Meva konservalarining sifatiga talablar
Meva konservalarning assortimentiga kompotlar, pyurelar, pastalar, meva-rezevor meva
marinadlari, bolalarga mo’ljallangan va parhezbop konservalar kiradi.
Kompotlar.
Bu turdagi mahsulotlar deyarlik hamma meva va rezavor-mevalardan
tayyorlanib, assortimenti xilma-xildir. Kompotlar bir turli xom ashyodan yoki bir necha tur
mevalar aralashmasidan (assorti) tayyorlanishi mumkin.
Kompot tayyorlash uchun meva saralanadi, yuviladi, blanshirovka qilinib bankalarga
joylanadi, ustidan shakar qiyomi quyilib, sterilizastiya qilinadi va qattiq qopqoq bilan yopib
qo’yiladi.
Sifat ko’rsatkichlari bo’yicha kompotlar oliy, 1-chi va oshxonabop navlariga bo’linadi.
Ularning sifatini baholashda mevaning katta-kichikligi, rangi, mevaning konsistenstiyasi,
ezilgan, yorilgan mevalar soni, hidi va ta’mi ko’rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi.
Kompotlarda sharbatning tarkibidagi quruq modda miqdori 13-30% ni, mevalar massasining
butun kompot massasidagi miqdori esa 45-60% ni tashkil etishi kerak.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |