va samarali mehnat qilishlariga sharoit yaratadi. Shuning uchun menejmentlik-yana
bu korxonada ishlayotgan hodimlarni qo’yilgan maqsadlariga, mehnat, aql-idrok,
odamlarning moyillik xulqini yo’naltira bilishdir.
Boshqarishni mazmuni va usullari texnik xodimini boshqarish jarayonidagi
o’rniga qarab o’zgara boradi. Masalan: ishchilar,
muxandis, texniklar, ustaxonalar,
korxonalarni boshqarish.
Boshqarishni asosiy bosqichlariga quyidagilar kiradi:
- tizimni maqsadini aniqlash;
- tizim holati haqida ma`lumot olish;
- ma`lumotni ishlash va taxlil qilish;
- boshqarish qarorini qabul qilish;
- qarorni ijrochiga etkazish;
- boshqarish qarorini amalga oshirish va tizimni qarorga bo’lgan
munosabatini olish.
Texnik ekspluatatsiya oldida turgan maqsad undan yuqorida turgan tizim
maqsadi bilan uzviy bog’langan bo’ishi kerak, keyingisini maqsadi esa xalq
xo’jaligini maqsadiga mos kelishi kerak.
Texnik tayyorgarlik koeffitsientini (KTK) oshirish bo’yicha
tadbirlar ishlab
chiqilayotganda tizimni holati haqida ma`lumotlar bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
- avtomobillarning ekspluatatsion ishonchliligi;
- keng uchraydigan va avtomobillarni ishdan qoldiradigan nosozliklar
haqidagi ma`umotlar;
- nosozliklarni sabablari haqidagi ma`lumotlar.
Bu holatda tashqi omillar avtomobillarni ishlatish sharoitlari, material-
texnika ta`minoti va x.o. kiradi.
Ma`lumotlar taxlil qilinayotganda va ishlanayotganda ularning aniqligi,
haqiqiyligi, to’liqligi va qiymati baxolanadi.
Boshqarish qarorini qabul qilish deb tizim holatini sezilarli o’zgartiradigan
rivojlanishni bir necha yo’llaridan birini kriteriysini tanlashga aytiladi.
Qarorni ijroga yetkazishda uning aniqligi, bir xil ma`noligi muxim
ahamiyatga ega.
Boshqarish qarorini amalga oshirish - bu masalan,
avtomobil parkini
yangilash, ishlab chiqarish bazasini qayta qurish, avtomobillarni ta’mirlash,
ta’mirlash ishlarini rag’batlantirishni yangi usul va shakllarini tadbik etish.
Boshqarish jarayoni deb, boshqarilayotgan tizimni dastlabki holatidan
ilgaritdan belgilangan oxirgi holatiga o’tkazish uchun maqsadli yo’nalish bo’yicha
qilingan harakatlar majmuasi tushuniladi. Boshqarish jarayoni 3 ta bosqichdan
iboratdir:
BIRINCHI BOSQICH - zarur ma`lumotlarni to’plash va uni asosida ob`ekt
va tashqi muhitni holati baxolash; uning maqsadi boshqarish jarayonini qaror qabul
qilish uchun kerakli axbortlar bilan ta`minlash.
IKKINCHI BOSQICH - boshqarish qarorlarini qabul qilish.
UCHINCHI BOSQICH-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarini
adekvaqt reaktsiyasini ta`minlash.
Uchchala bosqichni boshqarish jarayonini bajaruvchi organ - ishlab
chiqarish - iqtisod boshqarish organi deb aytiladi.
Ishlab chiqarish - iqtisod boshqarish tizimi quyidagi masalalarni echadi:
- ishlab chiqarish
tarkibini shakllantirish;
- tashkiliy tarkibni ishlab chiqish;
- ularni faoliyat ko’rsatish usullarini taklif etish;
- axborot bilan ta`minlash tizimini qurish.
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni 20 tadan, korxonalarning soni
esa 100 mingtadan ortadi. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o’zaro
muvofiqlashtirish, mamlakat xududida joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga
bo’lgan talabni aniqlash tarmoq boshqaruvi tizimi oldida turgan juda murakkab,
keng qamrovli masalalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: