O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»



Download 327,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana13.04.2020
Hajmi327,58 Kb.
#44364
1   2   3   4
Bog'liq
amir temur faoliyatida adolat tamoyiliga asoslanishi


 

50 

 

XULOSA 

Amir Temur mamlakatda hukmdor chiqargan buyruq va qarorlar faqat 

uning ixtiyorida bo’lishi kerak deb hisoblagan va o’zining boshqaruv faoliyatida 

bu qoidaga amal qilgan. Bizningcha, ushbu davlatchilik ta’limoti davlat 

hokimiyatini amalga oshirishning eng muhim usullaridandir. 

Hukmdor o’z siyosiy mavqeini saqlab qolishi uchun uning adolatli va 

komil inson bo’lishi yetarli emas, maqsadga erishish uchun uning atrofidagi 

mansabdorlar ham o’z kasbining ustasi,  fidoyi va halol bo’lishlari kerak.  

Amir Temur o’zi tayinlagan vazirlar, amaldorlar va sipohiylar vositasida 

davlat boshqaruvini amalga oshirganligi uning eng katta yutuqlaridan biridir.  

Amir Temur ayniqsa, vazirlar tanlash masalasini to’g’ri hal qilishga 

intilgan. U podshoh “qoshida adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm 

qilgudek bo’lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo’lsa, 

ko’p o’tmay saltanat uyi qulaydi”

1

, - deb ta’lim bergan.  



 

Hukmdor davlat qudratining ramzi bo’lganligi sabab uning ozgina salbiy 

hatti-harakati ham ommaga tez ta’sir etadi. Uning har qanday masalada adolatli, 

rahmdil va mehribon bo’lishi hamda qonunlarning ijrosini ta’minlay bilishi 

yutuqlariga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy saboqlar shaxsan Amir 

Temurning o’zi va oilasi qonunlar ijrosini ta’minlashda xalqqa o’rnak 

bo’lganligini ko’rsatadi.  

 

Amir Temur boshidanoq boshqaruv jilovini o’z qo’lida mustahkam 



ushlagan bo’lsa ham hokimiyatni o’z xodimlariga  bo’lib berish, ammo ularning 

ustidan nazorat o’rnatish yo’lidan borgan. Bundan Amir Temurning mamlakat 

ichkarisidagi muxolif kuchlarga nisbatan qo’llagan taktikasini anglab yetish 

mumkin. Uning fikriga ko’ra “saltanat   ishlarini ishonchli va  mo’tabar bir 

necha kishiga bo’lib  berish lozim. Shunda har biri o’z  ishiga bog’lanib, saltanat 

taxtiga ko’z olaytira olmaydi”

2

. Bundan Amir Temur o’sha davrdayoq 



hokimiyatning bo’linish tamoyili boshqarishni tashkillashtirishning maqbul 

                                                        

1

 Temur tuzuklari. – Т.:  “Sharq”, 2005. –B.86.  



2

  Temur tuzuklari. – Т.:  “Sharq”, 2005. –B.86. 



51 

 

usullaridan ekanini anglab yetgani, uning davlatchiligida ana shunday kurtaklar 



mavjud ekanini anglash mumkin. 

Har taraflama mustahkam, qudratli davlatni barpo etish uchun albatta 

bilimli, yuksak ahloqiy sifatlar egasi, nozikta’b, sezgir, tezkor, mushkul 

vaziyatlarda ham o’z maqsadini amalga oshiradigan tadbirkor, nizo va 

kamchiliklarni bartaraf eta biladigan,  insonning ruhiyatini anglay oladigan, 

boshqaruv ilmi egasi bo’lgan irodali, kuchli shaxs davlatni boshqarishi talab 

etiladi. Amir Temur o’z davrining ana shu talab va ehtiyojlariga javob bera 

olgan davlat arbobi edi. U davlat boshlig’ini davlat va xalqning o’z oldiga 

qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishdagi asosiy vositachi deb bilgan. Yaxshi 

hukmdor davlat tepasiga kelsa “atrof-tevarakdagi fasodchilar ta’ma qilishni tark 

etib, itoatu bo’ysunish yo’liga kiradilar” – , deb ta’lim bergan.  

Amir Temur qat’iyat bilan o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgan

davrining eng zukko kishilarini pirlari deb tan olgan, olimlarning yordamiga 

tayangan.  U  o’ziga  muxolifatda  bo’lgan  kuchlarni  yengib,  sobiq 

dushmanlarining kuch va  imkoniyatlaridan davlat  taraqqiyoti yo’lida 

foydalangan.   

 

Sohibqiron saltanat va qo’shni mamlakatlarda sodir bo’layotgan voqea-



hodisalarni sergaklik bilan kuzatgan hamda extimoli bo’lgan xavf-xatarlarning 

oldini olgan.  

Amir Temur biror ishni boshlasa doimo uni muvaffaqiyatli yakunlashga 

intilgan. Moliyaviy siyosatni to’g’ri yuritgani ham uning muvaffaqiyatlariga 

zamin bo’lib xizmat qilgan. U kirim va chiqimlarni, sarf-xarajatlarni me’yorida 

olib borgan, yo’qsillarga doimiy ravishda xayr-ehsonlar in’om etib turgan,  ilm-

fanga homiylik qilgan.  

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur davrida yaxlit 

davlatchilik kontseptsiyasi yaratilgan bo’lib, saltanat boshqaruvining barcha 

sohalari, ularda kechgan jarayonlar, tarmoqlararo aloqalar qonun yo’li bilan 

tartibga solingan. Davlat boshqaruvida mavjud bo’lgan mo’g’ul, fors va turkiy 

islomiy an’analarning ijobiy jihatlaridan foydalanilishi yangicha siyosiy 



52 

 

an’analar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu o’zgarishlarni amalga oshirishda 



Amir Temurning davlat rahbari sifatida tutgan siyosiy mavqei ham katta 

ahamiyat kasb etadi. Davlatning ijtimoiy funksiyasi iqtisodiy, qonuniy va 

ma’naviy vositalar orqali bajarilgan.  

Amir Temur davlat boshqaruv idoralarining har tomonlama qulay, tezkor, 

yengil, sodda va iqtisodiy jihatdan tejamkorlik asosida faoliyat yuritishini 

ta’minlay olganligi katta yutuqlar eshigining ochilishiga imkon bergan.   

Saltanatda  markaziy va mahalliy boshqaruv idoralarining o’zaro 

aloqadorligi, bir-biriga bo’ysunish qoidalari tartibga solingan, shakl va mazmun 

o’rtasidagi  mutanosiblik  ta’minlangan.  Bu  esa  mamlakatda  yuksak 

kommunikatsiya tizimi yaratilishiga sabab bo’lgan. Amir Temur bu tizimni 

salohiyatli, ilmli va ma’naviy jihatdan yetuk mutaxassislar bilan kuchaytirdi.  

Shuningdek, qurultoylar ham mamlakat boshqaruvi va taraqqiyotida 

muhim rol o’ynagan. 

Amir Temur davrida sud va huquq tartibot sohalari ixtisoslashgan bo’lib, 

bu soha davlat tayanchi vazifasini o’tagan.   

Boshqaruvda mamlakat mudofaasiga juda katta e’tibor qaratilgan. Amir 

Temur tahdid solishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi xavflarni o’z vaqtida 

bartaraf etgan, ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqqan. Saltanatning 

harbiy siyosati avvalo mudofaani kuchaytirishga qaratilgan. Uning tomonidan 

olib borilgan mudofaa, harbiy siyosat va diplomatiya yigirma yetti davlatni o’z 

ichiga olgan yirik saltanatda barqarorlikni ta’minlashga, Osiyo mintaqasida o’z 

maqsadlariga erishishga, integratsion  jarayonlarni tezlashtirishga xizmat qilgan. 

Amir  Temur  tashqi  yurishlarini  avvalo  zulm,  adolatsizliklar, 

boshboshdoqliklarni tugatish maqsadida uyushtirgan,  mintaqalarda el-ulus 

farovonligini ta’minlashga harakat qilgan hamda islom dini va shariat 

mustahkamligi uchun kurashgan.  

 

 Saltanatning diplomatik aloqalarida insonparvarlik, do’stlik va hamkorlik 



g’oyalari ustuvor bo’lgan. Xorazm, Oltin O’rda, usmonlilar, Misr kabi davlatlar 

bilan olib borilgan tashqi siyosatida ham diplomatiya qonun-qoidalariga doimiy 



53 

 

ravishda amal qilingan. Xususan, Yevropa qirollari bilan do’stona diplomatik 



munosabatlarni o’rnatilgan. Bu esa o’sha davrning katta hodisasi edi.   

Amir Temur diplomatiyasi va tashqi siyosatida ilk marotaba «yagona 

makon» g’oyasini ilgari surilgan. Bu esa barcha insonlarning yagona makonda 

faoliyat yuritishlari mumkinligi haqidagi dastlabki tushunchalarning kelib 

chiqishiga sabab bo’lgan. Bu asoslar Amir Temur davlatchilik g’oyalari 

baynalminalchilikka asoslanganligini ko’rsatadi. 

Umuman olganda, Amir Temur davlatchiligi yuksak nazariy qoidalarga 

asoslangan holda boshqarilgan bo’lib, undagi mezonlar  amaliyotdan olingan 

tajribalar orqali shakllangan.  

Yuqoridagi tahlillar va dalillar asosida Amir Temur saltanatida 

umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, siyosiy tizimda yangicha, mustahkam, 

o’z davrida mavjud bo’lgan turli boshqaruv an’analarining maqbul jihatlarini 

o’zida mujassamlashtirgan, hamda ularga muhim ijobiy o’zgartirishlar kiritilgan 

davlatchilik asoslari barpo etilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin.  

Amir Temur davrida shakllangan davlatchilik tajribasi milliy siyosiy 

tarixdagi eng rivojlangan bosqichni tashkil etadi. 

Tadqiqot ishi yuzasidan quyidagi tavsiyalar beriladi:  

Ushbu ishdan O’zbekiston davlatchilik tarixini yoritishda, Amir   Temur 

saltanatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi, jahon tarixining o’rta asrlar 

qismini yozishda foydalanish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 

huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi tinglovchilariga maxsus kurs 

tashkil etish lozim. Tadqiqot natijalaridan oliy ta’lim tizimida “O’zbekiston 

tarixi”, “Jahon tarixi”, “O’zbekiston davlatchiligi tarixi”, “Siyosatshunoslik”, 

”Falsafa”, ”Davlat va xuquq nazariyasi”, ”Siyosiy va xuquqiy ta’limotlar tarixi”, 

”Markaziy va mahalliy davlat boshqaruv asoslari” va boshqa fanlardan Amir 

Temur mavzusiga oid ba’zi qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishda, ma’ruza 

matnlari, o’quv dasturlari, qo’llanmalar tuzishda, maxsus kurslar o’qishda 

foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalaridan o’rta asrlarning Amir Temur 

davlatchiligi bilan bog’liq xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixini 


54 

 

yoritishda foydalanish mumkin.  Amir Temur davlatchiligi tarixini yozishda turli 



soha  mutaxassislari bilan temurshunos olimlarning keng hamkorligini 

ta’minlash lozim. Mazkur ish natijalaridan yoshlarni milliy o’zlikni anglash, 

vatanparvarlik, yurtga sadoqat, umuman komil inson qilib tarbiyalashda 

foydalanish mumkin. Harbiy bilim yurtlari, Milliy xavfsizlik instituti 

talabalariga ma’ruzalar o’tishda foydalanish mumkin. Amir Temur va temuriylar 

saltanati davlatchilik tarixini o’rganish markazini tashkil etish, unda keng 

qamrovli fundamental tadqiqotlar olib borish, turli tillarda chop etiladigan 

“Amir Temur va temuriylar” nomli ilmiy jurnal chop etish, olingan muhim 

natijalarni ushbu matbuotda muntazam e’lon qilib borishga erishish muhim 

masaladir.  

 


55 

 

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABYOTLAR 



RO’YHATI: 

I. Rahbariy adabiyotlar. 

1.  Karimov  I.A.  O’zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.         

1- jild. – T.: O’zbekiston, 1996. – 364 b. 

2.  Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: O’zbekiston, 

1996. – 380 b. 

3.   Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild.– T.: O’zbekiston, 

1996. – 366 b. 

4.  Karimov  I.A.  Bunyodkorlik  yo’lidan.  4-  jild.–T.:O’zbekiston,1996.          

–349 b. 

5.  Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-jild.–T.: 

O’zbekiston, 1997. –384 b. 

6.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. - Toshkent : Sharq, 1998. - 

31 b. 

7.  Karimov I.A Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lidan. 6-jild. – T.: 



O’zbekiston, 1998. – 429 b. 

8.  Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. – T.:  

O’zbekiston, 1999. – 410 b. 

9.  Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard 

maqsadimiz. 8-jild. – T.: O’zbekiston, 2000. – 528 b. 

10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. – T.: 

O’zbekiston, 2001. – 432 b. 

11. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashamiz. 10-jild. – T.: 

O’zbekiston, 2002. – 432 b. 

12. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo 

bilan hamkorlik yo’li. 11- jild. – T.: O’zbekiston, 2003. – 320 b. 

13. Karimov I.A. Tinchlik  va  havfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, 

hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. 12 - jild. T.: “O’zbekiston” 

2004.-400 b. 



56 

 

14. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech kimga, hech qachon qaram bo’lmaydi. 



13-jild. – T.: O’zbekiston, 2005.-448 b. 

15. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, 

ma’naviyatimizni yuksaltirish va halqimiz hayot darajasini oshirish – 

barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. 15-jild. – T.: O’zbekiston, 

2007.-318 b. 

16. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni 

barqaror rivojlantirish yo’lida. 16-jild. – T.: O’zbekiston, 2008.-366 b. 

17. Karimov  I.A.  Vatanimizning  bosqichma-bosqich  va  barqaror 

rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. – T.: 

O’zbekiston, 2009.-280 b. 

18.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. - Toshkent: 

Ma’naviyat, 2008. – 176 b.  

19.Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharotida 

uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – Toshkent: O’zbekiston, 

2009. – 56 b.  

20. Karimov  I.A.  Eng  asosiy  mezon  –  hayot  haqiqatini  aks  ettirish.  –  T.:  

O’zbekiston, 2009. – 24 b. 

21. Sh.M.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 

javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. 

– T.: O’zbekiston, 2017. – 104 b. 

22. Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 

birga quramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. – 488 b. 

23. Sh.M.Mirziyoev. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini 

birgalikda barpo etamiz. – T.: O’zbekiston, 2017. – 32 b.

 

24. Sh.M.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – 



yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O’zbekiston, 2017. – 

32 b. 


 

57 

 

II. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va qonun osti 



hujjatlari 

1.  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2016. –

47 b. 

2.  Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining Qonuni. – 



T.: O’zbekiston, 1997. – 22 b. 

3.  Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b. 

4.  Ta’lim to’g’risida.  O’zbekiston Respublikasining Qonuni.  –  T.: 

O’zbekiston, 1989. – 30 b. 

 

 

III. Maxsus adabiyotlar 



1.  Amir Temur o’gitlari. –T.: Navro’z, 1992.- 63 b. 

2.  Asqarov A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – T.: Universitet, 

2007. - 323 b. 

3.  Begmatov E. Joy nomlari-ma’naviyat ko’zgusi. – T.: Ma’naviyat, 1998.- 

64 b. 

4.  Бобоев Х. Амир Темур и его взгляды. – T.: “Ўзбекистон”, 1992. – 82 



б. 

5.  Беруний  Абу  Райхон. Қадимги  халқлардан  қолган  ёдгорликлар. 

Танланган асарлар. 1-жилд. – T.: Фан, 1968. – 486 б. 

6.  Березиков Е. Великий Тимур. – Т.: Шарқ, 1994. – 335 б. 

7.  Додхудоева Л.Н. Tимуриды: тенденции политического, социального 

и экономического развития. – Душaнбе, 2003. – 156 b. 

8.  Jabborov I. O’zbeklar: turmush tarzi va madaniyati: etnotarixiy lavhalar. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, 

M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, O’zbekiston Tarixi 

Davlat muzeyi. – T.: O’qituvchi, 2003. - 208 b.  

9.  Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi Ichindadur. – T.: Yangi asr avlodi, 2003. – 

199 b. 


58 

 

10. Jalolov A. O’zbekiston: mustaqillik, ma’naviyat, mafkura. – T.: 



O’zbekiston, 1994.-96 b. 

11. Jo’raev N. Tarix falsafasi: tushuncha, mohiyat va siyosat. – T.: 

Ma’naviyat, 1996.-192 b. 

12. Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-

1406). – M., 1990. – 107 с. 

13. Ibrohimov A. Bizkim o’zbeklar : milliy davlatchiligimiz asoslari haqida 

mulohazalar. – Toshkent : Sharq, 1999. - 400 b.  

14. Ибн  Арабшах. История  Амир  Тимура. Ачоиб  ал-макдур  фи  тарихи 

Таймур. /Автор  перевода  Хайдарбек  Бобобеков. 3-e издание. –

Ташкент, 2008. - 239 с. 

15. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari. – T.: 

Sharq, 1996.-144 b. 

16. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). – T.: Faylasuflar milliy 

jamiyati, 2004. -356 б. 

17. Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat. – T.: Sharq, 2001. -159 b. 

18. Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. – T.: Cho’lpon, 1993. - 483 b. 

19. Mustaqillik. Izohli ilmiy- ommabop lug’at. – T.: Sharq, 2000. -320 b. 

20. Otamuratov S. Milliy rivojlanish falsafasi. – T.: Akademiya, 2005. -368 b. 

21. Rahmonov R. Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida tarixiy ong va tarixiy 

xotira. – T.: O'zbekiston, 2008. - 72 b. 

22. Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой науки. – 

Т.: Шарқ, 1999. – 28-31 с. 

23. Rizo B. O’zbek tarixi - o’zlik tarixi: badia. – T.: Yangi asr avlodi, 2001. - 

78 b. 


24. To’xtiev I. Amir Temur va temuriylarning moliya-pul siyosati. – T.: 

O’zbekiston, 2006. – 109 b. 

25. Fitrat Abdurauf. Rahbari najot. – T.: Sharq, 2001.-176 b. 

26. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri.-T.: A.Qodiriy nomidagi xalq 

merosi, 1993. -224 b. 


59 

 

27. Qur’oni Karim. /Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur/.-T.: 



Cho’lpon, 1992.-495 b. 

28. Hotamov G. Millat xotirasi: badia / G. Hotamov, SH. Hamroev. – T.: 

Yozuvchi, 1999. - 24 b. 

29. Хильда  Хукхем. Властитель  семи  созвездий. – T.: Шарқ, 1995, - 

с.314. 

30. Эркаев A. Маънавият – миллат нишони. - 2-тўлдирилган нашри. – T.: 



Маънавият, 1999. - 239 б. 

31. Falsafa asoslari. – T.: O’zbekiston, 2005.– 382 b.  

32. Falsafa. Qomusiy lug’at. - Toshkent: Sharq, 2004.– 494 b. 

 

IV.Davriy nashrlar. 

1.  Boboev X. “Avesto” - Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi. “Авеста” – 

Бесценное  богатство  народов  Востока / H. Boboev,  T.  Do’stjonov,      

S. Hasanov; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 

Vazirligi, Toshkent moliya instituti. – T.: Toshkent moliya instituti, 2004. 

- 322 b. 

2.  Karim T. Milliy tafakkur taraqqiyotidan (“Avesto” zamonlaridan to XXI 

asr boshlarigacha): falsafiy maqolalar. – T.: Cho’lpon, 2003. - 160 b. 

3.  Новосельцев A.П. Об  исторической  оценка  Тимура. //Вопроси 

истории, 1973. -№2. – 20 c. 

4.  Якубовский А.Ю. Тимур. (Опыт краткой характаристики) //Вопросы 

истории. – 1946, №8. -  54 c.  

5.  Якубовский  А.Ю. Тимур. //Tамерлан: Эпоха, личность, деяния. –M., 

1992. – 11 c. 

 

V. Internet materiallari 

1.  Хидоятов  Г.А. Темур, его  роль  в  судьбах  России  и  Европы. 

http://www.asiaforum.uz/index.php



60 

 

2.  Фома  Мецински. История  Темурланга  и  его  приемников. –



http://www.vostlit.info/texts.rus. 

 

Download 327,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish