Progressiv-
yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (10-14
yoshdagi) salmog’i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) qaraganda yuqori
bo’ladi. Bunday holat tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan hududlarda kuzatilib
ularning aholisi muntazam ko’payib boradi.
Statsionar-
yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida qariyalar salmog’i
tengdir. Statsionar yosh tarkibida aholi soni bir xil miqdorda turadi. Aholining tez
kamayishi yoki ko’payishi kuzatilmaydi.
Regressiv
-yosh tark
ibida aholi umumiy sonida qariyalar salmog’i bolalarga
qaraganda yuqori bo’ladi. Bunday holda esa aholi soni asta
-sekin kamayib borib
«depopulyatsiya» holati yuz beradi. Aholi qarib boradi. Dunyo aholisi yosh tarkibi
bo’yicha hududiy xususiyatlarga egadir.
(Evropa, Osiyo, Amerika, Afrika,
Avstraliya, Okeaniya va O’zbekiston aholisining yosh tarkibi xususiyatlari va
omillari).
Aholining ijtimoiy tarkibi.
Aholining ijtimoiy tarkibi deganda, faoliyatlari,
maqsadlari, manfaatlari va ishlarining umumiyligi asosida uyushgan. Jamiyat
sotsial strukturasi birligini tashkil etadigan kishilarning nisbatan barqaror guruhlari
tushuniladi. Jamiyatda turli xil ijtimoiy guruhlar mavjuddir. Ushbu guruhlar
faoliyatlari ijtimoiy ishlab chiqarishda tutgan o’rniga qarab bir
-biridan farq qiladi.
Bunday guruhlarga ishchilar dehqonlar hunarmandlar, o’qituvchilar, shifokorlar,
quruvchilar(va xokazo) ni kiritish mumkin. Bu guruhlarning har biri yana bir
ishchi guruhlarga bo’linadi. Masalan, ishchilar
-
g’isht teruvchi slesarь, haydovchi
shifokorlar ko’z shifokori kardiolog, urolog, bolalar; ayollar shifokori.
Ijtimoiy guruhlar ularni birlashgan kishilar miqdoriga qarab ikkita bo’linadi:
1. Katta-katta kishilar ommasini birlashtiruvchi guruhlar (sinflar turli
partiyalar).
2. Nisbatan kichik (miqdor jihatidan kamroq) kishilarni birlashtiruvchi
guruhlar (zavod, korxona ishchilarni oliygoh talabalari, o’qituvchilar, jamoa
a’zolari va xokazo).
Ijtimoiy guruhlar faoliyat ko’rsatish davriga qarab ham ikkiga bo’linadi.
1. Doimiy ijtimoiy guruhlar(oila sinf).
2. Vaqtincha ijtimoiy guruhlar (kishilarning vaqtincha tasodifiy birlashgan
guruhlari-teatrdagi tomoshabinlar sayohatga chiqqanlar guruhi, anjumanga
yig’ilishgan kishilar guruhi.
Jamiyatda formal va noformal guruhlar ham mavjud.
Formal guruhlar-Insonlarning tasdiqlangan rasmiy xujjatlari asosida
guruhlash. Masalan, oliy ma’lumotli kishilar yuqori malakali ishchilar xodimlar
o’rta maxsus ma’lumotlilar, bemorlar, sog’lomlar.
Noformal guruhlar-kishilarning shaxsiy sifatlariga qarab guruhlash.
Masalan, olijanob insonlar yaxshilar yomonlar, ezmalar, kamgaplar, kamtarin
insonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |