Transport oqimi tezligining yo’l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan o’zgarishi
Harakat tezligi yo’l harakatining asosiy ko’rsatkichi bo’lib. U yo’lda harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo’ladi. Yo’lda eng obyektiv
ko’rsatkich sifatida harakat tezligining butun marshrut bo’ylab o’zgarishini ko’rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o’zgarish egri grafigini chizish marshrut bo’ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi lozim. Bu esa amalda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi va ko’pchilik hollarda uni bajarib bo’lmaydi. SHuning uchun harakatni tashqil qilishda yo’lning harakterli bo’laklarida transport vositalarining oniy tezligini o’lchash orqali xulosa qilishga amaliyotda ko’nikma hosil qilingan.
Umuman avvalgi bo’limlarda aytib o’tganimizdek, transport vositalarining va oqimning harakat tezligi «AHYPM» tizimiga ko’pdan bog’liq bo’lib, tezlikni tanlash ikkita mzon orqali amalga oshiriladi: 1) eng kam vaqt sarflash; 2) harakat xavfsizligini ta’minlash. Bunda albatta haydovchining mahorati, ish staji, psixofizik holati, harakatlanish maqsadi tezlikni tanlashga ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek, tezlikning o’zgarishiga avtomobilning texnik sharoiti, atrofmuhit holati va piyodalar harakati katta ta’sir ko’rsatadi.
Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi Vmax uning dvigateli quvvatiga bog’liq. Kuzatishlar ko’rsatadiki, Vmax tezlik bilan haydovchilar faqat ayrim hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi yo’l sharoitlarida transport vositalarining tezligi 0,70,85 Vmax ni tashqil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda gorizontal to’g’ri yo’l bo’laklarida kuzatiladi.
Amalda yo’l sharoiti ko’tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko’rinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashqil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil bo’lishi oniy tezlikning qiymatiga ta’sir ko’rsatadi. Real yo’l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 50120 kmsoatdan 2030 kmsoatgacha o’zgarishi mumkin.
Yo’l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan transport oqimi tezligining o’zgarishini real O’zbekiston Respublikasi umum foydalanuvdagi ikki polosalik avtomobil yo’llarida ko’rib o’tamiz. Muallifning o’tkazgan ko’p yillikilmiytadqiqot ishlari natijasida bizning yo’l sharoitimizga harakterli bo’lgan aralash avtomobiltraktor oqimi tezligi bilan harakat polosasi orasidagi bog’liklar aniqlanadi, u quyidagicha ifodalandi
V*a1,20,011 Va m; (2.3)
Bu yerda: aavtomobil kuzovining kengligi, m; Vaavtomobilning oniy tezligi kmsoat; 1,2qo’shimcha oraliq, m.
Transport oqimining o’rtacha harakat miqdorini har xil yo’l sharoitlarida quyidagi empirik formula aniqlashimiz mumkin.
Vur*VaKd kmsoat; (2.4)
Bu yerda: Vaerkin harakatlanayotgan avtomobilning oniy tezligi, kmsoat;
Kdhar xil yo’l sharoitlarida «Va» ga nisbatan tezlikning o’zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient.
O’zbekiston sharoitidagi ikki polosalik avtomobil yo’llari uchun yo’l sharoitiga bog’liq ravishda, Kd qiymatining o’zgarishi.
Harakat miqdorining transport oqimi tezligiga quyidagi formular orqali aniqlash mumkin.
Vur*Va(1RN)kmsoat; (2.5) Bu yerda: Vaerkin harakatlanayotgan avtomobil tezligi, kmsoat;
Rharakat miqdoriga nisbatan tezlikning pasayishni hisobga oluvchi koeffitsient;
Nharakat miqdori, avtsoat;
Avtomobil yo’llarida tezlikni oddiy sekundomer, «Fara», «»Barьer»,
«To’pponcha» kabi tezlik o’lchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar yordamida, shuningdek, kinos’yomka usuli bilan o’lchanadi.
Harakatni tashqil qilish maqsadida eng sodda va qulay bo’lgan sekundomerdan tezlik o’lchashda keng foydalaniladi. Buning uchun yo’lning qatnov qismida uzunligi 50100 m bo’lgan masofa belgilanadi. Avtomobillarning kuzatuv uchastkasiga kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo’l yoqasiga ishora tayog’i o’rnatiladi yoki yo’lning qatnov qismiga ko’ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Harakat tezligini o’lchovchi kuzatuvchilar yo’lning yon tomonidan 1015 m masofada joylashadilar va avtomobil o’lchov bo’lagiga kirishda daqiqa o’lchagichni ishga tushiradilar hamda avtomobil o’lchov bo’lagidan chiqishida uni to’xtatadilar. Olingan natijalarni maxsus tayyorlangan.
Amaliyotda hozirgi vaqtda operativ kuzatuv yo’lning har xil bo’laklarida harakat tezligini «Fara», «To’siq», «To’pponcha» va boshqa tezlik o’lchagich asboblari yordamida aniqlanadi.
Harakat tezligi to’g’risida olingan boshlang’ich ma’lumotlarni matematik statistika usuli bilan tahlil qilinadi. Buning uchun birinchi navbatda kuzatuv natijasida tezlikni turkumlarga (ryazryadga) ajratiladi. SHundan so’ng har bir turkumga to’g’ri kelgan tezlik ma’lumotlarni yig’ib chiqiladi, shundan keyin chastota hisoblanadi. CHastotabu chastotaning har bir ryazryaddagi qiymatini jami chastota yig’indisiga nisbatan (foizda ko’rsatiladi). CHastotaning yig’ilmasi esa chastostni birinketin har bir ryazryaddagi qo’shilmalaridan iborat bo’ladi. Ko’rsatilgan qiymatlarni jadvalga kiritib, yo yordamida taqsimot va jamlangan egrilik chizilib, so’ngra tezlik qiymatlari tahlil qilinadi.
Taqsimot egriligi yordamida ko’p qaytariladigan tezlikmodal tezlik aniqlanadi. Jamlangan egrilik yordamida esa 15, 50, 85, 95% ta’minlanganlik tezlik qiymatlari topiladi. Jamlangan egrilikdan aniqlanadigan tezliklari quyidagicha tahlil qilish mumkin. Bunda 15% tezlik harakatni tashqil qilishda eng past tezlik sifatida qabul qilinishi kerak va u yordamida minimal tezlik chegaralanib, 4.7 buyurovchi belgisi o’rnatiladi. 50% ta’minlanganlikdagi tezlik qiymati oqimdagi hamma avtomobillarning o’rtacha qiymatini ko’rsatadi. 85% ta’minlanganlikdagi tezlikka asosan yo’l belgilari va belgi chiziqlari o’rnatiladi. 95% ta’minlanganlikdagi tezlik hisobiy tezlikka teng deb qabul qilinadi va bu qiymatni yo’l elementlarini hisoblashda qo’llaniladi.
Tezlikni aniqlash borasida olib boriladigan kuzatuvlar natijasi birinchi navbatda qancha o’lchov olib borilishiga katta bog’liq. Ko’rsatkichlarning aniqlik ehtimoli o’lchov soniga bog’liq, u esa o’z navbatida harakat miqdorining o’zgarishiga bog’liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |