O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Meva-sabzavot konservalarining sifat tahlili



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

 
Meva-sabzavot konservalarining sifat tahlili 
Sabzavot konservalarining sifatiga talablar 
Tayyorlash usuli va qaysi sohada iste’mol qilinishiga qarab sabzavot konservalari tabiiy, 
gazakbop, ovqatbop, bolalarga va parhez maqsadlariga mo’ljallangan turlariga bo’linadi. 
Tabiiy konservalar.
Bu konservalar kimiyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati va organoleptik 
ko’rsatkichlari bo’yicha qaysi xom ashyodan tayyorlangan bo’lsa o’sha xom ashyoga juda yaqin 
bo’ladi. Tabiiy konservalar uchun quyma 2-3% li osh tuzi eritmasi hisoblanib, ziravorlar 
qo’shilmaydi. Bu konservalar ishlab chiqarish uchun yuvilgan, saralangan, iste’molga yaroqsiz 
qismlardan ajratilgan, blanshirovka qilingan sabzavotlar bankalarga joylanib, ustiga tuz eritmasi 
quyilib, germetik bekitilib, sterilizastiya qilinadi. 
Tabiiy konservalar sabzi, lavlagi, dumbul no’xat, shirin jo’xori, karam, qalampir, bodring 
va boshqa sabzavotlardan tayyorlanadi. Bu konservalar salatlar, vinegretlar, birinchi va ikkinchi 
ovqatlar tayyorlashda, shuningdek sovuq va isitilgan holda to’g’ridan-to’g’ri ovqatga ishlatiladi. 
Pomidor, bodring, dumbul no’xatlardan tayyorlangan tabiiy konservalar oliy, birinchi va 
ikkinchi tovar navlariga bo’linadi. Boshqa tabiiy konservalar esa tovar navlariga bo’linmaydi. 
Tabiiy konservalarning qaysi tovar naviga mansubligini aniqlashda tashqi ko’rinish, 
rangi, konsistenstiyasi, hidi, ta’mi, quymaning rangi va o’lchamidagi chetlanishlar hisobga 
olinadi. Tabiiy konservalar uchun asosiy ko’rsatkichlardan biri sabzavot massasining 
konservaning umumiy massasidagi hissasi hisoblanib, bu ko’rsatkich konservalarning turiga 
qarab 55-65 foizni tashkil etishi kerak. 
Gazakbop konservalar. Gazakbop konservalar deb butunlay iste’molga mo’ljallanib 
maxsus ishlov berilgan konservalarga aytiladi. Bu konservalarni tayyorlashda sabzavotlarni oldin 
o’simlik moyida qovurib olinadida, keyin ustidan pomidor sousi quyiladi. Baqlajon, qalampir, 
kabachki, patisonlardan shunday konservalar tayyorlanadi. 
Ishlatiladigan xom ashyo va tayyorlash usuliga qarab gazakbop konservalar quyidagi 
turlarga bo’linadi: pomidor sousidagi do’lma sabzavot konservalari; pomidor sousidagi 
to’g’rama va qovurilgan sabzavot konservalari; sabzavot ikrasi; salatlar va vinegretlar. 


33 
Gazakbop konservalardan sabzavot ikralari, salatlar va vinegretlar tovar navlariga 
bo’linmasada, qolgan turlari oliy va 1-chi navlarga bo’linadi. 
Bu konservalarning sifatini baholashda ularning organoleptik va fizik-kimiyoviy 
ko’rsatkichlari aniqlanadi. Gazakbop konservalarning asosiy organoleptik ko’rsatkichlariga 
tashqi ko’rinishi, rangi, ta’mi, hidi, konsistenstiyasi kabi ko’rsatkichlarini kiritish mumkin. Fizik-
kimiyoviy ko’rsatkichlaridan standart talabi bo’yicha yog’ miqdori, nordonligi, tuz miqdori, 
konserva suyuq qismining miqdori kabi ko’rsatkichlarini aniqlash ko’zda tutilgan. Shu bilan bir 
qatorda bu konservalar tarkibida qalay, mis, qo’rg’oshin kabi og’ir metallar tuzlarining miqdori 
ham chegaralanadi. 
Ovqatbop konservalar. Bu konservalar yangi, tuzlangan, achitilgan sabzavotlar, 
kartoshklardan va yog’, pomidor mahsulotlar, qand, tuz, ziravorlar, qo’ziqorinlar, go’shtlardan 
tayyorlanadi. Ovqatbop konservalar ikki xil bo’ladi: sabzavotlardan va sabzavot-go’sht 
mahsulotlaridan tayyorlangan. Bu konservalar sotishga birinchi va ikkinchi ovqatbop 
konservalar holida chiqariladi. 
Birinchi ovqatbop konservalarga rassolniklar, borshlar, щilar, karam sho’rvalar, ikkinchi 
ovqatbop konservalarga esa sabzavotli, sabzavotli-qo’ziqorinli solyankalar, sabzavotli ragular, 
go’shtli sabazavotlar kiradi. 
Ovqatbop konservalarning sifati tashqi ko’rinish, rangi, ta’mi, hidi va konsistenstiya kabi 
ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. Ularning organoleptik ko’rsatkichlari asosan ulardan issiq 
ovqat tayyorlagandan keyin aniqlanadi. 
Har xil ovqatbop konservalar tarkibida ularning restepturasiga qarab 13% dan 35% gacha 
quruq modda, 1,2% dan 12% gacha yog’ va 1,2-2,8% miqdorida tuz bo’ladi. Ularning umumiy 
nordonligi esa (olma kislotasi bo’yicha) - 0,4-0,9% bo’lishi kerak. Shuningdek, bu konservalar 
tarkibi ham og’ir metallar tuzlari chegaralanadi. 
Bolalarga mo’ljallangan va parhezbop sabzavot konservalari. Bu konservalar yuqori 
sifatli, saralangan sabzavotlardan va boshqa qimmatli xom ashyolar qo’shib tayyorlangan 
konservalar hisoblanadi. Bolalarga mo’ljallangan va parhezbop konservalar ishlab chiqarish 
uchun mo’ljallangan sabzavotlarni etishtirishda va saqlashda antiseptik kimiyoviy birikmalar 
ishlatilmagan bo’lishi kerak. Bu konservalar to’yimli va organizmda tez hazm bo’ladi. 
Bolalarga mo’ljallangan sabzavot konservalari qirg’ichdan o’tkazilib, shakar, sariyog’, 
sut va boshqa xom ashyolar qo’shilib, gomogenlashtirilgan massadan tashkil topgan bo’ladi. 
Parhezbop sabzavot konservalari maxsus resteptura asosida tayyorlanib, kasalmand 
kishilarga mo’ljallangan bo’ladi. Bu konservalar tayyorlashda E vitamini va to’yinmagan yog’ 
kislotalariga boy bo’lgan o’simlik moylari va mineral elementlarga boy bo’lgan dengiz karami 
kabi xom ashyolar ishlatiladi. Bular asosan qariyalarga, qandli diabet va oshqozon-ichak 
kasalliklariga chalingan kishilarga tavsiya etiladi. Parhezbop konservalarning keng tarqalgan 
turlariga dengiz karami ikrasi, dengiz karami qo’shib tayyorlangan sabzavot salatlari, sutli sousli 
kabachki, sutli sousli sabzilar va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish