O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»



Download 327,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.04.2020
Hajmi327,58 Kb.
#44364
1   2   3   4
Bog'liq
amir temur faoliyatida adolat tamoyiliga asoslanishi


 

                                                        

1

 Кarimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B. 186. 



37 

 

2.2. Amir Temur davlatidagi adolat tamoyilini bugungi kundagi 



ahamiyati 

Amir Temur saroyida bo’lgan Ispaniya elchisi Klavixo “Amir Temurning 

otasi chigatoylardan bir aslzoda edi. Lekin u sarvat egasi va badavlat 

bo’lmasdan, yonida 3-4 otliqdan boshqa (ortiq ) askari bo’lmas edi. Kesh 

yaqinidagi bir qishloqda yashar edi. Zero, chig’atoylarning eng baobru kishilari 

qishloqda yashashni shaxarda yashashdan afzal bilardilar” , - deb yozadi. Barcha 

temuriylar solnomalarida anglashilishicha, Taragay kamtar va takvodor kishi 

bo’lib, ko’pincha ulamolar va shayxlar bilan suxbat qilardi. Garchi u barlos 

qabilasi oqsoqoli bo’lsada, tashkiliy ishlar qarindoshi Amir Xoji bin Buraglining 

qo’lida edi. Shu bilan birga, Amir Tarag’ay nafaqat barloslar nazdida emas, 

xatto butun chig’atoy ulusida e’tiborli bir amir edi. Sh.A.Yazdiy va boshqalar 

Chig’atoy Xoni Tug’luq Temurning to’rt amiridan biri bo’lgan Amir Hamidiy 

Qurulqut xaqida “Amir Tarag’ayning qadrdon do’stlaridan edi” Amir Hamidiy 

Qurulqut Qashqar va Sharqiy Turkistondagi nixoyada mu’tabar va taniqli amir 

edi. Amir Temurning singillaridan Shirin Big (Beka) Og’a Mueyyed Arlatnnig 

nikoxida edi. Bu amir Xurosondagi Arlat qabilasidan edi. Amir Temurning yana 

bir singlisi Qutlug’ Terkin Og’a Amir Sulton Dug’lat bilan turmush qurgandir. 

Bu dug’latlar ham, Sharqiy Turkiston Qashqar atrofi va Issiqko’l atrofidagi 

mo’’tabar amirlar edi. Amir Temurning ilk uch xotinidan biri Turmush Og’a 

Qaralg’an, extimol, Qatag’on qabilasidan bo’lib, bular Balx atroflarida istiqomat 

qilardilar.  

Shunday qilib, ma’lum bo’ladiki, Amir Temur va oilasi, Amir Tarag’ay 

va Qazag’ayga qadar, g’arbiy va sharqiy Turkiston, Xuroson va bugungi 

Afg’onistondagi mashxur qabilalarning eng xurmatli kishilari bilan qudalik, 

qarindoshlik munosabatida bo’lganlar. 

Yana bir ahamiyatli qayd shudir: “Amir Temurning ota-bobolari faqatgina 

Kesh (Xozirgi Shaxrisabz) da emas, Shosh (Toshkent)” atrofi va Chag’oniyonda 

ham shoxona “inju” , ya’ni xususiy yer egasi edilar. Va tarxon ekanliklaridan 

xirojdan ozod edilar. Boshqa xolatdan anglashiishicha, Barlos umarosi va 


38 

 

xususan, Temurning o’zi ham yuqori Xorazmda Xaq soxibi edilar. Masalan, 



Temur davlatining eng nufuzli kishilaridan Amir Sayfiddin Nukuz va ukasi 

Olloxdod Nukuz shular jumlasidandir. 

Manbalarda zikr etilganidan anglashilishicha,  Amir Tarag’ay kamtar 

shaxs bo’lib, siyosiy ishlar bilan qiziqmas edi. Barlos urug’ining bekligini esa, 

amakisi Amir Xoji bin Buragliga bergan edi. G’arbiy Chig’atoy ulusida beklar 

Temurdan oldin barloslar va jaloyirlar qo’lidan Qaranauslar (u qadar mu’tabar 

(hurmatli) bo’lmagan qabilalar aralashuvi bo’lib, Amir Qarag’an ham shulardan 

edi) qo’liga o’tgan.

1

 Shu sababli (Amir Temur va ) Amir Tarag’ay va birodarlari 



Sharqiy va G’arbiy chig’atoy ulusining siyosiy xayotida nixoyatda muxim 

mavqega ega edilar. Amir Qazag’an va nevarasi Amir Xusayndan so’ng, bu 

ulusda xokimiyat tabiiy ravishda barloslar va ularning amiri Amir Temur qo’liga 

o’tdi. Zeroki, Barloslar shaxsan Chingizxonning tayiniga ko’ra, chig’atoy 

ulusidagi to’rt minglikdan to’rtinchisi bo’lib, (Ibn Arabshoxning fikriga ko’ra) 

xisoblangan

2

 bo’lsa, bu ushbu qabilaning xuquq va sharafiga tajovuzi deb 



xisoblanishi kerak.  

Amir Temurning dunyodagi eng kuchli va katta saltanatlardan birini 

barpo etganligi, harbiy san’ati, davlatni qanday asoslarga tayanib boshqarganini 

anglab yetish  davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchilarning, arboblarning 

diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Ularning ko’lami to’g’risida umumiy tasavvur 

                                                        

1

 Milodiy XIV- asrning boshlarida Chig’atoy ulusi xukmdorlari xam Ilxanli va Jo’ji ulusi xukmdorlari kabi lozim 



bo’lganida yoki xonlarning mo’tabar qabilalarning amirlari bilan ixtilof paytida bu tartibsizliklarga dosh bera 

olish uchun “Mo’tabar qabilalardan tuzilgan qo’shin” tuzishni so’raganlar. Bu (metis, aralash) qo’shin Qaraunas 

nomi bilan mashxur bo’lib, Amir Qazag’on va Nevarasi Amir Xusaynning xam tayanchi ana shu qaraunaslar edi. 

Xattoki, Amir Qazag’onning o’zi xam, nevarasi Amir Xusayn singari , qaraunas deb xisoblanmoqda edi. Amir 

Qazag’onning qabilasining nomi Musaviyning “Asaxx ut - tavorix”ida (Istanbul, Yangi Jomiy (Yeni Jami) 

nusxasi) Tebit va Istambul fotix kutubxonasidagi Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”sida xam Tebit shaklida 

yozilgandirki, Movarounnaxrda Chig’atoy amirlaridan bittasining bu qabila bilan Qaraunas o’rnida As qabilasi 

zikr etilgan bo’lib, kelib chiqishi jixatidan turk yoxud mo’g’ul bulmasdan, ruslar xam bu asarlar bilan birga 

Xitoydagi mo’g’ul qo’shinidan joy olganlar (“Живая  старина” jurnali, Peterburg, 4, 1982 , 65-sahifa; 

E.Bretschneider, Meglevel Rescarches from Eastern Asiatuc Sources, 11,78,84) 

2

 Ibn Arabshox Amir Tarag’ayni shu sababdan “Insonlarning to’rtinchisi” deb xisoblagan bo’lishi mumkinligi 



kabi, Amir Temurga bo’lgan dushmanligi bois uning otasini “to’rtinchilari itlaridir” deb ko’rsatgandir. 

39 

 

uyg’otuvchi bibliografik tadqiqotlar fikrimizga dalildir.



1

  Jumladan,  E.V. 

Rtveladze, A.X. Saidov jahon miqyosida Temur tarixini o’rganilganlik 

darajasini aniqlash borasida izlanishlar olib borib, “Amir Temur dunyo fani 

ko’zgusida” nomli  bibliografik asar chop etdilar

2

. Undagi ma’lumotlarga ko’ra, 



Amir Temurga bag’ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni  Yevropa  tillarida 700 

dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 dan ko’pdir. Bu asarlarda Amir Temur shaxsi 

va saltanatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotiga turli baholar 

berilgan


3

. Asrlar osha Amir Temur goh qattiqqo’l va zulmkor, goh adolatli va 

talabchan hukmdor sifatida talqin etib kelingan. Bu kabi turli baholarning paydo 

bo’lishiga Amir Temur shaxsiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda yozib 

qoldirilgan ko’plab manbalar sabab bo’lgan. Xususan, Nizomiddin Shomiy, 

Sharafiddin Ali Yazdiy kabi mualliflar o’z asarlarida Amir Temurning davlatni 

adolatli boshqargani, xalq va davlat manfaatlari yo’lida keng ko’lamli siyosat 

yuritgani va boshqa xislatlarini yozib qoldirgan bo’lsa, Ibn Arabshoh “Temur 

tarixida taqdir ajoyibotlari” nomli asarida Amir Temur va uning faoliyatiga 

salbiy baho berib o’tgan.  

                                                        

1

Темур  ва  Улуғбек  даври  тарихи. – Т.: Қомуслар  бош  таҳририяти, 1996. – Б.264.;  Амир  Темур  жаҳон 



тарихида / Иш раҳбари С.Саидқосимов. – Т.: Шарқ, 1996. – Б.296.; Алимов Р.А. Соҳибқирон Амир Темур  

(Методик тавсиянома). – Т.: 1995 ва бошқалар.  

2

    Ртвеладзе  Э.В.,  Саидов  А.Х.  Амир    Темур  в  зеркале  мировой  науки.  –    Т.:  Издательский  дом  Мир 



экономики и права, 1999. – С.352.  

3

 Грановский Т.Н. Сочинения. М., 1866. Часть I; O’sha muallif. [Тимур] / Полное собрание сочинений. – 



СПб., 1905. Т. I. – С.341-359; Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. СПб., 1898. Ч. I.; 

Ўша  муаллиф. Народное  движение  в  Самарканде 1365 года / Записки  Восточного  отделения  русского 

археологического  общества. – СПб., 1907. Т XVII. – С. 1-19;  Ўша  муаллиф. О  погребении  Тимура // 

Записки  Восточного  отделения Русского археологического  общества. – Пгр., 1916. Т. XXVII. – С.1-32; 

Ўша  муаллиф. Географический  очерк  Мавераннахра // Бартольд  В.В. Туркестан  в  эпоху  монгольского  

нашествия. Соч. – М., 1963. Т. I.; Ўша муаллиф. Бартольд В.В.Улугбек и его время // Бартольд В.В. Соч. 

– М., 1964. Т.II.Ч.2. – С. 25-174; Абдураимов  М.А. Обзор  литературы, посвященной  Тимуру  и 

тимуридам, изданной в Узбекистане в 60-х годах // История СССР. – М., 1973. – № 5. – С. 47-51; Ўша 

муаллиф. Темур  ва  Тўхтамиш. – Тошкент: Адабиёт  ва  санъат, 2000; Якубовский  А.Ю. Самарканд  при 

Тимуре и  тимуридах. Очерк. – Л., 1933; Ўша муаллиф. Государство Тимура  / История Узбекской ССР – 

Т., 1955. Т. I. кн 1. – С. 313-334; Греков Б.Д., Якубовский А.Ю. Золотая Орда и ее  падение. – М.-Л., 1950  

va boshqalar.  



40 

 

         Sovet  davrida  temurshunoslikka



1

 salbiy ta’sir ko’rsatgan omillardan biri 

Fridrix Shlosserning (1776–1861) “Butun dunyo tarixi” asaridir. F. Shlosser 

Amir Temurga “baxtli jangchi, jahonning yangi istilochisi... shu bilan bir 

qatorda olisdagi Sharqning qonun chiqaruvchisi edi. Osiyodagi kamyob bo’lgan 

taktik hamda  strategik bilimlarni o’zlashtirib, u yerdagi  to’dalarni o’ziga jalb 

qildi”, – deya tavsif beradi. Shuningdek, olim Sohibqiron Amir Temurning 

adolatli qonunlarga asoslangan davlat asoslarini barpo etganligini yetarli 

baholamay, uni “minglab odamlarni qirar edi”, – deb, vahshiy va zolim hukmdor 

sifatida talqin etdi. F.Shlosser ushbu asarda o’z fikriga qarama-qarshi o’laroq “U 

yurishlardan tez-tez Buxoro va Samarqandga qaytar, o’zining yangi saltanatida  

tuzuklar hamda qonunlar e’lon qilar edi. Mazkur qonunlar  to’plami uning amri 

bilan amalga oshiriladigan dahshatlar, vayronagarchiliklarga mutlaqo  qarama-

qarshi tarzda edi”

2



- degan fikr mulohazalarini ham bildirgan.   



Ma’lumotlarga  ko’ra,  kommunistik  mafkura  asoschisi  K.Marks  

F.Shlosserning Amir Temur haqidagi salbiy fikr-mulohazalarini so’zma-so’z 

ko’chirib olish

3

 vaqtida “Temur o’zining yangi podsholigiga mamlakatni qurish 



tizimlari va qonunlarni berdi, bular uning buyrug’i bilan askarlari tomonidan 

amalga oshirilgan vahshiyliklar va yovuz vayronagarchiliklarga o’ta zid edi”

4

, – 


kabi ijobiy fikrlarini e’tibordan chetda qoldirgan edi.     

 Mustabid sho’ro davrida K.Marks, F.Engels va V.I.Leninning asarlari 

barcha ilmiy tadqiqotlarga asos bo’lib xizmat qilar, ulardan iqtiboslar keltirilar 

hamda shunga monand qarashlar rivojlantirilar edi. “dohiy”lar tomonidan 

yaratilgan “sinfiylik” nazariyasi ham Amir Temurni “ekspluatator”, “ezuvchi”, 

“bosqinchi”, “kallakesar” sifatida talqin etishni taqozo etar edi.    

                                                        

1

Лунин  Б.В. История  культуры  и  искусства  времени  тимуридов  в  советской  литературе. 



Библиографический указатель // Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент, 1969.– № 8–9. – С.101-

145. 


2

  Темур ва Улуғбек даври тарихи. – Т.: Қомуслар бош таҳририяти, 1996. – Б. 28-29. 

3

  Маркс К. Хронологические выписки / Архив Маркса и Энгельса. –  М.: Госиздат, 1939.  Т.VI. – С. 184-



185. 

4

 O’sha joyda.  



41 

 

Ana shu tariqa manbalardagi ziddiyatli baholar, sovet davrining 



“sinfiylik” nazariyasi Amir Temur faoliyatini xolis yoritishda murakkabliklar 

tug’dirdi. Buning ustiga chekka o’lkalarning buyuk davlatchilik tarixini 

o’rganish mustabid SSSR manfaatlariga zid bo’lib, “bu o’lkalarda mustaqil va 

kuchli davlatlar bo’lmagan”, –  degan fikrlarni singdirish asosiy masalalardan 

biri sifatida qo’yilgan edi.    

Amir Temur hukmronligi davrida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari 

uyg’unlashtirilgan, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy barqarorlik o’rnatilgan. Davlat 

boshqaruvining muhim sohalaridagi faoliyat ana shu maqsadlar yo’lida 

tashkillashtirilgan hamda chiqarilgan qonunlar o’z vaqtida ijrosini topgan. 

Buning natijasida Amir Temur davlatida ilm-fan, ma’naviyat, me’morchilik va 

san’at beqiyos darajada rivoj topdi va fanda bu haqli ravishda ikkinchi 

Uyg’onish davri deb talqin etildi. 

Ingliz olimasi Xilda Xukxem Amir Temur o’z yurtida davlatchilik va 

madaniyat an’analarining davomchisi bo’lganligini, X-XI asrlarda tabobat, 

matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, tarix, arab va fors tili, adabiyot 

bo’yicha benazir asarlar yaratgan buyuk allomalar vatanidan yetishib 

chiqqanligini, mazkur allomalarning yirik asarlari bir necha yuz yillar davomida 

Yevropadagi Uyg’onish davriga katta ta’sir ko’rsatib, unga poydevor bo’lib 

xizmat qilganligini

1

 haqqoniy ravishda aytib o’tgan.  



Umuman olganda, Amir Temur davlati o’zbek davlatchiligi tarixining eng 

rivojlangan bosqichini tashkil etadi. Saltanatda barcha sohalarda tub burilishlar, 

yuksalishlar kuzatilgan. Taraqqiyot uchun xizmat qilgan Amir Temur faoliyati 

bilan bog’liq tarixiy qadriyatlar allaqachon umuminsoniy qadriyat darajasiga 

yetib ulgurgan.  

          

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “Amir 

Temur bizning sha’n - shavkatimiz, g’urur-iftihorimizdir. Amir Temur-xalqimiz 

dahosini timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzidir”, 

- deya alohida ta’kidlashiga 

                                                        

1

 Хукхэм Х. Властитель  семи созвездий / Пер. с англ. Г.Хидоятова. – Ташкент: Адолат, 1995. – С. 17. 



42 

 

tarixda katta dalil va asoslar mavjud. Shuningdek, “Amir Temur-shaxsini idrok 



etish - tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash-o’zligimizni anglash 

demakdir.  Amir Temurni  ulug’lash-tarix qa’riga chuqur ildiz otgan 

tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib buyuk kelajagiga 

ishonchimizni mustahkamlash demakdir”.  

Amir Temur davlatchiligining markazida xalq va davlat manfaati, inson 

omili turgani bois, bu davrda shakllangan siyosiy udum va an’analarning ijobiy 

jihatlaridan bugungi kunda ham keng foydalanish xalqning farovon turmushini 

ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.     

Amir Temur davrida shakllangan davlat boshqaruvi asoslarining tub 

negizini tahlil etish, uning taraqqiyotiga zamin yaratgan omillarni tushunib 

yetish bugungi kunda ulardan ijodiy foydalanishda dolzarb ahamiyatga ega. Shu 

boisdan Amir Temurning saltanat taraqqiyotida tutgan siyosiy mavqei, bu 

davlatning o’ziga xos xususiyatlari, mavjud ijtimoiy tizimni to’laqonli ochib 

berish muhim masaladir.   

Shuningdek, Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy davlat 

boshqaruv tizimi, qurultoy, mansab (lavozim) va unvonlarning davlatchilik 

asoslarini mustahkamlashga ko’rsatgan ta’sirini tahlil etish alohida dolzarblik 

kasb etadi.  

Amir Temur davlatining sud-huquq, mudofaa va harbiy tizimini yaxlit 

holda tadqiq etish, ularning davlatchilik taraqqiyotidagi o’rnini ko’rsatib berish 

ham muhim masala sanaladi.  

Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari, o’ziga xos 

xususiyatlari, yozishma maktublar va ularning davlat taraqqiyotidagi  o’rnini 

ochib berish, barcha bo’limlar, boblar yuzasidan muhim xulosa va tavsiyalar 

berish hamda ulardan foydalanish ko’lamini kengaytirish bugungi kunda katta 

ahamiyatga ega dolzarb masalalaridan biridir.  

Mustaqillik 

yillarida 

temurshunoslikni 

o’rganish, 

uning 

manbashunosligini nafaqat asliyatda, balki boshqa tillarda ham chop etishda 



jiddiy ishlar olib borgan A.O’rinboev, H.Karomatov, A.Ahmedov, O.Bo’riev, 

43 

 

H.Bobobekov,  A.Saidov,  H.Boboev,  A.Quronbekov,  Z.Muqimov, 



A.Berdimurodov singari zahmatkash olimlarimiz ham ilmiy tadqiqotlar 

yaratdilar va tarjimalarini e’lon qildilar. O’zbekston xalq yozuvchisi 

P.Qodirovning bu boradagi sermazmun maqola va esselari o’quvchilarda katta 

qiziqish uyg’otmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash zururkim hozirgi kunda 

ham Fransiya va Rossiya davlatlarida temurshunoslik ilmiga qiziqish kamaygan 

emas. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar tarixiy muammolari fransuz tarixchi 

olimlarining faoliyatidan maxsus o’rin olgan bo’lib, fransiyada temurshunoslikni 

o’rganishning mustaqil bir maktabi keng faoliyat olib bormoqda. 

Sovet davrida aksariyat hollarda Amir Temur faoliyati salbiy jihatdan 

talqin etilishiga qaramay xorijiy Sharq va G’arbda bu mavzuga oid haqli, 

ob’ektiv tadqiqotlar olib borilgan

1

. Bu borada g’arb olimlarining Amir Temur 



                                                        

1

 Aercke K. Au  tirioir des peurs occidentals / Samarkande 1400–1500. – Paris, 1995. – Pр. 55-72; Ahmad Hasan 



Dani. Timur leogacy / Pakistan Academy of letters. – Islamabad, 1996; Alexandrescu–Derca M. M. La 

campagne de Timur en Anatolie 1402. – Bucuresti, 1942; Aka Ismail. Mirza Sahruh zamanindа (1405–1447) 

timurlularda imar faaliyetleri / Belleten 1984. XLVIII. – S.189–190, 285-297; Ўша муаллиф. Timur’un Ankara 

savasi (1402). Fetihnamesi / Türk tarih Kurumu. Belgeler. Turk tarih belgeleri dergisi, 1986. – S. 15, 1-22; Ўша 

муаллиф. Timur’un ölümünden sonra Guney Iran’da hakimiyet mucadeleleri atsiz armagani. – Istanbul, 1976. – 

S.3-15; Ўша муаллиф. Timur’un ölümünden sonraki hakimiyet mucadelerini kisa bir bakis / DTC. Fakültesi, 

cumhuriyetin 50 yildönü Münü Anma kitabi. – Ankara, 1974. – S. 383-390; Ўша  муаллиф. Timur devri 

Anadolusu / Osmanli. –Ankara, 1999. I cilt. – S.229-234; Amarger P., Laffont K. La fureur des tartares. – Paris, 

1996. – 358 p.; Amoretti B. S. Religion in the timurid and safavid periods / The Cambridge history of Iran. –The  

Cambridge University Press. 1986.VI. chapter 12.– Рр. 610-656; Andrews P. A. The tents of Timur: an 

examiniation of report on the quriltay at Samarkand, 1404 / Art of the European steppe land. ed. P. / Denwood – 

London, 1978. – Pp. 143-181;  Boniville G. de. La terrible vengeance de Tamerlan / Melanges de l’ Universite 

Saint  – Josseph Beirut, 1975–76. XLIX. – Pр. 803-817; Bozkurt M.E. Aksak Temur’un develof politikas. – 

Istanbul, 1943. – 47 p.; Bouvat L. Timur lang / EI. Encyclopaedia Islam. 1934. Vol. 4. – Pр. 777-779. Brent–

Barbara. A carpet and related pictures. A legasy of Timur’s Samarqand / Oriental Art. 1984. XXX. № 2. – P. 

186; Bretschneider E. Notice of the medieval geography and history of Central end Western Asia. Drawn from 

Chinese end Mongol writings, end compared with observations of western authors in the middle ages. – London, 

1877. – 233 p. 2 maps; Brion M. Tamerlan: Presentation de Tamerlan par M. Brion; texts de Tamerlan: Ibn 

Arabchah, Cheref ed–din, Ibn Khaldoun, l’ archeveque de Sultanieh, l’ ambassadeur Clavijo. Le merechal 

boucicant. – Paris, 1963. – 382 p.; Capus G. A travers le Royaume de Tamerlan. Paris, 1892. – 434 p.; Chaghtai 

A. Indian links with Central Asia in in architecture / Indian Art  and letters London, 1937. XII. – Pр. 85-104; 

Dizer M. Ulugbeg. Ankara. 1989. – 98s.; Ferrier R. Trade from the –14 th Century to the end of the safarid 

period / The Cambridge history of Iran. -The  Cambridge University Press. 1986.Vol. VI. – Pр. 412-491; 


44 

 

saltanati haqidagi ancha xolis tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ular 



orasida Fransiya Yevropa temurshunosligining yirik markazlaridan biriga 

aylanib borayotganligini alohida ta’kidlash joiz. Bu yerda “Temuriylar davri 

tarixi, san’atini o’rganish va fransuz-o’zbek madaniy aloqalari Uyushmasi

1

” 



faoliyat yuritmoqda. Bu uyushmaning va  Fransiyada chop etilayotgan  “La 

Timuride” jurnalining faoliyatiga L. Keren rahbarlik qilmoqda. Ushbu jurnalda 

Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qator ilmiy ishlar muntazam 

ravishda e’lon qilib borilmoqda

2

.  


Jumladan, Lyusen Keren

3

 ko’plab tadqiqotlarida  Amir  Temurning 



tarixdagi buyuk xizmatlari, uning davlatida adolat va qonun ustuvorlik 

qilganligi, “rahbar bo’lishdek tug’ma, ammo aqlga sig’maydigan tabiiy va 

sinoatli xislat sohibi”

4

 bo’lganini manbalardagi ma’lumotlar, tarixiy faktlar 



orqali ochib bergan. Uning tadqiqotlari ilmiy ommabop xarakterga ega.  

                                                                                                                                                                             

Fourniau V. Histoire de I’ Asie centrale. Paris, 1994. – 128 p.; Frenet F. La ville, de Cyrus a Tamerlan /  

Samarcande 1400–1500. Paris,  – Pр. 74-82; Haider M. The sovereign in the timurid state (XIV–XV sentuires) // 

Turcica. 1976. VIII. 2. – Pр. 57-79; Haidar M. Timurlar davlatinde hakimiet аnlayisi (XIV– XV yuzyillar) 

Cev.Ehrem Memis.Turk kulturi, 1984. XII. – S. 611–632; La Renessans Timouride. – Paris, – 224 p.; Halil 

Inalchik. Osmanli tarihine toplu bir bakis. Osmanli. – Istanbul, 1999. 12 ciltlik. I cilt. – S. 69-70; Hookham H. 

Timurlaine the concueror. – London, 1962; Kennedy E. The exact  sciences  in timurid Iran / The Cambridge 

history of Iran. –The  Cambridge University Press. 1986.Vol. VI. – Pр. 568-581; Lentz T. Lowry G. Timur and 

the princely  vision. Persian art and culture in the fifteenth centure.  – Washington, 1989. – 396 p; Leomu F. 

Tamerlan. – Paris, 1996. – 354 p. and others.  

1

 Керен Л., Саидов А. Амир Темур ва Франция. – Тошкент: Адолат, 1996.  – Б.15. 



2

 Beaupertius – Bressand F. L’art des jardins a son apogee ou splendeur des jardins de Samarkand // La 

Temuride. –Paris, 1990. – № 4. – Рр.7-8; Ўша муаллиф. Festivites timurides // La Temuride. – Paris, 1996. – № 

16. Рр. 2-3; Jardins Timurides // La Temuride. – Paris, 1991. – № 5. – Рр. 10;  Szuppe M. Le Khorassan  et 

I’Fsia centrale aux XIV–XVIe siecles: aspects de l’unite culturelle et politique // La Timuride. – Paris, 1995. – 

№ 14. – Рр. 8-15;    

3

 Kehren L. Tamerlan, le Seiqneur de fer, Neuchatel, 1978. – 260 p.; Ўша муаллиф. Tamerlan. Paris: Payot, 



1980; O’sha muallif. Tamerlan et Byzance // La Timuride. – Paris, 1994. № 13. – Pр. 3-6; Керен  Л. Амир 

Темур  салтанати. Француз  тилидан  таржима  ва  изоҳлар  муаллифи  Б. Эрматов. – Тошкент: Маьнавият, 

1999. – 224 б. Va boshqalar. 

4

  Керен Л. Амир Темур салтанати... – Б. 169-170. 



45 

 

Fransuz temurshunoslaridan  Jan-Pol Runing Amir Temur va uning 



faoliyatiga oid “Tamerlan”

1

 deb nomlangan ulkan tadqiqoti haqida alohida 



to’xtalib o’tish joiz. Jan-Pol o’z tadqiqotida Chingizxon va uning avlodlari, 

Sohibqironning hokimiyat tepasiga kelishi, davlat tuzishi, Eron, Oltin O’rda, 

musulmon davlatlari bilan munosabatlari va boshqa tarixiy jarayonlarni to’liq 

ochib berishga intiladi

2

. Unda Amir Temurning o’z davridagi jamiyat hayotida 



tutgan o’rni, din, madaniy hayot, davlat va jamiyat  o’rtasidagi aloqalar kabi 

masalalar umumiy holatda talqin etilgan.      

Kembrij Universiteti olimlari tadqiqotlarining Eron tarixi bilan bog’liq 

qator jildlarida

3

 ham Amir Temur davriga oid bir qancha tahlillar mavjud, ammo 



ularda davlat boshqaruv masalalari yechimiga alohida e’tibor berilmagan.   

Tadqiqotchilar orasida Beatris Forbes Mantsning temuriylar davlati 

boshqaruvini o’rganishga qo’shgan hissasini alohida ta’kidlash joiz

4

.  U  Amir  



Temur davlat tepasiga kelishidan avval Chig’atoy ulusida yuz bergan ijtimoiy-

iqtisodiy, siyosiy va etnik o’zgarishlar, Amir Temur davlatining ma’muriy 

boshqaruvi xususida qisman fikr-mulohazalar bildirib o’tgan.  

Bu borada g’arbda salmoqli izlanishlar olib borgan olimlardan biri yana 

biri Xilda Xukxemdir. U Amir Temurning shaxsi va faoliyatini xolisona tadqiq 

etishga harakat qilgan. Xilda Xukxem asosan Amir Temur faoliyatini umumiy 

tarzda yoritish bilan cheklanib, uning davlat boshqaruvini tadqiq etmagan.  

                                                        

1

 Жан–Поль Ру. Тамерлан /  Пер с. фр. Е.А.Соколова. Послесл.В.Л.Егорова;  –  М.: Молодая гвардия, 



2004.  

2

 Жан–Поль Ру. Тамерлан ...  –  С. 20-279. 



3

 The Cambridge history of Iran. – Cambridge, 1970. Vol.2. – Pр. 586-587;  The Cambridge history of Iran. –

Cambridge, 1986. V.6. Chapter 7; The Cambridge history of Iran. The timurid and safarid period. – The  

Cambridge University Press. 1986. Vol. 6. – Pр. 42-14; Timur’s invasion. The Cambridge history of India. – – 

The  Cambridge University Press. 1987. Vol.VIII. – Pр. 195-201. 

4

 Manz Beatrice Forbes. Adminstration and the delegation  of Authority in Temur’s Dominions // Central Asiatic 



Journal. 1976. – № XX. – Pр. 191-207; Ўша муаллиф. The Ulus Chagatay  before and after  Temur’s rise to 

power //  Central Asiatic Journal. 1983. № XXVII. – Рр. 79-100; Ўша муаллиф. The rise and rule of Tamerlane 

/ Cambrige University Press, 1989.  


46 

 

O’zbekistonda ham Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis 



o’rganish, targ’ib qilish mustaqillikka erishilgandan so’ng keng miqyosda 

amalga oshirila boshladi. O’tgan yillar davomida Amir Temur va uning davriga 

bag’ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Halim Boboev 

tomonidan Amir Temur va temuriylar davridagi siyosiy-huquqiy ta’limotlar 

tarixi tadqiq etildi. Unda davlatni idora qilish tadbirlari, kengashlari, vazirlar va 

amirlarni joy-joyiga qo’yish, sipoh, Amir Temurning qarashlari va boshqalar 

xususida to’xtalib o’tilgan. H. Boboev asosan mavzuning huquqiy asoslarini 

ochib berishga intilgan, Ushbu tadqiqotda esa ijtimoiy-siyosiy yo’nalishlar tahlil 

etilgan. 

A.A. To’laganov tomonidan “Amir Temurning o’zbek davlatchiligining 

rivojlanishida tutgan o’rni va mavqei (“Temur tuzuklari”) misolida” 

mavzusidagi tadqiqot amalga oshirildi. U “Tuzuklar”ning yaratilish tarixi, uning 

Movarounnahrdagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini o’rganishdagi 

ahamiyati, Amir Temurning davlatni idora etishga oid tamoyillari, tadbirlari va 

tashkil etilgan davlat kengashlarining davlatchilik tarixidagi o’rni masalalariga 

e’tibor qaratgan.  

Ziyodulla Muqimov olib borgan ilmiy ishda esa O’zbekiston tarixining 

VIII-XIX asrlariga oid tarixiy-huquqiy manbalari va ularning yuridik qimmatiga 

huquqshunoslik nuqtai nazaridan baho berilgan. 

Tarixchi olim Azamat Ziyoning “O’zbek davlatchiligi tarixi” asarida ham 

Amir Temur saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi borasida  to’xtalib o’tilgan

1



Tadqiqotchi Amir Temurning markazlashgan davlat qurishi davriga oid tarixiy 

jarayonlarni qisman tahlil etgan.  

                                                        

1

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. –  Т.: Sharq, 2000. –



B. 368. 

47 

 

D. Abidjonova ingliz ilmiy adabiyotida Amir Temur davrining 



tarixshunosligi masalasi bilan shug’ullandi

1

. Bu tadqiqot ham mavzuni ingliz 



tarixshunosligi ko’lamida kengroq tahlil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. 

Mustaqillik davrida yaratilgan tadqiqotlar orasida X. Mamatovning ishini 

ham alohida ko’rsatib o’tish joiz. Unda “Temur tuzuklari”ning yaratilishi va 

o’rganilishini tadqiq etish orqali Amir Temur davlatining tashkil topishi, 

taraqqiyoti, uning siyosiy qarashlari shakllanishiga tasavvuf ta’limotining 

ko’rsatgan ta’siri, davlat boshlig’i to’g’risidagi mulohazalari, bu davrdagi davlat 

boshqaruvi va xizmati, qonunchilik hamda huquqiy tartibot masalasiga keng 

to’xtalib, mavzuning yuridik mohiyati ochib berilgan

2

.  


Tadqiqotchi S. Xidirov esa o’z tadqiqotida Amir Temur davlatining 

tashkil topishi, rivojlanishi, bu davr g’oya va mafkura, ularning davlat 

boshqaruviga ta’siri, amaldagi davlat boshqaruv shakli, xalqaro munosabatlar 

huquqi borasida izlanishlar olib borgan

3



B.A.Usmonov  “Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya 



tarixshunosligida yoritilishi”

4

 nomli ilmiy ishida mavzuning rus tarixshunosligi 



masalasi keng tahlil etilgan.  

Bulardan tashqari, B. Ahmedov, A. O’rinboev, D. Yusupova,  A. 

Ahmedov, U.Uvatov, O.Bo’riev, B. Mannonov   kabi ko’plab olimlar 

Sharqshunoslik instituti fondida, chet el kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan 

Amir Temur davriga oid birlamchi manbalarni o’zbek va rus tillariga o’girish 

bilan birgalikda keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar olib bordilar va noyob 

ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritdilar.  

                                                        

1

 Абиджонова Д. С. Маверауннахр эпохи правления Амира Темура в англоязычной историографии 60-90-



х годов ХХ в.: Автореф. дисс. ... канд. ист. наук. – Т.: Институт истории АН РУз, 2001. – C.26. 

2

  Mamatov X.T. “Temur tuzuklari”da davlat va huquq masalasi: Yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish 



uchun dissertatsiya. – Т.: IIV Akademiyasi, 2002. – B.156. 

3

 Xidirov С. Amir Temur davlatining tashkil topishi va davlat tuzumi: Yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini 



olish uchun dissertatsiya. – Т.: IIV Akademiyasi, 2002. – B.178.  

4

 Usmonov B.A. Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya tarixshunosligida yoritilishi: Tarix 



fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. – Т.: O’ZFA SHI, 2004. – B.165. 

48 

 

Shuningdek, mustaqillik yillarida qator olimlar tomonidan Amir Temur va 



uning faoliyatiga bag’ishlab bir qancha salmoqli ilmiy tadqiqotlar yaratildi va 

katta ishlar olib borilmoqda

1

. Bu ishlar orasida “Amir Temur jahon tarixida” deb 



nomlangan  yirik fundamental tadqiqotni ham alohida ta’kidlab o’tish joiz. Unda 

Amir Temur davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga oid  qimmatli 

tahlillar, davlatchilik tarixiga oid ba’zi ma’lumotlar  berilgan

2

.  Vazirlar 



Mahkamasining 1998 yil 25 avgustdagi farmoyishi bilan bu ulkan tadqiqot 

to’ldirildi va 2001 yilda qayta nashr etildi

3

.  


Rossiyada ham Amir Temur davri tarixi va madaniyatiga bo’lgan qiziqish 

ortib bormoqda. Tarixiy voqealik hamda haqiqatni aniqlash borasida mashhur 

tarixchilar bilan bir qatorda yosh olimlarning ham ilmiy tadqiqotlar olib 

borayotganliklari quvonarli holdir. Bu borada rossiyaning samara viloyati, 

koshki qishlog’idagi maktabning bitiruvchi sinf o’quvchisi Mixail Arnoldovning 

buyuk bobokolonimiz Amir Temurning 1391 yilda oltin o’rdaning istilochi xoni 

to’xtamish bilan jangi bo’lib o’tgan joyni aniqlash masalasiga bag’ishlangan 

maqolasi, ayniqsa diqqatga sazovordir. 

Uning bu mehnati Rossiyada nufuzli hisoblangan “Наука  и  жизнь” 

jurnali tomonidan e’lon qilingan tanlovda birinchi mukofot bilan taqdirlanib, 

2004 yilning 4-sonida chop etildi. Mazkur maqolada yosh tarixchi yuqorida 

qayd etilgan jangning joyini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar natijalarini keltirish 

bilan birga ushbu tarixiy voqeaning rossiya xalqlari taqdirida olgan o’rni va 

umuman, o’quv adabiyotlarida ushbu mavzuning yoritilishi xususida fikr-

mulohazalari bilan o’rtoqlashadi. 

                                                        

1

Амир Темур жаҳон тарихида / Иш раҳбари проф. С. С. Саидқосимов. –  Тошкент: Шарқ, 1996; Аҳмедов  



Б.  Амир  Темурни  ёд  этиб.  –  Тошкент:  Ўзбекистон,  1996;    Амир  Темур  ва  унинг  дунё  тарихида  тутган 

ўрни. –  Тошкент: Фан, 1996; Бобоев Ҳ. Б. Амир Темур ва унинг  қарашлари. –  Тошкент: Адолат, 1992; 

Бўриев  О. Амир  Темур  даврида  Мовароуннаҳр  ва  Мўғулистон  муносабатлари // Шарқшунослик. – 

Тошкент, 1996. – №7.– Б.37-44; Бўриев  О. Темурийлар  даври  ёзма  манбаларида  Марказий  Осиё.  –  

Тошкент: Ўзбекистон, 1997; Керен Л., Саидов А. Амир Темур ва Франция. ... ва бошқалар. 

2

 Davlat boshqaruvi/Amir Temur jahon tarixida  –  Т.: Sharq, 2000.– B.64-69.  



3

 Amir Temur jahon tarixida  / To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri. –  Т.: Sharq, 2001. – B.304. 



49 

 

Xullas, salohiyatli davlat arbobi, shavkatli harbiy sarkarda amir temur 



jahon xalqlari tarixida ulkan iz qoldirgan tarixiy shaxs sanaladi. O’tgan o’rta asr 

davrlaridan tortib, to hozirgi kunlarimizgacha uning shaxsiga qiziqish hech 

qachon pasaygan emas. Mag’ribu mashriqning tarixshunlari, so’z san’akotrlari 

uning siymosini chizishga, fenomeni sirlarini ochishga intilaveradilar.  



Download 327,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish