Prujinali asboblarning ishlash prinsipi
bosim ta’sirida turli elastik
elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o‘lchashga asoslangan.
Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish
natijasida o‘lchash asbobining strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki burchakli shkala bo‘yicha
siljib, bosim qiymati P ni ko‘rsatadi.
Prujinali asboblarning o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lishi uchun ulardagi elastik
elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffitsientlari kam bo‘lgan
materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va gisterezis hamda qoldiq elastiklik hodisalari
bo‘lmasligi talab qilinadi.
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu kabilarni
o‘lchash uchun qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |