O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
Tayanch iboralar: 
umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolar 
tushunchalari; energetika masalalari, oziq-ovqat muammosi, demografiya; ekologiya; 
ekologik tanazzul; ekosistema; demografik siyosat. 
 


242 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari nimada? 
2.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning sotsial oqibatlari nimalarda namoyon 
bo‘lmoqda? 
3.
Energetika va oziq-ovqat muammosi. 
4.
Urush va tinchlik muammosi. Jahonda barqarorlikni ta’minlash masalalari. 
5.
Umumbashariy muammolarda demografik omilning o'rni qanday? 


243 
10
-
MAVZU. LOGIKA MANTIQ ILMI, TARAQQIYOT DOIRASI VA VAZIFALARI. 
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA. 
 
Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib 
kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bilimlarini ko‘paytirish, atrofidagi 
odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash 
qobiliyatiga ega bo‘lgan inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bogliq qonun-
qoidalarni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga, asoslangan 
bo‘lishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalarning ham fikrlaridagi noaniqliklarni 
aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq tarixga ega bo‘lgan mantiq ilmini 
chuqur bilishni taqozo etadi. 
Mantiq keng ma’noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog‘lanish va aloqalar, tartib 
va izchillik, tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar 
о‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va 
mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, hukm va xulosa 
chiqarish hamda ular о‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy 
qonunqoidalarni vujudga keltiradiki, tо‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash 
ana shu qonun-qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda 
vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning tо‘g‘riligi yoki xatoligini 
tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi.
Kelib chiqishiga kо‘ra arabcha bо‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi 
«fikr», «sо‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning kо‘p ma’noligi turli 
xil narsalarni ifoda qilishda о‘z aksini topadi. Xususan, “mantiq” sо‘zi, birinchidan,
obyektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «obyektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi 
iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bо‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu 
jumladan, fikrlar о‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar 
yig‘indisini anglatish (masalan, «subyektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, 
tafakkur shakllari va qonunlarini о‘rganuvchi fan sifatida ishlatiladi. 
Mantiq ilmining о‘rganish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» sо‘zi 
ham arabcha bо‘lib, о‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» sо‘zlarining sinonimi 


244 
sifatida qо‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini 
yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan о‘rni, bilishning boshqa shakllari 
bilan bо‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur. 
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida subyektiv, 
ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi 
maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati 
bilan u yoki bu darajada bog‘liq bо‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi 
mumkin bо‘lgan narsalarni tushunib yetishga bо‘ysundirilgan bо‘ladi. Bilish 
jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar о‘z oldilariga ma’lum bir maqsadni 
qо‘yadilar. Ular о‘rganilishi lozim bо‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yо‘nalishi, 
shakllari va metodlarini belgilab beradi. 
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan 
jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish– insonning sezgi organlari 
yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi 
xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon 
bо‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida 
ma’lumotlar olinadi. 
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bо‘lgan xususiyatlari qatoriga 
quyidagilar kiradi: 
Birinchidan, hissiy bilish obyektning (predmetning yoki uning birorta 
xususiyatining) subyektga (individga, tо‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita 
ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta 
hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa 
predmet–signal ta’sir etadi. 
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi 
xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. 
Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. 
Tо‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi 
uchun ham har biri alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq 
tarzda о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘ladi. 


245 
Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. 
Usiz bilish mavjud bо‘la olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan о‘zining sezgi 
organlari orqali bog‘langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari 
sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. 
Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yо‘li bilan, 
ya’ni tajribada bunday bilimlarning obyektini qayd etish orqali aniqlanadi. О‘z 
navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarib turiladi, bilish 
oldida turgan vazifalarni bajarishga yо‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan 
boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan kо‘rsatmalari asosida jinoyatchining 
portreti (kompyuter yordamida fotoroboti) yaratiladi, yaqqol his qilinadi va 
qidiriladi.
Lekin shunga qaramay, hissiy bilish imkoniyatlari о‘z chegarasiga ega. U bizga 
alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar tо‘plami), ularning tashqi belgilari 
haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar о‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, 
muz bilan havoning harorati о‘rtasidagi bog‘lanish) о‘rganilmaydi, predmetlarning 
umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq 
qilinmaydi. 
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. 
Tafakkur bilishning yuqori bosqichi ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bо‘lib, unda 
predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular о‘rtasidagi 
ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi 
asosiy xususiyatlarga ega: 
1. Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. 
Hissiy bilishdan farqli о‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi 
darajali (bu, odatda, bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran 
chetlashgan, mavhumlashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib 
turuvchi xususiyat va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli 
kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilar) 
e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, 


246 
ongga ega bо‘lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy munosabatlarga 
kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. 
Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar о‘rtasidagi munosabatlar va bog‘lanish 
usullarini о‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida о‘xshash 
va muhim belgilariga kо‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini 
tushunish, ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. 
Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy 
sinfga birlashtirilib, ular о‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar (masalan, ijtimoiy 
munosabatlar) bilib olinadi. 
2. Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. 
Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud 
bilimlarga tayangan holda hosil qilinishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va 
hodisalar о‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab 
uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning 
mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosa chiqarishda aniq namoyon bо‘ladi. 
3. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda 
real analogiga ega bо‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan obyektlar 
(masalan, “absolyut qattiq jism”, “ideal gaz” kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil 
formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning 
eng murakkab xususiyatlarini о‘rganish, hodisalarni oldindan kо‘rish, bashoratlar 
qilish imkoniyati vujudga keladi. 
4. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud bо‘ladi. Fikr ideal hodisadir. U faqat 
tilda – moddiy hodisada (tovush tо‘lqinlari, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa 
kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning 
о‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita 
voqe bо‘lish shaklidir. 
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish 
shaklida mavjud. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish