«Adabiyot» -sinf i-chorak 8 1-dars mavzu: kirish



Download 101,46 Kb.
bet35/35
Sana08.04.2022
Hajmi101,46 Kb.
#538149
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Adabiyot 8

Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________
«Adabiyot» 8-sinf
8«__»____ ___________________ 8«__»____ ___________________
29-DARS Mavzu: Nazariy ma’lumot – TRAGEDIYA (fojia) haqida


Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan bin bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi yunoncha tragos-echki, ode-qo‘shiq; tragediya-echki qo‘shig‘i ma’nosini anglatadi. Echki qayoqda-yu, fojiali sahna asari qayoqda, deb o‘ylashingiz mumkin. Aslida, yuqoridagi so‘zlarning zamirida haqiqatga yaqin ma’no bor: qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari o‘tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so‘yilib dasturxonga qo‘yilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib yurishib, turli sahna tomoshalarini ko‘rsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so‘z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo‘llanila boshlagan. Tragik asar, ya’ni tragediyaning boshqa sahna asarlari (komediya, drama, monodrama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o‘rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojeiy(fojiiy) asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama-qarshilik, to‘qnashuv) kuchliligi, personajlar o‘rtasidagi konfliktning o‘ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, g‘oyatda keskin ziddiyat zaminiga quriladi. Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko‘rsatiladi. Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko‘tarib chiqadi. Ijobiy qahramon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit o‘rtasidagi ziddiyat tragediyaning asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni e’zozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o‘limi bilan tugaydi. Biroq bu qayg‘uli, faqat ko‘zyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg ko‘zda tutgan ezgu g‘oyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yo‘g‘rilgan ijtimoiy ruhning g‘olib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida o‘zlarining kaltabinliklari, ma’naviy tubanliklari, taraqqiyot dushmanlari ekanlari kabi «xislatlari»ni fosh etadilar. Fojeiy(fojiiy) sahna tomoshasi so‘ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham ma’naviy o‘limi bilan tugaydi.
Siz o‘qib-o‘rgangan «Mirzo Ulug‘bek» fojiasidagi voqealarni esga olsak, bunga ishonch hosil qilamiz. Asar buyuk olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning o‘limi bilan tugasa-da, undagi optimistik ruh kishiga dalda beradi. Ali Qushchining tragediya nihoyasidagi kelajakka ishonch, yaxshi kunlar umidi bilan yo‘g‘rilgan quyidagi so‘zlari fikrimizning dalilidir:
Koinotning chamaniga ochgan yo‘limiz
Yo‘lchilarsiz qolmas, biling, aziz muallim!
Orta borar yulduz soni jadvalingizda,
Qoningizdan o‘sib chiqar shodlik gullari.
Tragediyaning paydo bo‘lishi biz yuqorida eslatgan antik davr marosimlariga to‘g‘ri keladi. Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki so‘yib bayram qilishlari, echki qo‘shig‘i degan lug‘aviy ma’no o‘sha davrga daxldordir. Haqiqiy tragik asarlar yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib o‘zining kamolot bosqichiga ko‘tarildi. Esxilning «Zanjirband Prometey», «Oresteya», Sofoklning «Shoh Edip», «Antigona», Evripidning «Elektra», «Medeya», «Gerakl» kabi tragediyalari optimistik ruh, adolat va haqiqatning qaror topishi, yuksak insoniy tuyg‘ularning maromiga yetkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna san’ati, xususan, tragediyasining dovrug‘ini jahonga yoyilishiga sabab bo‘ldi.
Yevropada tragediya uyg‘onish va undan keyingi davrlarda ham keng rivojlandi. Ispan dramaturglari Lope de Vega, Kalderon, ingliz yozuvchisi Shekspir, nemis dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri A. S. Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratdilar. Ular yaratgan «Otello», «Gamlet», «Romeo va Julyetta», «Boris Godunov» kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o‘ynalmoqda. O‘zbek adabiyotida tragediyaning go‘zal namunalari Mahmudxo‘ja Behbudiy-«Padarkush» (1911), Abdurauf Fitrat - «Abulfayzxon» (1926), Maqsud Shayxzoda-«Jaloliddin Manguberdi» (1944), «Mirzo Ulug‘bek» (1961) tomonidan yaratildi. Ushbu asarlar o‘zbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________________
Download 101,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish