O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma xuquqida


Transliteratsiya usulidan foydalanib tarjima qilingan atoqli otlar



Download 1,15 Mb.
bet13/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#813391
TuriReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
badiiy adabiyotda leksik birliklar talqini va tarjimada qayta yaratish muammolari (1)

Transliteratsiya usulidan foydalanib tarjima qilingan atoqli otlar:

Asl matnda: O’zbekcha tarjimada:
Lilliput Liliputiya
Brobdingnag Brobdingneg
Laputa Laputu
Balnibarbi Balnibarbi
Houyhnhnms Guigngnmlar
Blefuscu Blefusku
Miledo Milendo

Lagado Lagado
Maldonada Maldonada
Struldbruggs Struldbruglar

Luggnagg Laggnegg
Glubbdubdrib Glabbdobdrib
Nottinghamshire Nottingempshir
Flimnap Flimnap
Reldresal Reldresel
Hekina degul Gekina degul
Homer Gomer
Decartes Dekart
Scotus Skot
Ramus Ramus
Epicurus Epikur
Flandona Gagnole Flandona Gagnole
Transkripsiya usulidan foydalanib tarjima qilingan atoqli otlar:
Asl matnda: O’zbekcha tarjimada:

Tramecksan (partiya) Tremeksen
Slamecksan (partiya) Slemeksen
Drurr (o’lchov birligi) drerr
Lustrog (payg’ambar) Lyustrog
Old Jewry (joy nomi) Old Juri
Mary Burton (kishi nomi) Meri Berton
Abraham Pannell (kishi nomi) Eybregem Pennell
Fort St George (joy nomi) Sen-Jorj Forti
William Robinson (kishi nomi) Vilyam Robinson
Tonquin (joy nomi) Tonkin
Yahoo Yehu
Shuni unutmaslik kerakki, asliyatda bevosita berilmagan ma’lumotlar tarjimon tomonidan sahifa osti izohlarida va tushuntirishlar orqali beriladi. Buning uchun tarjimon juda chuqur bilimga ega bo’lishi lozim. Yasama, yangi qo’shma hamda kalkalash yo’li bilan olingan tarjima qilishda tarjimon topqirligini namoyon qilishi lozim, biroq bu narsalar til qonun qoidalariga zid bo’lmasligi va uning qo’llanishini konteks taqazo etishi lozim.74 Tarjimon S.Yo’ldashev “Gulliverning sayohatlari” asarini tarjima qilar ekan, ayrim muqobilsiz so’zlarni kitobxonga tushunarli bo’lishi uchun sahifa osti izohlaridan foydalanadi. Quyida ularning bir nechtalari bilan tanishamiz:
“Argeselayning iloti bizga bizga spartakcha suyuq osh pishirib berdi, lekin bir ho’plagach, ikkinchi qoshiqni icholmadim”.
Yuqoridagi “ilot” so’zi asliyatda “helot” bo’lib, tarjimon sahifa ostida “ ilot- qul, krepostnoy” ma’lumoti bilan izohlaydi.
“ Shunday qilib, oliy hazratlarini nihoyatda xushnud etib, jigani chalib bergim”.
“Jiga” so’zi asliyatda “ jigg” bo’lib, uni o’qigan kitobxonda u nima ekanligi haqida savollar paydo bo’lishi mumkin. Biz buni sahifa quyida berilgan “ Jiga- ingliz matroslar raqsi” izohi orqali bilib olishimiz mumkin.
“U yo’qligida bog’bonlardan biriga qarashli oq spanel to’satdan boqqa yugurib kirdi va men yotgan joy yaqinidan o’tib qoldi”.
Mazkur “spanel” so’zi asliyatdagi “spaniel” so’zning tarjimasidir. Tarjimon bunda transliteratsiya usulidan foydalanib, “spanel- ovchi it zotlaridan biri” degan izohni keltirishni afzal ko’radi.
“Biroq men rashperlarni, bahaybat ko’za va qozonlarni, boshqa ulkan oshxona ashyolarini ra’rif-tavsif qilsam hech kim menga ishonmasa kerak, deb o’ylayman”.
Yuqoridagi “rashper” so’zini sahifa ostida “rashper- go’sht pishiriladigan otashdon” deya ta’riflaydi. Tarjimon bunday sahifa osti izohlai bilan so’z ma’nosini aniqlashtirib kitobxonni biror tushunchani “tushunmaslik” muammosidan saqlaydi.
Tarjima qilinayotgan tilda muqobili yo’q so’zning tarjima qilishning keying yo’li ma’noni yaqinlashtirib tarjima qilishdir. Buni so’z analogiyasi bo’yicha tarjima qilish deb ham yuritish mumkin.agar tarjima qilinayotgan tilda asliyatda qo’llangan so’zning muqobili bo’lmasa, tarjimaga o’sha so’z ma’nosiga o’xshash yaqin so’z tanlanadi. Masalan, tarjimon S. Yo’ldashev ayrim so’zlarni tarjima qilishda shunday yo’l tutgan:
“I went back to the north-east coast, and putting off my coat, shoes, and stockings, walked into the sea in my leathern jerken, about half an hour before high water”.
Yuqoridagi leksik birliklarni o’zbek tiliga o’girishda tarjimon S.Yo’ldashev o’sha so’z ma’nosiga o’xshash va yaqin so’z tanlaydi, ya’ni “coat- kaftan”, “shoes-kavush”, “stockings-paypoqlar”, “leathern jerken-charm kamzul” deya tarjima qiladi. Aslini olganda bu kiyimlarning vazifalari bir xil bo’lsa-da, ko’rinishlari bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, “coat-yengi uzun kiyim”, “shoes-tufli”, “stockings- oyoq va sonlarga kiyiladigan kiyim”, “lethern jerkin-charmdan qilingan yengsiz kiyim” larni ifodalaydi.
“The emperors of Blefuscu did frequently expostulate by their ambassadors, accusing us of making a schism in religion, by offending against a fundamental doctrine of our great prophet Lustrog, in the fifty-fourth chapter of the Brundrecal, (which is their Alcoran)”.
Tarjimon yuqoridagi leksik birliklarni garchi ular boshqa-boshqa narsalar bo’lsa-da, “doctrine-aqida”, “Alcoran-Qur’on” deb tarjima qiladi.
Shunday qilib, S.Yo’ldashev “Gulliverning sayohatlari” asaridagi muqobili bo’lmagan so’zlarni tarjima qilishda transliteratsiya, transkripsiya, sarlavha osti izohlari va tushuntirish, kalkalash, o’xshash so’zlar bilantarjima qilish va tasviriy tarjima kabi usullaridan foydalandi. Biz yuqorida bularning ayrimlariga to’xtalib otkanimiz bunga yaqqol misoldir.
Biroq umuman olganda ularning hammasida o’ziga xos kamchiligi mavjud. Ba’zi tarjimada so’z va iboralar faqat ayni tarjima doirasida qolib ketishi mumkin, izoh va tushuntish esa tarjima matni hajmini ko’paytirib yuboradi, o’xshash tarjima esa tarjimaning sifatiga va aniqligiga putur yetkazadi. Ammo yuqoridagi usullardan oqilona foydalanish tarjimada berilgan ma’lumotni imkon qadar to’liqroq saqlab qolishga va tarjima sifatini oshishiga olib keladi. Tarjima usulini tanlashda matnning uslubiy hamda janr xususiyatlarini hisobga olinadi. Harbir tilning so’z birikmasi hosil qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.



Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish