O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Ikkinchi guruh
oilalarda tug’ilish darajasi o’rtacha bo’lgan davlatlar 
guruhidir. Ushbu guruhga dunyo bo’yicha jami 44 davlat kiradi. Ulardan 2
5 tasi 
Yevroosiyoda, 2 tasi Afrikada, 16 tasi Amerikada va 1 tasi Avstraliya va 
Okeaniyada. Ularning aholisi yer shari aholisining qariyb 40 foizini tashkil etadi. 
Ushbu davlatlardagi oilalarda o’rtacha ikkitadan, to’rttagacha farzandlar bor. 
Bu 
guruhga ki
rgan davlatlar aholisi har yili 1,9 foizdan ko’payib bormoqda. Mazkur 
davlatlarda oilaning bunday shakllanishi ularning tarixan tarkib topib kelgan 
ijtimoiy-
iqtisodiy omillari bilan bog’liqdir.
Tug’ilish darajasi o’rtacha bo’lgan joylarda aholi o’zining m
avjud sonini 
saqlab boradi. Ularda aholining keskin ko’payib ketish va kamayib ketish hollari 
kutilmaydi. Aholi taraqqiyotini muammolarni hal etish bir muncha yengil kechadi. 
Uchinchi guruh
esa-
tug’ilish darajasi kam bo’lgan davlatlardir. Jami 32 ta. 
SHundan 24 tasi Yevroosiyoda, 5 tasi Amerikada va 3 tasi sobiq SSSRda 
joylashgani holda iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgandir. Ushbu guruhga mansub 
davlatlar dunyo aholisining 36,0 foizini yoki uchdan bir qismini tashkil etadi. 
Ularda aholi yiliga o’rtacha 0,9 foizdan ko’payib bormoqda. Oilalarning aksariyat 
qismida bitta va ikkitadan bola bor, xolos. 
So’nggi guruh davlatlarida istiqomat etuvchi oilalarda tug’ilishning bunday 
kamayishb ketishi birinchi navbatda kapitalistik munosabatlar keng tarqalishi 
ishlab c
hiqarish sharoitda sanoat rivojlanib, shaharlar soni o’sishi va shahar 
turmush tarzining keng tarqalishi uchinchi guruhga mansub davlatlarda 
tug’ilishning qisqarishiga olib keldi. Ayniqsa, aholisining asosiy qismi shaharlarda 
yashovchi Yevropa mamlakatlari
da tug’ilish juda kamayib ketdi. Masalan, 
Angliyada 1850 yillarda aholining 50 foizi shaharlarda yashagan va shu davrda har 


ming kishi hisobiga tug’ilgan bolalarning soni o’rtacha 32
-33 tani tashkil 
qilmoqda. Yoki Germaniyani olib qaraylik. Bu mamlakatda aholining 90 foizi 
shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyodagi tug’ilish eng kam davlat bo’lib, har ming 
kishiga nisbatan tug’ilgan bolalar 9
-10 ni tashkil etadi. Ushbu guruh davlatlarida 
hozirgi davrda tug’ilish darajasining kamayib ketishiga olib kelgan navba
tdagi 
omil ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, yollanma ishlarda nisbatan ko’proq 
qatnashishidir. Masalan, Kanadada ayollar 1931 yili ijtimoiy ishlab chiqarishda 
qatnashgan aholining 17 foizini, 1980-1990 yillarda esa 40 foizini tashkil etgan. 
Iqtiso
diy rivojlangan davlatlarda tug’ilishning kamayishiga olib kelgan 
omillardan yana biri-
oilalarning buzilishi, ya’ni nikohdan chiqish hollarining 
nihoyatda ko’pligidir. Hozirgi davrda AQSHda har yili qayd etilgan nikohlarning 
50 foizi yoki yarmi buzilayotg
anligi ma’lum. Boshqacha qilib aytganda, oila 
qurgan yoshlarning deyarli yarmi ajralib ketmoqda. Tabiiy holki, nikohning qisqa 
davom etishi oilada bola sonining o’z
-
o’zidan kamayishiga olib keladi. Bundan 
tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar qatori, SHimoliy Amerikada ham 
fan-texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga kirib borishi natijasida aholining 
tarkibida ishsizlar miqdori tobora ko’payib bormoqda. Ishsiz, boshpanasiz 
aholining ertangi kunga ishonchi, oila qurish va farzand tarbiya qilishga iqtisodiy 
imkoniyati bo’lmaydi. Ana shunday holatlar tug’ilishning kamayib ketishiga olib 
keladi. Umuman olganda, kapitalistik munosabatlarning keng tarqalishi va 
rivojlanishi oilaning farzandlarga bo’lgan ham iqtisodiy, ham ma’naviy ehtiyojini
nihoyatda pasaytirib yubordi. Fikrimizning dalili sifatida eng taraqqiy etgan 
kapitalistik davlatlardan biri AQSH oilalaridagi tug’ilish ko’rsatkichlariga 
murojaat etaylik. Agar, 1950 yilda har bir amerika oilalarida o’rtacha 3
-4 dan bola 
tug’ilgan bo’lsa, 1970 yili bu ko’rsatkich 2
-3 ga, bugunga kelib esa 1-2 gacha 
kamaydi. AQSHda farzandsiz oilalar salmog’i ko’payib bormoqda. Bu davlatlarda 
o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’pchilik oilalarda faqat 
bittadan farzand bo’lib, ularnin
g 44 foizi kutilmagan, 15 foizi hohlanmagan 
farzandlar ekan. Mutaxissislar ushbu aholini «Amerika oilasida inqiroz» deb 
atashmoqda. Bu inqiroz Amerika Qo’shma SHtatlari kelajagi uchun muammomi, 
yo’qmi? Uni ushbu davlat aholisining taraqqiyot tarzidan kelib
chiqib aniqlamoq 
lozim.
Shunday qilib, biz yuqorida jahon mamlakatlari oilalarida tug’ilish 
jarayonidagi o’zgarishlar bilan tanishib chiqdik. Ma’lum bo’ldiki, hozirgi paytda 
yer shari halqlari oilalarda farzandlarning tug’ilish jarayoni bir hil emas eka
n. Bir 
guruh mamlakatlar oilalarida tug’ilish juda kamayib ketgan bo’lsa, ikkinchi bir 
guruhda esa, aksincha, juda yuqoridir. Boshqa bir guruh davlatlar mavjudki, ularda 
tug’ilish o’rtachadir. Bu hol yuqorida aytganimizdek, turli ijtimoiy
-iqtisodiy 
omillar 
bilan bog’liq. 
Dunyodagi har bir hudud va davlatlarning o’z demografik tarixi 
xususiyatlari hamda aholi yosh tarkibiga ta’sir etuvchi omillari mavjuddir. XX asr 
boshlarida shved demograf olimi G.Sundberg aholi yosh tarkibiga qarab uch turga 
bo’ldi.
1. Progressiv. 
2. Statsionar. 


3. Regressiv. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish