O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma xuquqida



Download 1,15 Mb.
bet14/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#813391
TuriReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
badiiy adabiyotda leksik birliklar talqini va tarjimada qayta yaratish muammolari (1)

III bob bo’yicha xulosa
Asliyat va tarjima mazmuni orasidagi real munosabatlarni qaror toptirish tarjimonga ikki matn о`rtasiga umumiylik chizig`ini tortishga, maksimal darajada turli tildagi matnlarning ma`noviy yaqinligini ta`minlashga imkon beradi. Shu orqali tarjima sifatiga erishiladi.
Shuningdek, tarjima teksida so’zning ma’nosini to’la yoritib beradigan leksik birlikni tanlash tarjimon oldidagi eng asosiy va murakkab vazifalardan biridir. Buning uchun tarjimon har ikki tilning leksikologiyasi bilan chuqur tanish bo’lmog’i va tarjima qilayotgan asar muallifini ko’zda tutgan fikrini o’z bilim va salohiyati asosida to’liq namoyish qilmo’gi lozim.
Tarjimada so’z tanlash va izlashda aniqlik me’zoniga amal qilishning e’tibori juda katta. Tanlangan so’z nafaqat ma’no jihatidan to’g’ri kelmog’i, tarjima qilinayotgan “to’g’ri” til badiiyatiga mos tushmog’i zarur. Asliyatdagi ba’zi bir leksik birliklarni qanday bo’lsa shunday tarjima qilish o’rinli bo’lmaydi. Chunki tarjimaga tanlanayotgan leksik birliklar milliylikka ham mos kelishi lozim.
Tarjimon S.Yo’ldashev tarjimada turli so’zma-so’z, g’aliz birikmalarni qo’llashdan qochib, uning o’rniga adabiy, hamma tushunadigan, yorqin so’zlardan foydalangan.
Ba’zi bir leksik birliklarni tarjimada qayta yaratishda ayrim nuqsonlar yo’l qo’yilgan. Ularni tarjima qilishda garchi o’zbek tilida muqobil variantlar borligiga qaramasdan rus tilining kuchli ta’siri ostida kirib kelgan so’zlarni tanlaydi.
Tarjimon S.Yo’ldashev muqobilsiz so’zlarni tarjimada qilishda quyidagi usullardan foydalanadi: transliteratsiya, sarlavha osti izohlari, kalkalash, o’xshash so’zlar bilan tarjima qilish, tasviriy tarjima.
XULOSA



  1. Leksik birlik deganda biz so’z va so’z birikmasi, hatto bitta so’zga teng keladigan frazeologik birlikni ham tushunishimiz mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lgan frazeologik birlik bitta so’z ma’nosiga to’g’ri kelgan bo’lishi lozim.

  2. So’zning faqat leksik jihatini ko’zdan kechirganimizda ham, u o’ta murakkabdir, ya’ni so’z har qanday ma’noga ega bo’lsa-da, uning ma’no darajasi bir xil emas, ularning hammasi ham muayyan tushunchani bir xilda ifoda qila olmaydi.

  3. Badiiy adabiyotda leksik birliklar obraz, manzara yaratishning o’ziga xos libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi narsa va hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vosita vazifasini bajaradi.

  4. So`zning bеvosita, odatiy ma'nosi badiiy asar matnida yangidan-yangi qirralarini namoyon qiladi, uning ma'no sig`imi bеnihoya kеngayadiki, buni badiiy asarda tasvirlangan xususiy faktdan katta bir badiiy umumlashma kеlib chiqishiga o`xshatsa bo`ladi.

  5. Badiiy tilni xarakterlovchi, uning obrazliligidan tug’iladigan muhim xususiyatlaridan biri ma’nodorligi va qisqaligidir.

  6. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan, umumodatlangan normadan og`adi, ya'ni, til unsurlarini odatdagidan o`zga shakl, ma'no, tartib, munosabatlarda qo`llaydi va shu "og`ish"dan ma'lum badiiy-estеtik maqsadni ko`zda tutadi. Bu xil og`ishlar tilning turli sathlarida — fonеtik, lеksik, morfologik, sеmantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin.

  7. Jonatan Swiftning “Gulliverning sayohatlari” asari yozuvchining o’zi yashagan davr borasida uzoq yillar yuritgan fikr-mushohadalari mahsuli bo’ldi.

8. Svift “Gulliverning sayohatlari” asarida faqatgina tanqidchilar aytib o’tgandek standartlashgan til (me’yorlashgan adabiy til)dan foydalanmaydi. Ko’p o’rinlarda tarixiy ingliz tiliga ham murojaat etadi.
9. Svift asarda qahramonning kasbini, ish hunarini, u tashrif buyurgan yangi joylarni tanishtirishda va shu yerlik aholining tili, madaniyati, davlat boshqaruvi, urf-odatlari hamda erishgan yutuqlarini tasvirlashda ko’plab atamalardan foydalangan. Ular quyidagilardan iborat:

  • Navigatsiyaga oid atamalar;

  • Harbiylikka oid atamalar;

  • Musiqaga oid atamalar;

  • Matematikaga oid atamalar;

  • Dehqonchilikka oid atamalar;

  • Astronomiyaga oid atamalar;

  • Geografiyaga oid atamalar;

  • Davlat boshqaruviga oid atamalar;

  • Tarixga oid atamalar;

  • Savdoga oid atamalar.

10. “Gulliverning sayohatlari” asari yozilganligiga sal kam 300 yil bo’lganligi va uni qayta-qayta nashr etilganligi sababli undagi ko’p so’zlar arxaizmlarga aylanib ulgurgan yohud yozuvchi bir qator eskirgan va hashamdor so’zlardan qo’llagan.
11. Gigantlar va mitti odamchalar kabi g’ayrioddiy narsalar haqida hikoya qiluvchi mazkur asarda muallif mavzularning hayoliy-fantastik bo’lganligi sababli bir qator ingliz tili uchun mutlaqo yangi so’zlarni kashf qiladi.
12. Asarning asl matni tuzilish jihatidan tarjima jarayonida o’zgartirilgan, ya’ni murakkab qo’shma gaplar tarjimada sodda gaplar bilan almashtirilgan.
13.Tarjimon S.Yo’ldashev tarjimada turli so’zma-so’z, g’aliz birikmalarni qo’llashdan qochib, uning o’rniga adabiy, hamma tushunadigan, yorqin so’zlardan foydalangan.
14. Ba’zi bir leksik birliklarni tarjimada qayta yaratishda ayrim nuqsonlar yo’l qo’yilgan. Ularni tarjima qilishda garchi o’zbek tilida muqobil variantlar borligiga qaramasdan rus tilining kuchli ta’siri ostida kirib kelgan so’zlarni tanlaydi.
15. Tarjimon S.Yo’ldashev muqobilsiz so’zlarni tarjimada qilishda quyidagi usullardan foydalanadi: transliteratsiya, sarlavha osti izohlari, kalkalash, o’xshash so’zlar bilan tarjima qilish, tasviriy tarjima.
Demak, leksik birliklar tilning asosiy lug’at boyligini tashkil etib, o’zining obrazliligi va tasviriy-ta’sirchanligi bilan badiiy adabiyotda aks etadi. Ularni badiiy tarjimada qayta yaratish esa tarjimondan yuksak bilim va salohiyat talab etadi.



Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish