O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/173
Sana23.04.2022
Hajmi3,22 Mb.
#576823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
oziq-ovqat texnologiyasi asoslari (2)

.Kimyoviy ishlab chiqarishlar
asosida kimyoviy reakstiyalar yotadi. Bunday 
texnologiyalar kraxmalni noorganik va biokatalizatorlar Bilan gidrolizlab, glyukoza ishlab 
chiqarishda, moylarni gidrogenlab yoki pereeterifikastiyalab, turli qattiq yog’ maxsulotlari 
hamda sovun ishlab chiqarishda, etilenni gidrotastiyalab, etil spirti ishlab chiqarishda va 
boshqalarda qo’llaniladi. 
Ko’rib chiqilgan to’rt gurux ishlab chiqarishlarning har birida o’ziga xos asosiy 
jarayonlar, ularning tushunchalari va qonuniyatlari mavjud. Kuyida har bir guruxga mansub 
jarayonlarning asosiy tushunchalari bilan tanishamiz va asosiy qonuniyatlarni ta’riflaymiz. 



Birinchi gurux
ishlab chiqarish korxonalaridagi bijg’itish texnologiyasining asosini 
mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar tashkil qiladi. Bu jarayonlar xomashyodagi yoki 
mikroorganizmlar ajratib chiqaradigan fermentlar yordamida boradi. Ma’lumki, fermentlar bu 
biokatalizatorlardir, Ularning tabiati, turlari, tabiatda tarqalishi, xususiyatlari bilan «Biokimyo» 
kursida to’liq tanishilgan. Biotexnologik jarayonlarni xarakatlantiruvchi yana bir kuch bu 
drojjilardir. Ular bir xujayrali mikroorganizmlar bo’lib, ularning tuzilishi, turlari, ko’payishi va 
boshqalar xaqidagi to’liq ma’lumot «Mikrobiologiya» kursida to’liq o’rganiladi. Texnologik 
jarayonlarda mikroorganizmlarning xomashyolarga ta’siriga keladigan bo’lsak, ularning hayot 
faoliyati natijasida sintezlangan va ajralib chiqqan fermentlar ishtirokida boradigan biokimyoviy 
o’zgarishlar natijasida, maxsulot xosil qilinadi. Turli mikroorganizmlar turli fermentlar 
sintezlaydi. Masalan, spirt ishlab chiqarishda mog’or zamburug’larining yoki solodning 
(undirilgan arpa) amilaza fermetlari suslaning (oraliq maxsulot) kraxmali mono- va 
disaxaridlarga aylantiriladi va so’ngra ulardan maxsus drojjilarning fermentlari ta’sirida spirt 
xosil qilinadi. Pivo ishlab chiqarishda esa, solod tarkibidagi kompleks (har xil) amilolitik va 
proteinazala fermentlari va drojjilar t’sirida etanol, ko’p atomli spirtlar va boshqa pivoning ta’m-
mazasini belgilovchi moddalar xosil qilinadi. Bunday misollarni vinochilikda, asteton ishlab 
chiqarishda, ozuqa kislotalaridan limon, sut kislotalari ishlab chiqarishda, choy va tamakini 
fermentlash jarayonlarida ko’rish mumkin.
Ikkinchi gurux
ishlab chiqarishlarda xomashyodan ozuqaviy axamiyatga ega bo’lgan 
muxim, foydali moddalarni ajratib olishning turli usullari ichida keng tarqalgani bu ekstrakstiya 
va presslash usullaridir. Oziq-ovqat sanoatida ektrakstiya jarayonlariga qand lavlagisidan qandni; 
olma siqmalaridan pektin moddalarini; vinochilikda uzum siqmalaridan vino buketiga kiruvchi 
vino kislotasining tuzlari va qandni; farmastevtikada dastlabki zamburug’li xomashyodan 
fermentli preparatlarni; yog’-moy sanoatida kunjaradan ekstrakstiya moyini ajratish kabi 
texnologiyalarni misol qilish mumkin. Ekstrakstiya usuli iqtisodiy samarali bo’lsa, presslab 
ajratib olingan maxsulotlar ancha sifatli hisoblanadi. Shuning uchun ikkala usuldan ketma-ket 
foydalanish samaralidir.
Ekstrakstiya bu turli moddalardan tashkil topgan murakkab aralashmadan tanlovchanlik 
xususiyatiga ega bo’lgan erituvchi yordamida bir yoki bir nechta moddani eritib, ajratib olish 
tushiniladi. Xomashyo tarkibidagi xujayradan eruvchan moddalarni ajratib olish ikki bosqichli 
jarayonda boradi. Birinchi bosqichda erituvchi xomashyo to’qimasiga diffuziyalansa, ikkinchi 
bosqichda erituvchiga xomashyodan modda uzatish amalga oshadi. Fik ta’riflagan molekulyar 
diffuziyaning asosiy qonuni ekstrakstiyalanayotgan moda miqdori va jarayonning asosiy 
parametrlari (ko’rsatkichlari) orasidagi bog’liqlikni belgilaydi: 
dG = - D(

c / 

x) dF d

Bunda, dG –

vaqt ichida, xomashyoda modda konstentrastiya gradienti 

c / 

x bo’lgandagi, F 
izokonstentrastion yuza orqali shimilayotgan erituvchi miqdoridir. 
D – diffuziya koeffistienti bo’lib, xomashyoning fizik parametri bo’lib, shu xomashyo 
konstetrastiya gradienti birga teng bo’lgandagi, bir birlik yuzasidan bir vaqt birligida 
diffuziyalanadigan moda miqdoriga teng. O’lcham birligi – m
2
/ s. 
Bu tenglama xomashyoda erituvchi to’planmasa, modda konstentrastiyasi o’zgarmas bo’lsagina 
qo’llanilishi mumkin. Biroq ekstrakstiya jarayonida xomashyoda doimiy ravishda modda 
konstentrastiyasi kamayadi. Shuning uchun bunday masalalar maxsus differenstial tenglamalar 
bilan echiladi.
Ekstrakstiya jarayonining ikkinchi bosqichida ekstrakstiyalanayotgan modda qattiq 
xomashyo yuzasidan suyuq fazaga molekulyar diffuziya va konvekstiya tufayli xarakati amalga 
oshadi. Bu jarayon ancha murakkab, biroq muxandislik amaliyotida quyidagi tenglama 
ishlatiladi: 
dG = 

( C
p
- S

) F d

Bunda, 

- massa uzatish yoki massa almashish koeffistienti, m/s; 
C

– erituvchining oqimdagi konstentrastiyasi; 



S

- erituvchining xomashyo yuzasidagi konstentrastiyasi.
Diffuziya koeffistientidan farqli ravishda massa almashish koeffistienti doimiy kattalik bo’lmay 
maydalangan xomashyo o’lchamlari va shakliga, erituvchining fizik xususiyatlari va tezligiga, 
jarayonning xarorati va boshqalarga bog’liqdir.
Ekstrakstiya jarayoninig asosiy konuniyati shundan iboratki, ekstrakstiyaning 
xarakatlantiruvchi kuchi bu konstentrastiyalar farqidir.
Tozalash-rafinastiya. O’simlik xomashyosidan ajratib olingan faza, olinish usulining 
turidan qat’iy nazar, u qo’shimcha tozalanishi kerak. Oziq-ovqat sanoatida tozalash rafinastiya 
deb yuritiladi. Quyida tozalashning keng tarqalgan usullari bilan tanishamiz. Tozalashning fizik 
va fizik-kimyoviy usullari ma’lum. Suyuq moddalarni tozalashning fizik usullariga tindirish, 
filtrlash, separastiyalash, jarayonlari kiradi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish