O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Global ongni shakllantirish zaruriyati



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Global ongni shakllantirish zaruriyati.
Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab yetish va global 
muammolarni bartaraf etish nafaqat о‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki 
kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-
kesil yechimlarga ega bо‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global 
tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning 
shakllanishi 
va 
mustahkamlanishi, 
madaniyatning 
rivojlanishi 
va 
uning 
insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero, 
odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga 
harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan 
belgilanadi. 
Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni 
о‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va odamlar ongida 
insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning о‘zi umuminsoniy 
muammolar yechimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni bartaraf etish 
yо‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u muttasil о‘zgaruvchi vaziyatga mos 
bо‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi 
bilan bog‘liq. Bunday yangilangan dunyoqarash zamirida faqat sо‘nggi yuz yillikka 
xos bо‘lgan jamiyat hayoti internatsionallashuvining keskin о‘sishi bilan 
belgilanadigan ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmuni va shaklshamoyillarini 
aks ettiruvchi yangicha insoniylik yotishi lozim.


238 
Xalqaro kuchlarning birlashuvi.
Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning 
dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday 
xulosalar chiqarishi va qanday ish kо‘rishida ham namoyon bо‘ladi. Shu sababli 
global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi tо‘g‘risida sо‘z 
yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy 
natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini tо‘xtatishga 
hali muvaffaq bо‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro 
kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va 
eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bо‘lyapti va 
bunga nima xalakit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga tо‘la dunyoda 
kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bо‘lsa, bunga 
kanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu 
jumladan falsafa yechishga harakat kilayotgan bosh masalalardir. 
Odatda bu yо‘lda yengishga tо‘g‘ri keladigan eng katta kiyinchiliklar eskicha 
karashlar, kotib kolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘lik bо‘ladi. Ular 
о‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzok, katta kiyinchiliklar bilan tashki yoki 
ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, 
tashqi omillar qatoriga ekologik 
tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat 
odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada о‘zgartirgan, balki ularning ongiga 
ham о‘z ta’sirini kо‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson 
manfaati, uning subyektiv, shaxsiy asosi bilan bogliq. 
U yoki bu muammolarning 
keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shartsharoit va yetarli asoslar paydo 
bо‘lgan hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan savolga javob topishda 
yukorida zikr etilgan omillar, ayniksa, manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish