O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Sog‘liqni saqlash. 
Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek, atrofmuhit 
holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bogliq. 
Aksariyat 
kasalliklar va atrof-muhitdagi antropogen о‘zgarishlar о‘rtasida bevosita va bilvosita 
aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof-muhit ifloslanishining hali 
о‘rganilmagan yoki kam о‘rganilgan kо‘p sonli fizik (avvalo, elektromagnit), 
kimyoviy va biologik omillari ta’sir kо‘rsatmokda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan о‘zgarishlar 
ayni shu hol bilan izohlanadi. 
Bu yerda yukumli kasalliklar bartaraf etilgan bо‘lib, ular odamlar о‘limining 
asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin, yurak-kon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar 
sezilarli darajada kо‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay 
yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bо‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan 
yurak-kon tomir kasalliklari о‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush 
tarzi, semirish, chekish, ruhiy zо‘rikish, stress holatlari ekanligi aniklangan. Bu 
hodisalar insonga tabiatning kudratli kuchlarini jilovlash va о‘zini jismoniy 
mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, 
о‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish 
imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu 
yerda kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan 
kо‘proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada 
11
 
Karimov I.A. BMT Sammiti ming yillik rivojlanish maksadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutq. -
T.:. «О‘zbekiston», 2010
 


229 
kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli 
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar о‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan 
kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bо‘lish ehtimoli, 
rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bо‘lmaydigan darajada yuqoridir. 
Sо‘nggi ma’lumotlarga kо‘ra, dunyo bо‘yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun 
sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda о‘lim bilan tugaganligi 
sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti 
(WHO) hisobotiga kо‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 
million inson vafot etgan. Ushbu kо‘rsatkich barcha о‘lim holatlarining 30 
foizini tashkil qiladi. Shu jumladan, 7,6 million kishi yurak-ishemik kasalligidan 5, 7 
million kishi insult oqibatida hayotdan kо‘z yumgan
12
. Hozirgi vaqtda о‘rnatilgan 
internatsional aloqalar natijasida davlatlar о‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari, 
odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul 
xususiyat kasb etdi va kо‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. 
Notipik zotiljam, qush grippi, chо‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud 
bо‘lmagan, yangi kasalliklarning paydo bо‘lishi sabablarini ham ayni shu yerdan 
izlash lozim. 
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi 
kasalliklar soni kо‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham 
takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida, 2008 
yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936), ayollarda bachadon saratoni kasalligini 
«papiloma» virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini 
yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bо‘ldi. Dunyo bо‘yicha umumiy saraton 
kasalligining 5 foizini bachadon raki tashkil qilar va har yili ikki yuz mingga yaqin 
ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan kо‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi 
vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. 
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, О‘zbekistonda ham 2009 
yildan 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari 
12
Bobojonova N. «Yoshargan» xavfli tо‘lqin. -T.: «Noshir», 2012 y. 23-b. 


230 
keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng 
buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, О‘zbekistonda aholining reproduktiv 
salomatligi bо‘yicha davlat dasturi qabul qilingan bо‘lib, unga kо‘ra, barcha 
viloyatlarda skrining markazlari tashkil qilindi, ona va bola salomatligining 
profilaktikasi, «Tez yordam» markazlarining faoliyati yо‘lga qо‘yildi, aholini notipik 
gripp kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. «Bugungi kunda 
mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning 98 foizidan ortig‘i oldini olish 
mumkin bо‘lgan infeksiyalarga qarshi emlanmokda. Buning natijasida, difteriya, 
kizamik kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. 2010 
yilda yukumli kasalliklar bilan og‘rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi 
28 foiz, epidemik parotit 27 foiz, virusli gepatit 13 foizga kamaygani ana shunday 
tadbirlar samarasidir»
13
. Darhakikat, 1997 yilda 1-sonli yukumli kasalliklar 
ilmiytadqiqot institutida yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi, О‘zbekistonda 
(gippotit) odam organizmida sarik kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D, 
YE viruslarini aniklash imkonini yaratdi. «Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh 
qilish va rivojlantirish, о‘ta og‘ir yukumli kasalliklarga barham berish hamda ularni 
kamaytirish borasida kat’iy choralar kо‘rildi. Onalar о‘limi darajasi 2 baravardan 
kо‘prok, bolalar о‘limi 3 baravar kamaydi. Erkaklarning о‘rtacha umr kо‘rishi 67 
yoshdan 73 yoshgacha, ayollarning umr kо‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi»
14

Zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng mikyosda foydalanishning yо‘lga 
kо‘yilishi, surunkali sarik kasalligining okibati bо‘lmish jigar sirrozining 
kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib keldi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish