Urush va tinchlik muammosi.
Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar
sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli,
jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va
Yerda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global
muammolar orasida eng muhimi, deb e’tirof etiladi.
Uning keskinligi barcha
zamonlarda hech kachon pasaymagan bо‘lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar,
xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «о‘lish yo qolish?» degan mudhish savolni
kо‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bо‘lmagan imkoniyat Yerdagi hayotni yо‘k qilish
imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bо‘lishi bilan izohlanadi. Yadro quroli
1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor kо‘llanilgan paytdan e’tiboran
mutlako yangi davr inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda,
jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub о‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi.
Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun
insoniyat о‘lishi mumkin bо‘lib qoldi. Teyyar de Sharden yangi vaziyatga baho berar
ekan, shunday deydi: «Bir individ о‘lsa, uning о‘rnini doim boshqa bir individ
egallaydi. Individning о‘limi hayotning davom etishiga tо‘siq bо‘la olmaydi. Ammo
butun insoniyat о‘lsa-chi?..»
16
.
1940-yillarning oxirida ta’riflangan bu masala vaqt о‘tishi bilan ayniqsa,
muhim ahamiyat kasb etdi. Atom bombasi paydo bо‘lishi bilan «qiyomat-qoyim»
xom xayol bо‘lmay qoldi. О‘sha davrda yangi ixtironing butun xavfini kо‘pchilik
hali tushunmagan, ayrim faylasuflar va olimlar yadro urushi tahdid solayotgan
sharoitda odamlar о‘zining о‘zgargan holatini anglab yetishlari va insoniyat halok
bо‘lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlari lozimligi
haqida ogohlantirgan edi.
16
P. Teyyar de Sharden. Fenomen cheloveka. -M.: 2007 g. -S.216.
235
Albatta, о‘zini о‘zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo bо‘lgani
yо‘q. Yadro qurolini yaratish va uni butun tiriklikni qirib tashlash uchun yetarli
miqdorda jamg‘arish uchun vaqt, juda katta moddiy, moliyaviy va boshqa xarajatlar,
shuningdek, jahonning turli mamlakatlaridagi olimlar, muhandislar va ishchilar kо‘p
millionli armiyasining kuch-g‘ayrati talab etildi. Ammo, birinchi yadro
portlashlaridan sо‘ng yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini jahon hamjamiyatining
keng davralari anglab yetishi uchun ham qariyb 30 yil vaqt о‘tishi kerak bо‘ldi.
AQSH va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan holda ish olib borgan
olimlar ikki jamoasi tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bо‘lgan «yadro
qishi» konsepsiyasi paydo bо‘lgan 1980-yillarning boshiga kelibgina insoniyat yadro
quroli yaratilishi, shuningdek, global muammolar paydo bо‘lishi bilan u о‘zining
avvalgi «umrboqiyligi»ni yо‘qotganini uzil-kesil anglab yetdi.
Kompyuterda yaratilgan modellarda ancha aniq hisoblab chiqilgan mazkur
konsepsiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, jahonda Yerdagi hayotni butunlay
yо‘q qilish uchun yetarli miqdorda yadro zaryadlari tо‘plangan.
Ular portlatilgan
taqdirda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shikastlantiruvchi ta’sirdan tashqari havoga son-sanoqsiz
miqdorda chang, tutun va kul kо‘tariladi va ularning qalin pardasi sayyoramizni
quyosh nurlaridan butunlay tо‘sib qо‘yadi. Bu atmosfera va Yer yuzasining
temperaturasi keskin pasayishiga sabab bо‘ladi va uni muz bosishiga olib keladi.
«Yadro qishi» konsepsiyasi odamlarni ular yangi xavf darajasini anglab yetishga va
sivilizatsiyani qutqarish uchun harbiy kuch ishlatishdan voz kechib, choh yoqasidan
uzoqlashishga qodirmi, degan savolga javob berishda muqobildan uzilkesil mahrum
qildi.
Muhokama qilinayotgan muammoning boshqa bir о‘ziga xos xususiyati
shundaki, u mohiyati va hozirgi holati «Tabiat falsafasi» mavzusida kо‘rib chiqilgan
ekologiya bilan uzviy bog‘liq. Biz fan-texnika taraqqiyoti darajasi ekologik tanglikni
bartaraf etish borasidagi imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan edik, ammo qurol-
yarog‘larning vayronkor imkoniyatlari, ularning shakllari, qо‘llash metodlari va
usullarining rang-barangligi ham ayni shu darajaga bog‘liq bо‘ladi. Boshqacha
aytganda, inson о‘z hayotini tabiat bilan uyg‘unlikda yо‘lga qо‘yish imkoniyatlarini
236
qо‘lga kiritish bilan bir qatorda butun tiriklikni yо‘q qilish qobiliyatini ham kо‘p
karra oshirdi. Jamiyatning harbiylashuvi, qurollanish poygasi va harbiy
mojarolarning salbiy okibatlari atrof-muhitning buzilish jarayonlarini yanada
jadallashtirmokda. Yadro quroli bilan bir qatorda urush olib borishning «geografik»
vositalari ham oldindan aytib bо‘lmaydigan okibatlardan iborat alohida xavf
tug‘diradi. Bu oqibatlar inson sun’iy yо‘l bilan tabiiy ofatlar, vayrongarchiliklar va
shu kabilarga erishish maqsadida tabiiy jarayonlarga izchil ta’sir kо‘rsatishi
natijasida kelib chiqishi mumkin. Urush harakatlari olib borishning bunday usullari,
masalan muayyan hudud ustidagi ozon katlamini ataylab vayron qilish va shu kabilar
yadro kurolining kо‘llanilishi bilan teng okibatlarga sabab bо‘lishi mumkin.
Bugungi kunda harbiy qarama-qarshilik ma’lum darajada susayganiga qaramay,
aksariyat mamlakatlarda mudofaa va atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlarida
ulkan nomutanosiblik hanuzgacha saqlanib kolmokda. Bu tafovut mudofaa foydasiga
ba’zan ellik baravar va undan kо‘prok darajaga yetadi. Bu hol «uchinchi dunyo»
mamlakatlarida, ayniksa, bо‘rtib namoyon bо‘ladi. Bu yerga, bir tomondan, kurol-
aslaha, boshqa tomondan esa, murakkab ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtiruvchi
eskirgan asbob-uskuna va noekologik texnologiyalar tobora kо‘prok yetkazib
berilmoqda. Natijada ifloslanish va tabiatning zavol topish sur’atlari bu yerda
rivojlangan mamlakatlardagidan ancha yukoridir.
Qurollanish poygasi nafaqat ulkan moddiy resurslarni, balki mehnat resurslari,
intellektual resurslarni ham behuda sarflamoqda. Butun dunyoda olimlarning
tо‘rtdan bir qismi, odatda, eng malakali kadrlar urushga tayyorgarlik kо‘rish
borasidagi ishlarga jalb qilingan bо‘lib, ularning bilim va kо‘nikmalari vayronkorlik
vositalarini yaratishga yо‘naltirilgan. Ammo olimlar insoniyat duch kelgan xavf
darajasini birinchi bо‘lib (ularning eng ilg‘or vakillari) anglab yetdilar.
Tinchlik, kurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik uchun kurash boshlagan jahon
ilmiy hamjamiyati bu borada о‘z kuch-g‘ayratini birlashtirish lozimligini anglab
yetdi va 1957 yilda Pagoush (Kanada)da о‘z tarafdorlarining birinchi
konferensiyasini о‘tkazdi.
«Pagoush harakati»
deb nomlangan bu tashkilot tinchlik
uchun kurash olib boruvchi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biriga aylandi. Endilikda
237
unga hozirgi globallashuv muammolari va nomutanosibliklarini bartaraf etish yо‘lida
kurash olib borayotgan boshqa kо‘p sonli tashkilotlar va harakatlar (Grinpis, Rim
klubi, antiglobalistlarning harakatlari va boshqalar) qо‘shildi. Tinchlik va
qurolsizlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash g‘oyasini 1993 yilda
I.A. Karimov BMTning 48 sessiyasida taklif qilgan edi. О‘zbekistonda 1999 yil 16
fevral voqealari, 2001 yil 11 sentabrda AQShning markazida kо‘p qavatli savdo
uyining portlatishi, Chechenistondagi cheksiz terrorchilik harakati natijasidagi
minglab qurbonlar I.A.Karimovning nechog‘lik haqligini yana bir karra isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |