bo’lib, u dastlab politezmga asoslangan, keyinchalik monoteizmga o’tgan. Er. av. I
ming yillik boshlarida shu mintaqada boshqa din
–
zoroastrizm (uning asosida
dualizm
–
yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash haqidagi tasavvur yotadi)
rivojlana boshladi, eramizning XI asrida uning tarmoqlaridan biri
–
yazidizm
paydo bo’ldi. Osiyoning boshqa hududlarida politeistik dinlar shakllandi. Janubiy
Osiyoda hukmron bo’lgan kasta tuzumi orqali shu hrat qozongan braxmanizm va
kasta tuzumini inkor qiluvchi jaynizm (er. av. VI-V asrlar) shular jumlasidandir.
Er. av. VI-V asrlarda Xitoyda deyarli bir vaqtda ikki falsafiy-
axloqiy ta’limot –
daosizm i konfusiylik yuzaga keldi va keyinchalik ular alohida dinlarga aylandi.
Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi davridan
bu mamlakatda hukmron bo’lgan
ajdodlarni hurmatlash va tabiatga topinish asosida sintoizm vujudga keldi.
Yer yuzi bo’ylab juda katta hududlarda tarqalgan ayrim dinlar jahon dinlari
nomini oldilar (odatda ularga buddizm, nasroniylik va islomni kiritadilar).
Eramizning I ming yilligi boshlarida Old Osiyoda monoteistik din
–
nasroniylik yuzaga keldi. 1054 yilda u ikki: pravoslav va katolik yo’nalishlariga
ajraldi. XVI asrda katolik dinidagi islohotlar natijasida undan (Rim papasi
hokimiyatini inkor qiluvchi va ilk nasroniylikka qaytishni yoqlovchi) protestantizm
ajralib chiqdi. Protestantizm bir qancha mustaqil oqimlar (eng yiriklari:
anglikanlar, lyuteranlik, kalvinizm, reformatlar va h.k.) ko’rinishida shakllandi va
o’z navbatida ular ham mayda bo’lakchalarga bo’linib ketdi. Nasroniylik tarkibida
yuqorida qayd etilgan uchta (pravoslav, katolik va protestant) asosiy tarmoqdan
tashqari, yana ikkita nisbatan kam tarqalgan, V asrda shakllanib, diniy marosimlari
pravoslavlarga yaqin bo’lgan monofisit va nestorian yo’nalishlari mavjud.
Boshqa monoteistik din
–
islom
–
VII asrda arablar orasida shakllandi. Yangi
din oradan ko’p o’tmay uchta: sunniy, shia va xorijiy yo’nalishlariga ajralib ketdi.
Sunniylik va shialik o’rtasida siyosiy masalalarda, ayrim diniy marosimla
r va
an’analar bo’yicha tafovutlar mavjud. Siyosiy tafovut shundaki, agar sunniylar
xalifalik hokimiyatini yoqlasalar, shialar esa imomat
tarafdoridirlar. Diniy
marosimlar va an’analardagi farqlar ham anchagina. Sunniylikda shialikda mavjud
bo’lgan “Muta”,
“Shaxsey
-
Vaxsey” va boshqa marosimlar yo’q. Sunniylar Makka
va Madina shaharlarini muqaddas hisoblasalar, shialar Iroqdagi Karbalo va Najaf
shaharlarini muqaddas deb biladilar. Sunniylar Sunnani butunligicha etirof etadilar,
shialar esa uning ba’zi qismla
rinigina tan olishadi. Bu oqimlar orasida bunday
tafovutlar juda ko’p, shu bilan birga, malum o’xshashliklar ham bor. Masalan,
mahdiylik
–
oxir zamon bo’lishi va Mahdiy (arabcha, Olloh tamonidan to’g’ri
yo’lga yetaklovchi) kelishi haqidagi diniy ta’limot
ikkala oqimda ham mavjud.
Xorijiylar sunniylarga yaqin bo’lib, ular o’z izdoshlariga qattiq talablarni
qo’yadilar –
zeb-
ziynatni qoralaydilar, musiqa va raqsni ta’qiqlaydilar va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: