6-Sinf uchun BIOLOGIYA fanidan test savollari (Tuzuvchi: Davranova Madina)
1. Gul nima?
a-yopiq uruglilarning jinsiy kopayish organi b-ochiq uruglilarning jinsiy ko’payish organi c-shakli o’zgargan barg d-shakli o’zgargan novda e-generativ organ f-vegetativ organ
A)a,c,e B)b,d,f C)a,d,e D)b,c,f
2. Guli teng ikki bo’lakka ajraladigan o’simliklar berilgan qatorni toping.
1-behi 2-rayhon 3-shaftoli 4-marmarak 5-gunafsha 6-suvyigar 7-parpi 8-qo’ngiroqgul
A)1,3,6,8 B)2,4,5,7 C)1,3,5,6 D)2,4,6,7
3. Ro’vak to’pgulga ega bo’lgan o’simliklar berilgan qatorni toping.
1-javdar 2-zubturum 3-arpa 4-sholi 5-bugdoy 6-kelinsupurgi 7-bugdoyiq 8-rovoch 9-nastarin 10-otquloq
A) 1,3,4,5,7 B)faqat 2 C) 4,6,8,910 D)1,3,5,7
4. Ko’sak mevalar berilgan qatorni toping.
a-g’o’za b-beda c-karam d-zarang e-lola f-zirako’t g-qayragoch h-chuchmoma i-burchoq j-jag-jag k-bangidevona l-qurttana m-shumtol
A)a,e,h,k, B)b,f,i, C)c,j,l D)d,g,m
5. Chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda yordam beradigan moddalar qaysi mikroorganizm tarkibida bo’ladi?
A)gommoz B)vertitsilium C)mog’or zamburugi D)achitqi zamburugi
6. Pichan bakteriyasi tuzilishiga ko’ra qanday bakteriyalar turiga mansub?
A)spirilla B)batsilla C)kokk D)a va b
7. Yer yuzida xlorellaning (1), qirqbo’gimlarning (2) va Yapon laminariyasining (3) qancha turi ma’lum?
a-40 b-5 c-32 d-30 e-10 000 f-25
A)1a,2d,3d B)1c,2e,3f C)1a,2e,3d D)1b,2c,3e
8. Qirqquloqning nam tuproqqa tushgan sporasidan ….hosil bo’ladi?
a- gametafit b- sporafit c- sporafill d- erkak o’simta e-urg’ochi o’simta
A)faqat a B) faqat b C)faqat c D)d,e
9. Ochiq urug’li o’simliklarning hayotiy shakli qanday bo’ladi?
a-ko’p yillik o’t b-daraxt c-buta d-yarim buta
A)barchasi B)faqat b C)b,c D)b,c,d
10. Qarag’ayning qubbalari qancha vaqtda yetiladi?
A)bir yil B)2 yil C)2 yoki 3 yil D)4-5yil
11. Nokning … da tosh hujayralar mavjud.
A)meva po’stida B)meva etida C)mag’izida D)a va b
12. Turp (1) va lavlagi (2) qaysi oilaga mansub?
a-sho’radoshlar b-karamdoshlar
A)1a,2b B)1b,2a C)1a,2a D)1b,2b
13. Qaysi oila vakillari ko’pincha etdor-sersuv bo’ladi?
A)Karamdoshlar B)sho’radoshlar C)gulxayridoshlar D)burchoqdoshlar
14. Gulxayridoshlar oilasi vakillarining ko’sak mevasi necha uyli bo’lishi mumkin?
A)1-2uyli B)2-3 uyli C)3-5 uyli D)5-7uyli
15. Burchoqdoshlar gulining qaysi qismi kapalak shaklida bo’ladi?
A)kosachabarg B)tojbarg C)changchi D)urug’chisi
16. To’pgulini asosan tilsimon gultojbarglar tashkil etadigan o’simliklar berilgan qatorni toping.
a-karrak b-tirnoqgul c-andiz d-qarg’atirnoq e-bo’ymodoron f-sachratqi
A) a,d,f B)b,c,e C)b,d,f D)c,e,f
17. Ziradoshlar oilasining qaysi vakillarining bo’yi 200 (250)sm ga yetadi?
A) karrak B)Yovvoyi sabzi C)Zira D) Kovrak
18. Ranodoshlar Oilasi gullari qanday to’pgullarda joylashgan?
1-shingil 2-qalqon 3-soyabon 4-kallakcha 5-gajak 6-savatcha
A)1,2,3 B)1,2,4 C)2,4,5 D)1,3,6
19. Qovoqdoshlar oilasiga mansub O’zbekistonda qancha tur o’simlik o’sadi?
A)10 B)9 C)18 D)39
20. Gk0,(5)Gt(5)Ch5 U1 ushbu formula qaysi oilaga taaluqli?
A)qoqio’tdoshlar B)soyabondoshlar C)tokdoshlar D)gulxayridoshlar
21. Qumliklarda o’sadigan o’simliklar suvni qayerdan oladi?
A)qum orasidagi namlikdan B)bu o’simliklar suvsiz yashashga moslashgan C)shundringdan D)a ,c
22. Daryo bo’ylaridagi sernam yerlarda joylashgan turli daraxt, buta va o’tlardan tashkil topgan chakalakzordan iborat joy bu …
A)to’qay B)qumlik C)adir D)yaylov
23. Tog’ning muhofazaga molik bo’lgan o’simlik turlari keltirilgan javobni toping.
a-gulsafsar b-lola c-kakra d-shirach e-nargiss f-piyoz g-uchqat h-kovrak i-keyreuk
A)a,b,d,g B)b,c,d,f C)e,g,h,i D)b,d,f,h
24. Yer, yerosti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu modda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasi hisoblanadi?
A)55 B)50 C)45 D)40
25. Qo’ngirboshning piyozboshini uyasiga zaxira qilib yashirib qo’yadigan kemiruvchini toping.
A)sichqon B)yumronqoziq C)qo’shoyoq D)tovushqon
Do'stlaringiz bilan baham: |