 5-100ga oshirish mumkin.
Engil turdagi vibratsion inersion elaklar o‘rtacha yiriklikdagi (teshiklar o‘lchami 40 mm gacha) va mayda mahsulotni yuqori samaradorlikda elash uchun qo‘llaniladi. Bunday elaklar asosan ko‘mirni va kichikroq zichlikdagi mahsulotni elash uchun ishlatiladi.
O‘rta va og‘ir turdagi vibratsion, inersion elaklar yirik, o‘rta va mayda mahsulotni elash uchun ishlatiladi. Og‘ir turdagi elaklar 1,6 t/m3 dan ortiq zichlikka ega yirik va o‘rtacha yiriklikdagi mahsulotni elash uchun tavsiya qilinadi.
Gorizontal vibratsion o‘z-o‘zini balanslovchi vibratorli elaklar quruq, yuvish orqali elovchi, suvsizlantirish, og‘ir suyuqliklarda boyitish mahsulotlarini suspenziyadan ajratish uchun tavsiya qilinadi. Bunday elaklar ko‘mirni elash uchun engil turda tayyorlanadi. Aglomeratni elash uchun o‘z-o‘zini balanslovchi elaklar elash yuzasi 18 m2 gacha va teshiklari 20 mm gacha o‘ta og‘ir turda tayyorlanadi.
Giratsion va vibratsion elaklarning ishlab chiqarish unumdorligi empirik formulalardan aniqlanadi.
Ruda, ko‘mir va maydalangan qurilish materiallarini elovchi elaklarni hisoblash uchun o‘zlarining tuzatish koeffitsientlariga ega turli formulalarni taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, ularning asosida bir xil solishtirma yuk yotadi, turli materiallar uchun tuzatish koeffitsientlaridagi farq etarli darajada asoslanmagan.
Giratsion va vibratsion elaklarning ishlab chiqarish unumdorligi (t/soat) taxminan quyidagi formuladan aniqlanishi mumkin:
bu erda:
F-elakning ishchi maydoni, m2
q-elakning 1 m2 yuzasiga to‘g‘ri keladigan solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi, m3/soat.
- mahsulotning sochma zichligi,t/m3
k,l,m,n,o,p,- tuzatish koeffitsientlari.
Hisoblashlarga aniqlik kiritish natijasida qo‘shimcha ravishda solishtirma ishlab chiqarish unumdorligiga tuzatish kiritish mumkin [1]
a) to‘rning jonli kesimi (j.k.)ga koeffitsient:
rudalar uchun
ko‘mir uchun
b) ishchi yuza teshiklarining shakli
kvadrat, teshik uchun kt=1
dumaloq teshik uchun kt=0,8
to‘rtburchak teshik uchun
2:1 kt=1,15
3:1 kt=1,20
4:1 kt=1,25
v) val uzatmasining aylanish yo‘nalishiga:
elak qiyaligining yo‘nalishi bo‘ylabky=1
qiyalikka teskari ky=0,9
Tanlangan elakni mahsulot qatlami qalinligi bo‘yicha tekshirish kerak. Elakning bo‘shatish tomonida mahsulot qatlami rudani elashda elak teshigi o‘lchamidan 4 marta, ko‘mirni elashda elak 3 marta, umuman ruda uchun 100 mm dan kichik va ko‘mir uchun 150 mm dan kichik bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Elakning bo‘shatish tomonidan elak usti mahsuloti qatlamining qalinligi quyidagi formuladan hisoblab topiladi:
bu erda:
h- qatlamning qalinligi ,mm
p- elak usti mahsulotining massasi,t/soat;
- mahsulotning sochma zichligi, t/m3;
V- elakning ishchi kengligi (nominal kenglik-0,15m);
- mahsulotning elakda xarakatlanish tezligi,m/s.
Hisoblashlar uchun mahsulotning elakda xarakatlanish tezligini quyidagicha qabul qilish mumkin:
Aylanma xarakatli elak (tebranishlar chastotasi 750-900 min-1, tebranishlar diametri- 8 11mm: elakning qiyaligi 200, tezligi =0,5-0,63 m/sek
To‘g‘ri chiziqli tebranishli elak (tebranishlar chastotasi 850-900 min -1)
=0,2-0,23 m/sek
Elash operatsiyalarida ham, suvsizlantirish operatsiyalarida ham elakning qiyalik burchagi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulotning elak bo‘ylab xarakatlanish tezligini va qalinligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |