O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________
«Adabiyot» 8-sinf
8«__»____ ___________________ 8«__»____ ___________________
24-DARS Mavzu:”Vaqt”, “Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi” she’ri
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
SOG‘INISH
Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,
Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh
Siz «o‘zbek onasi» degan ibora anglatadigan mazmun-mohiyatni, har qalay, yaxshi anglaysiz. Uni eshitganingizda farzandi uchun jonini berishga tayyor, butun fikr-zikri bolasining baxt-u iqboliga qaratilgan munis ayol qiyofasi ko‘z oldingizda gavdalanadi.
Yaxshi bilasizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan poytaxt Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga so‘lim xiyobon barpo etilgan. O‘zbekona ayvonlar bilan o‘ralgan Xotira xiyobonining to‘rida urushga ketgan bolasini intizor kutayotgan ona siymosi gavdalantirilgan. «O‘zbek onasi» tushunchasining ko‘z o‘ngimizda aniq reallashuvida bu siymo beqiyos rol o‘ynaydi.
Endi shunga yaqin boshqa bir tushuncha to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. Bu - «o‘zbek otasi» tushunchasidir.
Albatta, bu iborani eshitishingiz bilan ko‘z oldingizda o‘z padari buzrukvoringiz siymosi gavdalanishi bor gap. Otangizning Sizga bo‘lgan e’tibori, Sizni boqib katta qilish yo‘lida qilayotgan mehnatlari, kun-u tun oila tashvishlari bilan band yurishi... bularning bari mana shu tushunchada jamuljamdir.
Biroq «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aynan G‘afur G‘ulom hozirgina o‘qiganimiz «Sog‘inish» she’rida aks ettirgan desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu she’rda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi... barcha-barchasi shu she’rda namoyon bo‘ladi.
Asar misralari ichra urushga ketgan o‘g‘lidan bir mujda - nedir yaxshi xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupillab urib turibdi. Uning ko‘ngliga goh vahima-vasvasa ko‘lanka soladi. Atrofga har kuni yuzlab «qoraxat» qo‘nayotgan tahlikali kunlarda bu bezovtalikka, albatta, o‘rin bor — «Ne qilsa otaman, meros hissiyot...»
Ko‘pchiligingizga sog‘inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq bo‘lishi tabiiy. Negaki, hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yonidasiz — har kuni ularni ko‘rish, diydoridan bahramand bo‘lish imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat safaridami bo‘lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suhbatiga quloq solsangiz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanni qanchalar qo‘msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari oyga qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko‘rishayotgandir, men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko‘rgandek bo‘liyapmiz», degan ilinj mana shu sog‘inch taftini, biroz bo‘lsa-da, bosadi...
«Sog‘inish» she’rining lirik qahramoni - Otaning sog‘inchi shunchalar zo‘rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so‘rab to quyoshga qadar zorlanadi:
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Do'stlaringiz bilan baham: |