O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi


Aholining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Aholining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi
. Aholining eng muhim ijtimoiy-
iqtisodiy tarkibi uning sinfiy tarkibidir. Sinflar jamiyat taraqqiyoti davomidagi 
mehnat taqsimoti va xususiy mulkni kelib chiqishi asosida shakllangan 
guruhlaridir. Har bir ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyada asosiy va asosiy bo’lmagan, 


oraliq sinflar mavjuddir. Masalan, ibtidoiy jamiyatdagi qabila boshlig’i va qabila 
a’zolari: quldorlik jamiyatida qul va quldor: f
eodalizmda feodal va krepostnoy 
kapitalizmda kapitalistik va yollanma ishchilar sotsializmda ishchi kolxozchi va 
xizmatchi asosiy sinflar hisoblangan. Hamma formatsiyada ham o’rta xol 
dehqonlar kichik va o’rta fermerlar oraliq sinflar bo’lib faoliyat ko’rs
atishgan. 
Jamiyat tarqqiyotidagi iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar natijasida aholining 
ijtimoiy guruhlari tarkibida ham o’zgarishlar yuz beradi. Masalan, O’zbekistonning 
bozor iqtisodiyotini o’tish davrida aholi ijtimoiy guruhlarida birmuncha 
o’zgarishlar
yuz beradi. Tadbirkorlar, fermerlar, savdogarlar, ishbilarmonlar, 
yollanma ishchilar kabi guruhlar shakllana boshladi.
 
Aholining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibiga uning egallagan kasbi mutaxassisligi 
ma’lumoti bo’yicha guruhlarga ajralishi ham kiradi.
SHuning
dek aholining ijtimoiy geografik tarkibi ham mavjud bo’lib, unda 
aholining yashash joyi (shahar, qishloq, viloyat, tuman, tog’li o’lkalar va cho’l 
zonalari) bo’yicha taqsimlanishi tushuniladi. 
Aholining milliy tarkibi ham uning ijtimoiy tarkibini bildirib, unda aholi 
millatlar, etnik guruhlar bo’yicha taqsimlanadi. Umuman aholining sinfi, millati 
egallagan kasbi ma’lumoti va yashash joyiga qarab guruhlarga bo’linishi uning 
ijtimoiy tarkibini bildiradi. 
Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. 
Mehnat resurslari asosini 
mehnat yoshidagi aholi tashkil etadi. Mehnat yoshi-
ya’ni mehnatga qobiliyatli 
yosh insonning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatanashishiga bog’liq bo’lgan yosh 
shartli yosh chegarasi O’zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16
-59 ayollar 
uchun esa 16-
54 yosh hisoblanadi. Mehnat yoshidagi aholi soni tug’ilish, o’lim va 
migratsiya jarayoniga bog’liqdir.
SHahar va qishloq hududlarida mehnat yoshidagi aholi dinamikasi yosh va 
jinsiy tarkibi o’ziga xos xususiyatlariga egadir. Mehnat yoshidagi ahol
ini mehnat 
resurslari nuqtai nazaridan o’rganilganda 2 guruhga ajratiladi:
-
40 yoshgacha bo’lgan mehnat yoshidagi aholi.
-40 yoshdan keyingi mehnat yoshi guruhi. 
Ushbu yosh guruhlari ishlab chiqarishda qatnashishi darajasi mehnatning 
samaradorligi o’z kasbidagi malakasi bilan o’zaro farq qiladi. «Mehnat yoshi» 
tushunchasini aholishunos olim B.TS.Urlanis tomonidan fanga kiritilgan. 
Mehnat resurslari-aholining kerakli fiziologik rivojlanishiga, aqliy 
qobiliyatga ega bo’lgan va halq xo’jaligida band bo’lgan qi
smi mehnat resurslari 
deyiladi. Mehnat resurslari soni jonli mehnatning mavjud imkoniyatini ifodalaydi. 
Mehnat resurslari jamiyat bag’rida ham miqdor ham sifat jihatdan rivojlanib 
boradi. 
Mehnat resurslarining miqdoriy rivojlanishi aholining tabiiy o’sishi
va 
migratsion xarakatiga bog’liqdir.
Mehnat resurslarining sifatiy taraqqiyoti esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot darajasiga, davlatning aholi ishga bandligi bo’yicha olib borayotgan 
siyosatiga bog’liqdir.
Mehnat resurslaridan foydalanishda uning balansi ahamiyatlidir. 


Har bir mavjud davrda mehnat resurslari bandlik sferalari bo’yicha 
bo’linadi. Bu sferalar ijtimoiy mehnat (davlat tashkilotlarida muassasalarida va 
korxonalarda jamoatchilik tashkilotlarida) shaxsiy mehnat (uy xo’jaligi shaxsiy 
x
o’jalik) va bilim olish(ishlab chiqarishdan ajralgan holda bilim oladigan o’quv 
muassasalari) va qurolli kuchlar sferalardir. 
Iqtisodiyotda davlat sektori rolining oshib borishi jamiyatda ishchi va 
xizmatchilarni ko’payishiga olib keladi.
Aholining yuqori darajadagi ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligi, mehnat 
resurslarining sekin tabiiy ko’payishi sharoitida, mehnat resurslaridan effektiv 
foydalanish masalasini qo’yadi.
Mehnat resurslarining shakllanishi, ularning xalq xo’jaligi sohalari bo’yicha 
tayyorlas
h va mehnat resurslaridan foydalanish juda ko’p sotsial muammolarni xal 
etishni talab etadi. 
Aholi tarkibida mehnat resurslari salmog’ining muntazam ko’payib yoki 
kamayib borishining ham ijobiy ham salbiy oqibatlari, ularni xal etuvchi 
muammolari mavjud. 
Har bir korxona muassasasi va tashkilotlarida mehnat resurslaridan effektiv 
foydalanishga erishish uchun ular bilan korxona rahbariyati o’rtasidagi ijtimoiy
-
iqtisodiy munosabatlari me’yori buzilmasligi har ikkala tomon talablari ham 
e’tibordan chetda qolma
sligi lozimdir. 
Mehnat resurslari tarkibi asosan uch qismdan iboratdir: 
1. Mehnat yoshidagi aholi. 
2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashayotgan o’smirlar.
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashayotgan nafaqaxo’rlar (qariyalar).
Mehnat resurslarini sotsiol
ogik nuqtai nazardan o’rganishga mehnat 
resurslari shakllanishi, ulardan foydalanish, ularga bo’lgan talab, mehnat 
resurslarining ish joyidagi ko’nimsizlik sabablari ularning sifatiy taraqqiyoti bilan 
bog’liq qator sotsial omillarga e’tiborni qaratish lozi
m. 
Mehnat resurslarini sotsial-
iqtisodiy nuqtai nazardan o’rganishda birinchi 
navbatda quyidagi jarayonlarga e’tibor berilishi lozim:
1. Aholini ijtimoiy ishlab chiqarishda band aholiga (ishlovchilarga) va 
ijtimoiy ishlab ishlab chiqarishda band bo’lmagan 
aholiga (ishlamaydiganlarga) 
taqsimlanishi. 
2. Ishchilarning ijtimoiy ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishi 
(moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohalari, moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarmaydigan sohalar. 
3. Ishchilarning aqliy va jismoniy mehnatlar 
bilan bog’liqligi.
4. Ishchilarning umumta’lim va kasb
-hunar malakalarga tayyorlash 
darajasini oshib borishi yuqorida keltirilgan jarayonlarni o’rganish mehnat 
resurslaridan samarali foydalanishni, halq xo’jaligining har bir sohalarini ishchi 
kuchi bilan 
muntazam ta’minlab borishi imkoniyatini yaratadi. Mehnat 
resurslarining shakllanishi dunyo davlatlari bo’yicha, turli mavqega, xususiyatlarga 
egadir. Bu borada har bir xududning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik 
imkoniyatlari asosiy omil bo’lib xizmat qilad
i. 


O’zbekistonda mehnat yoshidagi aholi salmog’ining yuqoriligi, mehnat 
resurslarini muntazam ko’payib borishini ta’minlaydi.
Hozir respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega. Mehnat zahiralari bugun 
aholining deyarli 50 % tashkil etadi va har yili 210-22
0 ming kishiga ko’payib 
boroqda. 
Mehnat salohiyatining muhim xususiyati uning yosh va kasb tarkibidir. 
O’zbekiston aholisining o’rtacha yoshi 24 yoshga teng. Bu XXI asr bo’sag’asida 
mehnat zahiralari yuksak mehnat faolligi kasb tayyorgarligi bilan ajralib turadigan 
odamlar ko’pchilikni tashkil etishiga imkon beradi.
Ish bilan band bo’lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda 
mehnatga layoqatli yoshlarni faoliyatining yangi ilg’or tarmoqlari va sohalariga 
jalb qilish ham mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning qudratli zahirasidir. 
Hozir qishloq xo’jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir 
qismidan ko’prog’i band.
Mehnat zahiralarining umumiy va professional ta’lim darajasi yuqoridir. 
Respublikada majburiy umumiy o’rta ta’lim qonun yo’li bilan mustahkamlab 
qo’yilgan. Bunday ta’limni umumiy (majburiy) ta’lim maktablari, litseylar, 
gimnaziyalar, o’rta kasb
-
hunar o’quv yurtlari va tijorat maktablarining keng 
tarmog’i orqali olish mumkin. Bu borada qiziqarli va namunali s
tatistika mavjud. 
15 va undan katta yoshdagi har 1000 kishiga hisoblaganda, oliy va to’liqsiz oliy 
ma’lumotlar soni ancha ortdi. Hozirgi vaqtda u 143 kishini tashkil etadi. SHu bilan 
birga ta’lim olish 11,4 yilga yetdi. Har 1000 kishining 200 nafari o’rta 
maxsus 
ma’lumotli mutaxassislardir. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
sohasida band bo’lgan to’rt kishining bittasi oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotiga 
ega. Ya’ni hozir bilim darajasi jihatidan respublika haqli suratda o’qimishli 
mamlakatlar qatoriga kiradi. 
Mehnat resurslarini sotsial tahlil etishda aholi sonining, o’sib borishi, uning 
xududiy xarakati, mehnat resurslarining sotsial-demografik tarkibini bilish muhim 
vazifalardan hisoblanadi. 
Mehnatga layoqatli aholi yoki «mehnat resurslari» 2 mur
akkab sistemasi-
aholi bilan ishlab chiqarishni bir butun qilib birlashtiradi. Mehnat resurslari-bu 
jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi, ijtimoiy ishlab chiqarishning eng 
muhim komponentdir. 
Mehnat resurslarining soni, tadrijiy o’zgarishi profession
al tayyorgarligi va 
joylashishi butun mamlakat miqyosida va ayniqsa regionlar doirasida ishlab 
chiqarishning ixtisoslashishi va hududiy tashkil etishiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Halq xo’jaligining muhim programmalarini amalga oshirish zarurati esa kadrlar 
tayyorlash, ularni ishlab chiqarish tarmoqlari va ayrim hududlar o’rtasida qayta 
taqsimlashga qaratilgan davlat siyosati yurgizishni taqozo etadi, bu esa aholi tizimi 
va geografiyasida o’z aksini topadi.
Mehnatga layoqatli yosh chegaralari, davlat tomonida
n ko’p omillarni shu 
jumladan har xil yoshdagi odamlarning o’z sog’lig’iga putur yetkazmasdan mehnat 
qilish qobiliyatini davlatning ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojini mamlakatdagi 
yoshlarning majburiy o’rta zarurligi va boshqalarni hisobga olgan holda 
belgilanadi. 


Mehnat resurslari-
bu faqat potentsial ishchi kuchi bo’lib, bu kuchdan 
jamiyat o’z imkoniyatlari va ehtiyojlarini
 
hisobga olgan holda turli darajada har 
tomonlama va samaradorlik bilan foydalanshi mumkin. Mehnat resurslarini 
boshqarish, ularning tar
kib topishi va ulardan foydalanish jarayonlarini o’zaro 
bog’liq holda rejalashtrish asosida amalga oshiriladi. Mehnat resurslarining 
vujudga kelish-
bu ularning miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha rivojlanish 
jarayonidir. Mehnat resurslarining o’sishi 
birinchi navbatda, mamlakatdagi 
demografik vaziyatga hamda aholi va ayniqsa mehnatga layoqatli yoshga 
o’tayotgan kishilar sonining tadrijiy o’sishiga bog’liq.
Mehnat resurslarining tadrijiy o’sishi mehnatga layoqatli yoshga yetgan va 
shu kategoriyadan chiq
ib ketayotgan kishilar sonining nisbatiga bog’liq. Aholi 
yuqori sur’atlar bilan o’sganda va uning absolyut ko’payishi ro’y berganda 
mehnatga layoqatli yoshga o’tayotgan kishilarning miqdori har bir keyingi yilda 
mehnat resurslarining tabiiy kamayishidan se
zilarli darajada ortiq bo’ladi, natijada 
mehnat resurslarining soni ko’payadi, aholi past sur’atlar bilan o’sganda esa 
buning teskarisi bo’ladi.
Mehnat resurslaridan foydalanish ikkita asosiy talabga mehnatning yuqori 
samaradorligi va mehnatga layoqatli ah
olining to’liq bandligiga erishishni ko’zda 
tutadi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanishning asosiy mezoni-ijtimoiy 
mehnat unumdorligi va uning o’sish sur’atlaridir.
Mehnat unumdorligi ko’p sabablarga ishlab chiqarishning texnika bilan 
jihozlanganligi 
va mehnatga to’g’ri tashkil qilishiga, ishchilarning malakasiga ham 
bog’liq. Ishlab chiqarishning joylashish xususiyatlari va uning kombinatlanishi 
darajasi hamda ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirilayotgan tabiiy sharoitlar 
ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu omillar ijtimoiy ishlab chiqarish 
geografiyasi bilan bog’liqdir. U bilan mehnat unumdorligi darajasi o’rtasida o’zaro 
bog’liqlikni aniqlash iqtisodiy
-geografik tadqiqotlarning muhim masalasidir. 
Mehnat resurslaridan foydalanishning muhim mezonlaridan biri bu 
aholining mehnatga faolligi, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatga 
layoqatli aholining salmog’idir.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish