Mavzu: maydalash jarayonining nazariy asoslari reja: Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar



Download 412,5 Kb.
bet1/8
Sana12.05.2023
Hajmi412,5 Kb.
#937915
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu maydalash jarayonining nazariy asoslari reja Maydalash j


MAVZU: MAYDALASH JARAYONINING NAZARIY ASOSLARI
Reja:
1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar
2. Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari
3. Maydalagichlarning turlari
4. Jag’li maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tartibi
5. Konusli maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tamoyillari
Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar

Boyitish fabrikasiga ruda har xil o`lchamdagi bo`laklar holida kelib tushadi.


Rudaning yiriklik xarakteristikasi yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib olish usuliga, rudaning qattiqligiga, konning sanoat quvvatiga va h.k. larga bog’liq.
Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va bo`sh tog’ jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan holda ko`rsatila olishi mumkin bo`lgan yiriklikka (o`lchamga) keltirilishi zarur. Rudani boyitishdan oldin tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo`llaniladi.
Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash va yanchish bir-biridan bu jarayonlarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlarning o`lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi.
Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha o`lchamda tushib, maydalangan mahsulot 10-15 mm o`lchamda bo`ladi. Ruda o`lchamini 0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida amalga oshiriladi.
Rudani boyitishdan oldingi eng so`nggi o`lchami qo`llaniladigan boyitish usuliga bog’liq.
Bu o`lcham har qaysi foydali qazilmalar uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo`li bilan aniqlanadi.
Undan tashqari, o`ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning ish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko`rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.


Maydalash jarayonining nazariy asoslari

Parchalanishda ichki bog’lanish kuchlarini yengish uchun sarflangan energiyani aniqlash maydalash va yanchish nazariyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.


Ma`lumki, ko`pgina qattiq kristall jismlar, shu jumladan, tog’ jinslari ham polikristall hisoblanadi, ya`ni juda ko`p sonli birlashib ketgan mayda kristall zarrachalardan iborat.
Bog’lanish kuchining turlariga qarab ionli, atomli; metalli, molekulyar va vodorod bog’li kristallar mavjud. Ion bog’lanishli kristallarda kristallik panjaraning tugunlarida ionlar joylashadi. Bog’lanish qarama-qarshi ishorali ionlarning o`zaro elektr ta`sirlashuvi natijasida sodir bo`ladi. Ionlar orasidagi o`zaro ta`sirlashuv kuchi qancha katta bo`lsa, kristallarning qattiqligi shuncha yuqori bo`ladi.
Real kristallar kristall panjaradagi buzilishlarga ega bo`lib, ular nuqsonlar deb ataladi. Bu nuqsonlar nuqtali, bir o`lchamli va ikki o`lchamli bo`lishi mumkin. Nuqtali nuqsonlar o`z navbatida energetik, elektrli va atomli nuqsonlarga bo`linadi. Ularning orasida eng ko`p tarqalgani energetik nuqsonlar hisoblanib, ular issiqlik harakati yoki radiatsiya orqali hosil bo`ladi, elektron nuqsonlar elektronlarning ortib ketishi yoki yetishmasligi sababli (kristallardagi to`ldirilmagan valent bog’lar-teshiklar) yoki eksitonlar (kulon kuchlari bilan bog’langan elektron va teshiklardan tarkib topgan juftlashgan nuqsonlar) ning borligi tufayli hosil bo`ladi. Atomli nuqsonlarga atomlarning kristall panjara tugunlaridan tugunlar oralig’iga siljishi misol bo`ladi. Bir o`lchamli (chiziqli) nuqsonlar atom tekisligining o`zaro dislokatsiyasi (siljishi) dan hosil bo`lsa, ikki o`lchamli nuqsonlar chiziqli dislokatsiya qatorlari siljishidan hosil bo`ladi.
Nuqsonlar konsentratsiyasining ma`lum bir qiymatgacha ortishi kristallar mustahkamligining kamayishiga olib keladi. So’ngra nuqsonlar siljishlar harakatini qiyinlashtiradi va bu mustahkamlovchi omil sanaladi.
Tog’ jinslarini maydalash va yanchish ularni siqilish va siljishdagi mustahkamlik chegaralaridan ortiq kuchlanishlarda darzlar va nisbatan kuchsizroq joylaridan parchalash orqali boshlanadi. Keyin esa bir jinsliroq massa parchalanadi.
Tog’ jinsining va sirt faol moddaning fizik-mexanik xossalariga bog’liq holda yanchishning mexanik sharoitlari ham bu effektning kattaligiga ta`sir qiladi.
Sement klinkerlarini quruq yanchishda juda oz miqkdorda sirt faol moddalar va suvning qo`shilishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini 13-17 % ga oshirgan, shuning uchun sement ishlab chitarish sanoatida sirt faol moddalarini ko`shish joriy qilinmoqda. Rudani suvli muhitda yanchish quruq yanchishga nisbatan samaraliroq.
Yanchishni ikki bosqichda amalga oshirish zarur: foydali qazilma yuzasini ochishga tayyorlash va ochish. Ochishga tayyorlashda foydali qazilmaning mexanik (taranglik) xossalarini o`zgartirishga erishish kerak.
Griffits-Orovan-Rebinderlarning mikrodarzlarning o`sishi haqidagi nazariyaga ko`ra foydali qazilmaning parchalanishi kristal panjaraning buzilgan joylaridan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda boradi: muayyan joylarda kuchlanishning to`planishiga olib keluvchi nuqsonlarning yig’ilishi; mikrodarzlar ko`rsatkichlarining hosil bo`lishi; jismni bir necha qismga parchalanishi.
Zarba ta`sirida yanchilganda mahsulotning yangi yuzalarini hosil qilish uchun kerak bo`lgan energiya bu yuzaga uning dastlabki qiymatidan qat`iy nazar to`g’ri mutanosibdir.



Download 412,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish