1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«Himoyaga ruxsat etildi»
Ijtimoiy – iqtisodiy fakulteti dekani
________ t.f.n., N.Dehqonov
2017 yil «____» iyun
5111600 –“Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo`nalishi
4-kurs MIG’-73-13-guruh bitiruvchisi
Janonov Fayzullo Alijon o’g’li
“Amir Temur faoliyatida adolat tamoyiliga asoslanishi”
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI
BMI rahbari: katta o’qituvchi A.Abdullayev
“Himoyaga tavsiya etildi”
“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va
huquq” ta’limi kafedrasi mudiri
t.f.n. dots. B.A. Talapov
“____” ________________ 2017 y.
Namangan-2017
2
MUNDARIJA
KIRISH................................................................................
3-8
I BOB.
AMIR TEMUR DAVLATIDAGI IJTIMOIY ADOLAT
TAMOYILLARINI O’RGANISHNING NAZARIY-
METODOLOGIK MASALALARI………………………
9-28
1.1. Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi va uning o’ziga
xos xususiyatlari......................................................................
9-18
1.2. Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati
masalalari.................................................................................
19-28
II BOB.
AMIR TEMUR DAVLATIDA IJTIMOIY-SIYOSIY
MUNOSABATLARNI BOSHQARISHDA ADOLAT
MASALASI…………………………………………………
2.1. Ijtimoiy munosabatlarni boshqarishda adolatli toifa
tamoyili...................................................................................
2.2. Amir Temur davlatidagi adolat tamoyilini bugungi
kundagi ahamiyati...................................................................
29-49
29-36
37-49
XULOSA................................................................................ 50-54
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR
RO’YXATI.............................................................................
55-60
3
K I R I SH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Amir Temur Vatan farzandi. Vatan
farzandlari odatda shaxsiy manfaatlarini chetga surib qo’yib, xalqi, millati uchun
astoydil xizmat qiladilar. Vatan farzandlari katta ma’naviy salohiyatga ega
bo’ladilar. Ularning ma’naviy imkoniyatlari bir kishiga xizmat qilish doirasidan
chiqib, ulkan qudratli ijtimoiy kuchga aylanadi. Natijada u, ijtimoiy kuch eliga,
xalqiga, vataniga xizmat qila boshlaydi O’zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti I.Karimov ma’naviy omillarining ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyati haqida
gapirib “ma’naviyat-insoniyatning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-
qudratidir”
1
-deb ta’kidlashlari yuqoridagi fikrimizga asosdir. Demoqchimizki,
Sohibqiron Amir Temur bin Muhammad Tarag’ay Bahodirxon o’g’li ham,
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ham Vatan
ozodligi, mustaqilligiga, uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga xizmat
qilgan katta ma’naviy salohiyat sohiblaridirlar. Ular o’zi tabiatan shunday
insonlardirlar.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Amir
Temur tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferentsiyadagi
nutqlarida “Amir Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni tarix
taqozosi, shu zamon talablari, kerak bo’lsa, zamon ehtiyoji hayotiga olib keladi
va ul zotlarning fazilat – xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi...
Kimki Amir Temur qadimiy Turkiston zaminida tasodifan paydo bo’lgan desa,
xato qiladi. Nega deganda hech narsa to’satdan paydo bo’lmaydi. Hamma
narsaning o’z qonuniyati bor”,
2
- deb alohida ta’kidlagan edi. Agar ana shu ilmiy
haqiqat me’zoniga amal qilsak, O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishishida va
uni siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy kabi jihatlardan
mustahkamlashda uning sarbonining alohida o’rni, hissasi bor. Buni endi hech
kim inkor eta olmaydi. Bu ijtimoiy aksioma. Katta ma’naviy imkoniyatga ega
bo’lgan insonlar ulug’ ishlarni rejalashtiradilar. O’zbekiston Respublikasining
1
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, Т.: O’zbekiston, 1996. –B. 81.
2
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. Т.: O’zbekiston, 1997. –B. 181-182.
4
birinchi Prezidenti I.Karimov ana shunday katta ma’naviy salohiyatga ega
bo’lgan yirik davlat rahbari, xalqaro siyosiy arbobdir. Demoqchimizki, Islom
Karimovni buyuk intellekt, mentalitet sohibi-millat, Vatan, zamon berdi,
yetishtirdi. Millat vataniga xizmat qilgan ulug’-zakovat sohiblari bo’lgan
farzandlari bilan faxrlanadi.
Istiqlol Amir Temurni yuqori davlat siyosati darajasida ulug’ladi. O’z
navbatida sohibqiron Amir Temur ham yana Vatan mustaqilligiga ma’naviy
xizmat qilib kelmoqdalar. Amir Temurni “o’ldiramiz” deganlarning o’zlari o’lib
ketdilar. U – qizil, kaltabin “dohiy”lar tushunmadilarki, millat, Vatan dardi bilan
yashagan ulug’ insonlarni o’ldirib bo’lmaydi. Chunki ular hayotliklaridayoq
hech qachon “o’lmaslik” chorasini ko’rib qo’yganlar. Bu tarixning hech
qayerida yozilmagan, hamma ham darhol hazm qila olmaydigan falsafasidir.
Sohibqiron Amir Temurning Vatan, millat oldidagi buyuk xizmatlaridan
biri – ajnabiy hukmdorlar tomonidan toptalgan milliy davlatchilik institutini
qayta tiklab, qonun va adolat asosida yanada rivojlantirganligidadir. Amir
Temurning milliy davlatchilik siyosati deganda – uni boshqaruv tizimi, ichki va
tashqi idora tartiblari nazarda tutiladi. Istiqlol yillarida bu xususda juda ko’p
kitoblar, maqolalar yozilgan. Jumladan, Amir Temur davlatchiligi, uning
mohiyati va ahamiyati, xalqaro nufuzi masalasi O’zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlari, maqola va nutqlarida har tomonlama
ilmiy, siyosiy qamrovda tahlil qilib berilgan. U kishining “Ehtirom”, “Amir
Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo’laversin”,
“Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir”, “Azaliy buyuklik
maskani”, “Sohibqiron kamolga yetgan yurt”, “Adolat va qudrat timsoli”,
“Amir Temur – faxrimiz g’ururimiz” va boshqa o’nlab maqola,
1
rasmiy
hujjatlarda Amir Temur davlatchilik siyosatining barcha jabhalari haqiqat
mezonida, istiqlolchasiga ilmiy, xolisona izohlab berildi. U kishi faxr bilan
1
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, Т.: O’zbekiston, 1996. –B. 360.;
Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. – Т.: O’zbekiston, 1996. –B.340; Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash –
davr talabi. 5-jild. Т.: O’zbekiston, 1997. –B.166-170, 171-174, 175-178, 179-180, 181-191.
5
ta’kidlaganidek “Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli
bo’lmasa, betakror ma’naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham
bo’lmasdi. O’zbekistonning bugungi mustaqilligini mustahkamlash davrida
Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat
poydevorini qurgan. Davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning
davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun
ham katta ahamiyat kasb etadi”
1
.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Xalqimiz tarixi haqida juda
ko’plab asarlar yozilgan. Ular turli davrda turli mafkuralar ta’sirida yaratilgan.
Vatandoshlarimiz ham boshqa mamlakatlarning tadqiqotchilari ham o’lkamiz
tarixini yaratganlar. Lekin ularning har birini taqqoslab, sinchiklab, tahlil qilib
o’rganish hozirgi davrda muhim ahamiyatga egadir. Masalan, ikki jilddan iborat
Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” bilan B.Ahmedovning “Amir Temur”
kitobini taqqoslaydigan bo’lsak boshqacha ohang, ma’no-mazmun beradi. Lekin
Ibn Arabshoh kitobi ham biz uchun qator ma’lumotlar beradi.
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi bo’yicha xorij olimlari tomonidan
bir necha yo’nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilgan
2
.
Amir Temur davlatida boshqaruv tizimining mazmuni, unda muayyan
mayllar ustuvorligi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar rivoji, unga xos xususiyatlar
bilan uzviy bog’liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mavzu doirasidagi
masalalarni o’rganishda R.M.Abdullaev, N.A.Abdurahimova, Azamat Ziyo,
1
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. Т.: O’zbekiston, 1997. –B. 185.
2
Бартольд В.В. Тимур Тамерлан. //Энциклопедический словарь “Бракгауз – Ефрот”. –Т.XXXIII. Спб.
1901 –с. 195-197. Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-1406). – М., 1990. –
С.107 Гиббон Эдуард. История упадка и разрушения Римской империи. Пер. с англ. В.Н.Неведомский. –
Ч.III. –М., 1885, -с.170-172. Якубовский А.Ю. Тимур (Опыт краткой характеристики)//Вопросы истории.
– 1946, №8. - С.53-54; Новое издание. //Тамерлан: Эпоха, личность, деяния. –М., 1992. –с.11-13.
Якубовский А.Ю. Тимур. //Тамерлан: Эпоха, личность, деяния. –М., 1992. –с.11. Хильда Хукхэм.
Властитель семи созвездий. – Ташкент, 1995, - С.314; Джастин Мароцци. Тамерлан. – М., 2008. –с.446;
Березиков Е. Великий Тимур. – Ташкент, 1994. – с.335. Новосельцев А.П. Об исторической оценке
Тимура. //Вопросы истории, 1973. -№2, -с.20. Додхудоева Л.Н. Тимуриды: тенденции политического,
социального и экономического развития. –Душанбе, 2003. Хамза Камол. Темурланг. –Душанбе. 2004.
Турсунова Г.Н. Амир Темур. -Худжанд, 2006, -192 с.
6
D.Alimova, B.Ahmedov, S.S.A’zamxo’jaev, A.Begmatov, N.Jo’raev,
Sh.Ziyodov, H.Ziyoev, D.Ziyoeva, B.Ishakov, S.Mamashokirov, A.Mansur,
A.Nabiev, Q.Rajabov, U.Uvatov, M.Haydarov, K.Shoniyozov, B.Eshonjonov,
Z.Qodirov, O.Qoriev, D.G’ulomova kabi tarixchi, faylasuf, dinshunos,
islomshunos olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni alohida
qayd etish zarur
1
.
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimining ijtimoiy-huquqiy va siyosiy
jihatlarini o’rganish bo’yicha ham mamlakatimiz olimlari tomonidan bir qancha
ilmiy izlanishlar olib borilgan
2
.
1
Абдуллаев Р. Миллий сиёсий ғоялар тарихидан. //Инсон ва сиёсат, №9, 1991; Абдурахимова Н.А.
Колониальная система власти в Туркестане (вторая половина XIX-нач. XX вв). Автореф. дис. доктора
ист.наук.-Т: 1994; Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: Энг қадимги даврдан Россия босқинига
қадар.-Т.: Шарқ, 2000;
Алимова Д.А. Джадидизм в Средней Азии. Пути обновления, реформы, борьба за
независимость.-Т: Ўзбекистон, 2000; Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар.-Т.: Ўқитувчи, 1994; Аъзамхўжаев
С. Туркистон мухторияти: миллий-демократик давлатчилик қурилиш тажрибаси.-Т.:Маънавият, 2000;
Бегматов А. Тарихий тафаккур ривожи. //Мулоқот, 1997, №5; Жўраев Н. Ўзбекистонда янгиланишлар
концепциясининг яратилиши, эволюцияси ва амалиётда қўлланилиши. Сиёсий фан. докт. дис. автореф.-
Т.: “Академия”, 2001; Зиёдов Ш. Ал-Мотуридий ҳаёти ва мероси.-Т.: Абдулла Қодирий номидаги ҳалқ
мероси нашриёти, 2000; Зиёев Ҳ. Тарих-ўтмиш ва келажак кўзгуси.-Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат нашриёти, 2000; Зиёева Д. Сохта ва чин ҳақиқатлар ёҳуд тарихимизнинг ўқилмаган саҳифалари
хусусида. //Тафаккур, 1998, №3; Исхаков Ф.Б. Национальная политика царизма в Туркестане (1867-
1917).-Т.: Фан, 1997; Мамашокиров С. Тарихий тафаккур мезони. //Тафаккур, 1999,№4; Мансур А. Имом
ал-Бухорий мазҳавби.// Шарқ машъали, №3-4, 1998; Набиев А. Мустақиллик учун кураш ёхуд
парчаланган Туркистон тарихи.-Т.: Ёзувчи, 1998; Ражабов Қ., Ҳайдаров М. Туркистон тарихи.-Т.:
Университет, 2002; Уватов У. Ал-Ҳаким ат-Термизий.-Т.: Маънавият, 2001; Ҳайдаров М. Туркистонда
совет ҳокимияти юритган сиёсатнинг маҳаллий аҳолига бўлган таъсири (1917-1924 й.). //ТошДУ
хабарлари, №1, 1998; Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни.-Т.: Шарқ, 2001; Эшонжонов Б.
IX аср Мовароауннаҳр маданий ҳаётида имом Ал-Бухорийнинг мавқеи ва унинг ал-жомеъ ас-сащищ
асарида фи=щий масалалар. Ислом тарихи ва манбашунослиги фан.номз.дис.автореф.–Т.: 2001; Қодиров
З. Имом Аъзам ҳаёт йўли ва фиқҳ усуллари.-Т.: Мовароуннаҳр, 1999; Қориев О. Ал-Марғиноний-
машҳур фиқҳшунос.-Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2000; Ғуломова Д., Никитенко Г.
Одамларнинг тарихий хотираси социологияни ўрганиш объекти сифатида. //Ижтиомий фикр. Инсон
ҳуқуқлари.-2001.-№4.
2
Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой науки. – Ташкент, 1999. – С.28-31 Ахмедов
Б.А. Улугбек и политическая жизнь Мавераннахра первой половины XV в. //Из истории эпохи
Улугбека. –Ташкент: Фан, 1965. –С.5-66.; Его же. Сохибкирон Темур (узбек, рус ва инглис тилларида).
Тошкент, 1996.; Его же. Амир Темур дарслари. –Тошкент:Шарк, 2001. –144 с. Хидоятов Г.А. Темур, его
7
Mavjud ilmiy adabiyotlar va izlanishlar tahlili Amir Temur faoliyatida
adolat tamoyillarining asoslanishi mustaqil tadqiqot ob’ekti sifatida alohida
olingan holda o’rganilmaganini ko’rsatadi. Bu tadqiqot mavzuini ilmiy
o’rganish ob’ekti sifatida tanlab olinishiga sabab bo’ldi.
Malakaviy bitiruv ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan
bog’liqligi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi Namangan davlat universitetining
ilmiy-tadqiqot rejasi bilan uzviy bog’liq.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Amir Temur faoliyatida adolat
tamoyillarining asoslanishini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
– Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi va uning o’ziga xos
xususiyatlarini tadqiq qilish;
– Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati masalalarini
aniqlash;
– Ijtimoiy munosabatlarni boshqarishda adolatli toifa tamoyilini tahlil
qilish;
– Amir Temur davlatidagi adolat tamoyilini bugungi kundagi
ahamiyatini to’g’ri baholashdan iborat.
Tadqiqotning metodlari. Ko’zlangan maqsadga erishish, belgilangan
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlashda ilmiy bilishning: ob’ektivlik,
sistemalilik, umumiy aloqadorlik, rivojlanish, vorislik, milliylik va
umuminsoniylik, tarixiylik va mantiqiylikning birligi tamoyillari hamda qiyosiy
tahlil, analiz va sintez, analogiya, umumlashtirish usullari metodologik asos
bo’lib xizmat qildi.
роль в судьбах России и Европы. http://www.asiaforum.uz/index.php.Ибн Арабшах. История Амир Тимура.
Ачоиб ал-макдур фи таърихи Таймур. /Автор перевода Хайдарбек Бобобеков. 3-е издание. –Ташкент,
2008. -239 с.; Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-1406). –М., 1990; Фома
Мецински. История Темурланга и его приемников. –http://www.vostlit.info/texts.rus; Иоган Шильтбергер.
Путешествие по Европе, Азии и Африке с 1394 года по 1427 год. /Перевод с старонемецкого Ф.К.Браун.
–Баку: Элм, 1984. –с.23-31.
8
Tadqiqotning ahamiyati. Malakaviy bitiruv ishining ahamiyati unda o’z
aksini topgan xulosalarning Amir Temur faoliyatida adolat tamoyillarining
asoslanishini chuqurroq anglab yetishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Ularni
tadqiq etish konkret mamlakatimiz boshqaruv tizimida sodir bo’layotgan ijobiy
o’zgarishlarning mazmunini to’g’ri anglashga yordam beradi. Bu o’z navbatida,
milliy boshqaruv tizimi va uning istiqbolini oldindan ko’ra bilish uchun sharoit
yaratadi. Ayni paytda, malakaviy bitiruv ishida bayon etilgan xulosalar ushbu
yo’nalishdagi keyingi tadqiqotlar uchun muayyan nazariy manba bo’lib xizmat
qilishi mumkin.
Malakaviy bitiruv ishining ahamiyati unda o’z aksini topgan nazariy
xulosalar va umumlashmalar, konkret amaliy taklif-tavsiyalardan Amir Temur
faoliyatida adolat tamoyillarining asoslanishini tadqiq etishga qaratilgan
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, mustaqillik
sharoitida tarixiy tafakkurda sodir bo’layotgan keng qamrovli ijobiy
o’zgarishlarni ushbu yo’nalishda faoliyat yuritayotgan uyushmalar,
jamg’armalarning faoliyati orqali keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib va tashviq
qilish jarayonida, o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tegishli
o’quv kurslarini o’qitishda ham foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi hajmi
60 bet
bo’lib, “Kirish”, ikkita bob, to’rtta paragraf, “Xulosa” hamda “Foydalanilgan
manba va adabiyotlar ro’yxati”dan iborat.
9
I BOB. AMIR TEMUR DAVLATIDAGI IJTIMOIY ADOLAT
TAMOYILLARINI O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK
MASALALARI
1.1. Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi va uning o’ziga xos
xususiyatlari
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgunga qadar, ya’ni XIV asrning
60 yillarida Movarounnahr o’z boshidan siyosiy parokandalik, o’zaro
kurashlarni o’tkazmoqda edi. Mamlakatning viloyatlarida mustaqillik da’vosini
ko’tarib chiqayotgan mahalliy sulolalar, chunonchi, Xorazmda so’fiylar,
Qashqadaryoda barloslar, Xo’jandda jaloirlar, Shibirg’onda naymanlar, Balhda
amir Husayn, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar va hokazo o’zlarini
hokimu mutlaq deb hisoblab, bir-birlari bilan yovlashib mamlakatning
butunligiga jiddiy xavf solmoqda edilar. Buning ustiga 1360 yilda katta qo’shin
bilan bostirib kelgan Mug’uliston xoni Tuqlug’ Temur yurtni vayronaga
aylantirib, xalqqa og’ir sitamlar o’tkazar edi. Shunday qaltis vaziyatda siyosat
maydoniga kirib kelgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik,
aql-zakovat bilan ish ko’rish vazifasi turar edi. Temurbek o’z rejalarini amalga
oshirish maqsadida 1361yilda Tuqlug’ Temur xizmatiga kiradi va o’z atrofiga
ishonchli kishilarni to’plab mug’ul bosqinchilariga zarba berishga kirishadi.
Avval Tuqlug’ Temurning o’g’li Ilyosxo’jaga so’ngra Amir Husaynga
qarshi kurashib g’alabani qo’lga kiritgan Amir Temur 1370 yilda
Movarounnahrning mutlaq hokimi bo’ldi.
Hokimiyatni qo’lga olgan Amir Temur yurtni obod qilishga, aholi
turmush tarzini yaxshilashga kirishdi. Avvalo mamlakat poytaxti Samarqandni
qayta tikladi. Hofizi Abruning so’zlari bilan aytganda, “Temur loydan bo’lgan
Samarqandni qaytadan toshdan qurdi”. Samarqand shahri ko’chalarini
kengaytirdi, bozorlarni tartibga soldi, savdo timlari, do’konlar qurdirib
10
savdo-sotiqni yo’lga qo’ydi. Samarqand shahrining olti darvozasi qayta tiklanib,
obod qilindi.
Amir Temur o’zi tug’ilib o’sgan Shahrisabzni ham obod qilib, ko’rkam
saroylar, chorsu, bozor, hammomlar barpo etdi.
Sohibqiron Qarshi, Buxoro shaharalarini obod qilish maqsadida shahar
atrofini devorlar bilan mustahkamladi, Saroylar, madrasalar, hammomlar
qurdirib xalqning sog’ligini, madaniy ahvolini yaxshiladi.
Amir Temur islom dinini rivojlantirishga juda katta e’tibor berdi va din
peshvolarini qadrladi. Shohi Zinda ansamblini obod etdi, Turkiston shahrida
Xoja Ahmad Yassaviyga atab maqbara qurdirdi.
Amir Temur avvalo Movarounnahrda Ko’ksaroy, Bo’stonsaroy, Oqsaroy,
Go’ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi kabi osmono’par binolarni qurdirdiki,
bular dunyoda tengsiz me’moriy yodgorliklardir.
Amir Temurning ulug’ maqsadi – Vatanining ozod va obod, xalqining
boy, badavlat, farovon bo’lishiga qaratilgan. Butun hayoti davomida shu
maqsadga qat’iy amal qilgan.
U qo’riq va xaroba yerlarga suv chiqarish, buzilgan ko’priklarni tuzatish,
yangilarini qurish, yo’llar xavfsizligini ta’minlash, savdogarlar, yo’lovchilar
hayotini, mol-mulkini himoya qilish, musofirxonalar, karvonsaroylar qurish kabi
katta kuch va mablag’ talab qiladigan eng ma’suliyatli vazifaslarni amalga
oshirishni davlat ixtiyoriga o’tkazdi.
Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha sohibqiron Amir Temur yurtni
obod qilishga hafsalasi nihoyatda bland bo’lgan, ekin ekilishiga yaraydigan biror
qarich yerni zoe bo’lishiga yo’l qo’ymagan. Obodonchilik yo’lida fidoiy inson
bo’lgan Amir Temur Turon, Eron, Xuroson va boshqa joylarda yangi yerlar
ochish, bog’lar yaratish kabi tarixiy tadbirlarni amalga oshirgan. Samarqand,
Shahrisabz va mamlakatning boshqa viloyatlarida o’nlab kanallar, ariqlar
chiqartirilib, ekinzorlar, bog’lar barpo qildirilganki, natijada mo’l-ko’lchilik,
to’qchilik, farovonlik yuzaga kelgan.
11
Amir Temurning obodonchilik ishlariga qanchalik katta ahamiyat
berganligini Xurosondagi Murg’ob daryosidan 20 ta kanal qazdirib sug’orilishi
qiyin bo’lgan yerlarga suv chiqarganligidan, yoki tog’li Qorabog’da bo’lib
turgan paytida uzunligi 60-70 km keladigan Barlos kanalining qazilganligi, 35-
40 km uzunlikdagi Baylokon kanali qazilganligi, 30-35 km uzunlikda Qobul
yaqinidagi G’urbon daryosidan chiqarilgan kanallaridan ham bilish mumkin.
Amir Temur o’z mamlakati poytaxti bo’lgan Samarqand shahrini obod va
ko’rkam qilishga nechog’lik katta e’tibor qaratilganligini u yaratgan chorbog’lar
misolida yanada yaxshiroq bilish mumkin.
Bu chorbog’lar – Bog’i nav, bog’i jahonnamo, bog’i taxta qoracha, bog’i
behisht, bog’i davlatobod, bog’i naqsh jahon, bog’i amirzoda Shohruh, bog’i
bo’ldu, bog’i dilkusho, bog’i shamol, bog’ zog’on, bog’i baland, bog’i chinor,
bog’i maydon va hokazo.
Ayniqsa Samarqand shuhratini olamga yoyish maqsadida uning atrofida
yettita yo’ldosh shaharcha bunyod ettiradi va ularga Yevropa va Osiyodagi eng
mashhur shaharlarning nomini beradi. Bular Bog’dod, Damashq, Misr, Sheroz,
Sultoniya, Parij, Madrid va boshqalar.
Xulosa shuki, Movarounnahrning Samarqand, Qarshi, Shahrisabz,
Buxoro, Toshkent shuningdek Qobul, Hirot, Hindiston va boshqa Sharq
mamlakatlarida bugungi kungacha o’z salobati va chiroyini ko’z-ko’z qilib
kelayotgan noyob obidalarning bunyod etilishida, shu o’lkalarda xalq turmush
tarzini yaxshilanishida sohibqiron Amir Temurning xizmatlari buyukdir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov, -
“Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini,
cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu
asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi
kerak,”
1
- deb ta’kidlaydilar. Bu bejiz emas albatta. O’zbekiston mustaqillikka
erishgach O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning
Amir Temur haqida aytgan fikrlariga amal qilib yurtni obod qilishga kirishildi.
1
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. Т.: O’zbekiston, 1997. –B. 177.
12
O’zbekistonda qurilayotgan go’zal binolar, madaniy-ma’muriy inshooatlar, o’z
chiroyi, ko’rkini ko’z-ko’z qilib turgan bog’lar buning yorqin misolidir.
Jumladan, Navoiy shahrida yaratilgan so’lim bog’, yoshlar dam oladigan
istirohat maskani ham buning isbotidir.
Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o’z
qo’shinlariga suyanganligi sababli harbiy islohotga, ya’ni qo’shin boshliqlarini
tanlash, lashkar qismlar, ularning joylashishi, askarlarning qurollanishi va harbiy
intizom masalalariga keng e’tibor bergan. U qo’shinlarini o’nlik, yuzlik, minglik
kabi askariy birikmalarga bo’lgan. Uning uchun har bir askar jang qilish
uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblagan. Amir Temur lashkarlarga ham katta
e’tibor berib, ular nizomni qat’iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo’lishi,
dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo’lishi lozim deb hisoblardi. Ibn
Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojo’y
kishilar ko’p bo’lgan. Ular bechoralarga xayru ehson ko’rsatish, boshga og’ir
kunlar tushganda yordam qo’lini cho’zish, asirlarga yumshoq muomalada
bo’lish va ularni ozod etishga odatlanganlar. Amir Temur doim jangda jasorat
ko’rsatgan amirlar va askarlarga alohida e’tibor bilan qaradi. Natijada
Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qo’shinlari ichida intizomni
mustahkamlash bilan o’z davlatining poydevori bo’lgan qo’shin tuzishga
muvaffaq bo’ldi.
O’zbekiston tarixida Amir Temur va Temuriylar davri alohida, salmoqli
o’rin egallaydi. Amir Temur jahon tarixida buyuk, qudratli va gullab yashnagan
davlat barpo etgan sarkarda va davlat arbobi hisoblanadi. Uning bunyod ettirgan
me’morchilik obidalari qurdirgan asora-atiqalari hozirgi kunda ham
Vatanimizning ko’rkiga ko’rk, husniga husn qo’shib turibdi.
Amir Temur shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga hokimyat
tepasiga kelishi bilanoq astoydil kirishdi. Masalan, 1371-1372 yillarda poytaxt
Samarqandning buzulib ketgan hisori (qal’a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida
bo’lgan devorini tiklatdi. o’shanda Shahriston (tashqi shahar) va uning
6 darvozasi (Shayzoda Ohanin, Feruza, So’zangaron, Korizgoh, Chorsu) ichida
13
4 qavatli 2 ulkan saroy Ko’k saroy va Bo’ston saroy bunyod etildi, shahar
ko’chalari va bozorlari obod qilindi. Shohi Zindada o’lja oyi (o’ljoy Turkon
og’a) Tug’liq tegin, Qutlug’ Turkon og’a Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va
chortoq qurildi. Temurning rag’bati bilan Samarqand Chorsusida Tim va
shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o’tgan shoh ko’cha Ruhobod
maqbaralari ham qurildi.
8
Amir Temur davridagi davlat tizimi, boshqaruv tartiblari, diplomatik
munosabatlar, davlatlar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatlar ishlab chiqarish
va savdo-sotiqning rivojlanishiga yaxshi shart-sharoitlar yaratilgan. Amir Temur
ilm fan ahliga g’amxo’rlik ko’rsatganligi, uning tarix oldida buyuk siymo
ekanligidan dalolat beradi. Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan, buni uning
harbiy yurishlari vaqtidagi olamshumul g’alabalarida ham ko’rishimiz mumkin.
Irodali, uzoqni ko’ra biluvchi va mard inson bo’lgan. Harbiy sa’nat tarixi Amir
Temurni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida tan oladi. Harbiy
qo’mondonga beriladigan eng xolis baho uning janglarida erishgan yutuqlari
hisoblanadi. Uning harbiy qo’shin tuzilishi va harakat olib borishi bo’yicha
o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lib, u o’zidan avvalgi harbiy sohadagi yutuqlardan
foydalangan holda ko’pgina o’ziga xos muhim jihatlarni o’zida aks ettirgan.
Amir Temur sanoat va hunarmandchilik rivojlanishiga alohida e’tibor bergan.
Amir Temur taraqqiyparvar an’analarga asoslangan davlat boshqaruvi joriy
qilgan. U quruq hokimiyatdan qonuniylik hokimiyatini ustun qo’ygan holda,
siyosiy va hududiy to’qnashuvlarda ustalik bilan ish olib borgan. U o’zida har
tomonlama yuksak qobiliyatlarni mujassamlashtirish bilan birga eng zamonaviy
yutuqlar va ijobiy xususiyat hayotga tadbiq etishga harakat qilgan. U
Samarqandga olimlar, buyuk mutafakkirlar, faylasuf, tarixchi, arxitektor,
rassomlar, hattotlar va boshqa sohalarning yetuk vakillarini to’plashga muyassar
bo’lgan. U mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash uchun savdo yo’llari, bozorlar,
yo’llar va boshqa inshootlarni qurdirgan. Ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar
uchun shart-sharoit yaratib bergan. Bu sohaning har tomonlama rivojlanishiga
8
Аxмедов Б. Амир. Темурнинг тарихдаги ўрни. Мулоқот, 1996 № 5. –Б. 4,9.
14
harakat qilib. Mamlakatning turli joylarida sug’orish inshootlari, suv omborlari,
hovuzlar qurilgan, ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash ishlari tartibga
solingan.
Sohibqiron Amir Temur taniqli davlat arbobi sifatida davlatni boshqarish,
davlat xizmatchilarining huquq va vazifalari, ularning axloqiy fazilatlariga doir
dolzarb muammolarni hal qilishga uringan. Davlat qurilishi sohasida: “Davlat
agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday
saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och
odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu
nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to’sig’i yo’q uyga
o’xshaydi”
1
, - degan o’gitni bayon qilib, har bir davlat rahbari o’zining
saltanatini, birinchi navbatda, qonun-qoidalar asosida qurishi, bu qonun-
qoidalarning fuqarolar tomonidan tan olinishini ta’minlab, ularning bajarilishi
yo’lida xizmat qilishi lozimligini uqtiradi. Demak, hukmdor davlat, xalq uchun
xizmat qilishi kerak degan g’oyani ilgari suradi.
Davlatni boshqarish masalasiga kelganda esa, birinchidan, kengash;
ikkinchidan, mashvaratu maslahat; uchinchidan, qat’iy qaror, tadbirkorlik va
hushyorlik; to’rtinchidan, ehtiyotkorlik bilan ish yuritish nihoyatda katta
mas’uliyat talab qilishini, uni o’zboshimchalik bilan emas, xalq qalbiga quloq
solish orqali oqilona boshqarish zarur ekanligini ko’rsatadi. Ayniqsa,
mamlakatni boshqarish ishlarini tashkil etishda davlat vazirlarining o’rni katta
ekanligini anglagan Amir Temur, sulton, avvalo, adolatpesha bo’lsin, o’z
atrofida insofli, adolatli vazirlar saqlasin, toki podshoh zulm qilsa, odil vazir
uning chorasini topsin. Agar vazir zolim bo’lsa, ko’p o’tmay saltanat uyi
qulaydi, deb uqtirgan holda “adolatli vazirlar davlat ustunidir” degan g’oya
asosida ish olib boradi.
Amir Temur davlatni boshqarishda vazirlar, amirlar va viloyat voliylariga
alohida ahamiyat bergan. Vazir bo’lgan kishi quyidagi to’rt sifatga ega
bo’lishini ta’kidlaydi:
1
Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B. 66-67.
15
birinchisi, asillik, toza nasllilik;
ikkinchisi, aql, farosatlilik;
uchinchisi, sipohi raiyat ahvolida xabardorlik, ularga nisbatan
xushmuomalalik;
to’rtinchisi, sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik
1
.
Amir Temur vazirning nasl-nasabining tozaligi va asilligiga e’tibor berar
ekan, nasli toza vazir davlat ishlarini boqarishda to’g’rilik va adolatlilik
yo’lidan borishini ta’kidlaydi. Toza naslli vazir davlatning moliyaviy va mulkiy
ishlarini tartibga keltiradi. Sipohiylarga ham, oddiy xalq vakillariga ham hurmat
bilan qarab, hushmuomalalik qiladi. Birovdan ayb qidirmaydi. Hukmdorning
fikricha, nasli toza, aqli raso, xalqchil va sabrli, vazmin kishi mas’uliyatli bo’lib
davlat ishlarida adolatli ish olib boradi, o’z mansabini suiste’mol qilmaydi.
Agar vazirlik darajasiga nasli toza bo’lmagan hasadgo’y, gina-kek
saqlovchi, qora ko’ngilli, oddiy xalq vakillariga jarb-zulm qiluvchi kishi
ko’tarilsa, hokimiyat tez orada inqirozga uchrashi aniq bo’ladi.
“Temur tuzuklari”da Amir Temur davlatini yetti vazir boshqargani haqida
gap boradi.
1. Mamlakat va raiyat vaziri. Bu vazir mamlakatning muhim ishlarini,
kundalik muammolarini, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq,
o’lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mamlakatning obodonligi va
aholining farovonligini ma’lum qilib turgan;
2. Sipoh bo’yicha vazir. Sipohiylarning maoshlari va tanholarini boshqargan,
parokandalikka tushib qolmaslik uchun doimo sipoh ahvolidan podshohga xabar
berib turgan;
3. Egasiz qolgan, o’lib ketgan va qochib ketganlarga tegishli mol-mulkni
boshqargan, zakot va bojlarni to’plagan;
4. Sarkori xosa, saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat
idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinadigan xarajatlar, shuningdek
otxona xarajatlaridan ogoh bo’lgan;
1
Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.89-90.
16
5,6,7 vazirlar sarhadlar va tobe mamlakatlarga tegishli ishlarni boshqaruvchi
hay’atdan iborat bo’lgan
1
.
Amir Temur “Tuzuklar”ida ta’kidlaganidek, davlatlarni zabt etish, davlatni
boshqarish, barqarorligi va rivoji uchun quyidagi 12 qoidaga tayanishni lozim
bilgan:
1. Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlab, Muhammad mustafoning
shariatiga dunyoda rivoj berish; 2. o’n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan ish
ko’rib, davlat, saltanat ustunlarini o’shalar bilan mustahkamlash; 3. Maslahat,
kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik-ehtiyotkorlik bilan ish ko’rib, do’stu
dushman bilan murosayu madora qilish; 4. Davlat ishlarini saltanat qonun-
qoidalariga asoslangan holda boshqarish; 5. Amirlar va sipohiylarni martaba va
unvonlar bilan mukofotlab, hushnud etish; 6. Adolat va insof bilan ish yuritish;
7. Ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilarning izzatu
hurmatlarini joyiga qo’yish; 8. Azmu jazm bilan ish tutib, boshlangan ishni
oxiriga yetkazish; 9. Raiyat ahvolidan ogoh bo’lish, ulug’larini og’a qatorida,
kichiklarini farzand o’rnida ko’rish; 10. Turku tojik, arabu ajamning (barcha
xalqlar va millatlarning) turli toifa va qabilalardan bo’lgan kishilarni teng ko’rib,
ularning hurmatini joyiga qo’yish; 11. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og’ayni,
qo’shnilar va do’stlarni unutmaslik, holidan xabar olish; 12. do’stu
dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qilish
2
.
Bulardan tashqari mamlakatning obodonchiligini ta’minlash, madaniy-
ma’rifiy rivojlaniish uchun katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid,
madrasa, hokimlar uchun saroy, huquq-tartibotchilar uchun qozixona,
kambag’al yetim-esirlarga ovqat beriladigan g’aribxonalar qurdirib, kasallar
uchun shifoxonalar soldirib, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlagan va
o’zining “Tuzuklari”da qayd etilgan ana shu talablarni kelgusi hukmdorlar
o’zlarining dillariga jo qilishlarini nasihat qilgan. Amir Temur jon taslim
qilish oldidan: “Millatning dardiga darmon bo’lmoq, vazifangizdir. Zaifalarni
1
Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.103-104.
2
Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.62-63.
17
qo’ring, yo’qsullarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik
dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin”
1
, - deya vasiyat qilgan edi.
Amir Temur avlodlarga davlat qurish, uni boshqarish, xo’jalik ishlarini
yuritish, harbiy yurishlar uyushtirish, fan va madaniyatni rivojlantirishga
homiylik qilish, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilash, mamlakat
obodonchiligini ta’minlash, kabi bir qator ishlarning xulosasi bo’lgan qomusiy
asar – “Temur tuzuklari”ni meros qilib qoldirdi.
“Biz hazrati Temurni buyuk bunyodkor deb boshimizga ko’taramiz. Ro’yi
zaminning sayqali bo’lmish Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent va
Sohibqiron qurgan bepoyon saltanatning boshqa hududlarida bunyod etilgan
nodir me’moriy obidalar, tengsiz bog’u-rog’lar Temurbek bobomizga xos
amaliy shijoat samarasidir”
2
. Darhaqiqat, Amir Temur yer yuzidagi ko’plab
parokanda mamlakatlar, elatlarni adolatli saltanat tug’i ostida birlashtirar ekan,
boshqa sohalarda bo’lgani kabi, markazlashgan davlatning obodonchiligiga
ham juda katta e’tibor berdi.
Zarafshon vodiysida o’nlab sug’orish tarmoqlari, obod shahar va
qishloqlar, ko’rkam bog’u rog’lar barpo etdi. Har bir shaharda masjidlar,
madrasalar, xonaqolar, yo’lovchi musofirlar uchun yo’l ustida rabotlar, daryolar
ustida ko’priklar, bemorlar uchun shifoxonalar, qolaversa, ijtimoiy soha uchun
zarur bo’lgan hamda millat tafakkurini yuksaltirishda xizmat etgan ulug’vor
imoratlar bunyod etishga rahnamolik qildi. “Yana amr qildimki, xarob bo’lib
yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko’priklarni tuzatsinlar, ariqlar va
daryolar ustiga (yangi) ko’priklar qursinlar, yo’l ustida har manzilgohga rabotlar
qursinlar
3
… Yana amr etdimki, katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda
masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona
(g’aribxona) solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash
uchun tabiblar tayinlasinlar. Har bir shaharda dor ul-amorat (hukmdorlar saroyi),
1
Амир Темур ўгитлари. – Т.: Наврўз, 1992. –Б.61.
2
Каримов И.А. Амир Темур ҳақида сўз. –Т.:Ўзбекистон, 1996. –Б.25.
3
Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом, 1991. –Б. 99.
18
va dor ul-adolat (qozixona, adolat uyi) qursinlar”
1
. Bulardan ko’rinib turibdiki,
inson barkamolligi, xalq faravonligi uchun zarur bo’lgan biror soha Amir Temur
e’tiboridan chetda qolmagan.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek davlatchiligi tarixida yuksalish va
taraqqiyot bosqichlari nihoyatda ko’p va rang-barang. Biroq Amir Temurning
davlatchilik instituti shu taraqqiyotning cho’qqisida turadi. Demoqchimizki,
markazlashgan, takomillashgan, qonun va ijtimoiy adolatga asoslangan davlat
boshqaruv tizimi barpo etildi. Bunday davlat boshqaruvi hali dunyoning biron-
bir mintaqasida shakllanmagan edi. O’zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, Amir Temur davlati haqiqatda ham katta
kuch va qudratga ega edi. Ammo Sohibqiron o’z davlatini aql-zakovat bilan,
huquqiy demokratik qonunlar asosida, dunyoviy va shar’iy qadriyatlarga tayanib
boshqardi. U kishining bizgacha yetib kelgan “davlat ishlarining to’qqiz
Do'stlaringiz bilan baham: |