ming kishi hisobiga tug’ilgan bolalarning soni o’rtacha 32
-33
tani tashkil
qilmoqda. Yoki Germaniyani olib qaraylik. Bu mamlakatda aholining 90 foizi
shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyodagi tug’ilish eng kam davlat bo’lib, har ming
kishiga nisbatan tug’ilgan bolalar 9
-10 ni tashkil etadi. Ushbu guruh davlatlarida
hozirgi davrda tug’ilish darajasining kamayib ketishiga olib kelgan navba
tdagi
omil ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, yollanma ishlarda nisbatan ko’proq
qatnashishidir. Masalan, Kanadada ayollar 1931 yili
ijtimoiy ishlab chiqarishda
qatnashgan aholining 17 foizini, 1980-1990 yillarda esa 40 foizini tashkil etgan.
Iqtiso
diy rivojlangan davlatlarda tug’ilishning kamayishiga olib kelgan
omillardan yana biri-
oilalarning buzilishi, ya’ni nikohdan chiqish hollarining
nihoyatda ko’pligidir. Hozirgi davrda AQSHda har yili qayd etilgan nikohlarning
50
foizi yoki yarmi buzilayotg
anligi ma’lum. Boshqacha qilib aytganda, oila
qurgan yoshlarning deyarli yarmi ajralib ketmoqda. Tabiiy holki, nikohning qisqa
davom etishi oilada bola sonining o’z
-
o’zidan kamayishiga olib keladi. Bundan
tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar qatori, SHimoliy Amerikada ham
fan-texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga kirib borishi natijasida aholining
tarkibida ishsizlar miqdori tobora ko’payib bormoqda. Ishsiz, boshpanasiz
aholining ertangi kunga ishonchi, oila qurish va farzand
tarbiya qilishga iqtisodiy
imkoniyati bo’lmaydi. Ana shunday holatlar tug’ilishning kamayib ketishiga olib
keladi. Umuman olganda, kapitalistik munosabatlarning keng tarqalishi va
rivojlanishi oilaning farzandlarga bo’lgan ham iqtisodiy, ham ma’naviy ehtiyojini
nihoyatda pasaytirib yubordi. Fikrimizning dalili sifatida eng taraqqiy etgan
kapitalistik davlatlardan biri AQSH oilalaridagi tug’ilish ko’rsatkichlariga
murojaat etaylik. Agar, 1950 yilda har bir amerika oilalarida o’rtacha 3
-4 dan bola
tug’ilgan bo’lsa, 1970 yili bu ko’rsatkich 2
-3 ga, bugunga kelib esa 1-2 gacha
kamaydi. AQSHda farzandsiz oilalar salmog’i ko’payib bormoqda. Bu davlatlarda
o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’pchilik
oilalarda faqat
bittadan farzand bo’lib, ularnin
g 44 foizi kutilmagan, 15 foizi hohlanmagan
farzandlar ekan. Mutaxissislar ushbu aholini «Amerika oilasida inqiroz» deb
atashmoqda. Bu inqiroz Amerika Qo’shma SHtatlari kelajagi uchun muammomi,
yo’qmi? Uni ushbu davlat aholisining taraqqiyot tarzidan kelib
chiqib aniqlamoq
lozim.
Shunday qilib, biz yuqorida jahon mamlakatlari oilalarida tug’ilish
jarayonidagi o’zgarishlar bilan tanishib chiqdik. Ma’lum bo’ldiki, hozirgi paytda
yer shari halqlari oilalarda farzandlarning tug’ilish jarayoni bir hil emas eka
n. Bir
guruh mamlakatlar oilalarida tug’ilish juda kamayib ketgan bo’lsa,
ikkinchi bir
guruhda esa, aksincha, juda yuqoridir. Boshqa bir guruh davlatlar mavjudki, ularda
tug’ilish o’rtachadir. Bu hol yuqorida aytganimizdek, turli ijtimoiy
-iqtisodiy
omillar
bilan bog’liq.
Dunyodagi har bir hudud va davlatlarning o’z demografik tarixi
xususiyatlari hamda aholi yosh tarkibiga ta’sir etuvchi omillari mavjuddir. XX asr
boshlarida shved demograf olimi G.Sundberg aholi yosh tarkibiga qarab uch turga
bo’ldi.
1. Progressiv.
2. Statsionar.