36
Hinduizm ta‘limoti jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiradi. Bu
dinning karma qonuniyatiga asosan u inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb
tushuntiradi. Bular: 1) dharma - oila va jamiyatda diniy talablarni to‘la bajarish;
2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur moddiy ne‘matlarga ega bo‘lish; 3) kama -
muhabbat tuyg‘ulariga erishish, bu his-tuyg‘ularni
qondirish; 4) moksha -
o‘zgarish zanjiridan butun-lay ozod bo‘lish.
Vishnuizm va Shivoizm oqimining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab
minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e‘tiqod qiluvchilar
muqaddas joylar, daryolar va boshqa har xil «muqaddas» narsalarga sig‘inadilar.
Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e‘tiqod qilish keng tarqalgan. Ular
turli
hayvonlar: ho‘kiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni
muqaddaslashtiradi-lar. Masalan, hinduizm
tarafdorlari sigirni saxiylik, boylik
manbai va go‘zal ayol timsoli deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirni so‘ymaslik va
go‘shtini emaslikni targ‘ib qiladilar. Ammo hinduizm sigir sutini ichishni va
sigirni xo‘jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta‘qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga
e‘tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga
ko‘ra, go‘yo Gang daryosi qirg‘og‘ida kishi vafot qilsa
narigi dunyodagi hayoti
ancha engillashar emish.
Hinduizm - oila-nikoh masalalariga nisbatan ahloqiy jihatdan yondashadi.
Eng oliy tabaqa-braxmanlar (kohinlar) oliy zodagonlar bilangina nikohga o‘tishi
mumkin. Eng past tabaqa kishilari - bu Shudralar. Ular yalangoyoq, qashshoq,
past, yomon ahloqli kishilar Shudralar bilan oliy tabaqa vakillari nikohga kirishi
mumkin emas. O‘rta tabaqa - Vayshi-lar bo‘lib, ular savdogarlar,
hunarmandlar,
dehqonlardan iborat. Ular o‘zaro nikohda bo‘lishi mumkin.
Hinduizmning muqaddas yozuvlari Vedalar (er.av. 2 mingginchi yillar
o‘rtasidan boshlab paydo bo‘lgan). Vedalar –―bilimlar‖ demakdir. Vedalar: 1)
gimn va duolar; 2) maro-simlarda ijro etiladigan madhiya qo‘shiqlari; 3)
qurbonlikka oid qoidalar; 4) yovuz kuchlarga qarshi bo‘lgan duolar va afsunlar.
37
Upanishadalarga – ―sirli ta‘limotlar‖ er.av. I minginchi yillar boshlarida
paydo bo‘lgan ahloqiy risolalar: ―Mahabharata‖ va ―Ramayana‖ dostonlari, turli
hikmatli hadislar kiradi.
Hinduizm zo‘rlik ishlatish, qon to‘kish, azob berish kabilarni ta‘qiqlaydi.
XIX asrning boshlarida Hindistonda boshlangan milliy ozodlik harakatining
mafkurasida hinduizm aktiv rol o‘ynadi. Maxatma Gandi yaratgan ozodlik
harakatining diniy falsafiy asosida ham hinduizmning qon to‘kmaslik, zo‘rlik
ishlatmaslik g‘oyalari yotardi. Passiv norozilik gandizmning ahloqiy falsafasi edi.
Hinduizmning millatni xudbinlikka, ulug‘ millatchilik
- shovinistik siyosat-ga
yo‘naltirishga uringan o‘ta reaktsion kuchlar ham paydo bo‘lgan. Hinduizm
Hindistondan tashqarida yashaydigan hindlar orasida, xususan, Bangladesh, Nepal,
Shri-Lanka kabi mamlakatlarda ham tarqalgan.
Hinduizm tabiatni sevishga, vatanparvar bo‘lishga, avlod-lar xotirasini
e‘zozlashga o‘rgatadi. Hinduizm yomonlikka qarshi yomonlikni qo‘llashni emas,
balki uni yaxshilik bilan engish mumkinligini o‘rgatadigan din hisoblanadi.
Hinduizm tinch-totuv, osoyishta yashashga da‘vat qiladi.
Hinduizm ibodatxonalari g‘oyatda yuksak estetik did bilan hashamatli qilib
qurilgan.
Ularga Quyosh xudosi, musiqa ma‘budasi, go‘zallik, saxiylik, raqs
ma‘budalari, afsonaviy farishtalar tasviri va haykalchalari qo‘yilgan. Ibodatxona-
larda jarangdor qo‘ng‘iroqchalar chalinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: