«Adabiyot» 8-sinf I-CHORAK
8«__»____ ___________________ 8«__»____ ___________________
1-DARS Mavzu: KIRISH
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Hayotning rang-barang hodisalarga to‘la ekanini ozmi-ko‘pmi anglab boryapsiz. Har bir odamning u yoki bu hodisaga bergan bahosi bir-biridan anchagina farq qilishini ham ko‘rib-bilib turibsiz.
Insoniyat bosib o‘tgan tarixiy yo‘l shu qadar chigal, murakkab hodisalarga boyki, uni dabdurustdan baholashning hech iloji yo‘q. Shu tufayli ham o‘tmish hayot to‘g‘risida har bir ilm sohasi o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib xulosalar yasaydi. Bu rang-baranglik san’at sohalariga ham birdek tegishlidir.
Deylik, ushbu mavzuni o‘rganayotganingizda sinf derazalaridan Sizni o‘ziga chorlayotgan kuz faslining tarovatini musavvir mo‘yqalami orqali turfa bo‘yoqlarda tasvirlasa, bastakor ushbu fasl nafasini ohang yordamida ko‘nglingizga olib kiradi. Xuddi shu kabi, agar tarix ilmi voqea-hodisalarning qachon, qayerda, nima sababdan yuz bergani, bu qanday natijalarga olib kelganini chuqur o‘rgansa, adabiyot uchun ushbu hodisalarda ishtirok etgan kishilarning qalbidan o‘tgan kechinmalar muhimroq hisoblanadi. Tarixchi bo‘lib o‘tgan hodisalarning o‘rni, unda ishtirok etgan odamlar ismi sharifi, ularning tarjimai holiga oid faktlarni iloji boricha aniq ifoda etmog‘i lozim. Ijodkor adib esa o‘z g‘oyaviy-badiiy maqsadidan kelib chiqib, mazkur hodisalarga biroz erkinroq yondashadi.
Masalan, sarkarda Amir Temurning taqdirida muhim o‘rin tutgan «Loy jangi» (1365-yil)ga raqiblar qanday tayyorgarlik ko‘rganlari, bu jangda har ikki tomondan nechtadan askar ishtirok etgani, har bir tomondan qancha odam qurbon bo‘lgani va boshqa tafsilotlarga yozuvchi to‘liq to‘xtalishi shart emas. U mazkur jangning butun dahshati va fojiasini birgina qahramon (u oddiy askar bo‘lishi ham mumkin!) qismati orqali o‘quvchiga anglatadi. Natijada, badiiy tasvir ta’siriga berilgan o‘sha o‘quvchi o‘zini shiddatli jala ostida kechayotgan, jaladan-da shiddatli olishuv ichida his qilishi hech gap emas.
Demak, yozuvchi tarixiy hodisaga ijodiy yondashib, uning bir qirrasini xuddi kuchli lupa ostida ko‘ringandek bo‘rttirib tasvirlar ekan, bunda muayyan maqsadni nazarda tutadi.O‘rni kelganda badiiy ijodning yana bir muhim jihatini aytib ketishimiz kerak. U ham bo‘lsa, ijodkorning hayot hodisalariga nisbatan egallagan pozitsiyasi, faol munosabati masalasidir.Yodingizda bo‘lsa, 5-6-sinflarda «Adabiyot» darsida mashhur adib Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» nomli romanidan o‘rin olgan «oltovlon va yettinchi» degan afsonani o‘rgangan edik. Bu qaysidir bir xalqqa tegishli afsona bo‘lmay, adib tomonidan to‘qilgan tarixiy hikoya ekani ham Sizga alohida uqtirilgan. Mazkur mungli hikoyada bayon etilgan hodisalar hayotda, ayni shu tarzda, balki umuman bo‘lmagandir. Qolaversa, Ch. Aytmatov XX asrning 20-30-yillarida Gurjiston zaminida bo‘lib o‘tgan birodarkushlik (grajdanlar) urushining butun tafsilotlarini yozib o‘tirmaydi. Biroq shu mo‘jazgina hikoya zamiriga singdirilgan mazmun sho‘rolar diktaturasi nafaqat Gurjistonda, balki butun dunyoda qanday fojialarni keltirib chiqarganini ko‘z oldimizda yaqqol namoyon qiladi. Shu munosabat bilan badiiy ijodning yana bir muhim jihatini aytib o‘tishimiz kerak. U ham bo‘lsa, ijodkorning hayot hodisalariga nisbatan egallagan pozitsiyasi, faol munosabati masalasi. Rus adibi Maksim Gorkiy XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiyani qamrab olgan adolatsizlik, xunrezliklar o‘ziga qanday ta’sir etganini xotirlab, shunday yozgan edi:
«Hayotda ko‘rayotganlarim go‘yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo‘ldi. Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan, adolatsizlikdan ta’sirlanib, achishadigan bo‘lib qoldi». Endi hozirga qadar hayoti va ijodini o‘rganganingiz yozuvchi-shoirlar asarlarini birrov esingizga oling. Ularning aksariyatida mana shu holatni kuzatish mumkinmi-yo‘qmi? Ulug‘ Navoiyning:
Menga qilsa ming jafo, bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram, — degan so‘zlari(shohbayt)ning mag‘zida ayni shu (zamonasi muommolaridan ogohlik) dardkashlik, xalq qismatidan qayg‘urish hislari yotibdi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Do'stlaringiz bilan baham: |