Meva-rezevor meva pyuresi.
Deyarlik hamma mevalardan pyurelar (bo’tqa)
tayyorlanadi. Ko’pincha Olma, O’rik, Olxo’ri, Shaftoli, Olcha, Nok pyurelari tayyorlanadi.
Pyurelar tayyorlashda mev etlari qirg’ichlardan o’tkazilib bir xil struktura beriladi. Pyurelar
tarkibida quruq modda miqdori - 7-13% ni tashkil etadi.
Pastalar.
Bu mahsulot meva pyurelarini ularning tarkibidagi quruq moddasi 25 va 30%
gacha kelguncha vakuum-apparatlarda quyultirish yo’li bilan olinadi.
Meva souslari.
Qirg’ichdan o’tkazilgan meva massasiga 10% gacha shakar qo’shib,
quruq moddasi kamida 21 foizga kelguncha quyultirib souslar olinadi. Olma, nok, o’rik, behi,
shaftoli, olxo’rilardan souslar olinadi. Souslar bir xil massadan iborat bo’lishi va tarkibida meva
po’stlari, urug’lar, danaklar aralashib qolmagan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |