11
3.Fizik-kimyoviy ishlab chiqarishlar.
4.Mexanik-teplofizik jarayonlarga asoslangan ishlab chiqarishlar.
5.Kimyoviy ishlab chiqarishlar.
6.Fermentlar va drojjilar ishtirokida boradigan jarayonlarning mohiyati.
7.Presslash va ekstrakstiyalash jarayonlarining mohiyati va qo’llanilishi.
8.Tindirish va filtrlash jarayonlarining mohiyati.
9.Adsorbstiya va dezodorastiya jarayonlarining mohiyati va qo’llanilishi.
10.Eritish va kristallash jarayonlarining mohiyati.
11.Oziq-ovqat xom ashyo va maxsulotlarining reologik ko’rsatkichlarining ahamiyati.
12.Optimal termik ishlov berish tushunchasi.
«Tayanch» so’z va iboralar
Bijg’ish, ferment,
mikroorganizm, drojji, presslash, ekstrakstiya,
tindirish, filtrlash, adsorbstiya,
dezodorastiya, eritish, kristallash, reologik ko’rsatkich, termik ishlov.
3-MA’RUZA. YoG’ VA MOYLAR TEXNOLOGIYaSI MAXSULOTLARINING
AHAMIYaTI.
Reja: Moyli urug’larni qayta ishlash korxonasining umumiy sxemasi.
O’simlik moylari ishlab chiqarish. Moyli urug’larni sinflanishi. Moyli urug’larni tozalash. Moyli
urug’larni namlash, quritish, chaqish, separastiyalash va moyli urug’lar mag’zini yanchish,
namlash va termik ishlov berish, yanchilmadan qovurma tayyorlash va presslab moy olishning
prinstipial sxemasi. Moyli maxsulotdan ekstrakstiyalab moy olishning prinstipial sxemasi.
O’simlik moylarini aralashmalardan tindirib, cho’ktirib va filtrlab birlamchi tozalash.
Yog’-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoq-laridan biridir.
O’zbekistonda qadimdan o’simlik moyi kunjut, zig’ir, indov, maxsar urug’i, paxta chigiti, poliz
ekinlari urug’laridan juvozlarda olingan. Respublikada yillik kuvvati 3,5 mln. tonna moyli
o’simlik urug’larini qayta ishlaydigan korxonalar ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog’ida paxta,
soya, raps moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug’laridan moy olinib, oziq-ovqat, atir-upa
va farmastevtika sanoatlari tarmoklarida ishlatiladi. Yog’ moy sanoatida bu moylardan margarin
mahsulotlari, mayonez, kir sovun, atir sovun, texnika maksadlari uchun boshqa turli mahsulotlar
ishlab chikariladi. O’simlik moyi ishlab chikarishda yiliga o’rtacha 2,1 mln. tonnadan ko’prok
paxta chigiti ishlatiladi. Yog’-sanoati korxonalari YoMK (yog’-moy kombinati), MEZ (moy
ekstrakstiya zavodi) va turli xususiy kichik korxonalar ko’rinishidagi ayrim stexlar ko’rinishida
ishlamoqdalar. Barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash stexlaridan tashkil topgan yog’-moy
kombinatining umumiy sxemasi quyidagi sxemada keltirilgan bo’lib, unda xomashyo va material
xarakati bo’yicha ishlab chiqarish bo’limlarining ketma-ketligi va bog’liqligi keltirilgan.
12
1
3
4
5
7
8
6
9
10
11
12
Gudron
Salomas
Margarin
Sovun
Mayonez
Sheluxa
Shrot
Salat moyi
SPS
DYOK
2
Yog’-moy kombinati bo’limlari umumiy sxemasi.
1-
Chigit xo’jaligi
2-
Tozalash bo’limi
3-
Chaqish-ajratish bo’limi
4-
Forpress stexi
5-
Rafinastiya stexi
6-
Ekstrakstiya stexi
7-
Kristallizastiya stexi
8-
Mayonez stexi
9-
Gidrogenizastiya stexi
10-
Margarin stexi
11-
Yog’ kislotalarini distillyastiyalash stexi
12-
Sovun stexi
Bunday korxonada 1,2,3 va 4 raqam bilan belgilangan belgilangan bo’limlar o’simlik
moylari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etsa, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11- bo’limlar moylarni qayta
ishlash korxonalari hisoblanadi.
Sxemadan ko’rinishicha yog’-moy korxonasidan,
rafinastiyalangan moy, salat moyi,
mayonez, margarin, sovun kabi
tayyor maxsulotlar va sheluxa, gudron kabi chiqitlar sotuvga
chiqariladi.
Zamonaviy texnologiya asosida o’simlik moylari olishning asosan ikkita usuli bor: 1.
Urug’ mag’zidan moyni presslab olish. 2. Kunjaradan qoldiq moyni erituvchi yordamida to’liq
ekstrakstiyalab olish.
Kaysi bir usul ishlatilishidan kat’iy nazar xar bir usul aniq texnologik sxema buyicha
olib boriladi.
Texnologik sxema deb, bir-biri bilan mantikiy jixatdan o’zviy boglangan
texnologik jarayonlarning yigindisiga aytiladi. Texnologik jarayon deb, aloxida omillar ta’siri
ostida (bosim, temperatura, vakuum, namlik x.k.) olib boriladigan jarayonlar tushiniladi.
Texnologik jarayon o’zgarishiga ba’zi
bir mexaniq, issiqlik, namlik va kimyoviy
reaktivlar ta’sir etadi va jarayon o’z yunalishini o’zgartiradi.
Texnologik jarayonlar asosiy,
tayyorlov, yordamchi va kushimcha operastiyalardan tashkil topadi.
Quyida o’simlik moylari ishlab chiqarish korxonasini tashkil qiluvchi ishlab chiqarish
bo’limlaridagi texnologik jarayonlar bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: