63
1 Yormabop donlarning tavsifi
2 Donlarni tayyorlov bo’limidagi asosiy jarayonlar
3 Yorma maxsulotlari ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar
4 Oqlash jarayonining ahamiyati
5 Sayqallash jarayonining maqsadi
6 Yorma mahsulotlarini nazorat qilish jarayoni
7 Omixta-em sanoatining muxim vazifasi.
8 Omixta-em ishlab chiqarishda qo’llaniladigan donli ekinlar turlari.
9 Omixta-em ishlab chiqarishda qo’llaniladigan oziq-ovqat korxonalarining chiqindilari.
10 Omixta-emlarni boyitish maqsadida ishlatiladigan xom ashyolar tavsifi.
11 Omixta-em ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik jarayonlar.
«Tayanch» so’z va iboralar.
Yorma
olish Saralash, Yormabop donlar, Oqlash, Aralashmalar, Maydalash, Don
mag’izi, Sayqallash,
Gidrotermik ishlov, Nazorat qilish, Texnologik jarayonlar, Oziqa,
Minerallar, Boshoqli donlar, Xom ashyolar,
Dukkakli donlar, Separastiyalash, Moyli donlar,
Dozirovkalash, o’t uni, Briketlash
13-MA’RUZA. NON MAXSULOTLARI IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIYaSI
Reja: Non mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ma’lumot. Non maxsulotlarini
assortimenti. Non va non maxsulotlarini tayerlashda qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha xom
ashyolar tasnifi. Xamir tayyorlashda kechadigan jarayonlar (xamir bijg’itish, xamirni bo’laklash
va tindirish). Non va non maxsulotlarini pishirish. Non va non mahsulotlarini saqlash.
Non ishlab chiqarish sanoati oziq-ovqat sanoatining eng muhim va rivojlangan
sohalaridan biridir. Yil sayin non mahsulotlariga bo’lgan talab ortib bormoqda va ularning
assortimenti ko’paytirilib bormoqda.
O’zbekiston xududida 1929 yilgacha ishlab chiqarish sanoati yo’q edi,
hamma erda
maxalliy xalq o’z mexnati bilan tandirlarda non yopib ularni iste’mol qilingan. Respublikamiz
bo’yicha 1-non korxonasi Toshkent shaxrida 1929 yilda qurilgan. 1930 yil esa 2-si Samarqand
va 3-si Toshkentda qurilgan 1980 yilga kelib Respublikamizning yirik shaxarlarida katta va o’rta
quvvatga ega bo’lgan non ishlab chiqarish sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Non ishlab
chiqarish korxonalariga asosiy va qo’shimcha xom ashyolar to’kma holda maxsus sig’imlarda
keltiriladigan bo’ladi. Yangi texnologik jarayonlar qo’llanilib, lentali pechlar, xamir tayorlovchi
agregatlar, xamir buklovchi mashinalar va boshqa texnologik uskunalar o’rnatiladi. Non
mahsulotlarini pishirish gazli, elektr isitgichli pechlarda amalga oshirila boshlanadi. Nln
tashishda konteyner usuli qo’llanilmoqda. Texnika va texnologiyalarning rivojlanishi ishchi qo’l
mexnatini kamaytiradi, 1986 yil non ishlab chiqarish korxonalari
Respublika oziq-ovqat
vazirligidan Don maxsulotlari vazirligiga o’tkazilgan.
Non ishlab chiqarish sanoati korxonalarida non, bulochka , makaron, qandolat maxsulotlari
ishlab chiqarila boshlanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng non sanoatimiz tez
rivojlanib ketdi. Katta quvvatli eski tipdagi non ishlab chiqarish korxonalari o’rniga zamonaviy
uzluksiz ishlaydigan texnologik liniyalarga ega bo’lgan kichik korxonalar qurildi. Kichik non
ishlab chiqarish korxonalarining avzalligi bir vaqtni o’zida aholini dasturxoniga 20-30 xil non
bulka mahsulotlari issiq holda etkazib beriladi. Non ishlab chiqarish
sanoati maxsulotlarning
assortimentiga turli ko’rinish va navdagi non-bulka, suxariki, shafobaxsh xamda parxez milliy
64
non mahsulotlari kiradi. Sanab o’tilgan bu maxsulotlar yuzlab nomlarga ega bo’lib bir biridan
uning navi, shakli va pishirish usullari bilan farqlanadi. Non maxsulotlari turli navlardagi Javdar
va bug’doy unlaridan tayyorlanadi. Non maxsulotlariga og’irligi 0,5kg va undan yuqori bo’lgan
maxsulotlar kiritiladi. Non maxsus qoliplarda va pechning listlarida pishiriladi.
Ularning
restepturasi oddiy bo’lib, unga un, suv, tuz va xamirturush kiradi. Ayrim non turlariga kam
miqdorda shakar, yog’, solod, patoka va xushbo’ylantiruvchi moddolar qo’shiladi. Bulka
maxsulotlariga og’irligi 0,05-0,5 kg bo’lgan maxsulotlar kiritiladi. Ularning restepturasiga asosiy
xom ashyolardan tashqari shakar, yog’ va boshqa ashyolar kiradi.
Non asosiy oziqa mahsuloti hisoblanadi. Non-asosan uglevodli oziqadir, unda zarur
bo’lgan optimal nisbat (4:1) talabiga javob bermaydi. Nonning
oziqaviylik qimmati uning
kaloriyasi, xazm bo’lishi, oqsil, vitamin va mineral moddalarning miqdori va tarkibi bilan
baholanadi. Non tarkibidagi oziqa moddalar inson organizmi tomonidan butunlay barchasi xazm
bo’lmaydi. Nonni xazm bo’lishiga uning g’ovakligi, ta’mi, tashqi ko’rinishi, uning navi va
boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi. Qanchalik uning navi yuqori bo’lsa, shunchalik uning oziqa
moddalari ayniqsa oqsili yaxshiroq xazm bo’ladi. 1 kg nonda 70-80g oqsil mavjud bo’lib, u
insonning oqsilga bo’lgan extiyojini taxminan 30% ni qoplaydi. Nonda mineral moddalarning
umumiy miqdori 1-2 % ni tashkil qiladi. Uning navi qanchalik past bo’lsa,
nonida shunchalik
mineral moddalarning miqdori ko’p bo’ladi. Vitaminlar xam jaydari unlarda oliy Navli unga
qaraganda ko’p uchraydi. Masalan, javdar va bug’doydan olingpn jaydari undan tayyolangan
nonning 550g miqdori inson organizmi rr vitaminiga bo’lgan extiyojni to’liq, V1 vitamini 2.3
qismini, V2 vitamini 1.6 qismini qondiradi.
Non va bulka maxsulotlari organoleptik (tashqi ko’rinishi, ta’mi, xidi, mag’iz holati) va
fizik-kimyoviy (namlik, kislotalik, g’ovaklik, yog’ va shakarning miqdori) sifat ko’rsatkichlari
birinchi darajali hisoblanadi, chunki maxsulot organoleptik ko’rsatkichlar bo’yicha
sifatsiz deb
topilsa, maxsulot brak (yaroqsiz) hisoblanadi va keyingi analizlar o’tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: