uning sotsial jihatlari bilan bog’liq qonuniyatlarni o’rganish katta axamiyat kasb
etadi.
So’nggi davrlarda an’anaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanining tadqiqot
ob’ekti va predmeti sezilarli darajada kengayib bormoqda. Avvallari ilmiy
tadqiqotlarning bosh mavzusi sifatida asosida ko’prok, sanoat, qishloq xo’jaligi,
ishlab chiqarish kuchlari va ularni rivojlantirish masalalari yotgan bo’lsa, bugungi
kunga kelib, aholi va u bilan bevosita bog’liq bo’lgan jihatlarni o’rganishga,
ayniqsa, uning sotsial jihatlarni, salomatligi, dam olishi, davolanishi, turmush tarzi,
urf-odatlari, dini, hulq-
atvori bilan bog’liq jihatlarni o’rganishga qiziqish ortdi va
shu boradagi ilm izlanishlarning hajmi ortib bormoqda.
Jahonda XX asrning o’rtalaridan boshlab bir qator iqtisodiy fanlardagi
“sotsiallashuv” jarayoni
iqtisodiy geografiyaga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu xol
keyinchalik axoli geografiyasining va u bilan bog’liq tarzda, sotsial geografiyaning
shakllanib borishiga zamin yaratdi.
SHuni ta’kidlash kerakki, dastavval XX asrning 30
-yillaridayoq
N.N.Baranski
y “sotsial geografiya”ni yaratish masalasini ko’ndalang qo’ygan edi
va keyinrok, uning muhim masalalarini (axoli geografiyasi, shaxarlar geografiyasi
va b) o’rgandi. O’sha davrdayoq N.N.Baranskiy: “Iqtisodiy
- geograf nafaqat
axolining tarkibi, joylashuvi, aholi manzilgohlarining tavsifini, balki uning
ruhiyati, urf -
odatlari va madaniyatini xam bilishi kerak” ekanligini ta’kidlagan
edi.
Aholining mehnat qilishi, dam olishi, ruhiy kechinmalari, sog’lig’ini saqlash
va boshqa ijtimoiy, madaniy -
ma’naviy xayot faoliyatlari bilan bog’liq masalalar
xorijda va shuningdek, sobiq Ittifoq iqtisodiy geografiyasi doirasida xam o’rganib
kelingan. Shuning uchun xam Yu.G.Saushkin ijtimoiy geografiyani iqtisodiy
geografiyadan ajratish, iqtisodiy va sotsial geografiyani rivojlanishiga zid
ekanligini, real borliqni anglashga to’la javob bermasligini, ya’ni insonni ijtimoiy
xayoti murakkabliklari bilan iqtisodiy geografiyadan “sug’urib” tashlab
bo’lmasligini xam uqtiradi (Nazarov M., Tojiyeva Z. Ijtimoiy geografiya,2003).
Ho
zirgi kunda ijtimoiy geografiyaning tor va keng ma’nodagi talqini
professor A.S.Soliyev tomonidan e’tirof etilgan. Olimning ta’kidlashicha, tor
ma’nodagi sotsial geografiya
- bu bevosita inson xayoti bilan borliq masalalarning
xududiy jihatlarini, uning o’
zi yashab turgan muxiti bilan munosabatini
o’rganuvchi fandir. Keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya esa o’z ichiga tor
ma’nodagi sotsial geografiya va insonning ijtimoiy xayot tarzi, madaniy, ma’naviy,
ruhiy rivojlanishi masalalarining hududiy qirralarini ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: