O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»


ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan



Download 327,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.04.2020
Hajmi327,58 Kb.
#44364
1   2   3   4
Bog'liq
amir temur faoliyatida adolat tamoyiliga asoslanishi


ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan 

amalga oshirdim”

2

 degan fikrlari milliy davlatchiligimizning demokratik, 

huquqiy mohiyatini anglatib turibdi.   

 

 



                                                        

1

 Темур тузуклари. – Т.:  Ғ.Ғулом, 1991. –Б.100. 



2

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston-, 1997. –B.185. 



19 

 

1.2.  Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati masalalari 

 

Ma’lumki, o’z tarkibida 26 davlatni birlashtirgan Amir Temur imperiyasi 



aniq ishlab chiqilgan ijtimoiy adolat  qoidalariga asoslangan jazo siyosatisiz 

boshqarilishi qiyin edi. Bu siyosat eng avvalo, musulmon davlatida amalda 

bo’lgan islom huquqi va o’sha davrning konstitutsiyaviy hujjati bo’lgan “Temur 

tuzuklari”da o’z ifodasini topgan. “Tuzuklar”da jinoyat va jinoyat-protsessual 

huquqi – jinoyatlarga jazo berish, xususan mansabdor shaxslar tomonidan o’z 

mansabini suiste’mol qilganlik jinoyatlari uchun jazo tayinlash masalalari, har 

bir shaharda adolat uylari, qozixona-dorul-amorat tashkil qilish, qozi Askar, 

ahdos va raiyat qozilari, ularni tayinlash, yolg’on guvohlik uchun jazo tayinlash 

va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.  

Tuzuklardan ko’rinadiki, Amir Temur ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan 

xalqni o’ziga rom qilgan, adolat o’rnatishga harakat qilib, iloji boricha jabr-

zulmdan uzoqroqda bo’lishga intilgan. Ayniqsa, mansabdor  shaxslar tomonidan 

mulkni o’zlashtirish, talon-taroj qilish hollarida odillik bilan ish tutganligini 

ko’rish mumkin. Xususan, moliya vazirlari davlatning moliya ishlariga xiyonat 

qilib, o’zlarining qo’l ostidagi mol-mulkdan o’zlashtirib olgan bo’lsalar va agar 

bu ularga taalluqli maoshga teng bo’lsa, o’sha o’zlashtirilgan mablag’ davlat 

xazinasiga sovg’a, in’om sifatida qaytarib olingan. Agar uning miqdori 

maoshdan ikki barobar ortiq bo’lsa, mol-mulki tortiq sifatida davlat hisobiga 

o’tkazilgan. 

Tuzuklarni o’rganish, jinoyat va jazo masalalarida Amir Temur o’z 

mamlakatida  qadimiy turk-mo’g’ul an’analari,  udumlariga,  shuningdek, 

Chingizxonning Yaso qonunlariga ham amal qilganligidan dalolat beradi. 

Xususan, “Tuzuklar”da “O’g’rilar xususida buyurdimkim,  ular qayerda 

bo’lmasin, tutib olinsa, Yaso bo’yicha jazolansin. Kimki birovning molini 



20 

 

zo’rlik bilan tortib olgan bo’lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, 



egasiga topshirsinlar”

 1

,- deyiladi.  



Amir Temur davlatida bu kabi huquq manbalarining mavjudligi, ularning 

harakati, bajarilishi va rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratning bo’lishi, 

shubhasiz, qonunchilikni mustahkamlashga xizmat qilgan. 

Agar sipohiy qo’l ostidagi kishiga zulm o’tkazsa, bunda u xizmat 

doirasidan tashqari chiqqan sanalib,  sipohiyning o’zi jabrlanuvchilarga 

topshirilgan. Bu holda jabrlanuvchi sipohiyni hohlagancha jazolashi mumkin 

bo’lgan. Agar katta va mahalliy boshliqlar o’z vakolatlari doirasidan chiqib, 

o’zlaridan kichik darajadagi kishilarga zulm o’tkazsalar, ularga mol-mulkiga 

qarab jarima solish nazarda tutilgan. 

Shuningdek, dorug’a va shahar voliylari hokimlari xalqqa jabr-zulm 

qilsalar, ularni ham jinoyatlariga mos ravishda jazoga tortish nazarda tutilgan. 

“Tuzuklar”da biror kishining aybi isbotlanganda, unga nisbatan faqat bitta jazo 

qo’llanilishi, ya’ni agar jarima solinsa, darra bilan urmaslik, darra bilan urilsa, 

jarima solmaslik to’g’risida gapiriladi. Bu kabi jazolash usullari  Temur 

davridayoq,  aynan bir jinoyat uchun ikki marotaba jazoga tortish mumkin 

emasligi to’g’risidagi qoida mustahkamlanganligini ko’rish mumkin.  

Yuqoridagilar bilan birga, bir kishining mol-mulki zo’rlik bilan tortib 

olinganda, uning mulkini qaytarib olib berish bilan cheklanilgan. Badanga 

jarohat yetkazish bilan bog’liq harakatlar: tishni sindirish, ko’zni ko’r qilish, 

quloq va burunni kesish, sharob ichish, zino qilish, ya’ni eriga bevafolik qilish 

kabilar jinoyat hisoblanib, shariat qozisi yoki ajrim chiqaruvchi qoziga olib 

borib topshirilgan. 

 “Tuzuklar” da faqat bir o’rinda,  ya’ni mamlakatlar, qo’shinlar va aholi 

ahvolidan xabardor bo’lib turish tuzugida tan jazosi va qatl etish to’g’risida 

ochiq-oydin yozilgan. Boshqa hollarda iloji boricha o’lim jazosini qo’llamaslik 

yoki uni qo’llash borasida shoshmaslik va odillik bilan ish ko’rish to’g’risida 

so’z yuritiladi: “Saltanat saroyining ishonchli va e’tiborli kishilari bo’lmish 

                                                        

1

 Темур тузуклари. – Т.:  Ғ.Ғулом, 1991. –Б.94. 



21 

 

vazirlar xususida shunday buyruq berdim, agar saltanat ishlarida ular xiyonat 



etsalar, saltanatni ag’darishga jazm qilgan bo’lsalar ham, ularni o’ldirishga 

shoshilmasinlar. Avvalambor ularni ayblovchi va xabar yetkazguchilarning 

kimligini tekshirib ko’rsinlar”

1

. Shuning uchun Temur vazirlarni tanlashda 



ularning to’rt  xislatlarini e’tiborga olib, vazir etib tayinlaganligini ko’rish 

mumkin. 


“Tuzuklar”dan ko’rinishicha, har bir chegara,  shahar va viloyatga 

xabarchi kotiblar tayinlangan bo’lib, ularga o’z joylaridagi voqea-hodisalar 

haqidagi xabarlardan doimo voqif etib turish vazifasi yuklatilgan, agar bo’lib 

o’tgan voqea-hodisalar haqida xabarlarni yozmasalar, ularga barmoqlarini kesish 

yoki yolg’on xabar bersalar, qo’shinga tegishli ishlarni yashirsalar,  qo’llarini 

kesish kabi tan jazosiga tortishga hukm etilgan. 

Amir Temur adolatparvar hukmdor sifatida tuhmat yoki g’araz 

maqsadlarda yolg’on xabarlar  orqali hech kimni jazolamaslikka harakat qilgan,  

bunday shaxslarning o’zi odatda   qatl etishga hukm etilgan, shuningdek,  

mamlakatda bekorchi, ishsizlar, xususan gadoylar va tilanchilar sonini 

kamaytirishga harakat qilgan. Bu borada gadoylar va tilanchilar  majburiy ishga 

jalb etilgan, agar shundan keyin ham o’z harakatlarini davom ettirsalar  uzoq 

mamlakatlarga sotib yuborish yoki badarg’a qilish kabi jazolarni qo’llagan. Bu 

bilan Amir Temur mamlakatda bekorchilik va u orqali kelib chiqishi mumkin 

bo’lgan  turli jinoyatlarga jumladan qaroqchilik, bosqinchilik, o’g’rilikka qarshi 

kurashganligini ko’rish mumkin: “Yo’l ustiga  kuzatuvchilar,  zobitlar 

tayinlansinlarki, yo’llarni qo’riqlab, yo’lovchilar, savdogarlar,  musofirlarni 

kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib 

qo’ysinlar”. 

Yuqoridagilarga ko’ra, Tuzuklardagi jazo siyosatini tahlil qilib,     uning   

ijtimoiy adolat, xususan  qonunga rioya etish, kezi kelganda insoniylik, 

gunohiga yarasha jazo tayinlash tamoyillariga asoslanganligini ko’rish mumkin. 

                                                        

1

 Темур тузуклари. – Т.:  Ғ.Ғулом, 1991. –Б. 92. 



22 

 

Umuman olganda, Amir Temur davlatchilik siyosatining yangi sifatlari 



mamlakatning iqtisodiy-xo’jalik jihatdan tez rivojlanganligidan, shaharlar 

o’zining ijtimoiy qiyofasini tubdan o’zgartirib, yirik hunarmandchilik, savdo, 

madaniy,  ma’muriy markazlarga aylanganligida, dehqonchilik madaniyati 

yuksak darajada taraqqiy etganligida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi 

birinchi Prezidenti I.Karimov asarlarida Amir Temurning Turkiston va uning 

tashqarisida olib borgan obodonlashtirish, bunyodkorlik faoliyati aniq tarixiy 

manbalar asosida tahlil qilgan. “Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi 

birgina Turkiston bilan chegaralanib qolgan emas. ... Amir Temur 

Movarounnahr va Xurosonning shahar va qishloqlarida, hatto Janubiy 

Ozarbayjon va Qobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlik ishlarini olib borgan,  

sug’orish inshootlarini qurdirgan. ... Tarix – bu ko’hna  dunyoda o’tgan ko’p 

jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan 

farqi shundaki, u umr bo’yi, bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan”.

1

  



Amir  Temurning  davlatchilik  siyosati deganda  millatimizning 

moziyda  ham,  hozir  ham dunyoga  namuna  bo’layotgan davlatchilik 

madaniyatimiz,  milliy davlatchilik  institutimiz bir butunligicha ilmiy 

tafakkurimizda namoyon bo’ladi. Ul ulug’ zot tavalludining 671 yillik arafasida 

milliy g’urur bilan ta’kidlaymizki, sohibqironning davlatchilik siyosati - 

milliy davlatchiligimiz ravnaqi yo’lida eng muhim davr hisoblanadi. Bu 

yillarda milliy davlatchiligimiz nafaqat chet el hukmronligi asoratidan 

ozod bo’ldi, balki o’z taraqqiyotining shaklan va mazmunan tamoman yangi 

bosqichiga ko’tarilib, hayotda butun bo’y-basti bilan, namoyon bo’ldi. Hali 

XIV asrning 80-90 yillarida Osiyo, Yevropa mintaqalarida bunday 

andozadagi, qonun va adolatga asoslangan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-

madaniy jihatlardan taraqqiy etgan, xalqaro nufuzi baland davlat yo’q edi. 

 

Amir Temurning quvvai-hofizasida allaqachon yo’g’rilgan davlatchilik 



san’ati mamlakatning ichki va tashqi siyosatida butun borligicha namoyon 

bo’ldi. Buni eng avval davlatni idora qilish tizimida va o’tkazilgan iqtisodiy, 

                                                        

1

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.187.  



23 

 

moliyaviy, harbiy, diplomatik, madaniy kabi yo’nalishlardagi



 

islohotlarda ko’rish mumkin. Binobarin, bu davrda davlat boshqaruvining 

takomillashgan tizimi joriy etildi va unga bilimli, tadbirkor, ma’naviy komil 

rahbarlar tayinlandiki, bu ijtimoiy sifatlar jamiyatning barcha jabhalariga 

samarali ta’sir o’tkazdi, amalda tub ijobiy o’zgarishlarga olib keldi. Jumladan, 

foydali ekin maydonlari kengaydi, yangi sug’orish inshootlari barpo etildi, 

dehqonchilik madaniyati yuksaldi.  

Movarounnahr  shaharlari  ijtimoiy  qiyofasini  o’zgartirib,  Sharq 

me’morchilik uslubini o’zida  mujassamlashtirib, obodonlashdi. Mamlakat 

aholisida vatanparvarlik, kasb-korga ishonch bilan kirishish kayfiyati oshdi, 

siyosiy-mafkuraviy jihatdan faollashishdi, milliy-ma’naviy ruhoniyat yuksaldi. 

Buni Amir Temur davlatni boshqarishda mamlakat aholisining barcha ijtimoiy 

qatlamlari vakillariga tayanganligidan, quvvai-hofiza va mashvarat bilan 

siyosat yuritganligidan ham bilsa bo’ladi. Amir Temur avvalo qudratli davlat 

qurgan.  Davlat      qudratli      bo’lmasa      betakror      ma’naviy      meros      ham,  

obidalar  ham,  tarixiy  yodgorliklar  ham bo’lmasdi.  O’zbekistonning 

bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk 

davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, davlatning 

huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat 

o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. 

“Temur tuzuklari”ning davlat-huquqiy xarakteridan kelib chiqqan holda 

D.Logofetning  Turkistonda  konstitutsion  hujjat  g’arbiy  Yevropa 

mamlakatlaridagiga qaraganda ilgari yuzaga kelgan, deyuvchi fikrini e’tirof 

etish mumkin. “Temur tuzuklari”ni o’rganish davomida uning ko’pgina 

tamoyillari, g’oyalari  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z aksini 

topgan, deb hisoblash mumkin.  

         

Zamonaviy  Konstitutsiyalarning  ko’pchiligi  ham  yuridik,  ham  siyosiy 

jihatdan o’ta muhim bo’lgan qoidalarni o’z ichiga olgan qisqa muqaddima bilan 

boshlanadi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham o’ziga 

xos muqaddima bilan boshlanadi. Muqaddimada xalqning Asosiy qonunni qabul 


24 

 

qilishdan maqsadi, orzu-umidlari namoyon bo’ladi. Sohibqiron Amir Temur 



ham tuzuklarni maqsadini  quyidagicha bayon qiladi: 

     


“Saltanat  qurish,  davlat  tutish  ishlarini  bir  necha  tuzukka  bog’ladim  va 

saltanatni boshqarish haqida qo’llanma yozib qoldirdim, toki farzandlarim va 

avlodimdan bo’lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin, mehnatu 

mashaqqatlar, ko’p xarbiy yurishlar, urush-taloshlar bilan, tangrining inoyati va 

hazrati Muhammadning, unga tangrining marhamatlari va salomlari bo’lsin, 

tole’i baland millatining sharofati, onhazratning ulug’vor avlodi va qimmatli 

sahobalariga qilgan muhabbat va do’stligim orqali qo’lga kiritgan davlat va 

saltanatni saqlagaylar”. 

Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning 

huquq va erkinliklari qat’iy intizom, ichki uyushqoqlik  va mas’uliyat jihatidan 

ustuvor bo’lmasa, qonunlar va milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy 

qadriyatlar hurmat qilinmasa, demokratik huquqiy davlatni tasavvur qilib 

bo’lmaydi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  qonun  ustuvorligining 

mohiyati va ma’nosi shundaki, Konstitutsiya va qonun oldida barcha birday 

mas’uldir. Mamlakat qonunlariga jami fuqarolar, yoshi, mansabi, millati, irqi va 

dinidan qat’iy nazar, baravar bo’ysunmog’i ham farz, ham qarzdir.  

     Bu borada “Temur tuzuklari”da atroflicha to’xtalib, keng yoritilgan. Qonun 

ustuvorligini ta’minlash yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilganini ko’rishimiz 

mumkin. Amir Temur davlatining markazlashgan mustaqil davlat bo’lishida 

qonunning adolatli, teng qo’llanilishining o’rni yuqoridir.     

     


“Davlat  agar dinu oyin asosida  qurilmas  ekan,  to’ra-tuzukka  bog’lanmas 

ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat 

yalong’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. 

Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-tusig’i yo’k uyga 

o’xshaydi. Shuning uchun ham men o’z saltanatimni binosini dini islom, to’ra 

va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishimda uchragan har 



25 

 

qanday voqea va ishni to’ra va tuzuk asosida bajardim” deb ta’kidlanadi “Temur 



tuzuklari”da. 

       Amir Temur “Tuzuklar”da ta’kidlaganidek davlatlarni zabt etish, davlatni 

boshqarish va unga zebu ziynat berishda 12 qoidaga amal qilgan. 

      


Ushbu  qonun-qoidaga  amal  qilinishi,  unga  rioya  qilinishi  davlatning 

rivojlanishida muqim o’rin tutgan.  qonun-qoidaning mukammal yaratilganligi 

davlat hokimiyatining mustahkam va barqaror boshqarilishiga ulkan hissa 

qo’shgan.  Ayni  vaqtda  ushbu  qoidalarning  O’zbekiston  Respublikasi  

Konstitutsiyasida o’z aksini topishi, Sohibqiron Amir Temur  bobomizdan 

qolgan bebaho meros, deb atasak xato bo’lmaydi. Qonun-qoidalar zamonaviy 

ko’rinishda quyidagicha namoyon bo’ladi: 

      Birinchisida, Amir Temur har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlagan. 

     Yangi Konstitutsiyamizda ham diniy munosabatlarga jiddiy e’tibor berilgan. 

Toshkent Islom instituti, Toshkent Islom Universiteti, Islom ilmiy tadqiqot 

markazi va boshqa muassasalarning faoliyati buning yaqqol namunasidir. 

       Ikkinchisida, o’n ikki ijtimoiy guruhlar bilan mamlakatlarni zabt etgan va 

ularni idora qilgan.  

      


Har  bir  fuqaroning  baxt-saodati  to’g’risida  davlatning  olib  borayotgan 

g’amxo’rligi. Konsttitutsiyaning 18-moddasida quyidagicha ta’kidlanadi: 

       “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 

ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va 

ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”. 

“Temur  tuzuklari”ning uchinchi qoidasida, boshqaruvni  maslahat, 

kengash, tadbirkorlik, faollik va xushyorlik-ehtiyotkorlik, muruvvat, sabr-toqat  

bilan ish yurgizsh uqtirilgan.       

Bizning Oliy Majlisimizning faoliyati bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu 

mavzuga to’liqroq ma’lumot Konstitutsiyaning 17-bobida bayon etilgan. Davlat 

hokimiyatini shakllantirishda,  qonun-qoidalarning qabul qilinishida  Oliy 

Majlisning har ikkala palatasi vakillari ishtirok etmoqda. Bu esa maslahat, 



26 

 

kengash, tadbirkorlik, faollik va xushyorlik-ehtiyotkorlik bilan ish yurgizish 



demakdir. 

     To’rtinchisi, davlat ishlarini qonun-qoidalarga asosan boshqargan. 

Konstitutsiyamizning  15-moddasida  “O’zbekiston  Respublikasida  

O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlarining  ustunligi  

so’zsiz tan olinadi. 

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, 

fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar”. Tuzuklardagi 

qonun ustuvorligining e’tirof etilishi, yuqoridagi misol bilan vorisiylikni yaqqol 

ko’ramiz.   Qonunning oliyligi davlat va jamiyat hayotining muqaddas 

tamoyillaridan biridir. 

Ijtimoiy-siyosiy turmushda qonun muqaddas sanalib, uning yuksak 

nufuzga ega bo’lishining boisi shuki, unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, 

manfaat va intilishlari o’zining mujassam ifodasini  topadi. 

Beshinchisi, amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar bilan xushnud 

etgan.      

O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi qonuni bilan 

fuqarolarning mehnatdagi samarali xizmatlari uchun, davlat, ijtimoiy va ijodiy 

faoliyatlarini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi 

O’zbekiston Respublikasining 30 dan ortiq faxriy unvonlarini ta’sis etgan. Har 

yili respublikada xizmat ko’rsatgan taniqli insonlarga ushbu unvonlar beriladi.   

Oltinchisi, adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini rozi 

qilgan. 


Hozirgi kunda Konstitutsiyamiz asosida ijtimoiy hayotning barcha 

sohalarida davlat siyosati adolat mezoni asosida amalga oshirilmoqda. Amalga 

oshirilayotgan siyosiy yoki iqtisodiy sohadagi erkinliklar buning namunasi 

hisoblanadi. Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, 

ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi, deb 

ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 14-moddasida. 



27 

 

Yettinchisi, sayyidlar, ulomayu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar va 



tarixchilarni tanlangan, e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini joyiga 

qo’ygan. 

Xullas, Amir Temur davlatining madaniy siyosati biz uchun alohida 

ahamiyatga ega. Sohibqironning tavalludiga bag’ishlab e’lon qilingan davlat 

hujjatlarida Amir Temur, fan va madaniyat taraqqiyoti – jamiyatning ma’naviy 

asosi ekanligini anglab, mamlakatda madrasalar, maktablar barpo ettirdi, ilm-fan 

sohiblariga nafaqalar tayinladi, qulay maishiy-turmush sharoitlarni yaratib berdi. 

Sharq dunyosining qaysi shahriga borsa, u yerlik olimu-fozillar bilan suhbat 

qilib, bahslashib, ularni Samarqandga taklif etdi. Shuning uchun ham Amir 

Temur hukmronligi davrida Samarqand firdavsmonand Mavlono Abdumalik, 

Sayyid Sharif Jurjoniy, xoja Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, 

Abdulqodir Marog’iy, Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Ibn 

Xoldun kabi o’nlab quvvai hofizali aql-zakovat sohiblari qo’nim topib, ijod 

qilganlar. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asarlarida faxr bilan bayon 

qilinganidek “tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida 

yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi”.

1

 

Birinchi bob bo’yicha quyidagicha xulosalarga kelish mumkin: 



Birinchidan, Movarounnahrda XIV asrning 50-60 yillarida mulkdor 

qatlam vakillari o’rtasida siyosiy kurash, o’zaro nizolar avj olgan edi. Amir 

Temur hokimiyatga kelishi bilan ular yagona markazga,  hukmdorga 

bo’ysundirildi. Tashqaridan bo’ladigan barcha istilolalarga qat’iy chek qo’yildi. 

Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik o’rnatildi. Movarounnahrda yana mustaqil 

ijtimoiy hayot boshlandi. Bu o’ta muhim siyosiy omillar jamiyatning siyosiy 

mustahkamlanishiga, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga asos bo’ldi. Istiqlolning 

butun mohiyati, maqsadi, kuch-qudrati ham shunda. Faqat istiqlol ruhi bilan 

mulku-millat, lashkar va raiyatni boshqaringiz

2

 degan da’vatga Amir Temur va 



temuriylar davrida qat’iy rioya qilindi. 

                                                        

1

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.188. 



2

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.169. 



28 

 

Ikkinchidan, mustaqil Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy 



yuksalishida Amir Temur davlatida amalga oshirilgan harbiy, iqtisodiy-xo’jalik, 

moliyaviy, madaniy v.b. islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 

mustaqillik hayotiy zarur islohotlar asosida mustahkamlanadi. Binobarin, ular 

jamiyat va xalq manfaatlariga qaratiladi. O’sha davrda Movarounnahrda Amir 

Temur davlatining bosh islohotchi vazifasini bajardi va hayotga muvaffaqiyatli 

tadbiq etdi. Agar ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar keng xalq ommasi manfaatlariga 

qaratilmas ekan, uning ahamiyati, natijalari ham chegaralangan bo’ladi. Bu 

davrda Movarounnahrda ishsizlikning bo’lmaganligi, barcha aholi ma’lum bir 

kasb  bilan mashg’ul bo’lganligi,  ularning turmush sharoiti tubdan 

yaxshilanganligi, davlatning ichki va xalqaro nufuzi oshganligi – islohotlarning 

muvaffaqiyatidir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov faxr bilan ta’kidlaganidek 

“Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy 

islohotchisi.... Amir Temur qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlatni barpo 

etdi”.


1

  

 

                                                        

1

 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B. 342. 



29 

 

II BOB. AMIR TEMUR DAVLATIDA IJTIMOIY-SIYOSIY 



MUNOSABATLARNI BOSHQARISHDA ADOLAT MASALASI 

 

2.1. Ijtimoiy munosabatlarni boshqarishda adolatli toifa tamoyili 

Har bir millatning turli zamonlarda o’z sardorlari, sarbonlari, alp-

bahodirlari, vatanparvar farzandlari-sultonu, podsholari bo’ladi. Ular o’zlarining 

ijtimoiy, siyosiy faoliyatlari, betakror aql-zakovatlari bilan ma’lum bir 

jamiyatning ham, unda yashovchi kishilarning ham taqdirini o’zgartirib 

yuboradilar. Bunday insonlar tashqaridan bo’ladigan har qanday “ko’rsatma”, 

tazyiqlarga tamoman murosasiz bo’ladi. O’z xalqining, vatanining ozod va obod 

bo’lishi uchun fidoiylik, jasorat ko’rsatadilar. Shaxsiy manfaat, shon-shuhrat 

kabi unsurlarni keyingi o’rinlarga surib qo’yib. Millatning yangi jahonshumul 

ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy, ma’nafiy ufqlarga olib chiqqan inson – 

Amir Temur bin Muhammad Tarag’ay Bahodirxon o’g’lidir. Binobarin, Amir 

Temurning  milliy  qadriyatlari  ahamiyatini,  davlatchilik  madaniyatining 

mohiyatini, shaxs sifatidagi ulug’ ma’naviy salohiyatini faqat O’zbekiston 

mustaqilligi g’oyalari asosida baholasak, masalaga odilona yondoshgan 

bo’lamiz. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov faxr bilan 

ta’kidlaganidek “Bizning tariximizda Amir Temurday ulug’ siymo bor ekan, 

uning qoldirgan merosi, pandu o’gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, 

oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo’l kelayotgan ekan, 

bizning bu merosni o’rganmasdan, ta’riflamasdan, targ’ibot qilmasdan haqqimiz 

yo’q”


1

.  Ana shuning uchun ham istiqlolning dastlabki yilidanoq O’zbekiston 

Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov vatandoshimiz, mustaqil qudratli 

davlatning asoschisi va rahbari Amir Temur shaxsini, omilini istiqbolini 

sharqona tavoze bilan ulug’ladi. Uning “Tarixda mashhur jahongirlar ko’p 

o’tgan. Lekin ayting, dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek 

ilm-fan, ma’naviyat homiysi bo’lgan?... Amir Temur xalqimiz dahosining 

                                                        

1

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.190-191. 



30 

 

timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzidir”



1

 degan farzandlik da’vati butun dunyoga 

baralla yangradi. 

 

Demoqchimizki, istiqlol Amir Temurni yuqori davlat siyosati darajasida 



ulug’ladi. O’z navbatida sohibqiron Amir Temur yana ozod vatanga ma’naviy 

xizmat qilib kelmoqdalar. Amir Temurni “o’ldiramiz” degan mafkuraning o’zi 

o’lib ketdi. Biz – Vatan fidoyilari, hasad o’ta xavfli illat ekanligini, 

hasadgo’yning butun yumshoq joylarini ko’ydirib ketaverishini yaxshi bilamiz. 

Uni, qizil mafkuraning “dohiylari” tushunmadilarki, Vatan, millat dardi bilan 

yashagan ulug’  insonlarni o’ldirib bo’lmaydi. Chunki sohibqiron Amir Temur 

hayotliklaridayoq hech qachon  “o’lmaslik” chorasini ko’rib qo’yganlar. Bu – 

tarixning hech qaerda yozilmagan, hamma ham darhol hazim qilaolmaydigan 

falsafasidir.  

Sohibqiron Amir Temurning Vatan, millat oldidagi buyuk xizmatlaridan 

biri, ajnabiy hukmdorlar tomonidan toptalgan milliy davlatchilik institutini qayta 

tiklab, qonun va adolat asosida yanada rivojlantirganligidadir. Amir Temurning 

milliy davlatchilik siyosati deganda – uning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi 

idora tartiblari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy, ma’naviy kabi institutlar 

nazarda tutiladi. Istiqlol yillarida bu xususda juda ko’p kitoblar, maqolalar 

yozilgan. Jumladan, Amir Temurning davlatchilik siyosati, uning mohiyati va 

ahamiyati, xalqaro nufuzi masalasi O’zbekiston Respublikasining birinchi 

Prezidenti I.Karimovning asarlari, maqola va nutqlarida har tomonlama ilmiy, 

siyosiy qamrovda tahlil qilib berilgan. U kishining “Ehtirom”, “Amir Temur 

davridagi buyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo’laversin”, “Xalqimiz 

bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir”, “Azaliy buyuklik maskani”, “Amir 

Temur – faxrimiz, g’ururimiz” va boshqa o’nlab maqolalar

2

, rasmiy hujjatlarda 



Amir Temur davlatchilik institutining barcha jabhalari ilmiy haqiqat mezonida 

istiqlolchasiga, xolisona izohlab berdi. U kishi faxr bilan ta’kidlaganidek “Amir 

                                                        

1

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.167. 



2

 Karimov I.A.  O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, Т.: O’zbekiston, 1996. –B. 360; 

Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. – B.166-191. 


31 

 

Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa, betakror 



ma’naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi. 

O’zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz 

uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, 

davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari 

nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi

1

”.               



Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay shaxsi, uning tahsinga  sazovor  

faoliyati qirralarini o’rganish mustabid sovet tuzumi davrida  man qilinganligiga 

qaramasdan ayrim millatparvar ziyolilar u  haqida  asarlar  yaratishga jur’at  qila 

olganlar. Turg’unlik  yillarida   millatimiz faxri bo’lgan ulug’ zotlar haqida  

qanday yozishdan  qat’iy nazar, ularning  nomini tilga olish  ham bir  jasorat 

sanalardi. Yirik jadid ma’rifatparvarlaridan biri, shoir, yozuvchi, dramaturg, 

islohatchi pedagog,  yirik davlat va siyosat arbobi bo’lgan Abdurauf Fitrat  

millatimizning o’zligini anglashida Amir Temur va u kabi buyuk 

ajdodlarimizning  hayoti, ijodi va  faoliyati  muhim ahamiyat kasb etishini 

tushunib,  o’zining badiiy asarlarini va  ma’rifatpvarvarlik g’oyalarni yaratishda 

mutafakkirlardan Forobiy, Beruniy, Ibn Sinodan ko’p narsalarni o’rganadi.  

Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Firdavsiy, Yassaviy, 

Bedil, Umar Xayyomlar ijodiga ixlos bilan qarab, ularni chuqur o’rganadi. Amir 

Temurni millatning g’ururi deb biladi. Navoiy va Bobur ijodini beqiyos 

qadrladi. Axloqan yetuk, barkamol inson tarbiyalash g’oyasida mana shularga 

asoslanadi. Uning bu ta’limoti asosida shaxs, inson masalasi turadi. Inson va 

insonlar orqali millatga, millat taraqqiysiga boriladi. 

Alloma o’zining millat 

va vatanparvarlik haqidagi g’oyalarini ham shu meroslarni o’rganish asosida 

yaratdi. 

  

Abdurauf Fitratning  “Temur sag’anasi”, “Abo Muslim”, “O’g’izxon” 



kabi  tarixiy mavzuda  yaratgan dramalari taqdiri olimning o’z  taqdiri yoki 

o’sha asar  qahramonlarining  qismati  kabi   fojiali  yakun topadi. Ular  

                                                        

1

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.169. 



32 

 

ommaviy tarzda  nashr etilmay, faqat ayrim teatr sahnalarida bir necha bor  



qo’yilganligi haqida ma’lumotlar bor.  

Fitratning dramalari haqida gapirilganda, “u bir qator sahna asarlarida  

tarixni orqaga, o’rta asr  voqealariga o’girib, reaksion yo’l tutadi. Abo Muslim, 

O’g’izxon, Chingizxon va Temur kabi  tarixiy shaxslar haqida asar yozadi. 

Bunday asarlarida u o’tmish hukmdorlariga  sig’inadi, ularni ko’kka ko’tarishga 

sotsial yangiliklarni  tan olmaslikka harakat  qiladi” - deb  tanqid  qilinadi.    

Taniqli yapon  turkshunos olim Xisao Kumatsu Fitratning mashhur 

“Temur sag’anasi”, “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari”    dramalari haqida:  

“Vatanparvarlik   g’oyalari bilan yo’g’rilgan bu asarlarning tomoshasiga 

kelganlar, shu qadar qattiq  ta’sirlangan edilarki, ular har safar  tomosha  

so’ngida  teatrlardan ko’z yoshlarini  oqizib chiqib ketardilar,”

1

- degan haqiqatni  



qayd etadi.  

Fitrat o’z asarlarida   mavjud tuzumning  asl maqsadi,  zo’ravonligi, 

erksizlikka  asoslanganidan o’ta  qayg’uradi. O’zining o’tli dardlari,  millatini  

ozod va hur  ko’rish istaklarini badiiy asarlari orqali xalqiga  yetkazmoqqa  

tirishadi. O’z davrining ma’rifatparvarlaridan biri sifatida Fitrat ota-bobolarining  

kimligini anglagan millat hech vaqt zulmga, istibdodga   bo’ysinmasligini  

tushunadi.  I.G’aniev  ta’kidlaganidek,  millatimizni o’zligini  anglashidan 

chalg’itish uchun “sobiq ittifoqning “dono siyosiy psixologlari”  moziyda o’tgan 

ulug’larimiz O’g’uzxon, Amir Temur, Bobur shaxsiyati, faoliyatini  imkon 

qadar qora ranglarga bo’yab, ularni o’z xalqiga olabo’ji qilib ko’rsatish usulini 

qo’llagan. Va bu amalda million nusxalarda chiqqan maktab darsliklariyu oliy 

o’quv yurtlarining kitoblarigacha singdirilgan”

2

.    


Fitratning adabiy  merosida  yurtning boy tarixi, buyuk qahra-monlari, 

yuksak madaniyati, tuganmas xalq merosi bilan faxrlanish muhim ahamiyat kasb 

etadi. U o’zining maqolalarida,  “Yurt qayg’usi” (Temur oldida) kabi sochma 

                                                        

1

 Хисао Куматсу. ХХ аср бошларида Ўрта Осиёда туркчилик ва даврим ҳаракатлари. – Анқара: 1993. –B. 



40. 

2

 Ғаниев И. Фитратшунослик. – Бухоро: 1995. –Б. 29. 



33 

 

hikoyalarida Turkistonni bir vaqtlar dunyodagi eng buyuk davlatlardan biri 



bo’lib, butun jahonga mashhur bo’lgan allomalar yetishtirib berganligini 

ta’kidlaydi: “Bizning Turkistonimiz turk ulusining beshigi bo’lmog’i bilan 

iftixor qiladir. Yolg’iz shumi? 

 

Abbosiylardan  so’ng  islom saltanatiga  qorovullik  qilgan  turk 



hoqonlarining oxiri va ulug’laridan bo’lg’on Temur yanglig’ turk qahramonini 

Turkiston yetishtirdi. Yana abbosiylardan keyin “madaniyat bashariyatini” 

ko’targan turk olimlarining kattakonlari bo’lgan Abu Ali, Ulug’bek, Javhariy va 

Forobiy kabi hurmat tirgaklarini Turkiston chiqardi”

1

  

Adib shunday buyuk bir yurtning o’z davriga kelib ayanchli ahvolga 



tushib qolganligidan g’am chekadi, buning sabablarini izlaydi. Yurtini Amir 

Temur kabi milliy qahramonlarga muhtoj ekanligini quyidagicha tasvirlaydi: 

“Ey Chingizlarning, Temurlarning, O’g’uzlarning oilalarining shonli beshiklari! 

Qani uchiqdiging yuksak o’rinlari? Qullik chuqurlariga nedan tushding?! 

 

... Dunyoni “urxo”lari bilan titratgan yo’lbars yurakli bolalaring qani?... 



Qani u chaqmoq chapishli botir haqonlaring? Qani u avval o’q yurushli otli 

beklaring? 

 

Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan haqonliging nechun kuchi o’ldi? 



Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?”  

Fitrat parchalangan, ezilgan Turkiston nomidan buyuk sohibqiron  Amir 

Temur sag’anasiga iltijo qilib deydi: “Bag’rim yoniq, ko’zim qora, ko’nglim 

siniq, bo’yim bukuk. Sening ziyoratingga keldim, sultonim! Ezilgan boshim, 

qisilgan vijdonim, kuygan qonim, o’rtangan jonim uchun bu sag’anangdan davo 

izlab keldim haqonim! Yuz yillardan beri jafo ko’rub, g’am chekib kelgan 

turkning qonli ko’z yoshlarini etaklaringga to’karga keldim.  

Qorong’iliklar  ichra  yog’dusiz  qolgan o’zbek  ko’zlari  uchun 

tuprog’ingdan  surma olg’ali keldim... 

Lekin o’z kuchsizligini anglab qaytib o’tirgan va qon yig’lagan turkning 

holini aytarga keldim,  haqonim!” 

                                                        

1

 Абдурауф Фитрат. Туркистонда руслар. – Т.: “Шарқ юлдузи”,  1992,  № 4. –Б.112. 



34 

 

Mustamlakachi chor Rossiyasi tomonidan talanib, nochor ahvolda qolgan 



Turkiston holatini sohibqironga shunday bayon etadi: “Ulug’ haqonim! Turklik 

sharafi talandi... Turkning nomusi, e’tibori, imoni, vijdoni zolimlarning oyoqlari 

ostinda qoldi. Turkning yurti, ulog’i, o’chog’i, Turoni yot qo’llarga tushdi. 

Turkning belgusi, ongi, o’ylovi, ziyrakligi jaholat o’lkasiga ketdi.  Sening 

qiliching bilan dunyo egasi bo’lgan turk tinchgina bir yotoq  topolmay qoldi”.

1

 



Fitrat   yurtimizni  bunday  tushkun holatdan olib chiqish,   uning  

mustaqilligi uchun kurashishga o’z davrining ziyolilari nomidan Temurga  va’da  

qilib deydi: 

“Ey arslonlar  arsloni!  

Mening yozuqlarimdan o’t, Meni qo’limni tut, 

Belimni bog’la, muqaddas  fotihangni ber! 

Sening dunyoga  sig’magan g’ayratingga ont ichamanki, Turonning eski 

sharaf va ulug’ligini qaytarmasdan burun ayog’laringda o’tirmasman”

2



Fitratning  “Temur sag’anasi”  asari 1918 yilning  boshlarida yaratilgan 



bo’lib, bu asar vositasida Fitrat  oldingi yaratgan ko’plab  publitsistik asarlari 

kabi  yurtdoshlariga murojaat  qiladi, ularni o’zligini anglashga bu  qorong’ulik 

va  g’aflatdan chiqib ketishga da’vat etadi.     Asarda  Amir Temurning    o’z 

qabridan tik turib, xalqiga   qarata aytgan so’zlari dramaning eng ta’sirli  

lavhalaridan bo’lgan. Uning so’zlari “Yurt qayg’usi” (Temur oldinda) 

sochmasidagi shoirning  murojaatiga javob  tariqasida  berilgandek taassurot 

tug’diradi. “Temur sag’anasi”  dramasi bizgacha yetib kelmagan bo’lsada, u 

haqidagi ayrim manbalarda asar  qahramoni tilidan  quyidagi  parcha  keltiriladi: 

“Men sizlarga  ko’p narsalar yetkardim. Ne bo’ldiki,  bir zamonlar sharafli va 

jasur bir millatning zulmi ostida qolmish. Kimlar bog’laringdan qushlaringni  

quvmoqda!...Otalar  merosidan  nimani  oldingiz!  Sizdan  talab  etaman,  

qalqingiz!...O’lkani tuzatingiz, avlodlarimizning hur yashamoqlarini ta’min 

etingiz. Agar shunday qilmasangiz, o’lka bir buyuk mozorlik holiga kelur”. 

                                                        

1

 Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. – Т.: Ma’naviyat, 2000. –B.33-34. 



2

 Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. – Т.: Ma’naviyat, 2000. –B.35.  



35 

 

Millat  ziyolilari  har  qanday  ta’qiblarga  qaramasdan,  o’tmish 



allomalarimizni  unutmadilar, ularga sodiq  qolishga harakat qildilar. 1922-1923 

yillarda Germaniyaga tahsil olish uchun yuborilayotgan talabalarni Buxoro Xalq 

Respublikasi  maorif noziri bo’lgan, professor Abdurauf Fitrat Samarqandga 

olib borib, Amir Temur sag’anasi oldida   xalqini, yurtini esdan chiqarmaslikka, 

elga ilm olib kelib uni  ma’rifatli qilishga qasamyod qildirganligi haqida 

ma’lumotlar bor.                          

Jadid ma’rifatparvarlari  yurt  farovonligi, obod va   ozodligi uchun 

kurashda  millatimizning  o’zligini  anglashiga  yordam  beruvchi  barcha  

vositalardan foydalanishga harakat qildilar.    

Hozirgi  zamon  jahon  makroiqtisodiyotda  ishlab  chiqarishni 

integratsiyalash,  yagona  iqtisodiy makon,  globallashuv  va  jamiyatni 

moderinizatsiyalash kabi omillar dolzarblashib bormoqda. Bu ijtimoiy-iqtisodiy 

talablar o’zbek milliy davlatchiligida yangilik emas. Ular Amir Temur davlatida 

o’sha zamon talablari darajasida qaror topgan edi. Amir Temur davlatini dunyo 

bilar va tanir edi. Binobarin sohibqiron o’z saltanatining istiqbolini qo’shni 

davlatlar bilan faol siyosiy-diplomatik, iqtisodiy-madaniy aloqalarda ko’rdi va 

amalda shunga erishdi. Sharqning nafaqat Xitoy, Hindiston, Misr, Rum 

davlatlari bilan, hatto Yevropaning Fransiya, Angliya, Italiya, Ispaniya kabi 

qirolliklari bilan turli yo’nalishda davlat aloqalari o’rnatildi. Bunga Fransiya 

qiroli Karl VI, Ispaniya hukmdori Genrix III, Angliya qiroli Genrix IV lar va 

boshqalar bilan olib borgan yozishmalari, maktublar (bizgacha yetib kelgan) 

yaqqol misol bo’la oladi. Amir Temurning “dunyo savdo ahli ila obod bo’lajak” 

degan fikri davlatning tashqi siyosati ko’lamini, undan xalqlar bahramand 

bo’lishini anglatib turibdi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 

I.Karimov asarlarida ta’kidlaganidek “XXI asr bo’sag’asida siz bilan xalqaro 

miqyosida adolatli tarzda yaratmoqchi bo’lgan integratsiya makoni haqida Amir 

Temur bundan 600 yil burun bosh qotirgan va shu yo’lda siyosat yuritgan. U 


36 

 

barpo etgan yagona iqtisodiy-savdo maydonida bugungi kun uchun ham, 



bugungi zamon uchun ham ibratli bo’lgan vaziyat mavjud edi”.

1

   



Xullas, mustabid sovet adabiyotlarida Amir Temur davlatining tashqi 

siyosati deganda faqat harbiy harakatlar nazarda tutilib, sohibqironni 

bosqinchilikda ayblagan edi. (Sovet davlatining o’zi qizil bosqinchi edi-yu, bu 

haqda gapirish mutlaqo man etilgan edida). Amir Temur uzoq yillar harbiy 

yurishlar qilganligi aniq, biroq ularning birontasini ham bosqinchilik urushi deb 

bo’lmaydi. Ularning hech inkor qilib bo’lmaydigan sabablari mavjud. Bu endi 

tarixiy aksioma. Buning uchun o’sha davr tarixini, Amir Temurning Vatan, 

millat manfaatlariga qaratilgan siyosatini puxta bilish zarur. Islom dini – Amir 

Temur davlatida milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyat, yagona e’tiqod, 

mafkura vazifasini bajargan. Chunki jamiyat ham, shaxs ham e’tiqodsiz yashay 

olmaydi. Amir Temurning o’zi ham islom arkonlarining katta bilimdoni bo’lgan. 

 


Download 327,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish