O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. 
Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, 
davlatlararo savdo okimlarining yо‘nalishi va kapitallarning taksimlanishida о‘z 
muayyan manfaatiga ega bо‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni 
saqlash va shu kabi masalalarda doim о‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning 
siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va 


239 
boshqa mamlakatlar siyosatiga о‘xshamasligiga sabab bо‘ladi. Ba’zan ichki 
manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat 
boshqa davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, 
ekologiya nuktai nazaridan bu kо‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning karama-
qarshi manfaatlari tо‘knashgan hollarda kо‘p kuzatiladi. 
Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning 
о‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida 
jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va 
resurslar takchilligini bartaraf etishdan iborat obyektiv manfaatlarini о‘zlarining 
umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora kо‘payib bormokda. Ma’rifatli 
siyosiy va jamoat arboblari yanada anikrok anglab yetayotgan kelishilgan 
harakatlarga bо‘lgan bu obyektiv ehtiyoj hozirning о‘zidayok ayrim davlatlar xulk-
atvoriga ta’sir kо‘rsatmokda va hatto ularning ichki va tashki siyosatini ma’lum 
darajada belgilamokda. 
Yangi qadriyatlar tizimi.
Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy 
rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mо‘ljallarini izlash 
jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli 
mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan о‘zga 
sivilizatsiyaga о‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa 
global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd 
etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini 
tabiatdan ustun qо‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining 
betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni 
qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va 
mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, 
balki tegishli tarzda ish kо‘rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini 
о‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak 
rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish 
mо‘ljallarini yaratishdan boshqa yо‘li yо‘q. 


240 
Dunyo xalqlar о‘rtasida о‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yо‘liga yanada 
ishonch bilan kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan 
ziddiyatga kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar hakidagi 
ilmiy bilimlarni kengaytirish va chukurlashtirish, shuningdek, odamlarning yuz 
berayotgan hodisalar va jarayonlarga о‘z javobgarligini yanada teranrok 
tushunishiga erishish lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy 
elektron kurilmalar va hisoblash texnikasi insonning о‘z faoliyati natijalarini ham, 
ular olib kelishi mumkin bо‘lgan okibatlarni ham chamalash va bashorat qilish 
kobiliyatini kо‘p karra oshiradi. Shu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish 
jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun 
ham, atrof-muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa okibatlarga olib 
kelishi mumkin bо‘lgan texnik loyihalar bо‘yicha karorlar va tavsiyalar uchun 
javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Sо‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar о‘ziga tobora 
kо‘prok e’tiborni tortmokda. Bu yerda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni 
ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar 
ochilmokda. Bu kо‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, 
chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, kolgan 
jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan 
ijtimoiy mavjudotdir. 
Shu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari 
yana birinchi о‘ringa chikmokda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, 
balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita bо‘ysundiruvchi inson 
faoliyatini butunlay о‘zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik» 
atamasi faol ishlab chiqilmoqda. Birinchi Prezident I.A.Karimov bu xususda: 
«Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday taxdid о‘z-о‘zidan mamlakat 
xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash 
yо‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inkirozga olib 
kelishi mumkin»
17
, degan edi. 
17
I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.: «Ma’naviyat», 2008 y. 12-b.


241 
Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini 
yaratishning boshlang‘ich tayanch nuktasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va 
xalqlar о‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni rо‘yobga chiqarish 
mumkinligi va zarurligini e’lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, P.Gassendi, 
M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida, ayniksa, 
bо‘rtib namoyon bо‘ldi. Uning bizgacha turli kо‘rinishlarda yetib kelgan mazmuni 
Volter bayonida barcha odamlarga karatilgan insoniy chorlov sifatida yangraydi: 
«О‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday 
muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk 
(1632-1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) 
daxlsiz ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy о‘zining mashhur 
«erkinlik», «tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e’lon qilib, odamlarning 
umuminsoniy qadriyatlarga bо‘lgan ishonchini mustahkamladi. 
O’zbekiston o‘z aholisi o‘sishi bilan bog‘liq masalalarni, aytish mumkinki, 
muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Keyingi paytlarda respublika hukumati inson 
sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ilgan har bir chaqaloq oldida ota va onaning, 
qolaversa, jamiyatning javobgarlik hissini oshirish borasida, Shuningdek, farzandning 
ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur anglashlari uchun juda 
katta ma’naviy rag‘batlantiruvchi tadbirlar ishlab chiqqanligi o‘ta muhim ahamiyat 
kasb etdi. Shu maqsadda «Sog‘lom avlod» jamg‘armasining tuzilishi, «Sog‘lom 
avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi ham fikrimizning dalili bo‘ladi. 
Bugungi kunda ajdodlarimizning o‘z Vatani, tabiiy muhitga mehr-muhabbatli 
bo‘lish kabi muqaddas tuyg‘ulari avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tayotganligi bejiz 
emas. Zero ona Vatanimiz Yer yuzining eng obod va ozod go‘shalardan biriga 
aylanishi shak-shubhasizdir. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish