O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti


Qadimgi Rimda siyosiy va xuquqiy ta`limotlarning o`ziga xosligi



Download 0,61 Mb.
bet8/49
Sana12.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#659582
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR TARIXI

Qadimgi Rimda siyosiy va xuquqiy ta`limotlarning o`ziga xosligi
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi ming yillarni o`z ichiga oladi va shu davr ichida qadimgi Rimda o`zgarib turgan sotsial iqtisodiy, siyosiy-huquqiy qarashlarni voqealarni aks ettiradi. qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), respublika boshqarish usuli (504-28 y), imperatorlik (27 eramizgacha va 475 y). yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili batamom bo`linib ketdi. g`arbiy (markaz Rim), Sharqiy (markazi Konstantinopol’) Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi.
Qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar uzoq vaqt davomida turli qarama-qarshi kuchlar patritsiylar va plebeylar o`rtasidagi, to`xtovsiz kurashlar ichida shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini o`zida aks ettirdi.
Qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy qarashlar qadimgi Yunonistonda shakllangan ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta`sirida edi. eramizgacha V asr o`rtalarida plebeylar yozma ravishdagi qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va Yunonistonga odamlar Yuborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini o`rganib kelish, xususan Solon davrida yaratilgan qonunlarga katta e`tibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta o`rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo`lgan qadimgi rim huquq normalarini ishlab chiqishga asos bo`ldi. Qadimgi Yunonistonning atoqli faylasuflari Sokrat, Aflotun, Arastu, epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta`sir qildi.
Qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim hukukshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim huquqshunoslik sohalari (davlat va huquq nazariyasi va ma`muriy xuquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat hayotida ro`y berayotgan yangiliklarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. Rim Yuristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, fanlar bugun bizda ham o`rganilmoqda.
Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo`ladi. Ilk xristian ta`limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo`lgan ko`plab tabiiy huquq g`oyalarini yangi din o`z nomidan, ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila boshaydi. Barcha odamlarning tengligi, uni odamlar o`rtasida qaror topishi zarurligi haqidagi g`oya muxim axamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bo`lishi va jaxon dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga kuchli ta`sir qildi. eramizning II asrida xristian jamoalarida axvol bir muncha o`zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustahkamlanadi, ular o`rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bo`ladi. CHerkov ierarxiyasining paydo bo`lishi, diniy dogmatning kuchaytirib Yubordi. Ilk xristianlik ta`limotlarida qulchilikni yo`qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar o`rtasidagi notenglIkni bartaraf etishga qaratilgan g`oyalar mavjud edi.
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixida Mark Tualliy TSitseron (106-43 eramizdan oldingi yillar) aloxida o`rin egallaydi. Mashhur arator, davlat arbobi va mutafakkir TSitseronning davlat va x,uquq muammolariga bag`ishlangan "Davlat haqida", "qonunlar haqida", "Burchlar haqida" va boshqa asarlarida siyosiy va huquqiy qarashlari o`z aksini topgan. Davlatning paydo bo`lishining sababi odamlarning birga yashashga intilishidadir. Birga yashash odamning tabiiy extyojidir, deydi, TSitseron. Davlat xalqning ishi, boyligidir. TSitseron davlatning tuzilish shakllariga katta ahamiyat beradi. U uchta oddiy davlat shaklini ko`rsatadi: podshoh xokimiyati, aristokratlar hokimiyati va xalq hokimiyati. Bularning har biri o`zining avfzalliklari va kamchiliklariga ega. Shuning uchun bularning barchasiga xos bo`lgan avfzalliklarni o`zida birlashtirgan qo`shma davlat shakli maqsadga muvofiqdir.
Zo`rlik bilan o`rnatilgan yakka shaxs yoki olomon xukmdorligi, yoki bir to`raning xukmronligi davlat shakli xisoblanmaydi, bunga yo`l qo`yish mumkin emas. Bu erda umuminsoniy manfaat ham barcha, uchun teng huquq ham yo`q.
TSitseron ijodida haqiqiy davlat arbobi va ideal fuqaroga xos fazilatlar katta o`rin olgan. Huquq zaminida tabiatga xos bo`lgan adolat yotishi kerak, deydi u. Tabiiy huquqining belgi va xususiyatlarni ta`riflash bilan bir qatorda, TSitseron ijobiy huquqning o`zini xususiy va ommaviy huquqlarga bo`ladi. TSitseronning ijodiy merosi insoniyat madaniyatining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi.
 Rehaga qaytish

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish