O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Aholining takror barpo bo’lishi. 
Insoniyat taraqqiyoti davomida hamisha 
avlodlar almashinuvi jarayoni davom etib kelgan. Har yili qandaydir sabablarga 
ko’ra vafot etgan aholi o’rnining yangidan, dunyoga kelgan avlod hisobiga 
to’ldirilib borishi aholining takror barpo qilinishi deyiladi. Tug’ilganlar soni 
o’lganlar sonidan ortiq bo’lgandagina aholi soni oshib, ko’payib bor
adi. Bu esa 
jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir.
Aholini takror barpo bo’lishi asosan ikki demografik jarayonlar 
-
tug’ilish 
va o’limga bog’liqdir.
Tug’ilish
-biologik
jarayon. Lekin u ijtimoiy -
iqtisodiy muhit ta’sirida 
o’zgarib boradi. Ma’lumki, insoniyat o’z tarixiy taraqqiyoti davomida bir nechta 
ijtimoiy-
iqtisodiy bosqichlarni bosib o’tdi va tug’ilish darajasi jamiyat 
taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo’lavermagan. Kapitalistik 


tuzumgacha mavjud bo’lgan davrlarda tug’ilish biologik xarakterga ega bo’lgan, 
ya’ni cheklanmagan. Avvalo, shuni aytib o’tish kerakki, quldorlik tuzumi davrida 
ham, feodalizmda ham ko’p bolalikdan har bir oila va shu bilan birga jamiyat ham 
manfaatdor edi. Nega shunday? CHunki oilada bolaning iqtisodiy roli juda katta 
edi. Ko’pgina mamlakatlarda oila yumushlarida, hunarmandchilikda, 
dehqonchilikda va chorvachilikda bolalar mehnatidan foydalanilgan. Oiladagi 
iqtisodiy daromadning bir qismi bevosita bolalar mehnati orqali hosil qilingan. 
Demak, bola mehnati milliy darom
adning ma’lum ulushini tashkil etgani sababli, u 
jamiyat tomonidan ham qo’llab
-
quvvatlangan. Hatto, ba’zi davlatlarda, masalan, 
Rossiyada dehqonlarga ishlash uchun beriladigan yer ham bolalar soniga qarab, 
taqsimlanadi. Bunday sharoitda o’z
-
o’zidan ko’rini
b turibdiki, har bir oila bolalar 
sonini ko’paytirishdan manfaatdor bo’lgan. 
Kapitalistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi bilan sanoat tez 
rivojlana boshladi, yangi-
yangi shaharlar paydo bo’ldi. Ko’pchilik aholi ish qidirib 
qishloqdan shaharl
arga ko’chib kela boshladi. SHahar aholisining o’sib borishi 
natijasida bir tomondan shaharlarda turar joy, oziq-ovqat muammolari kelib 
chiqqan bo’lsa, ikkinchi tamondan fan
- texnika taraqqiy etib, ishsizlik vujudga 
keldi. Uchinchidan, kapitalistik ishlab chiqarishda ayollar va bolalar mehnatiga 
juda kam haq to’lanar edi. Jamiyatda bunday o’zgarishlar oilada bolalar sonini 
cheklashga, tug’ilishning qisqarishiga olib keldi. Aholisining asosiy qismi 
shaxarlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug’ilish ayni
qsa kamayib ketdi., 
Y
er yuzida tug’ilishning kamayish jarayoni, asosan, XVIII asrning ikkinchi 
yarmida g’arbiy Yevropa davlatlarida boshlanib, keyinchalik AQSH, Kanada, 
Avstraliya va Yaponiyaga tarqaldi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan 
davlatlar
da tug’ilish tez kamaya boshladi. Bu davlatlarda agar XVIII asrning 
ikkinchi yarmida har ming kishi hisobiga 38 ta bola tug’ilgan bo’lsa, oradan sal 
kam ikki yuz yil o’tgach, ya’ni XX asrning oxirgi choragida bu ko’rsatkich 16ni 
tashkil etdi. Boshqacha qil
ib aytganda, ikki yuz yil davomida tug’ilish 2 martadan 
ko’proq qisqargan. Xuddi ana shu davrlar uchun rivojlanayotgan davlatlardagi 
tug’ilishni qiyoslaydigan bo’lsak, boshqacha ahvolning guvohi bo’lamiz. Ularda 
1750-1800 yillarda har ming kishi hisobiga 4
1 tadan bola tug’ilgan va 1970
-1990 
yillarda esa har 1000 kishi hisobiga tug’ilgan bola 34ni tashkil qilgan. Demak, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda tug’ilishning kamayishi nisbatan sekin borgan.
1970-
1990 yillar davomida tug’ilishning eng tez kamayishi Osiy
oga 
mansub. Osiyoning eng yirik davlatlari-Xitoy va Xindistondir. Xitoyda oilada 
bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970 yillardan boshlab aholi 
o’rtasida tug’ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo’llana boshladi. Natijada, 
Xitoyda 
tug’ilish keskin kamaydi. BMT ma’lumotlariga qaraganda, 1970
-1974 
yillarda Xitoyda har bir ayol o’zining farzand ko’rish davrida o’rtacha 4,8 va 1986
-
1990 yillarda esa 2.1 tadan farzand ko’rgan. Bu mamlakatda 2000 yilga borib 
tabiiy o’sishni nolga tushirish mo’ljallangan.
Hindistonda ham tug’ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar 
sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha 
tashkilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. Ular jumlasidan, Oilani rejalashtirish 
uyushmasi, Hindiston tibbiyot uyushmasi, Hindiston Qizil yarim oy jamiyati kabi 


tashkilotlar kiradi. Hindistonda tug’ilishning kamayishiga aholi savodlilik 
darajasining oshishi ham ta’sir etmoqda. Masalan, 1971 yili Hindiston aholisining 
29,4 foizi savodli e
di; hozirgi davrda 40 foizga yaqini savodlidir. Tug’ilishni 
nazorat qilish hamda halqning savodlilik darajasini ko’tarish, tibbiyotni 
rivojlantirish natijasida Hindiston davlati tug’ilishni ancha kamaytirishga erishdi. 
Masalan, 1970-1990 yillarda har bir a
yolning o’z farzand ko’rish davri davomida 
ko’rgan farzandlar soni 5.4 dan 3.3 ga kamaydi. Hindistonlik aholishunoslarning 
fikriga qaraganda, 2001 yilga borib har bir hind oilasida o’rtacha 2 tadan farzand 
bo’ladi.
Ma’lumki, Osiyo aholisining 70 foizdan ko’prog’ini Xitoy va Hindiston 
aholisi tashkil etadi. SHuning uchun ham Xitoy va Hindistonda tug’ilishning 
kamayishi butun Osiyo bo’yicha tug’ilish ko’rsatkichiga ta’sir qildi. 1970
-1990 
yillarda tug’ilish bu yerda deyarli 40 foizga kamaydi xolbuki, xuddi s
hu davrda 
tug’ilish Xorijiy Yevropada 16 foizga, Avstraliya va Okeaniyada 19 foizga, 
Afrikada esa 5 foizga kamaygan, xolos. Tug’ilishning kamayib borishi sobiq SSSR 
tarkibidagi halqlarda ham kuzatiladi.
XIX asr oxirlariga qadar sobiq Ittifoq hududida yashovchi barcha halqlarda 
tug’ilishning juda yuqoriligi kuzatilgan. Masalan, farzand ko’rish davriga
-dunyo 
bo’yicha ayollarning 15
-
49 yosh davri qilingan har ming kishiga nisbatan tug’ilgan 
bolalar soni 1861-
1865 yillarda 50,7 tani tashkil qilgan bo’lsa, 1911
-1913 yillarga 
kelib bu ko’rsatkich 43,9 taga kamaydi, lekin bu raqam ham yuqori 
ko’rsatkichdir.1920 yillardan boshlab esa, sobiq Ittifoqda tug’ilish juda keskin, 
ellik besh yil ichida (1925-1990) deyarli 2 marta kamaydi. Biroq bu jarayon barcha 
Respublika
larda bir tekisda borgan emas. Asosan, Boltiqbo’yi, Belorussiya, 
Moldaviya, Rossiya va Ukrainada, ya’ni xo’jaligida sanoat yetakchi bo’lgan 
Respublikalarda tug’ilish keskin kamayib ketdi. (30
-jadval). 
SHunday qilib, biologik jarayon bo’lgan tug’ilish va un
ing miqdori, 
ijtimoiy-
iqtisodiy omillarning oila muhitiga bevosita ta’siri orqali o’zgarib boradi. 
Ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot tug’ilish darajasini belgilovchi asosiy omillardan 
hisoblanadi. Bu hol O’zbekistonning demografik taraqqiyotida ham o’z aksini 
topgan. 
O’zbekistonda tug’ilish jarayonini quyidagi 3 bosqichga bo’lib o’rganish 
maqsadga muvofiqdir: 
1. Oktyabr inqilobiga qadar; 
2. Sovet hokimiyati yillarida; 
3. Mustaqillik davri. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish