O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-rasm. Mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan notekis



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
2.2.3.-rasm. Mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan notekis 
ta’minlanganligi holatidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chegaralari. 


Ishlab chiqarish omillari bilan notekis ta’minlanganligi nazariyasi xalqaro 
savdo uchun asos sifatida bir-biri bilan o’zaro bog’liq ikki teorema ko’rinishida 
ifodalanishi mumkin: Xeksher-Olin teoremasi va ishlab chiqarish omillari narxining 
muvozanatlashuvi teoremasi.
Xeksher-Olin teoremasi (Heckscher—Ohlin Theorem) — har bir mamlakat 
o’z ishlab chiqarishlarida nisbatan katta hajmga ega bo’lgan omillarni talab 
etuvchi mahsulotlarni ustun darajada ishlab chiqarish va eksport qilishga 
ixtisoslashadi, binobarin, bu mamlakatlar milliy xo’jalik nuqtai nazaridan 
nisbatan kamchil omillar bilan ta’minlangan tovarlarni import qiladilar. 
 
O’zbekiston mehnat serob mamlakat, 1-tovar esa mehnat sig’imli tovar 
bo’lgani bois, bu mamlakat 1-tovarni ishlab chiqaradi va eksport qiladi. Yaponiya 
kapital serob mamlakat, 2-tovar esa kapital sig’imli tovar bo’lgani sababli bu 
mamlakat 2-tovarni ishlab chiqaradi va eksport qiladi. Nisbatan serob ishlab 
chiqarish omillari egalari savdodan yutadi, nisbatan kamchil ishlab chiqarish 
omillari egalai esa savdodan yutqazadi.
 
2.2.4.-rasm. Mamlakatlarning ixtisoslashuvga kirishi 


Teoremani 
isbotlash 
va 
tushuntirish 
uchun 
grafiklarga 
murojaat 
qilamiz. 
O’zbekiston 
mehnat serob mamlakat, 1-tovar 
mehnat sig’imli tovar, Yaponiya 
kapital serob mamlakat, 2-tovar esa 
kapital sig’imli tovar ekanligini 
eslatib o’tamiz. Qabul qilingan 
shartlarga 
muvofiq 
ravishda 
teorema har ikki mamlakatdagi 
iste’molchilar juda o’xshash yoki 
deyarli bir xil didga ega ekanligini 
nazarda tutadi. Nazariy jihatdan har bir mamlakatdagi icte’molchilarning did va 
istaklari shunchalik farq qilishi mumkinki, befarqlik egri chizig’i umuman mos 
kelmasligi va hattoki umuman kesishmasligi mumkin. Bu holatda Xeksher-Olin 
teoremasi bajarilmaydi. Bu teorema iste’molchilar xohish va istaklari har ikki 
mamlakatda batamom bir xil va yagona befarqlik egri chizig’iga qo’shilib ketishini 
talab etmaydi, balki bu xohish istaklar mamlakatlarni avtarkiya sharoitida 
qoldiradigan va ularni o’zaro savdo qilishdan voz kechishga olib keladigan darajada 
farq qilmaydi deb taxmin qiladi. SHunday bo’lsa-da, har bir mamlakatdagi 
icte’molchilarning did va istaklari shunchalik o’xshashki, befarqlik egri chizig’i har 
ikki mamlakat uchun bir xil bo’lsin deb faraz qilamiz. 
Yagona befarqlik egri chizig’i O’zbekistonning ishlab chiqarish imkoniyatlari 
egri chizig’i bilan A nuqtada o’zaro yagona nuqtaga ega. Yaponiyada esa bu A* 
nuqtada joylashgan. SHunday qilib, I befarqlik egri chizig’i va A hamda A* nuqtalar 
o’zaro savdo bo’lmagan sharoitda har ikki mamlakatdagi mumkin bo’lgan maksimal 
ishlab chiqarish va iste’mol hajmini ifoda etadi, urinma chiziqlar esa, 1- va 2-
tovarning O’zbekiston va Yaponiyadagi nisbiy narxlarini (P va P*) ko’rsatadi. 
Grafikdan R < R* ekanligi ko’rinib turibdi, binobarin O’zbekiston 1-tovarni, 
Yaponiya 2-tovarni ishlab chiqarish bo’yicha nisbiy ustunlikka ega.
Savdoni rivojlantirgan holda mehnat serob sanalgan O’zbekiston mehnat 
sig’imli 1-tovarni, kapital serob bo’lgan Yaponiya esa kapital sig’imli 2-tovarni 
ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlaydi
Bunda ishlab chiqarish va iste’mol hajmini ko’rsatuvchi nuqtalar 
O’zbekistonda A dan B ga, Yaponiyada A* dan B* ga ko’chadi. Ixtisoslashuv 
mamlakatlar umumiy ekvivalent nisbiy jahon narxi - P
w
darajasiga chiqquncha 
davom etadi. Bu narx esa, yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, har ikki mamlakatdagi 
savdo boshlanmasdan oldingi ichki narxlar o’rtasida joylashdi, ya’ni P
w
CHizmada P
w
har ikki mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i va 
yangi II befarqlik egri chizig’iga o’tkazilgan urinmani aks ettiradi.
E nuqta A nuqta bilan solishtirganda O’zbekistonda “o’z” tovari “begona” 
tovardan kam iste’mol qilinganligini nazarda tutsa-da, O’zbekiston o’zaro savdodan 
yutadi, chunki uning yangi befarqlik egri chizig’i yuqoriroqda joylashgan va 
iste’molning ortganligini ko’rsatib turibdi. Xuddi shunday holat Yaponiyada ham 


kuzatiladi: E* nuqta A* nuqta bila solishtirganda Yaponiyada “o’z” tovari “begona” 
tovardan kam iste’mol qilinganligini nazarda tutsa-da, Yaponiya ham o’zaro 
savdodan yutadi, chunki uning yangi befarqlik egri chizig’i ilgarigisidan 
yuqoriroqda joylashgan va iste’molning ortganligini ko’rsatib turibdi. Demak, har 
ikki mamlakat o’zaro savdo natijasida yutuqqa erishdi, zero ularning befarqlik egri 
chiziqlari grafikda yuqoriga ko’tarildi.
Savdo natijasida ayirboshlanayotgan tovarlarning nisbiy narxlari bir-biriga 
yaqinlashish tamoyiliga ega. Agar tovarlarning nisbiy narxi mamlakatlarning ishlab 
chiqarish omillari bilan ta’minlanganligi darajasi hamda bu omillarning nisbiy 
narxlariga bog’liq deb faraz qilinsa, tabiiy savol tug’iladi: tovarlar narxining 
muvozanatlashishi ishlab chiqarish omillari narxiga qanday aks ta’sir ko’rsatadi?
Amerikalik iqtisodchi Pol Samuel’son bu savolga javob bera oldi. Samuel’son 
tomonidan isbotlangan Xeksher-Olin teoremasi to’g’riligi shartidan kelib chiquvchi 
bu teorema ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi yoki Xeksher-
Olin-Samuel’son teoremasi nomini oldi.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish