2-AMALIY ISH
Mavzu: Maydalash va g’alvirlash sxemalari parametrlarini hisoblash va tanlash
Ishdanmaqsad: Maydalash va g’alvirlash sxemalari parametrlarini hisoblashni o`rganish
Hisoblash uchun dastlabki malumotlar:
Fabrikaning unumdorligi – 10000 t/sut.
Eng yirik ruda bo`lagi o`lchami Dmax=1000 mm;
Maydalangan mahsulot tarkibidagi eng yirik ruda bo`lagi o`lchami, dmax=10 mm.
Maydalashning ratsional sxemasini tanlashda maydalash bosqichlari soni va alohida bosqichlarda dastlabki va nazorat g’alvirlash jarayonlarini ko`zda tutish zaruriyati hisobga olinadi.
Maydalash bosqichi soni ruda o`lchamining dastlabki va oxirgi qiymatlari nisbati orqali aniqlanadi.
Umumiy maydalanish darajasi
Sum=
Ga ushbu holatda faqatgina uch bosqichli maydalash sxemasini qo`llash orqali erishish mumkin.
Agar S1= S2 = S3 deb olsak, unda, o`rtacha maydalanish darajasi
So`r=
bo`ladi.
Oxirgi maydalash bosqichida nazorat g’alvirlash o`rnatilganda birinchi va ikkinchi bosqichda maydalanish darajasi o`rtacha maydalanish darajasidan kichik bo`lishi kerak.
Quyidagi maydalanish darajalarini qabul qilamiz:
S1=4; S2 =4,2; S3 =6.
Har bir maydalash bosqichidan so`ng mahsulotning nisbiy maksimal o`lchamini aniqlaymiz:
I bosqichdan so`ng
d1=
II bosqichdan so`ng
d2=
III bosqichdan so`ng
d3=
Har bir bosqich uchun maydalagichning mahsulotni bo`shatish tuynugi eni aniqlanadi:
i=D/Z
bu yerda:
D – maydalagichga tushadigan rudaning maksimal o`lchami, mm;
Z –maydalangan mahsulotning eng yirik bo`lagi o`lchamini maydalagichning mahsulotni bo`shatish tuynugi eniga nisbati. O`rtacha qattiqlikdagi yirik rudalarni maydalashda Z1=1,5; o`rtacha maydalash uchun - Z2 = 2 va mayin maydalash uchun - Z3=2,5 deb qabul qilamiz.
Unda,
Birinchi bosqich maydalashda maydalagichning mahsulotni bo`shatish tuynugi katta (>100 mm) bo`lganda mayda rudalar maydalagich va dastlabki g’alvirdan erkin holda o`tib ketadi. Bu esa maydalash-g’alvirlash tugunini o`tkazuvchanlik qobiliyatini oshishiga olib keladi. Shuning uchun tanlangan maydalagich g’alvir o`rnatilmagan holda dastlabki mahsulot bo`yicha belgilangan unumdorlikni 15-20% zahira bilan taminlasa, u holda dastlabki g’alvirlash ko’zda tutilmaydi. Agar g’alvir o`rnatmaslik ikkita yirik maydalagich o`rnatishga olib kelsa, u holda maydalagichni dastlabki g’alvirlash bilan o`rnatish variantida to`xtaladi. Chunki ikkinchi maydalagichni o`rnatish kapital xarajatlarni ikki marta oshishiga olib keladi.
Yirik maydalagichlarni tanlashda shuni e`tiborga olish kerakki, bir dona KKD-1500/180 o`rniga ikki dona KKD-1200/150 tanlash maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, bosqichdan avval dastlabki g’alvirlash jarayoni kam hollarda qo`llaniladi va uni qo`llash maxsus asos talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |