Toshkent Kimyo Texnalogiya Instituti
Vinochilik texnalogiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti
Mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi yo’nalishi
50-20 guruh talabasi Qablanbekova Nilufarning
Mexnat muhofazasi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Bajardi: Qablanbekova Nilufar
Qabul qiladi:
Mavzu: Yongʻin xavfsizligini taʼminlash asoslari.
YONGʼIN XAVFSIZLIGI.
Sanoat korxonalarida sodir bolayotgan yongin, portlash koplab moddiy zararga, odamlarni qurbon bolishiga olib keladi. Turar joy, jamoat binolari, xomashyo, maxsulotlar, uskuna, dastgoxlar, ishlab chiqarish binolari, tayyor maxsulotlar (yonuvchan xususiyatiga ega bolganligi uchun) yonib ketadi. Natijada, xojaligi rivojlanishiga salbiy tasir korsatadi.
YOngin xakidagi malumotlar sobiq ittifoq, Ozbekiston va chet el davlatlari misolida kopdir. Bryussel (univ. Magazin, 1967y.), Seul (mexmonxona, 1971y.), San-Paulu (mexmonxona, 1972, 1974y.), YAponiya (univermag), Braziliya (bank), AKSH (YAngi Orlean shaxri), Rossiya mexmonxonasi (1977y.), Moskva mexmonxonasi (1990y., Leningrad), Jizzax (mexmonxona, 1988y.), YAngiyul (MEZ), Bekobod metallurgiya kombinati, CHirchik el. xim. kombinati (1978y.), Toshkent yog-moy kombinati va boshqalar misol boladi.
Dunyoda xar 10 sekundda, jami 5 mln. yongin sodir bolmokda. Ittifokda esa yongin 8500 ni tashkil etadi, zarar 1 mln. somdan kop. Ozbekiston Respublikasi IIV malumotiga qaraganda, Ozbekistonda 1991 yili 24000 yongin sodir bolib, 241 kishi olgan, 23 mln. sum zarar bolgan. YOnginni 20% elektr toki tasiridan sodir bolgan. 1992 yili Toshkent shaxrida 2489 yongin bolib, 183 kishi xalok boldi, 367 mln. sum zarar keltirildi. 1993 yilni 9 oyida Ozbekistonda 16000 yongin bolib, 209 kishi xalok boldi, zarar 386 mln. sumni tashkil etdi. 1998 yilda Toshkentda 2573 yongin sodir bolib, 236 mln. sum zarar kurildi. 38 odam (8 bola) xalok boldi, 78 odam jaroxatlandi.
2004 yilda Ozbekistonda 13081, 2005 yilda 12100, 2006 yilda 11216, 2007 yilda 11700, 2008 yil 10 oyida 11000 yongin sodir boldi korxona tashkilot va shaxsiy uylarda.
Sanoat korxonalarini, turar-joy binolarini yongin, portlashdan ximoyalash davlatni muxim va bosh vazifalaridan biri xisoblanadi. Bu vazifani bajarish texnologik uskunalardan togri foydalanish, bino, qurilma, inshootlarni yonginga qarshi umumiy normalarga asoslanib togri loyixalash, korish bilan uzviy boglangan.
Ishlatiladigan qurilish materiallarini, jixozlarni yonuvchanligini avvaldan xisobga olish, kayta ishlanadigan, olinadigan modda, maxsulotlarni yonishga moyilligini, fizikaviy-kimyoviy xususiyatlarini etiborga olish bajarilayotgan texnologik jaroyonlarni yongin xavfsizligini taminlashda va undan ogohlantirishda, odamlarni xavfsizligini taminlashda ahamiyatlidir. Bu maqsadda yonginga qarshi qollaniladigan umumiy norma talablariga mos tushadigan va amalga oshiriladigan texnikaviy echilmalar, tadbir-choralar ishlab chiqilib, korxonalarda, ishlab chiqarishda joriy etish talab qilinadi, shu jumladan qattiq nazorat olib boriladi.
Bolajak mutaxasislarni yongin xavfsizligiga oid muammolarni togri va ijobiy xal qilishga qiziqtirish, nazariy bilim berish, ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash, sodir, bolayotgan yongin, portlashni oldini olish, ogoxlantirish yoki tasirini kamaytirishda zarur va ahamiyatli deb xisoblanadi.
YONGIN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH VA XUQUQ VAZIFALARI.
Sanoat korxonalarining yongin xavfsizligini taminlash davlat ahamiyatidagi vazifa xisoblanganligi uchun 18 aprel 1918 yil «YOnginga qarshi kurashishda davlat choralarini tashkil etish» xaqida dekret tasdiqlanib, unda yongin muhofazasini tashkil etish, yongin ishlari asoslari korsatilgan edi. SHu jumladan mamlakatda yongin muhofazasini mustaxkamlash maqsadida bir kator yollanma va qarorlar chop etilgan edi.
YOngin muhofazasi ishlari buyicha bosh tashkilotchi bolib, «YOnginga qarshi muhofaza ilmiy tadkikot instituti» xisoblanadi. Institut davlat standartlari, norma, qoida va yullanmalarni ishlab chiqadi, ishlab chiqarishga tadbiq etadi.
Mamlakatimizda «Davlat yongin nazorati»ni ichki ishlar vazirligi (IIV) ixtiyoridagi «YOngin muhofazasi bosh boshqarmasi» olib boradi. Nazorat olib borishda shaxar, tuman, noxiya ijroiya qomitasi ichki ishlar bolimi va xalq deputatlari yordam beradi. Davlat yongin nazorati xuquq, vazifalari «Nizom»da korsatilgan. «Nizom»ga asosan, xalq xojaligini barcha tarmoqlarida «YOngin nazorati» YOngin muhofazasi Bosh boshqarmasi va uni maxalliy organlari yordamida olib boriladi.
Davlat yongin nazorati quyidagi vazifalarni bajaradi:
YOnginga qarshi muhofaza buyicha qoida, yollanma, texnikaviy normalar tayyorlab nashr etadi, xayotga tadbiq qilish maqsadida va yonginga bogliq xavfsizlikni taminlash maqsadida qaratilgan qoidalarga korxona, tashkilot, muassasalarda qanday amal qilinayotganligini tekshirib boradi;
Respublika va maxalliy tashkilotlari, korxonalari, muassasalari, ayrim fukarolar tomonidan yonginga qarshi chora-tadbirlarni bajarilishini tekshiradi;
YOnginga qarshi zarur ishlarni tashkil etishda, texnikaviy vositalarni qollab yonginni oldini olish, ogoxlantirish va yonginni, tabiiy ofatlarni bartaraf etishda tartib ornatadi;
Sanoat korxonalari, fukaro joylari va axoli manzilgoxlarini loyixalashda yonginga qarshi muhofaza talablarini bajarilishini tekshiradi;
Loyixalarga, yonginga qarshi uskunalar-vositalar turiga xulosa beradi;
YOnginni uchirish vositalarini qobilyatini, yonginni uchirish tashkilotlarini jangovor xolatini tekshiradi;
YOnginlarni xisobga oladi va xisobot beradi
Davlat yongin nazorati quyidagi xuquqlarga ega:
Barcha binolar, qurilmalar, xonalar, bolimlar, maydonlar, omborlarni xolatini tekshirish;
Korxona, muassasa, ayrim fuqarolardan yongin xafvsizligiga boglik bolgan alokador xujjatlarni talab qilish;
Xalq xojaligi obektlaridagi kamchiliklarni yoqotish, chora tadbirlar qollash xakida yozma buyruk berish;
YOngin xavfsizligi buyicha asosiy va tarmoq xujjatlari talablari buzilganligiga aloqador shaxslarni mamuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish va x.k.
KORXONALARDA YONGIN MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH.
Korxonalarda yongin muhofazasi uch xil kasbiy, mamuriy va jamoat usulida amalga oshiriladi. Kasbiy yongin muhofazasi obektlarda amalga oshiriladi. Xarbiylashgan kasbiy yongin muhofazasi tarkibida otryad, qismlar bolib, ular zamonaviy apparat-asboblar bilan taminlangan va moljanlangan joylarda yonginga qarshi norma va koidalarga amal qilinishi ustidan kundalik nazorat olib boradi. Kasbiy yongin muhofazasi xalq xojaligini turli tarmoqlarida amalga oshiriladi, tashkil etiladi.
Mamuriy yongin muhofazasi korxona, sex, bolim va boshqa joylar boyicha yongin xafvsizligiga tayinlangan shaxs javob beradi. Ishni tashkil etish, yongin xavfsizligini taminlash uchun korxonada texnologik va ishlab chiqarish sabablariga oid yongindan ogoxlantirish maqsadida bosh muxandis raxbarligida «YOngin texnik komissiyasi» (YOTK) tashkil etiladi. YOTK vazifasi davlat yongin nazoratiga, korxona yongin muhofazasiga yordam berishdan iborat.
Korxona sexlarida, omborlarida yonginga qarshi chora-tadbir ishlari olib boriladi, tartib-intizzom urnatadi, nazorat uyushtiradi. Xar uch yoki olti oyda otqazilgan tekshirish natijalariga asosan komissiya kamchiliklar, zarur tadbir-choralarni korsatib dalolatnoma tayyorlaydi.
Jamoat yongin nazorati korxonada kungilli yongin drujinasiga yuklatilgan. Kongilli yongin drujinasi obekt yoki sex buyicha aloxida bolishi mumkin. Vazifasi ish joylarda, sexda yonginga qarshi mavjud bolgan qonun-koidalarga amal qilib ish yuritishni talab qiladi. SHuningdek ishchilarga kirish, ish instruktaji uyushtiradi, imtixon qabul qiladi.
YOnginni oldini olish uchun xar bir ishchi motaxassisda xavfsiz ish yuritish, yonish va uni turlari, yonish shartlari, yonuvchi moddalar turi va xususiyatlari, yonginni uchirish usullari xakida tushuncha bolishi kerak.
YONISH JARAYONI, TURLARI VA YONISH SHARTLARI XAQIDA TUSHUNCHA.
Kimyo oziq-ovqat,neft sanoati korxonalarini yonginga-portlashga xavfliligi jaroyon bajarilishida qollanadigan xomashyoga, turiga boglik, chunki engil alangalanadigan va yonadigan suyuqliklar, yonuvchi gazlar, suyultirilgan gazlar, yonuvchi qattiq moddalar ishlatilishi mumkin. YOnish muxitini baxolash uchun yongin xavfsizligini taminlashga karatilgan tadbir-choralar ishlab chiqish, yonish, portlash jaroyonini fizikaviy-kimyoviy asosini, yonishga xavfli modda va materiallarni birliklarini, ularni qollash chegarasini, xavli vaziyatni aniqlash usullarini bilishni taqoza etadi.
YOnuvchi moddani havo kislorodi bilan oksidlanib issiqlik va nur chiqishi bilan yakunlanadigan jaroyon yonish deyiladi. YOnish moddalarni ajralishi natijasida ham namoyon boladi.
Jaroyonni tezligiga qarab yonish shaxsan yonish, portlash va detonatsiya korinishida bolishi mumkin. Havo tarkibida 14-15% kislorod bolsa yuqori tezlikda turgun yonish boladi. Tarkibida kislorod bolgan moddalar ham oksidlanishga olib keladi.
Moddalarni yonishi ularni solishtirma yuzasiga, kislorod bilan aralashishiga boglik. YOnish jaroyoni bolishi uchun uchta shart yonuvchi modda, oksidlovchi-kislorod, alanga manbai bolishi kerak. Kislorod miqdoriga qarab toliq va chala yonish namoyon boladi. YOnish zonasida kislorodni ishtiroki bilan diffuziyali yonish sodir boladi.Birinchi zonada bug, gazlar bolib, yonish bolmaydi. Ikkinchi zonada chala yonish boladi, qisman uglerod xosil boladi. Uchinchi zonada maxsulotni toliq yonishi bolib, alangani yuqori xarorati seziladi.
Alanga balandligi diffuziya koeffitsientiga teskari proporsional, uz navbatida xaroratga 0,5-1 darajada togri proporsional.
Gaz, buglarni havo bilan aralashmasi yonish zonasiga malum tezlikda berilganda konussimon shaklda turgun alangali yonish sodir boladi. YOnish turi aralashma tarkibiga boglik. YOnuvchi modda gaz, bug, qattiq, kukunsimon chang xolda bolishi mumkin. Oksidlovchi esa havo, kislorod, kislorodli birikmalar korinishida-xolida mavjud.
Alanga manbai issiqlik, elektrik, mexanik, kimyoviy va mikrobiologik xilida bolishi mumkin. Uchta shart bolsagina yonish jaroyoni boladi.
YOnish jaroyoni gomogen va geterogen xilda boladi. Toliq yonish natijasida karbon angidridi, suv, azot va oltingugurt angidridi, fosfor angidridi xosil boladi. CHala yonishda oyuvchi, zaharli, yonadigan, portlashga xavfli maxsulotlar karbon angidridi, spirt, keton, aldegid, kislotalar xosil boladi. Bir kilogramm moddani yonishi uchun zarur bolgan havo miqdori quyidagi tenglamadan topiladi:
Vx = 1,12 X Q/1000, kub.m.
Bu erda: Q yonuvchi moddani issiqlik berish qobilyati, kDj/kg.
Masalan, yogoch uchun 4,18 kub.m/kg; neftga 11,6; benzolga 10,25; metanga 9,52; benzinga 11,6; atsetilen uchun 11,9 kub.m/kg ga teng.
Gazlar uchun issiqlik berish qobilyati quyidagi tenglamadan topiladi:
Q = 1000 x Qyo/22,4 kDj/kg
Qattiq moddalar uchun Q = 1000 x Qyo/M ga teng.
Bu erda: Qyo yonish issiqligi, kDj/kg;
M moddani molekulyar ogirligi.
YOnish nazariy xarorati tenglama bilan topiladi, agar issiqlik yonuvchi moddani qizdirishga tuliq sarf bolishi sharti bajarilsa:
Q = mc(te tb)
Bu erda: m yonadigan modda, maxsulot miqdori, xajmi kub.m/kg, kub.m/ ;
s modda, maxsulot ortacha issiqlik sigimi, kDj/kub.sm 0C;
te yonish xarorati, 0S;
tb havoni boshlangich xarorati, 0S
Bazi moddalar uchun yonish xarorati va issiqligi quyidagi miqdorga teng: masalan, atsetilen uchun 57700 kDj/kub.m (2270 0S), benzinga 44150 (1865), vodorodga 10830 (2230), yogochga 13850 (17200), toshkumirga 30290 (2010), kerosinga 44050 (1925), neft gaziga 35180 (2020), suyultirgan gazga 105000 (2370). Xaqiqatda yonish vaqtidagi xarorat nazariy miqdordan 30-50% kam boladi. Bu xolat issiqlikni atrof muxitga sarflanishi bilan tushuntiriladi.
YOnish vaqtida alangani nurlanishi seziladi, rangi ozgaradi. Bu xolat atomlarni issiqlikdan kozgolishiga, moddani tarkibiga boglik. Issiqlikni asosiy qismi alangadan atrof muxitga nurlanish energiyasi korinishida ajralib, buyum, jixoz va xonadagi boshqa narsalarni qizdirishiga sarf boladi.
Qattiq, suyuq, gazsimon moddalarni yonish jaroyoni bir biriga uxshash bolib, oksidlanish, oz-ozidan alangalanish va mustakil yonishdan iborat. Ularni yonish xususiyatlarni, xavfsizlikka bogliq bolgan birliklarni navbati bilan korib chiqamiz.
YONISHNI ISSIQLIK MEXANIZMI.
N.N.Semenov, V.N.Kondratev, YA.B.Zeldovich, D.A.Frank, Kamenskiy, B.B.Voevodskiy kabi olimlarni ilmiy ishlarida yonish reaksiyasini fizikaviy kimyoviy mexanizmi xakidagi zamonaviy tushuncha berilgan.
YOnishni issiqlik mexanizmi issiqlik asosida tushuntiriladi. YAni yonish jaroyoni sodir bolishida asosiy shart sifatida ajralaetgan issiqlik tezligi atrofga tasir etayotgan va berilayotgan issiqlik tezligidan koproq deb qabul qilingan. Reaksiyani boshlanishi uchun dastlab yonuvchi aralashma xajmini malum xaroratgacha qizdirishni talab qiladi, songra reaksiya kichikrok tezlikda boshlanib, ajralayotgan issiqlik xisobiga yonish tezligi ortadi. Tezlikni chegarasiz ortishi bilan issiqlik portlashi, oz-ozidan alangalanishi sodir boladi.
N.N.Semenov tenglamasiga asosan yonuvchi aralashmani aniq sharoitda alangalanishi mumkinligini nazariy aniqlash mumkin:
lg Rkr/Ta = E/nRT + V
Bu erda:
Rkr alangalanish minimal bosimi,
Ta oz-ozidan alangalanish xarorati,
E aktivlik energiyasi,
R universal gaz doimiyligi,
n reaksiya tartibi,
V aralashma tarkibi, xossasiga boglik doimiy miqdor.
Issiqlik mexanizmi kopgina moddalarni agregat xolatiga, bosimga, tarkibga, miqdoriga boglik xolda yonish jaroyonini toliq tushuntiraolmaydi. Bu jaroyon xususiyatlari yonishni zanjirli mexanizmi bilan tushuntiriladi.
YONISHNI ZANJIRLI MEXANIZMI
Kimyoviy boglanish, reaksiya sodir boladiki, agar toqnashayotgan molekulalarni energiya zaxirasi aktivlik energiyasidan kop bolsa. SHunda boglanishdan song maxsulot kop energiyaga ega bolib, atrofga tarqalish yoki aralashmani qizdirishga sarflanishi namoyon boladi. Birlamchi reaksiya maxsuloti energiyasi boshqa maxsulotga uzatilib uni aktiv xolatga keltirish extimolligi ham mavjud. Natijada reaksiya yangi aktiv molekula xosil bolishiga, birlashishga va reaksiyani zanjirli davom etishiga olib keladi. Aktiv moleqolalar kimyoviy energiya xisobiga-tuyingan guruxlar- ozod atom va radikallarni korinishini ifodalaydi.
Vodorod, kislorod, xlor, gidrooksid, nitrooksid, metil va boshqalar kimyoviy tuyinmagan va yuqori reaksion xususiyatga ega bolib, ular aralashmani boshqa komponentlari bilan boglanib yana ozod radikallar, atomlar xosil boladi. Kimyoviy aktiv guruxlar zanjirli reaksiya uchun aktiv markaz xisoblanadi. Masalan, vodorodni oksidlanish jaroyoni quyidagicha ifodalanadi:
N2 + O2 = 2 ON, ON + N2 = N2 O + N zanjirni davom etishi,
N + O2 = ON + O, O +N2 = ON + N zanjirni tarmoqlanishi,
N + O2 +M = NO2 + M zanjirni uzilishi,
NO2 + N2 = N2 O2 + N kam aktiv radikal orqali zanjirni
NO2 + N2 O = N2 O2+ ON davom etishi
Reaksiyani davom etishi uz navbatida ikkilamchi aktiv markazni xosil bolishiga boglik. Boglanish natijasida tarmoqlanish, reaksiyani tezlanishi. Zanjirni uzilishi sodir boladi. Aktiv markazni qoldiqlar bilan reaksiyaga kirishishi, kimyoviy energiyani taqsimlanishi noaktiv molekula bilan toqnashishi natijasida zanjir uziladi.
Zanjirli yonish nazariyasi-mexanizmi musbat va manfiy katalizni tushuntiradi. Musbat katalizatorlar (perekis maxsulotlari) aktiv markaz xosil kilib, karbonvodorodlarni oksidlanishi tezlashtiradi. Manfiy katalizatorlar aktiv markazlarni yoq qiladi, yonish jaroyonini tuxtatadi. Galogenli karbonovodorodlar shunday xususiyatga ega.
Neft maxsulotlari, aralashmalar kizib, aktiv markaz xosil bolib oz-ozidan alangalanib ketmasligi uchun ular tarkibiga manfiy katalizatorlar qoshiladi.
YONUVCHI MODDALARNI OZ-OZIDAN ALANGALANISH JAROYONI, ALANGALANISH XARORATINI ANIQLASH USULLARI.
Ekzotermik reaksiyani tezligi ortib alangali yonish bilan yakunlanadigan kichik xarorat miqdori moddalarni oz-ozidan alangalanish xarorati deyiladi. Bu xarorat uchun aralashma oz-ozidan alangalanadigan sigim devori xarorati qabul qilingan.
Oz-ozidan alangalanish sigim-idish xajmiga, issiqlik va massa almashish sharoitiga, atrof-muxitga, reaksiyaga kirishayotgan aralashma xajmi va moddalar konsentratsiyasiga, katalizatorlar miqdoriga, bosimga va boshqa birliklarga boglik. Oz-ozidan alangalanish xarorati portlashga xafvli aralashma va moddalarni sinflanishiga qarab portlashdan ximoyalangan uskunalarni tanlashga, ishlatish jaroyonida xisobga olinadi. Odatda modda, aralashmalarni tuliq alangali yonishi oz-ozidan alangalanish xaroratidan yuqorirok miqdorda sodir boladi va rivojlanadi. Masalan, benzin uchun oz-ozidan alangalanish xarorati 260 S bolsa, yonish xarorati 1200-1300 S ga teng. Aralashma bunday xaroratga ega bolishi uchun bug va havo aralashmasini oz-ozidan qizishiga vaqt kerak. Bu vaqt induksiya davri deyiladi.
YOnuvchi moddani isitish xarorati kancha past darajada bolsa, induksiya davri shuncha kop boladi. Induksiya davri aralashma tarkibi, xajmiga, xaroratga, bosimga boglik. Suyuqliklarni tarkibi oshishi moddalarni molekulyar ogirligi ortishi bilan oz-ozidan alangalanish xarorati pasayadi. Aksincha ingibitorlar oz-ozidan alangalanish xaroratini 100 S va koprokka oshiradi.
Tuyingan karbon vodorodlar tuyinmagan turiga nisbatdan yuqori oz-ozidan alangalanish xaroratiga ega. Kopgina gazlar va suyuqliklar oz-ozidan alangalanish xarorati 400-700 S miqdorida. Qattiq moddalar esa 250-450 S (yogoch, kumir, torf) 450-800 S (rux, magniy, alyuminiy koksi)ni tashkil etadi.
Modda va materiallarni oz-ozidan alangalanish xaroratini aniqlaydigan turtta usul mavjud:
1. YUborish (napusk) usuli. Aralashma idish devoridan issiqlik berib qizdiriladi. Malum bosimda yuborilgan aralashma alangalanadigan xarorat oz-ozidan alangalanadigan xarorat deb qabul qilinadi.
2. Siqish usuli. Siqilgan havo bosimi xarakati yordamida aralashma siqib qizdiriladi. Aralashmani siqish bosimi va xaroratiga qarab adiabatik qonun asosida oz-ozidan alangalanish xisoblanadi:
RS = R0 Ek, Ts = T0 E k-1
Bu erda: E = Us/Ua xajmiy siqish darajasi,
K = Sr/Sg adiabatik korsatgich,
Ts = T0 (RS / R0) k-1/k
3. Oqim usuli (struyn.). Gaz, bug, oksidlovchi aloxida qizdiriladi. Qizdiradigan kuvurdan chiqaetgan oqimlarni aralashishi bilan oz-ozidan alangalanish sodir boladi. Bu vaqtda aralashma issiq devorga tegmaydi.
4. Tomchi usuli. Tekshiriladigan suyuqlik tomchisi byuretkadan qizdirilgan tigelga tushishi bilan aniqlanadigan xarorat miqdori orqali oz-ozidan alangalanish xarorati ifodalanadi.
MODDALARNI OZ-OZIDAN YONISHI VA SINFLANISHI.
Qattiq, govaksimon yonuvchan moddalar yuzasida adsorbsiyalanggan havo katlami bilan oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni kam otqazadigan va govakli moddalarda yigilgan issiqlik xaroratni, oksidlanish jaroyonini tezlashtiradi. Polimerlanishda, biologik va fizik jaroyonlarda koplab issiqlik ajralib chiqishi va oz-ozidan yonish sodir boladi.
Oz-ozidan qizib, ot manbai ishtirokisiz toliq yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reatsiya oz-ozidan yonish deyiladi. Oz-ozidan yonish xarorati past bolgan moddalar juda xavfli xisoblanadi. Moddalar oz-ozidan yonishga moyilligi buyicha turt sinfga bulingan.
Birinchi sinfga tabiiy osimliklar (pichan, qipiq, somon) taluqli. 60-70 S da biologik jaroyon kimyoviy oksidlanish jaroyoniga otib oz-ozidan yonish bilan yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga torf va qazilma komir kiradi. norma xaroratida komir oksidlanib, qizib oz ozidan yonib ketadi. Torf 60 0S da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga yog va moylar kiradi. Tarkibida tuyinmagan karbon vodorodli birikmalar bolgan osimlik moyi va yoglari oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega.
YOg moy tomchilari bolgan kiyim kechaklar oz-ozidan yonib ketadigan xavfli darajada bolib, ular ish joylaridan va xonalaridan darxol yoq qilinishi kerak.
Tortinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular oz navbatida uch guruxga bulingan.
Birinchi guruxga havo bilan toqnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va alyuminiy changi, arsin, stibin, fosfin, yogoch komir, qol, metalorganik birimalar, fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Okusidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, peryokis). Paroforli moddalar - kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib oz-ozidan yonib ketadi.
Ikkinchi guruxga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va erishkoriy metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib yonadigan, alangalanadigan gazlar xosil qiladi. Metal karbidlari ham xavfli xisoblanadi.
Uchinchi guruxga organik moddalar bilan qoshilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, kurgoshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli oxak va boshqalar.
Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib oz-ozidan yonadi va portlaydi nur tasiridan. YUqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda aloxida saqlanishi va korsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qilinadi. Moddalarni oz-ozidan yonishga moyilligi Denshtadt, Mankey, VNIIPO usullari bilan aniqlanadi.
SUYUQLIKLARNI YONISHI. ULARNI CHAQNASH XARORATI BUYICHA BOLINISHI.
Suyuqliklarni yonishi suyuqlik yuzasida faqat bug fazasida sodir boladi. YOnish bugni miqdoriga, suyuqlik tarkibiga va xaroratga boglik. Suyuqlik yuzasida xosil bolgan gaz yoki buglar havo bilan aralashib manbai ishtirokida chaqnay oladigan kichik xarorat miqdori chaqnash xarorati deyiladi.
Suyuqliklarni chaqnash xaroratigacha qizdirilish uni alangalanishiga tayyorgarlik xolatini ifodalaydi.
CHaqnash xaroratga qarab suyuqliklarni yonginga xavflilik darajasi belgilanadi. CHaknash xarorati 61 S gacha bolgan suyuqliklar engil alangalanadigan (EAS), chaqnash xarorati 61 S dan yuqori bolganlari esa engil yonadigan suyuqliklar (EYOS) deyiladi.
CHaqnash xaroratidan yuqori darajada olib boradigan texnologik jaroyonlarda qollanaladigan suyuqliklar portlashga xafvli xisoblanadi.Suyuqliklarni chaqnash xaroratini GOST 12.1.044-89 ga asosan usullar bilan aniqlanadi. Bazi suyuqliklar uchun chaknash xarorati quyidagi miqdorni (S) tashkil etadi. Masalan, atseton uchun 1,8 S, benzin 50_28 S, benzol 15 S, toluol 6 S, ksilol 23 S, etanol 9 S, kerosin 28-45 S, skipidar 34 S, motor yoqilgisi 70-120 S, mineral yoglar 158-195 S ga teng. Suyuqliklar uchun chaqnash xarorati Ormand va Greven qoidasi bilan topiladi:
Tch = TK K
Bu erda: TK QAYNASH XARORATI,
K koeffitsient, 0,736
Buglarni bosimiga qarab ham Toriton tenglamasi bilan chaqnash xaroratini aniq xisoblash mumkin:
Rb = Ratm/1 + (N-1)4,76
Bu erda: Rb bug bosimi,
Rati atm. bosimi,
N mol atom kislorod soni
CHaqnash xaroratiga xos bosim aniqlanadi quyidgicha:
Rch = Rumum/8M
Bu erda: Rch chaqnash xarorati bosimi,
Rumum aralashma bosimi,
M bir mol suyuqlik yonishiga kerak bolgan kislorod mol soni.
CHANG HAVO ARALASHMALARINI YONISHI VA PORTLASHI.
CHang havo bilan portlashga xavfli bolgan aralashma xosil qiladi. YOnishga moyil modda changlari yonginga xavfli bolib, ularni yonish jaroyoni tezligi changni katta-kichikligiga, solishtirma yuzasiga, miqdoriga boglik. Kopgina changlarni oz-ozidan alangalanish xarorati 700-900 S ga teng. CHanglar alangalanish, portlashga xavfliligi jixatidan tort sinfga bolingan:
1sinfga portlash quyi konsentratsiya chegarasi 15 g/kub.m. gacha bolgan changlar (naftalin, oltingugurt, ebonit, kraxmal, qand, antratsen, kanifol) kiradi.
2-sinfga portlash kuyi konsentratsiya chegarasi 25-65 g/kub.m. bolgan changlar (yogoch uni changi, torf, buyoklar, boshqalar) kiradi.
3-sinfga oz-ozidan alangalanish xarorati 250 S gacha bolgan yonginga xavfli changlar (yogoch changi, komir, paxta changi) kiradi.
4-sinfga oz-ozidan alangalanish xarorati 250 S dan yuqori bolgan changlar (komir, yogoch qipigi) mansubdir.
CHanglarni portlash quyi konsentratsiya chegarasi 2,5 dan 30 g/kub.m. gacha miqdorda boladi, uzgaruvchan xisoblanadi, yani zarrachalarni katta kichikligi, namlik, xarorat, uchuvchan moddalar ishtiroki xisobga olinadi. Bazi changlar uchun portlash chegarasi g/kub.m. birligida quyidagi miqdorga teng: masalan, antratsen uchun 5,0; difenil 12,6; yogoch kipigi 65; kanifol 5,0; kamfora 10,1; komir changi 114,0; buyoqlar 270,0; lignin 30,2; oltingugurt 2,3; ebonit 7,6; elektron changi 30,6; glyukoza 15,0; shakar changi-89,kunjara 205 un 30;2nuxot changi 25,2; arpa uni 32,8; bugdoy chiqindisi 30,4; kartoshka kraxmali 40,3; choy 32,8; sut kukuni -76g/m3 ni tashkil etadi.
Portlash vaqtidagi bosim 400-600 KPa ni tashkil etadi. Portlash xodisasini oldini olish uchun va ogoxlantirish maqsadida changli uskuna-jixozlarda uziladigan membranalar, tez xarakatlanadigan tusik moslamalar, inert gaz beradigan moslamalar ornatiladi. CHanglarni portlash xavfi ularni kuyi alangalanish chegarasi bilan baxolanadi. SHuningdek, induksiya vaqti-davri, alangalanish xarorati, oz-ozidan yonishga moyillik xususiyatlari ham xisobga olinadi.
QATTIQ MODDALARNI YONISHI.
Qattiq moddalar alangali, alangasiz yonish xususiyatiga ega. Alangasiz yonish ikki faza bulinish yuzasida sodir boladi. Moddalarni yonishi xaroratga, bosimga, solishtirma yuza miqdoriga, chegara katlamda diffuziya tezligiga, oksidlanish tezligiga boglik. CHegara katlam kalinligi kamayishi bilan yonish tezligi ortadi. Bu xolat yongin vaqtida yakkol seziladi.
Moddalarni yonuvchanligi quyidagi nisbat bilan baxolanadi:
K = Qteo/Qp
Bu erda:
K yonuvchanlik korsatgichi;
Qteo namunani yokishda, malum xaroratda ajraladigan issiqlik, KDj;
Qp issiqlik impulsi, KDj.
Qattiq moddalarni korsatgichi K 2,1 bolganlari yonadigan, K 0,5 bolsa kiyin yonadigan va K=0 bolsa, yonmaydigan xili deb xisoblanadi.
chiqarish binolarini normadagi metereologik va sanitariya-gigena sharoitlari bilan ta’minlashda, zararli va zaharli maxsulot-moddalarning miqdorini ish jaroyonida chegaralangan darajada bo‘lishida, mehnat sharoitlarini yanada sog‘lomlashtirishda, mehnat unumdorligini va mehnat xavfsizligini oshirishda shamollatish katta ahamiyatga ega.
SHamollatish natijasida ishlab chiqarish binolarida ifloslangan, o‘ta kizigan yoki sovigan havo toza, sovo‘tilgan yoki qizidirilgan havo oqimi bilan to‘xtovsiz almashtiriladi.
Binolarda havoni toza bo‘lishi uchun avvalo ishlayotgan apparat-uskunalarni germetik bo‘lishi, yopiq xoldagi transport vositalaridan foydalanish, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang chiqadigan joylar berk bo‘lishi, shuningdek changli materiallarni namlash va boshqa choralar qo‘llash talab qilinadi .
SHamollatish binolarida havoni aralashish usuliga qarab tabiiy va suniy (mexanik) turiga bo‘linadi. Tabiiy shamollatish tashqaridagi va binodagi havo xaroratini farqiga qarab sodir bo‘ladi, shamol bosimi ham katta rol o‘ynaydi.
Suniy (mexanik) shamollatish mexanik qurilmalar-shamollatgichlar, ejektorlar va boshqa moslamalar yordamida uyushtiriladi. SHamollatish qurilmalari havo oqimining yunalishiga qarab uzatuvchi, suruvchi yoki uzatuvchi-suruvchi xolatda bo‘lishi mumkin.
Uzatuvchi shamollatishda toza havo tashqaridan binoni bo‘tun xajmiga uzatilib taksimlanadi, ifloslaslangan havo esa eshik, deraza va boshqa joylardan sikib chiqariladi.
So‘ruvchi shamollatish bino xajmidan ifloslangan yoki o‘ta kizigan havoni yo‘qotilishiga, eshik, deraza va boshqa joylardan toza havo berilishini ta’minlaydi
Uzatuvchi-suruvchi shamollatishda esa toza havo aloxida
sistemadan berilsa, boshqa sistemadan ifloslangan havo junatiladi-suriladi. Xonalarni shamollatish GOST 12.2.028-84, SanPIN-0058-96 talablariga mos keladigan xolda amalga oshiriladi.Yong‘in bо‘lganda odamlarni binodan olib chiqish vaqtini hisoblash
Yong‘in sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yuz berib, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bolgan hodisa hisoblanadi. Ular katta moddiy zarar keltirish bilan birga ogir baxtsiz hodisalarga: zaharlanish, kuyish hamda kishilar halokatiga sabab bolishi mumkin.
Yonginga qarshi kurash ishlari davlat miqyosida amalga oshiriladi. Yongin xavfsizligini taminlash, uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora-tadbirlarini oldindan korish, unga qarshi samarali kurash olib borish yonginni ochirishda qollaniladigan birlamchi vositalardan togri foydalanishga qaratilgan.
Murakkab oksidlanish jarayonida yonuvchi moddalardagi bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi oqibatida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan holatga yonish deb tushuniladi. Yongin ga asosan uch omil: yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish jarayoni sabab boladi.
Yonish jarayoni, asosan, ikki xil bolishi mumkin. Birinchidan, qattiq jismlar yonish jarayonida havo muhitidan ajralgan holda boladi. Bunday yonish havo harorati natijasida yonish zonasini kislorod bilan taminlaganligi uchun diffuziyali yonish deyiladi, uni yogoch, komir va boshqa moddalar yonganda kuzatish mumkin. Yonishning ikkinchi xili yonuvchi gazlar va suyuqliklarning buglari, yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi bolib, u kinegik yonish deb yuritiladi. Bunday yonish hajmli yonish jarayonida otadi.
Yongin bolgan vaqtda alanga bir binodan ikkinchi binoga otib ketmasligni taminlash maqsadida yongin ga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanayotganda, asosan, yonma-yon joylashishi mumkin bolgan binolarning yonginga xavflilik darajasi, konstruksiyalarining otga chidamliligi, alangalanish maydoni, yonginga qarshi tosiqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi. Yonginga qarshi oraliqlarni tashkil qilshsda binolarning otga chidamlilik darajasi hisobga olinadi. Bazi yongin xavfi deyarli yoq bolgan binolar uchun yonginga qarshi oraliqlar belgilanmaydi. G va D darajadagi sanoat korxonalari, ularning otga chidamlilik toifasi I va II darajali hamda tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan bolsa, shuningdek, tashqi devorlari yonginga qarshi tosiq sifatida qurilgan bolsa, yonginga qarshi oraliq belgilanmasligi mumkin.Har bir sanoat korxonasi uchun moljallangan bino loyiha- lanayotgan vaqtda kishilarni u yerdan oz vaqtida chiqarib yuborish uchun evakuatsiya yollari ham loyihalanadi. Evakuatsiya yollari har qanday sanoat korxonasi uchun, albatta, eng kamida ikkita bolishi kerak.Yongin bolgan taqdirda ishchi va xodimlar bu hududdan eng qisqa yol orqali zudlik bilan chiqib ketishlari zarur.
Evakuatsiya yollari binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan bolishi shart. Lift va boshqa odamlarni chiqarib tushirishga moljallangan mexanizasiyalashtirilgan vositalar evakuatsiya yollari sifatida hisobga olinmaydi. Evakuatsiya yollarining eni 1 m dan, eshiklarining eni 0,8 m, boyi 2 m dan kam bolmasligi kerak. Yolka va zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga moljallangan zinapoyalar meyorlar asosida ornatiladi. Zinapoya ornatilgan kataklar tutun toplanmaydigan bolishi, yani, tutunni chiqarib yuborishni taminlovchi texnika vosigalariga ega bolishsh lozim. Har xil balandlikdagi binolar uchun yonginga qarshi maxsus narvonlar ornatilishi kerak. Evakuatsiya yollarining hisobi, shu yerdagi umumiy joylarning chiqib ketishi uchun kerak boladigan vaqtni belgilash bilan amalga oshiriladi. Malumki, yongin sodir bolgan vaqtda hosil boladigan tutun nihoyatda katta hajmni tashkil qiladi. Uning tarqalishi va boguvchi tasiri natijasida binodagi odamlarni Evakuatsiya qilish qiyinlashadi va alangalanayotgan yerga yetib borishda, otni ochirishda qiyinchiliklar tugdiradi.
Tutun va gazlar eshik, derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali chiqarib yuboriladi. Tutunni chiqarib yuborish oraliqlari hosil bolgan tutunni atrofdagi xonalarga otmasligani taminlash, shuningdek, yonginni kerakli tomonga yonaltirish imkoniyatini berish kerak. Tutunni chiqarib yuborish teshiklari fonarsiz sanoat binolari va omborlarda qollanilishi mumkin. Yengil devor konstruksiyalari oldindan hisoblab ornatilgan boladi va yongin natijasida hosil bolgan gazlar bosimi xavfdi vaziytni vujudga keltirsa, bu ular qulab, binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetmasligini taminlaydi. Yengil konstruksiyalar, asosan, binoning tashqariga chiqib turgan devorlariga yoki tosiqlariga ornatilib bosim malum miqdordan oshib ketganda, yigilib qolgan gazlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |