Xulosa………………………………...……………...……..………………….75
Ilovalar…………………………………………………………………………78
Adabiyotlar ro’yhati……..………………………………….………...............82
KIRISH
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.1
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq Respublikamizda xalqimizning milliy qadriyatlari, madaniyati, ma’naviyati hamda til madaniyatiga katta e’tibor qaratila boshladi. Prezidentimiz I. Karimov mustaqillikning ilk kunlaridayoq eng oliy vazifa qilib – davlat siyosatining ko’tarilishi, uzoq yillar davomida saqlanib, bizga meros bo’lib qolgan xalqimizning qadriyatlari va madaniyatimizning tiklanishiga erishildi.2
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2012 yil 10 dekabr kuni «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining 1-sinflaridan boshlandi. Oliy o‘quv yurtlarida esa ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib boriladi. 2013-2016 yillar davomida ta’lim muassasalaridagi xorijiy tillar kabinetlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya va o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan qayta jihozlanadi3.
Qarorda Davlat test markazi 2015/2016 o‘quv yilidan boshlab esa barcha oliy ta’lim muassasalariga kirish testlari blokiga xorijiy tilni kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgan. Ya’ni, abiturientlar institut-universitetlarga kirishda chet tilidan, asosan, ingliz tilidan test topshirishlari majburiy qilib belgilanadi.
Qarorga ko‘ra belgilangan tartib bo‘yicha, chet tillar o‘qituvchilariga ehtiyoji bo‘lgan uzoq tumanlar va qishloq aholi punktlarida yashayotgan aholi ichidan mahalliy davlat organlarining tavsiyanomalari asosida chet tillari o‘qituvchilarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabulni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Tavsiyanoma bilan o‘qishga kirganlar, tavsiyanomada ko‘rsatilgan ta’lim muassasasida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlab berishlari shart.
Shuningdek, qarorda chet tillar o‘qituvchilari va muallimlarini moliyaviy rag‘batlantirish chora-tadbirlari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, qishloq joylarda ishlaydigan chet tillar o‘qituvchilarning tarif stavkalariga 30 foiz, boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdorida har oydagi qo‘shimchalar berib boriladi.
Qarorga ko‘ra, ikkita yangi tuzilma tashkil etiladi: Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash chet tillarni o‘rganish bo‘yicha ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari uchun javobgar bo‘lsa, Davlat Test markazi tarkibida tashkil etiladigan 12 nafar xodimdan iborat bo‘ladigan Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi chet tili bo‘yicha bilim darajasini baholash imkonini beradigan test va boshqa shu kabilarni ishlab chiqish va hakozolar bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, qarorda O‘zMTRK va boshqa tegishli tashkilot hamda idoralarga ham ko‘rsatmalar berilgan bo‘lib, unga ko‘ra televidenie, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va o‘smirlarni xorijiy tillarga o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilmi va texnikasiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o‘zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko‘rsatib borishni amalga oshirishni ta’minlash belgilangan.
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillari o‘quvchilari, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi.
XX asr texnolоgiya sоhasidagi innоvatsiyalari, til sanоati rivоjini оliy nuqtaga ko’tarilishi, jamiyatimizni bоsqichma-bоsqich yopiq jamiyatdan оchiq jamiyatga aylanishi – bularning barchasi turli mintaqa mamlakatlarining madaniyati bilan tanishish; madaniy alоqalar o’rnatishga imkоn beradi, ya`ni turli milliy madaniyatga ega bo’lgan kоmmunikativ aktni ikki ishtirоkchisi bir-birini o’zarо tushuna оladigan bo’ladi. Buning uchun tarjimоnlar оldida juda murakkab lekin o’ta sharafli vazifa turibdi.4 Insоniyat faоliyatining qadimgi turlaridan bo’lmish tarjima adabiyotni lisоniy-uslubiy nuqtai nazardan tahlil etish nisbatan yosh tadqiqоt usuli sifatida mamlakatimizda endi shakillanib kelayotgan filоlоgik sоha bo’lib, uning tamоyillari оlimlar tоmоnidan ishlab chiqilayotganiga ko’p fursat bo’lgani yo’q. Ammо tarjimachilik faоliyati keyingi yarim asr mоbaynida misli ko’rilmagan sur`atlar bilan rivоjlanib bоrmоqdaki, bunday amaliyot tadqiqоtchilar e`tibоrini keng ko’lamda o’ziga tоrtgani hоlda, eng samaradоr usullar vоsitasida nazariy umumlashtirilishi uchun zarurat vujudga kelmоqda. Mazkur ish badiiy adabiyotda leksik birliklar talqini va tarjimada qayta yaratish muammolari deb nomlanib, bu adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning muhim mavzularidan biri hisoblanadi.
O’zbek adabiyoti asarlarini jahon xalqlari tillariga tarjima qilib tarqatishda katta xizmat ko’rsatgan barcha ijod axli chuqur hurmatga sazovor. Bular orasida “Boburnoma”ni ingliz tiliga o’girish bilangina cheklanmay, uni atroflicha ilmiy sharxlagan, og’ir ijodiy ishni jiddiy tadqiqot bilan qo’shib olib borgan tarjimonlar Jon Leyden, Uil yam Erskin, Anetta Beverij xonim va boshqalar, ushbu asarni fransuz tiliga o’girib nashr ettirgan, tanishtirgan Alfred Kurella; Abdulla Qodiriyning “O’tgan Kunlar” romanini nemis tiliga tarjima qilgan N.Tun; “Alpomish”ni slovak tiliga o’girgan Yan Komorovskiy kabi yuzlab tarjimonlarning qutlug’ mehnati o’zbek adabiyotining do’stlik sahifalariga zarhal harflar bilan yoziladi.
Badiiy asarlarning o’zbek va rus tillariga o’girishda L.M.Penkovskiy, Derjavin, S.Lipkin, M.Salye, K.Simonov, S.Marshak, N.Gribachev, N.Ivashev, YU.Karasev, N.Vladimirova, Z.Tumanova, S.Somova va boshqa yozuvchi shoir, tarjimonlarning xizmati katta.
Bizning e’tiborimizni xalqiga ko’prik ortayotgan mamlakat qalam ahllari, chunonchi, G’arbiy Yevropa mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo’lagi hisoblanmish Angliya adabiyoti va inglizzabon ijodkorlar sanalmish Amerika adabiyoti vakillarining o’zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo’lsa, shuni alohida qayd etish lozimki, bunday tarjima asarlari o’zbek kitobxonlarini e’tiborini darhol xalqiga tortdi va tez orada ularning ko’pchiligi xalqimizning sevimli asarlariga aylanib, kitob javonlaridan o’rin oldi.
Ingliz tilida qalam tebratgan yozuvchilar ijodidan amalga oshirilgan tarjimalar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, 20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlari kitoblari jumladan, Shekspir sonetlari, Bayron she’rlari, Konan Doylning “Sherlok Holms haqida hikoyalar” va Daniel Defoning “Robinzo Kruzo” asarlarining o’zbekchaga o’girganligiga guvoh bo’lamiz.
O’zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Oybek, Mirtemir, Zulfiya va boshqa ko’plab ijod ahllarining qalamiga mansubdir.
Shuningdek, G’arbiy Yevropa yozuvchilari ijodiga mansub nasriy asarlarni tarjima qilishga Vatanimizda 30-yillardayoq jiddiy e’tibor bera boshlangan edi. Bu jarayon keying o’n yilliklar mobaynida ancha jadallashib ketdi.
O’tgan davr mobaynida jahon adabiyoti durdonalari bilan kitobxonlarni kengroq miqyosda tanishtirish ma’suliyati yurtimizda ko’pgina yozuvchilarini tarjima amaliyoti bilan jiddiyroq shug’ullanishga da’vat etdi.
Shu jumladan, tarjimonlar e’tiborini takror va takror tortgan badiiy yodgorliklar sirasiga Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asari ham kiradi. Asar 1944-yilda S. Yo’ldashev, 1945-yilda va 1952-yillarda A.Ho’jaxonov tomonlaridan o’zbek kitobxonlariga tortiq etildi.
Ammo, afsus bilan qayd etish lozimki, ingliz tilidan bevosita o’zbekchaga tarjima qila oladigan haqiqiy mutaxasis san’atkorlarning yo’qligi sababli ingliz tilida ijod qilgan muallif asarlari o’zbek tiliga rus tili orqali o’girish ko’p uchraydi. Bu tarjima jarayonida muqarrar yo’l qo’yiladigan nuqsonlar miqdorining ikki barobar oshib ketishiga olib keldi. Biroq ko’pchilik mohir tarjimonlarimiz asarlar ruhiga chuqurroq kirib borish va bu ruhiyatni o’zbek tiliga yuqori mahorat bilan talqin etish vositasida tarjimaviy qusurlar oldiga ma’lum darajada oldini olmoqdalar.
Ishimizda leksik birliklarning badiiy talqini bilan bir qatorda ularning tarjimada qayta yaratish muammolari ham ko’rib chiqiladi. Badiiy adabiyotda leksik birliklarning talqini va ularning tarjimadagi muammolari tadqiqiga bag’ishlangan ilmiy ishlar soni ko’p emas. Zotan, tarjima nazariyasi fan sifatida shakllana boshlaganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Biroq mazkur mavzu masalalari adabiyotshunoslardan G’.Salomov, E.Xudoyberdiyev, I.Sulton, B.To’xtaboyev, U.Satimov, Y. Nurmurodov, K.Karimov, L.Barhudarov, V.Vinogradov, A.Fedorov kabilar tomonidan o’rganilgan. Lekin yuqorida aytib o’tilganidek, g’arb adabiyotini rus tili orqali o’zbek tiliga qaratilganligi uchun asosiy masalalar rus va o’zbek tillariga e’tibor qaratilgan. Shuning uchun ham biz o’z tadqiqotimizda leksik birliklarning badiiy talqini va tarjimada ularni ingliz va o’zbek tillarida qayta yaratilishi masalalarini o’rganib chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Do'stlaringiz bilan baham: |